Научная статья на тему 'KАRTOSHKАNING VIRUS KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLAR'

KАRTOSHKАNING VIRUS KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLAR Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
77
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PZR / fitopatogen / virus / kartoshka / urug’ / tugunak / kasallik / simptom / hasharot / yovvoyi o’simliklar / insektosid.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Yusubaxmedov Аbdurauf

Keyingi yillarda qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, tez surʼatlarda va koʼproq hosil olish uchun dehqonchilik fermer hoʼjaliklari xorijdan sermaxsul kartoshka navlarini keltirib yetishtirilmoqda. Biroq xorijdan keltirilgan kartoshka urugʼlik tugunaklari oʼzlari bilan turli fitopatogenlarni olib kirishi mumkin. Xavfli fitotiya xolatini oldini olish va mamlakatimizda biologik xavfsizlikni taʼminlash eng ustivor vazifadir. Bu esa kasallik qoʼzgʼatuvchilariga tez va aniq tashxish qoʼyish usullari va ekin dalalarga imkon darajasida fitopatogenlardan holi mahsulot yetishtirish uchun optimal ishlab chiqarilgan tavsiyalarga ehtiyoj tug’iladi. Ushbu maqolada qishloq xoʼjaligining kartoshkachilik tarmogʼida virussiz ekuv tugunaklarini saralashda, polimeraza zanjir reaktsiya usulini qo’llash, kartoshka urug’lik tugunaklarini ekishdan oldin va vegitatsiya davrida fitopatogenlardan himoya qilish bo’yicha tajriba va tavsiyalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KАRTOSHKАNING VIRUS KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLAR»

KARTOSHKANING VIRUS KASALLIKLARIGA QARSHI KURASHISH CHORA

TADBIRLAR

Tayanch doktorant (PhD) Yusubaxmedov Abdurauf Abduraxim o'g'li

Biologiya fanlari doktori, professor Fayziev Voxid Baxramovich,Chirchiq Davlat Pedagogika

Universiteti (99)403-17-30, abdurauf2408@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.8354804

Annotatsiya. Keyingi yillarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish, tez sur'atlarda va ko'proq hosil olish uchun dehqonchilik fermer ho'jaliklari xorijdan sermaxsul kartoshka navlarini keltirib yetishtirilmoqda. Biroq xorijdan keltirilgan kartoshka urug'lik tugunaklari o'zlari bilan turli fitopatogenlarni olib kirishi mumkin. Xavfli fitotiya xolatini oldini olish va mamlakatimizda biologik xavfsizlikni ta'minlash eng ustivor vazifadir. Bu esa kasallik qo'zg'atuvchilariga tez va aniq tashxish qo'yish usullari va ekin dalalarga imkon darajasida fitopatogenlardan holi mahsulot yetishtirish uchun optimal ishlab chiqarilgan tavsiyalarga ehtiyoj tug'iladi.

Ushbu maqolada qishloq xo'jaligining kartoshkachilik tarmog'ida virussiz ekuv tugunaklarini saralashda, polimeraza zanjir reaktsiya usulini qo'llash, kartoshka urug'lik tugunaklarini ekishdan oldin va vegitatsiya davrida fitopatogenlardan himoya qilish bo'yicha tajriba va tavsiyalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: PZR, fitopatogen, virus, kartoshka, urug', tugunak, kasallik, simptom, hasharot, yovvoyi o'simliklar, insektosid.

Аннотация. В последние годы с целью увеличения объемов производства сельскохозяйственной продукции, получения более быстрого и большего урожая агрохозяйства завозят из-за границы высокоурожайные сорта картофеля. Однако импортированные из-за границы семенные клубни картофеля могут приносить с собой различные фитопатогены. Предотвращение опасной фитотический ситуации и обеспечение биологической безопасности в нашей стране является важнейшей задачей. Это создает необходимость в быстрой и точной диагностике возбудителей болезней и оптимально разработанных рекомендациях для сельскохозяйственных культур, позволяющих получить максимально свободный от фитопатогенов урожай.

В данной статье освещены опыт и рекомендации по отбору безвирусных семенных клубеньков в сельскохозяйственной сети картофеля, использованию метода полимеразной цепной реакции, защите семенных клубеньков картофеля от фитопатогенов перед посадкой и в период вегетации.

Ключевые слова: ПЦР, фитопатоген, вирус, картофель, семена, клубеньки, болезнь, симптом, насекомое, дикорастущие растения, инсектицид.

Abstract. In recent years, in order to increase the volume of agricultural production and obtain a faster and larger harvest, agricultural farms have been importing high-yielding potato varieties from abroad. However, potato seed tubers imported from abroad can bring with them various phytopathogens. Preventing dangerous phytotic situations and ensuring biological safety in our country is the most important task. This creates a need for quick and accurate diagnosis of pathogens and optimally developed recommendations for agricultural crops, allowing to obtain a harvest that is as free as possible from phytopathogens.

This article highlights experience and recommendations for the selection of virus-free seed nodules in the potato agricultural network, the use of the polymerase chain reaction method, and the protection of potato seed nodules from phytopathogens before planting and during the growing season.

Keywords: PCR, phytopathogen, virus, potato, seeds, nodules, disease, symptom, insect, wild plants, insecticide.

Mavzuning dolzarbligi. Kartoshka urug'chiligida asosiy vazifalardan biri virusli kasalliklarga qarshi kurashdir. Chunki viruslar urug'lik kartoshkalarda mavsumdan mavsumga o'tuvchi asosiy rezervatorlardan biridir. Virusli fitopatogenlardan xoli urug'lik kartoshka tugunaklarini yetishtirish esa kartoshkachilikda yechimi qiyin bo'lgan vazifadir.

Virusli fitopatogenlar bilan zararlangan kartoshka dalalarida to'g'ridan-to'g'ri kasallikka qarshi kurashish chora tadbirlari ishlab chiqilmagan. Kartoshkaning virusli kasalliklarini rivojlanishini oldini olishning eng optimal usuli bu - virusning tarqalish siklini uzish orqali amalga oshirish mumkin. Kartoshka virus sirkulyatsiyasiga kartoshkaning virusli manbai -tashuvchi (hasharotlar) - xos o'simlik (yovvoyi va madaniy o'simliklar) kiradi. Kasallangan kartoshka urug'lik tugunaklari infektsiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Shuning uchun kartoshka virusli kasalliklariga qarshi kurashishdagi barcha tadbirlar sog'lom urug'lik tugunaklarni olishga qaratilgan bo'lishi kerak [1,3,5,7].

Bir qancha adabiyotlarda kartoshkaning virusli kasalliklari shiralar, tuproq zamburug'lari va erkin yashovchi nematodalar orqali tarqalishi keltirilgan [3,4,9]. Shuning uchun kartoshkaning urug'li tugunaklari migratsiya jarayonida virus saqlovchi tugunaklarni tarqalishini oldini olish, qanotli shiralar turlarini, ayniqsa tilyalarni sonining keskin ko'payishini nazorat qilish va yovvoyi o'simliklar bilan a'loqasini minimallashtirish kerak.

Ekilgan kartoshkaning virus bilan zararlanganligini dastavval vizual, kasallik simptomlari orqali nazorat qilinadi. Kasallik belgilari yuzaga chiqqanda laboratoriya tekshiruvlarini amalga oshiriladi. Agar laboratoriya yakuniy xulosasida kasallik tasdiqlansa, virus bilan zararlangan ekin maydoni yo'q qilinadi [6,8].

Vizual usullardan foydalangan holda, ko'p holatlarda urug'lik tugunaklarni virusli yoki bakterial kartoshka fitopatogenlarining mavjudligiga baho berish qiyinchilik tug'diradi.

Shuning uchun kartoshkaning urug'li tugunaklarini virusli patogenlarni aniqlash imkonini beruvchi yuqori sezgirli o'ziga xos laboratoriya usullarini joriy etish ehtiyoj tug'diradi.

Mineral va organik o'g'itlar yetarli miqdorda, oqilona qo'llash ham muhimdir. Bunda kartoshka o'simliklarining virusli infektsiyaga chidamliligini oshishiga azotning fosfor va kaliy bilan birikkan nisbatlari muhim ahamiyatga egadir [2,10].

Tadqiqot maqsadi: kartoshkadan yuqori va sifatli hosil olishni ta'minlashda sog'lom o'simliklarga tashqi faktorlardan fitopatogenlarning yuqishini oldini oluvchi zaruruiy chora tadbirlarni ko'rish. Yuqori sezgir usullar orqali fitopatogenlarni o'z vaqtida aniqlash va kasallanish darajasini nazorat qilish, shular asosida ekinni himoya qilishning samarali muddatlarini bilish va uni amalda qo'llash.

Tekshirish materiallari va uslublari: tadqiqot uchun kartoshka virusi tanlandi. Chunki kartoshkaning yuqumli kasalliklari deyarli hamma joyda uchraydi va ular asosiy kartoshka yetishtiradigan hududlarda vaqt o'tishi bilan ortadi. Viruslar kuz-qish mavsumidan kartoshka urug'lik tugunaklari orqali o'tadi. Virus rezervatorlari bo'lgan tugunaklarni laboratoriya

tekshuruvlarsiz ekish natijasida fitopatogenning egallagan arealini kengayishi va moslashishi, qolaversa yangi tur va shtammlarning paydo bo'lishiga zamin bo'ladi.

Tadqiqot uslublariga kuzatish va molekulyar tashxis usullari tanlandi. Kuzatish usuli orqali kartoshka ekilgan tajriba maydonlarda fitopatogen tarqatuvchi hasharotlar, rezervator yovvoyi o'simliklar nazorat qilindi. Kartoshkaning virusli infeksiyalarni vizual simptomatik aniqlandi.

Polimeraza zanjiri reaktsiyasi (PZR) fitopatogenlarni molekulyar diagnostika qilishning eng sezgir, aniq va tezkor usuli sanaladi. Kartoshka o'simligi va urug'lik tugunagidan olingan biologik namunada real vaqtdagi PZR usulida tahlil qilinganda kasallik qo'zg'atuvchisini irsiy molekulasini (DNK/RNK) aniqlashga imkon beradi.

Tadqiqot uchun olingan namunalar "SINTOL" ilmiy ishlab chiqarish kompaniyasi (Rossiya) tomonidan ishalab chiqarilgan "FitoSorb" RN-520 - reagentlar to'plami yordamida virus RNKsini ajratib olindi. Ajratilgan irsiy molekula tarkibida KMV va KLVning RNKsini aniqlashda "real vaqtdagi-poolimeraza zanjir reaktsiyasi-qaytalanma transkriptsiya (RV-PZR-QT) usuli orqali" amalga oshirildi. PZR usulini qo'llash orqali kartoshka virusiga xos belgilar yaqqol o'rganildi [9].

Muhokama va natijalar:

Tadqiqot ishini kartoshkaning ekuv urug'lik tugunaklarini baxorgi ekin ekishdan oldin polimeraza zanjir reaksiyasi usulida "pikas", "gala mahalliy", "gala rossiya" navli kartoshka tugunaklarni virussiz va virus saqlovchi urug'lar 2 guruhga saralab olindi. 1-guruh virus saqlamaydigan tajriba guruhi, 2-guruh virus saqlovchi nazorat guruhi. Saralangan tugunaklar Bo'stonliq tumanida joylashgan "Baurjan" F/X, Qibray tumanida joylashgan "Taraqqiyot" F/X va "Yuksalish F/Xlarining turli maydonlariga ekildi.

Xar ikkala tajriba guruhlari bir xil sharoitda qaraldi. Faqatgina virussiz tugunaklar ekilgan maydondagi o'simliklarga turli shiralar va kolarado qo'ng'izi orqali virus yuqishini oldini olish uchun BI-58 insektosid bilan ishlov berib turildi.

Vegitatsiyasi davri tugagandan so'ng kartoshka daladan kovlab olindi. Yeg'ib olingan hosilni GOST 7176-2017ning 4.4 bandi bo'yicha mayda, kichik va yirik o'lchamli guruh navlarga ajratildi (1-jadval).

(1-jadval)

KMV bilan zaralangan va sog'lom (nazorat) guruh o'simliklarda hosildorlikdagi o'zaro farqi.

"pikas" navi "gala navi mahalliy" "gala navi rossiya"

r c a g r c a g r c a g

o oza n la rl a r a z o oza n la rl a r a z o oza n la rl a r a z

Ko'rsatgich Ko'rsatgich qiymati r. la m kl lo na KMB bilan tugunaklar. % % r. la m kl lo na KMB bilan tugunaklar. % % r. la m kl lo na KMB bilan tugunaklar. %

nomi (mm) og'l ugun GO -B og'l ugun GO -B og'l ugun GO S

Mayda o'lchamli 35x35 dan kichik 33% 40% 21% 29% 11% 26%

Kichik o'lchamli 35x35 gachon 47% 43% 50% 42% 51% 47%

Yirik o'lchamli 80x80 gachon 20% 17% 29% 25% 38% 27%

O'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra olingan hosil 3 guruhga ajratildi. Mayda o'lchamli kartoshka tugunaklari o'rtacha 26-40% tashkil qilib, bu guruh kartoshkalar asosan chorva hayvonlar uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Kichik o'lchamli tugunaklar o'rtacha 4751%, yirik o'lchamli tugunaklar o'rtacha 20-38% tashkil qilib, bu guruh kartoshkalar aholi iste'moli uchun foydalaniladi. Yuqoridagi tadqiqotdan ma'lum bo'ldiki sog'lom urug'lik tugunaklarni ekish, o'simlikni vegitatsiya davrida fitopatogenlar bilan zararlanishiga qarshi kurashish chora tadbirlarini amalga oshirish, agrotexnik ishlarni o'z vaqtida bajarish orqali yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin.

Xulosa va amaliy tavsiyalar: o'tkazilgan tajriba va o'rganlgan adabiyaotlardan kelib chiqib kartoshkaning iste'mol va urug'lik tugunaklarini yetishtirish, uning virusli va bakterial fitopatogenlarni tarqalishini oldini olish uchun quydagi xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi:

- kartoshka o'simligi azotning fosfor-kaliyli birikmalari bilan ishlov berish;

- virusli infektsiyaning shira tashuvchilariga qarshi insektitsid qo'llash;

- birlamchi vegetatsiya davrida kartoshka o'simligining tez unib chiqishi, o'sishi va rivojlanishi uchun kerakli agrotexnik ishlarni amalga oshirish;

- kartoshka ekilgan dala maydonlardan fitonazoratni amalga oshirish, kasal o'simliklarni ekin maydonidan olib tashlash;

- ekilgan va o'sayotgan kartoshka fitopatogenllar bilan zararlanishini nazorat qilishda barcha mavjud usullari ya'ni - vizual, bakteriologik, virusologik, biologik, immunologik, molekulyar usullarni qo'llab kasallikni nazorat qilish;

- virus tarqatuvchi hashorotlar, shiralarni ko'paymasligi uchun insektosidlar bilan ishlov

berish.

Qanchalik erta kasallangan kartoshka o'simliklari ekinlardan olib tashlansa, dalada shunchalik kam infektsiya manbalari qoladi.

Kartoshka hosilini yeg'ib olishda o'simlikning poyasidan tortib olish tavsiya etilmaydi, chunki poyadan tortib olinganda ildizdagi ayrim mayda tugunaklar yer ostida qolishi, unung qayta o'sib chiqishiga va yana kasal o'simliklar o'sib viruslarni tarqalishiga sabab bo'ladi.

Daladagi ekin maydonlarda kartoshkaning virusli infektsiyasini cheklovchi asosiy agrotadbirlarning tavsiya etilgan kompleksiga rioya qilmaslik kasallikning keng tarqalishiga jiddiy sabab bo'ladi.

REFERENCES

1. Вах,обов АД. Вирусология асослари дарслик. Тошкент - 2017 286-295 б.

2. Владимирович К.Р. Экология вируса картофеля М в семействе соланасеае. Диссертация доктора философии.

3. O. Vishnevskaya, bosh. Kartoshkaning virusli kasalliklari Ukraina- 2016. - No12. - b 94-96

4. Жевора С.В., Зейрук В.Н., Белов Г.Л. Передовые методы диагностики патогенов картофеля: науч. анал. обзор. - М.: ФГБНУ «Росинформагротех», 2019. - 92с

5. Файзийев В.Б. Картошка Х-вирусининг Узбекистонда таркалган изолятини ажратиш, хусусиятларини урганиш ва унинг диагностикаси. Докторлик диссертацияси.

6. Файзиев В.Б. Картошка вирусларининг замонавий диагностикаси ва илмий асосланган кураш чоралари, монография Тошкент - 2021.

7. Юсубахмедов A.A. Файзиев В.Б. / Картошкани зарарловчи картошка М вируси ва унинг биологик таснифи. Academic Research in Educational Sciences, Multidisciplinary Scientific Journal. Тошкент - 2022. 424-429 б.

8. Юсубахмедов A.A. Файзиев В.Б. ^ртош^ М - вируси билaн зaрaрлaнгaн yсимликлaрдa пероксидaзa ферментининг динамикаси / Ёш олимлар ахборотномаси.

9. Юсубахмедов A.A. Файзиев В.Б. Картошка тугунакларида фитопотогенларни аниклашда полимераза занжир реакцияси усулини куллашнинг афзалликлари. / Тошкент давлат аграр университети. «кишлок хужалик экинлари селекцияси, уругчилиги ва агротехнологияларида долзарб масалалар ва ечимини кутаётган муаммолар» Республика илмий-амалий анжуман материаллари туплами. 2022 йил 298-299 б.

10. Yusubaxmedov A.A. Fayziev V.B. Kartoshkaning viruslarsiz urug'lik tugunaklarini yetishtirishda polimeraza zanjir reaktsiyasi usulini qo'llashning avzalliklari. Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institute fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammolar va innovatsion yechimlar respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami. 2022 yil. 90-92 б.

11. https://www.sciencedirect.com/topics/agricultural-and-biological-sciences/potato-virus-m

12. https://link.springer.com/article/10.1007/BF02356053

13. https://naukarus.com/effektivnyy-metod-diagnostiki-i-identifikatsii-virusnyh-patogenov-kartofelya

14. https://viralzone.expasy.org/739?outline=all_by_species

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.