Научная статья на тему 'KASALLANGAN OLXO‘RI SHIRASI (HYALOPTERUS PRUNI GEOFFR) DAN BAKTERYALARNI AJRATIB OLISH VA ULARNI TURINI ANIQLASH'

KASALLANGAN OLXO‘RI SHIRASI (HYALOPTERUS PRUNI GEOFFR) DAN BAKTERYALARNI AJRATIB OLISH VA ULARNI TURINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hyalopterus pruni / pest / microorganism / bacteria / culture / suspension / bacillus.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Alamuratov Rayimjon Abdimurot O‘G‘Li, Bababekov Qalandar, Aslamova Gulhayo Zarif Qizi, Xalilov Ilxom Mamatqo‘Lovich, Aliyev Zafar Zokirovich

In this study, infected and dead plum aphids, which were damaged in a plum garden planted in 2010, were harvested and their microflora was studied. Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Bacillus subtilis, Bacillus simplex bacteria were found to be phytopathogenic and entomopathogenic species among the cultures isolated from plum juice.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KASALLANGAN OLXO‘RI SHIRASI (HYALOPTERUS PRUNI GEOFFR) DAN BAKTERYALARNI AJRATIB OLISH VA ULARNI TURINI ANIQLASH»

UDK:634.22:632.775:632.937

KASALLANGAN OLXO'RI SHIRASI - (HYALOPTERUS PRUNI GEOFFR) DAN BAKTERYALARNI AJRATIB OLISH VA ULARNI TURINI ANIQLASH

*Alamuratov Rayimjon Abdimurot o'g'li, 2Bababekov Qalandar, 3Aslamova Gulhayo Zarif qizi, 4Xalilov Ilxom Mamatqo'lovich,5Aliyev Zafar Zokirovich

1O'simliklar karantini va himoyasi ITI katta ilmiy xodimi, 2O'simliklar karantini va himoyasi ITI laboratoriya mudiri, b.f.n, 3O'simliklar karantini va himoyasi ITI laboranti, 4O'z RFA Mikrobiologiya instituti laboratoriya mudiri, b.f.n, 5O'z RFA Mikrobiologiya instituti ilmiy

xodimi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11224839

Abstract. In this study, infected and dead plum aphids, which were damaged in a plum garden planted in 2010, were harvested and their microflora was studied. Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Bacillus subtilis, Bacillus simplex bacteria were found to be phytopathogenic and entomopathogenic species among the cultures isolated from plum juice.

Keywords: hyalopterus pruni, pest, microorganism, bacteria, culture, suspension, bacillus.

Аннотация. В работе собирали зараженные и погибшие сливовой тли, поврежденные в сливовом саду, засаженном в 2010 году, и изучали их микрофлору. Среди культур, выделенных из сливового сока, фитопатогенными и энтомопатогенными видами оказались бактерии Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Bacillus subtilis, Bacillus simplex.

Ключевые слова: hyalopteruspruni, вредитель, микроорганизм, бактерии, культура, суспензия, бацилла.

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotimiz 2010 yilda ekilgan olxo'ri bog'ida uchrab zarar yetkazadigan olxo 'ri shirasining kasallangan va nobud bulganlari yeg 'ib olinib mikroflorasi o 'rganildi. Olxo 'ri shirasidan ajratilgan kulturalar ichida Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Bacillus subtilis, Bacillus simplex bakteryalari fitopatogen hamda entomopatogen turlar ekanligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: hyalopterus pruni, zararkunanda, mikroorganizm, bakterya, kultura, suspenziya, bacillus.

KIRISH: Ilm-fanning rivojlanishi bilan ekinlarida zarari yuqori bulgan zararkunandalarni mikroflorasini o'rganish, ulardan zasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ajratib olish, ko'paytirish hamda qishloq xo'jaligida tadbiq qilish muhim masalalardan biridir. Shuning uchun olxo'ri mevali bog'larida zararli ta'siri yuqori bulgan shiralarning turlari aniqlandi. Dunyo buyicha shiralarning 4000 dan ortiq turlari aniqlangan, ulardan 250 ga yaqin turlari ekinlar va manzarali o'simliklar zararkunandalari hisoblanadi. Ular asosan, oligofaglar va monofaglardir, faqat ayrim vakillari polifag turlar hisoblanadi. O'rta Osiyo sharoitda olxo'ri bog'lariga shiralarning 4-5 ta turi zarar keltradi [1;7].

Bu turlar ichida ayniqsa olxo'ri shirasi Hyalopterus pruni Geoffroy (Hemiptera: Aphididae), olxo'ri (Prunus domestica) ning jiddiy zararkunandasi bo'lib, u birinchi marta 1881 yilda qayd etilgan [4].

Olxo'ri shirasi soni va biomassasi bo'yicha eng keng tarqalgan hashorat turi hisoblanadi. Sungi yillarda iqlim sharoiti o'zgarishi tufayli zarar keltrish darajasi ko'paymoqda [5].

Aholi yildan yilga ekologik tozza maxsulotga bulgan talabi o'sib, bu esa zararkunandalarga qarshi kurashda biopreparatlarning o'rni oshishini ko'rsatadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirishda kimyoviy preparatlarning miqdorini kamaytirish bilan ekologik toza biologik usullarda olinadigan preparatlarni qo'llashni kupaytirish taqazo qiladi. Ma'lumki, keyingi yillarda eng dolzarb muammolardan biriga aylanayotgan ekologik holatning buzilshi, tuproq mikroflorasining bo'zilishi oqibatida kimyoviy preparatlardan foydalanish imkoniyatlarini chegaralanib bormoqda. [6].

Dunyo bo'yicha amalga oshirilayotgan "Organik qishloq xo'jaligi" bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida, kimyoviy pestisidlarni qo'llanilishi 1996-2011 17 yilda 473 mln. kg ga kamaytirilgan. Birgina 2011 yilning o'zida dunyo bo'yicha 8,9% yoki 37 mln. kg miqdorida pestisidlar kam qo'llanilgan [3]. Bu asosida, nafaqat kimyoviy pestisidlarning qishloq xo'jaligida kamroq zarar etkazishiga erishiladi, balkim fermerlarning kimyoviy himoyalash vositalariga sarflanadigan katta miqdordagi moliyaviy mablag'lari ham tejab qolinadi [2].

Shuning uchun ham ushbu dolzarb masalani yechimini topish maqsadida, zarar keltirish darajasi yuqori bulgan olxo'ri shirasining kasallangan namunalari dalalardan yig'ib kelinib laboratoriya sharoitda mikroflorasi o'rganildi. Olxo'ri shirasining mikroflorasini maqsadida kasallik keltirib chiqaruvchi bakterya turlari aniqlanib tozza kulturalari ajratib olindi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA USLUBLARI.

Tadqiqotlarimiz 2022-2023 yillarda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi "Bog'dorchilik, uzumchilik, vinochilik ilmiy tadqiqot instituti" Toshkent ilmiy-tajriba stansiyasida 2010 yilda 6*5 sxemada ekilgan olxo'rining turli navlari 5,4 gektarli kolleksiya bog'ning 0,6 gektarli mahalliy Vengerka navida kasallangan olxo'ri shiralaridan namunalar olinib, O'z RFA Mikrobiologiya institutining Molekulyar biologiya laboratoriyasida tajribalarni olib bordik.

Laboratorya sharoitda kasallangan olxo'ri shirasidan bakteriyalarni ajratish uchun avval shira lichinkalari sterilizatsiya qilinadi [8], Buning uchun 70% li spirtda 2 sekund, natriy gipoxloratning 5% li eritmasida 3 minut, natriy tiosulfatning 10% li eritmasida 5 minut ushlab turildi. So'ngra zararkunandalar 3 martadan distillangan suvda yuviladi. Zararkunanda steril sharoitda sterillangan havonchalarga solindi. So'ngra unga 10 ml dan distillangan suv solib suyultirildi. Suyultirilgan aralashma trubasimon probirkaga solib olindi va 65 °C haroratda 12 minutgacha ushlab turildi so'ngra 1x10-2 dan 1x10-4 gacha suyultiriladi. Suyultirilgan suspenziyadan 0,1 ml olinib MPA- agarli qattiq ozuqaga ekildi [9].

Kulturalar 24 soat davomida 28-32°C haroartda o'stirib olindi. O'stirib olingan bakteryalar umim qabul qilingan Mikrobiologik usullar yordamida sof kulturalari ajratib olinadi [11], ajratib olingan kulturalarning morfologik, biologik va fiziologik xususiyatlarini Bilay usulida amalga oshirildi [10].

Ajratib olingan izolyatlar MALDI-TOF Mass spectrometry EXS 2600 (Zybio) uskunasi yordamida aniqlanadi. Tajribada qo'llaniladigan asbob-uskunalar: Sentrifuga, Vortex, Reagentlar to'plami (Matrix solution, Microorganism lysate I, Microorganism lysate II) ultrasof suv, suvsiz etanol, tomizgichlardan foydalaniladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA ULARNING MUHOKAMASI.

Laboratoriya sharoitida yig'ib keltirilgan biologik materiallarni turlarini aniqlash uchun MPA qattiq oziqa muhitida o'stirilib, sof namunalar ajratib olindi. O'stirilgan namunalarning tur tarkibi, kultural, morfologik belgilari, biologik xossalari o'rganildi.

Laboratoriya sharoitida yig'ib keltirilgan biologik materiallardan Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Bacillus subtilis, Bacillus licheniformus, Bacillus simplex, Bacillus pumilus sof kulturalari ajratib olindi. Ajratib olingan bakterya shtammlari nomlandi (1-rasmga qarang).

1-rasm. Laboratoriya sharoitida yig'ib kelingan biologik materiallardan sof entomopatogen bakterya namunalarini ajratish tajribalari.

Ajratib olingan izolyatlarni MALDI-TOF MS usulida identifikatsiya qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining Sanitariya epidemologiya nazorati bo'limining bakteriologik laboratoriyasida lazerli desorbsion ionlashtiruvchi parvoz vaqti biotik matriali massa-spektrometriyasi yordamida amalga oshirildi (1-jadval).

Bu massa-spektrometriyasi yordamida aniqlash uchun toza va alohida koloniya olindi.

1,5 ml sentrifuga probirkalariga 300 mkl ultrasof suv solindi. 1-5 mg alohida koloniyalar olinib, sentrifuga probirkasiga solindi. To'liq suspenziya holatiga kelgunicha vortex qurilmasida aralashtirildi. Keyin, 900 mkldan suvsiz etanol solib chiqildi, aralashtirildi. 2-3 daqiqa davomida 12000 ayl/min tezlikda sentrifuga jarayoni amalga oshirildi. Supernatant qismi olib tashlandi. Intakt qismi ustiga 20 mkl Microorganism lysate I reagenti qo'shildi va yaxshilab aralashtirildi. Tajribaning keyingi bosqichida 20 mkl Microorganism lysate II solindi, pipetka yordamida yaxshilab aralashtirildi. 2 daqiqa davomida sentrifuga qilindi. MALDI-TOF plastinkasi 96 % spirt bilan tozalandi. 1 mkldan supernatant qismi plastinka katakchalariga joylandi. Plastinkalardagi supernatant quriguncha kutildi, qurigandan keyin "Matrix solution" reagent tomizildi. Plastinka quritildi va MALDI-TOF qurilmasiga joylandi, va identifikatsiya qilindi.

1-jadval.

Olxo'ri shirasidan ajratib olingan izolyatlarning MALDI-TOF MS dagi natijasi

№ Izolyatlar raqami Natija Guruhi

1. Sh-1/I Bacillus subtilis Bakterya

2. Sh-2 Bacillus thuringiensis Bakterya

3. Sh-3/II Bacillus cereus Bakterya

4. Sh-4/I Bacillus simplex Bakterya

5. Sh-5/I Bacillus licheniformus Bakterya

6. Sh-6/I Bacillus pumilus Bakterya

Aniqlangan izalyatlarda Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Bacillus subtilis, Bacillus simplex bakterya turlarining ahamiyati katta. Bacillus thuringiensis- (eKH Bt ) gramm-musbat, tuproqda yashovchi bakteriya bo'lib, butun dunyoda eng ko'p ishlatiladigan biologik pestisiddir (2-jadvalga qarang).

Bacillus cereus fakultativ anaerob, toksin hosil qiluvchi gramm-musbat bakteriya bo'lib tuproq, o'simlik va oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi. Odatda ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bacillus cereus nafas yo'llari va yaralar infeksiyalarida ham uchraydi.

Bacillus thuringiensis

2-jadval. Ajratilgan shtammlarning MALDI-TOF aparatida Brukkir spectrometryasi

Bacillus subtilis gramm-musbat, spora hosil qiluvchi fakultativ aerob tuproq bakteriyalarining bir turi. Ba'zi polipeptidli antibiotiklarni, shuningdek, sanoatda olingan fermentlarni (amilaza, proteaza) ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Patogen zambrug'lar uchun bionazorat agenti sifatida foydalanish mumkin.

Bacillus simplex gramm-musbat, spora hosil qiluvchi va aerob bakteriyadir. Fusarium spp bilan samarali kurashish uchun bionazorat vositasi bo'lib, ba'zi fitopatogenlarga qarshi fungisid ta'sir ko'rsatadi.

Xulosa: Olingan natijalarga asoslanib kasallangan olxo'ri shirasidan ajratilgan namunalar Bacillus licheniformus, Bacillus subtilis, Bacillus cereus, Bacillus simplex, Bacillus thuringiensis,

Bacillus pumilus sof kulturalari ajratib olindi. Qishloq xo'jaligida zarar yetkazayotgan

zararkunandalarda kasallik qo'zg'atuvchi istiqbolli pathogen mikroorganizmlarni topish, aniqlash

va ularga qarshi qo'llashdan eboratdir.

REFERENCES

1. Blackman R.L. and Eastop V.F. Aphids on the World's Herbaceous Plants and shrubs. Volume 1: Host Lists and Keys / R.L. Blackman and V.F. Eastop - London: Natural History Museum, 2006. - 1438р. - Freely available at: http://www.aphidsonworldsplants.info/. -(retrieval date: 15.05.2017).

2. Jindal V., Dhaliwal GS., Opender K. (2013) Pest Management in 21st Century: Roadmap for Future. Biopesticides International. 9(1):1-22.

3. Mabubu J.I., Nawaz M., Hua H. (2016) Advances of transgenic Bt-crops in insect pest management: An overview/ Journal of Entomology and Zoology Studies. 4(3): 48-52.

4. Smith L.M (1936) Biology of the mealy plum aphid, Hyalopteruspruni (Geoffroy) Hilgardia 7:167-211.

5. Tewksbury L, Casagrande R, Blossey B, Hafliger P, Schwarzlander M (2002) Potential for biological control of Phragmites australis in North America. Biol Control 23:191-212

6. Доолоткельдиева Т.Д. Энтомопатогенные бактери группы thuringiensis и их роль микробиологической защите растений от вредителей. Доклады Кыргизская Аграрная Академия. 2000. №2. -с. 48-58.

7. Дьяконов К.П. Трофические связи тлей (Homoptera, Aphidinea) как пример оптимального использования насекомыми кормовых ресурсов / К.П. Дьяконов // Чтения памяти Алексея Ивановича Куренцова, 2002. - выпуск XIII. - 53-60 с.

8. Каменёк Л.К. Дельта-эндотоксин Bacillus thuringiensis: строение, свойства и использование для защиты растений. Дисс. докт. биол. наук. М., 1998. -345с.

9. Меджидов, М.М. Справочник по микробиологическим питательным средам / М.М. Меджидов. - М.: Медицина, 2003. - 208 с.

10. Определитель бактерий Берджи: в 2 томах / под.ред. Дж.Хоулта, Н.Крига, П.Снита и др. - 9е издание. -М.: Мир. 1997.

11. Скворцова М.М. Усовершенствование питательных сред для культивирования Bacillus thuringiensis var.galleriae при промышленном производстве энтобактерина. Автореф. канд. дисс. Л., 1977.- С.23.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.