DOI: 10.24412/2181-144X-2022-3-16-19
UO'K 622.235.535.2 Tuxtashev A.B., Muxammadiyev A.R., Abdurashedov Sh.M.
KARER BORTIGA SEYSMIK TA'SIRNI KAMAYTIRISH UCHUN QISQA MUDDATLI PORTLASH PARAMETRLARINI ANIQLASH
Tuxtashev Alisher Baxodirovich - t.f.d., (DSc), NDKTU Konchilik ishi kafedrasi muduri, E-mail: [email protected]
Muxammadiyev Akbar Rahim o'g'li NDKTU Konchilik ishi kafedrasi doktoranti, E-mail: muxammadiyev3 [email protected]
Abdurashidov Shaxriyor Mashrabjon o'g'li - NDKTU Konchilik ishi kafedrasi doktoranti, E-mail: [email protected]
Nematov Aziz Raximjonovich NDKTU Konchilik ishi kafedrasi assistenti, E-mail: [email protected]
Annatatsiya. "Qisqa" sekinlashuvning oqilona qiymati tog' jinslarining xususiyatlariga, yoriqlarning hosil bo'lish tezligiga va ular hosil bo'ladigan ochiq yuza masofasiga qarab belgilanadi. Taklif etilayotgan bog'liqlikning aniq xulosasi shundan iboratki, zaryadlar soni va ularning guruh portlashining ketma-ketligi bilan bir qatorda zarur parchalanish darajasiga erishish uchun zarur shart ochiq sirtlarga va bir-biriga nisbatan zaryadlarning joylashuvi parametrlarini belgilashdir.
Kalit so'zlar: Karyer, seysmika, portlash, qarshilik chizig'i, skvajina, portlovchi modda, solishtirma sarf.
ОПРЕДЕЛЕНИЕ ПАРАМЕТРОВ ПРИ КОРОТКОЗАМЕДЛЕННОМ ВЗРЫВАНИИ ДЛЯ СНИЖЕНИЯ СЕЙСМИЧЕСКОГО ВОЗДЕЙСТВИЯ НА БОРТ КАРЬЕРА
Тухташев Алишер Боходирович - д.т.н., (DSc) Заведующий кафедры горное дело НГГТУ, E-mail: [email protected]
Мухаммадиев Акбар Рахим угли докторант кафедры горное дело НГГТУ, E-mail: muxammadiyev3 91@gmail. com
Абдурашидов Шахриёр Машрабжон угли - докторант кафедры горное дело НГГТУ, E-mail: [email protected]
Нематов Азиз Рахимжонович ассистент кафедры горное дело НГГТУ, E-mail: [email protected]
Аннотация. Рациональное значение «короткого» замедления устанавливается на основании характеристики пород, скорости роста трещин и расстояния до открытой поверхности, в направлении которой они растут. Очевидным выводом предложенной зависимости является тот факт, что необходимым условием достижения необходимой степени дробления наряду с числом зарядов и последовательностью их группового взрывания является установление параметров пространственного положения зарядов относительно открытых поверхностей и друг друга.
Ключевые слова: карьер, сейсмика, взрыв, линия сопротивления, скважина, взрывчатка, сравнительный расход.
DETERMINATION OF PARAMETERS DURING SHORT-DELAYED BLASTING TO REDUCE THE SEISMIC IMPACT ON
THE SIDE OF THE QUARRY
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(2) 2022 SJ IF=3.943
Google ¿ff —
' 16
Tukhtashev Alisher Bakhodirovich - d.t.s., (DSc), head of the mining department NSUMT, E-mail: [email protected]
Mukhammadiyev Akbar Rahim ugli - doctoral student of the department of mining NSUMT, E-mail: [email protected]
Mashrabjon ugli - doctoral student of the department of mining NSUMT, E-mail: [email protected]
Nematov Aziz Rakhimjonovich- assistant of the department of mining NSUMT, E-mail: [email protected]
Annotation. The rational value of «short» retardation is established based on the characteristics of the rocks, the rate of crack growth and the distance to the open surface in the direction of which they grow. The obvious conclusion of the proposed dependence is the fact that a necessary condition for achieving the required degree of fragmentation, along with the number of charges and the sequence of their group explosion, is the establishment of the parameters of the spatial position of the charges relative to open surfaces and to each other.
Keywords: Quarry, seismic, explosion, resistance line, well, explosives, comparative consumption.
Karyer bortidagi seysmik ta'sirni kamaytirish uchun qisqa muddatli portlash parametrlari va sekinlashuv vaqti oralig'i portlatiladigan tog' jinslarining xususiyatlariga va pog'ona osti qarshilik chizig'i qiymatiga bog'liq [1].
Qisqa muddatli portlashda skvajina zaryadlari uchun pog'ona osti qarshilik chizig'i qiymati quyidagi formula bo' yicha aniqlanadi
Wn = Wp( 1,6 - 0,5W),m, (1)
bu yerda Wp - bitta skvajina uchun eng kam qarshilik chizig'i qiymati.
Wn = 24d JA , (2)
bu yerda: d-zaryad diametri m; A- zaryadlash zichligi, kg/dm ; q-PM ning solishtirma sarfi, kg/m .
t, = A3Wn, ms, (3)
bu yerda t3-hisobiy sekinlashuv vaqti, ms; A3-portlatiladigan tog' jinslarning xususiyatlariga bog'liq holda qabul qilinadigan sekinlashuv koeffitsienti (1-jadval).
1-jadval.
Sekinlashuv koeffitsienti qiymatlari
Tog' jinslari qattiqligi Tog' jinsi turi A3, koeffitsienti
Juda qattiq Granit, peridotit, sulfidli qattiq rudalar va boshqalar. 3
Qattiq Arkoz qumtoshi, qattiq slanets, temirli kvarsitlalar va boshqalar. 4
O'rtacha qattiq Ohaktosh, marmar, magnezit, binafsha rangli slanetslar, serpentinit va boshqalar. 5
Yumshoq Mergel, bo'r, glinali slanets, toshko'mir, argelitlar va boshqalar. 6
Uyum kengligi va shaklini boshqarish uchun sekinlashuv vaqti ko'payadi:
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(2) 2022 SJ IF=3.943
in v^kttthi-l'-m .
■üirtrtonm. index i
i copernicus
k librarv-ru
17
t3 = (1,54-2)A3Wn,MC. (4)
Agar hisobiy sekinlashuv oralig'i standartdan farq qilsa, u holda qisqa muddatli elektro detanatorlar yoki qisqa muddatli detanatsion shnurlari uchun eng yaqin standart qiymat olinadi.
Qisqa muddatli portlashda portlashning seysmik ta'sirining pasayishiga zaryadlar yoki zaryad guruhlari portlashi orasidagi sekinlashuv bosqichlari va sekinlashuv oralig'ining ko'payishi natijasida erishiladi, buning natijasida tebranishlarning umumiy davomiyligi oshadi va massivning tebranish harakatlarining kuchi pasayadi [4].
Portlovchi moddalarning solishtirma sarfini pasayishi va portlatilgan kon massasining 1 p.m da oshishi, skvajinalarning joylashuvi setkasi kengayishi natijasida qisqa muddatli portlash skvajinalari orqali erishiladi. Nogabaritlarning chiqishini kamayishi kon massasini bir tekis portlatish orqali erishiladi. Zaryadlar orasidagi masofaning nisbiy qiymati, qisqa muddatli portlashda tog 'jinslarini maydalash xususiyatiga ta'sir qiladi. Nogabaritlarni chiqishini kamaytirish va tog' jinslarini maydalanishini oshirish uchun mos ravishda solishtirma sarfini 0,91,0 qiymatlarni olish tavsiya etiladi, 1 p.m skvajinadan portlatilgan massaning chiqishini oshirish uchun portlovchi moddaning solishtirma sarfi 1,1-1,3 ga kamaytiriladi.
Ba'zi zaryadlarni boshqalarning portlashi bilan olib tashlashni istisno qilish uchun, qisqa muddatli portlashda shpur yoki skvajina zaryadlari 25 mm dan ortiq zaryad diametrini olinishi kerak. Detanatsiya shnuri bilan skvajina zaryadlarini qisqa muddatli portlashda detanatsiya shnuri yoki magistral uzilishi tufayli ba'zi hollarda nosozliklar yuzaga keladi. Nosozliklarning oldini olish uchun zaryadlar orasidagi minimal ruxsat etilgan masofa sekinlashuv oralig'i quyidagilarni hisobga olgan holda aniqlanadi [2,3].
amin = (5 + 0,3ta)dCi,M, (5)
Bu yerda t3- sekinlashuv oralig'i, ms; C1- tiqin uzunligini hisobga oluvchi koeffitsient (2-jadval).
2-jadval
Cb koeffitsienti tiqin uzunligiga bog'liqligi
Sekinlashuv oralig'i, ms Zaryad diametriga asosan zaboyka uzunligi
11 15 19 21 25 30
10 2,7 2,2 1,6 1 tiqinsiz -
40 2,1 1,8 1,4 1 tiqinli -
50 1.8 1,6 1,3 1 tiqinsiz -
70 1,6 1,4 1,2 1 0,37 tiqinsiz
80 1,5 1,4 1,2 1 0,59 0,17
90 1.4 1,3 1,1 1 0,71 0,41
100 1,3 1,2 1,1 1 0,82 0,60
Qisqa muddatli portlash vaqtida portlashning xavfsiz seysmik ta'siri zaryadning maksimal massasini aniqlash formulasi quyidagicha topiladi.
qk.3.b 2 qmz,
(6)
bu yerda Qm- seysmik ta'sir xavfsiz bo'lishi uchun bir vaqtda portlatiladigan maksimal ruxsat etilgan zaryad massasi, kg;
z-ruxsat etilgan guruhlar soni va portlash setkasing sekinlashuvi,
© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(2) 2022 SJ IF=3.943
mijkrn[t:us
1 librarv.ru
18
z = ^^ (7)
2qh v 7
Sekinlashuv guruhlari soni odatda 3-6 ni tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Мосинец В.Н. Дробящее и сейсмическое действие взрыва в горных породах. -М.: Недра, 1986.
2. Машуков В.И. Расчет оптимальных интервалов замедления при короткозамедленном взрывании // Горный журнал. - Москва, 1985. - №11. - С.35-37.
3. Кочанов А.Н. К вопросу о выборе интервалов замедлений прикороткозамедленном взрывании // Сб. трудов третьей Международной научной конференции. - г. Абаза (Хакасия), 9-14 сентября 2002 г. - Под ред. акад. К.Н.Трубецкого и д.т.н., проф. С.Д.Викторова. - Новосибирск: «Наука», 2003. - С. 162-164.
4. https ://7universum. com/ru/tech/archive/item/13095
> International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol. 3(2) 2022 SJ IF=3.943
mijkrn[t:u£
ь librarv.ru
19