Научная статья на тему 'KARPSIMON BALIQLARDA UCHROVCHI KARP BITI PARAZITINING BA`ZI XUSUSIYATLARIGA OID'

KARPSIMON BALIQLARDA UCHROVCHI KARP BITI PARAZITINING BA`ZI XUSUSIYATLARIGA OID Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

297
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
karp biti / parazitofauna / antenna / parazit.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — I. Ismoilov

Parazit qisqichbasimonlarni biologiyasini o`rganish orqali baqliqlarda parazitlik qilib yashovchi turlarini aniqlash (baliqlar parazitofaunasini o`rganish), ularga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish, parazitning hayot siklini o`rganish, parazitning asosiy xo‟jayinini aniqlash, baliqlarda kasallik kelib chiqadigan tabiiy va suniy omillarni aniqlash (baliq o`stirishda sistemali nazorat, kasallangan baliqlarni o‟z vaqtida suv havzalaridan ajratish va sabablarini o`rganish va h.k) kabi jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbekistonda baliqchilikka ixtisoslashtirilgan bir qancha suv manbalari mavjud, akvakulturani rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda ham katta bo`lib, baliq mahsulotlaridan foydalanish darajasini orttirish lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KARPSIMON BALIQLARDA UCHROVCHI KARP BITI PARAZITINING BA`ZI XUSUSIYATLARIGA OID»

KARPSIMON BALIQLARDA UCHROVCHI KARP BITI PARAZITINING

BAZI XUSUSIYATLARIGA OID

Parazit qisqichbasimonlarni biologiyasini o'rganish orqali baqliqlarda parazitlik qilib yashovchi turlarini aniqlash (baliqlar parazitofaunasini o'rganish), ularga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish, parazitning hayot siklini o'rganish, parazitning asosiy xo'jayinini aniqlash, baliqlarda kasallik kelib chiqadigan tabiiy va suniy omillarni aniqlash (baliq o'stirishda sistemali nazorat, kasallangan baliqlarni o'z vaqtida suv havzalaridan ajratish va sabablarini o'rganish va h.k) kabi jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonda baliqchilikka ixtisoslashtirilgan bir qancha suv manbalari mavjud, akvakulturani rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda ham katta bo'lib, baliq mahsulotlaridan foydalanish darajasini orttirish lozim.

Kalit so'zlar: karp biti, parazitofauna, antenna, parazit.

Tabiatda Jag'oyoqlilar (Maxillapoda) kenja sinfi vakillari har xil muhitlarga yaxshi moslashganligi tufayli juda ham keng tarqalgan. Ularni dengiz va turli suv havzalarida uchratish mumkin. Bir qancha vakillari o'troq hayot kechiradi ba'zilari esa parzitlik qilib hayot kechiradi. Maksillopodalar kenja sinfi kurakoyoqlilar, mo'ylovoyoqlilar, mistakokaridlar, xaltako'kraklilar va karpxo'rlar turkummlarini o'z ichiga oladi. Karpxo'rlar (Branchiura) turkum vakillari asosan karpsimon baliqlarning ektoparazitlari xisoblanadi. Karp bitlarining 70 dan ortiq turi fanga malum bo'lib, baliqlarda, suvda hamda quruqlikda yashovchilarda va mollyuskalarda ham parazitlik qilib hayot kechirishadi. Chuchuk suvlarda tarqalgan. Karpxo'rlarning kattaligi 3 mm dan 15 mm gacha boradi. Karp biti boshko'kragi yaxlit, qorin bo'limi esa erkin holatda bo'ladi. Boshko'kragidagi oldingi oyoqlar parazitizmga moslashgan. Boshko'krak bo'limi qalqon bilan o'ralgan bo'lib, yelka qismida 2 ta fasetkali va 3 ta oddiy ko'zlari joylashgan. Ko'krak bo'limida joylashgan 4 juft ko'krak oyoqlari suzib harakatlanish vazifasini bajaradi. Qorin suzgichi kichkina, uchida 2 ta qayrilgan kurakchasi va jinsiy

I. Ismoilov

Andijon davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

azosi joylashgan.

May, 2022

5

8

6

9

7

11

1-ilova. Karp bitining tuzulishi.

l.Birinchi antenna 2. Ikkinchi antenna 3. Ko'zi 4. Sanchuvchi stilet (chaquvchi zona) 5.

So'rg'ichlar 6. Nafas olish organi 7. Proboskis 8. Bazal plastinka 9. Kokrak qo'shimchasi 10.

Moyaklar 11. Qorin

Boshida joylashgan o'simtalari xo'jayin organizimga yopishish uchun xizmat qiladi. Maksilla kuchli so'rg'ichga aylangan. Mandibulalari xartumcha xosil qilgan va bu organ yordamida oz ho'jaynini terisini teshib, qon bilan oziqlanadi. Gavda o'simtalaridan sanchuvchi stilet (chaquv organi), so'rg'ichlari va yopishuv organlari rivojlangan. Karp bitlari asosan parazitlik qilib hayot kechirishi tufayli, ularning ichki tuzlishda ham o'zgarishlar mavjud. Xususan, o'rta ichak shoxlangan bo'lib, u faqat oziqa moddalarini zaxira qilib oladi. Urg'ochilari tuxum qo'yishdan oldin xo'jayinini tashlab ketadi. Tuxumini suvosti narsalarga, toshlarga o'zidan chiqaradigan maxsus modda yordamida yopishtirib qo'yadi. Tuxumidan chiqqan lichinkalari ko'rinishi jihatidan yetuk individni eslatadi va erkin suzib xo'jayinini qidirib yuradi. Agarda 2-3 kun orasida xo'jayinini qidirib topa olmasa nobud bo'ladi. Baliq jabralariga yopishib olganlar individlar esa murakkab metamorfozga uchrab rivojlanadi. Yetuk individlari esa anchagina yirik bo'ladi.

May, 2022

2-ilova. Argulus foliaceus.

O'zbekistonda ko'pchilik baliqlarda parazitlik qilib yashovchi karpxo'r Argulus foliaceusni misoql qilib ko'rsatish mumkin. Uning uzunligi 6-7 mm bo'ladi. Argulus foliaceus iliq suv manbalarida, yaxshi yoritilgan va kuchsiz aeratsiyali suv havzalarida yaxshi rivojlanadi. Qulay sharoitda urg'ochisi bir yoz davomida 2 mln tagacha qisqichbaqachalarni dunyoga keltiradi. Baliqlarning kasallangan joylarida yallig'lanish yuzaga keladi va ko'p miqdorda shilimshiqlar ajratib chiqaradi. Ularning xartumchasidan chiqadigan shiralar baliqlar uchun juda zaharli xisoblanadi. Undan tashqari, qon so'rish bilan birga qon parazitlari bo'lgan mikroorganizmlarni ham yuqtirishi mumkin.

REFERENCES

1. S.D.Dadayev, G.A.Abduraxmanova "Umumiy parazitologiya" Toshkent 2012.

2. В.А.Догель "Общая паразитология" 1962.

3. S.D.Dadayev "Parazitologiya" Toshkent 2004.

4. I.Badalxodjayev "Parazitologiya" Andijon 2019.

May, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.