Научная статья на тему 'DIZEL LOKOMOTIVLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISHDA TORTUV HISOB-KITOB QILISH VA GRAFIK USULINI TALABALARGA O`RGATISH'

DIZEL LOKOMOTIVLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISHDA TORTUV HISOB-KITOB QILISH VA GRAFIK USULINI TALABALARGA O`RGATISH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
153
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dizel tortuv lokomotiv / yoqilg'i-energiya samaradorligi / tortuv hisob-kitoblari va grafik tuzish usuli / harakatlanish tezligining egri chizig'ini qurish / harakatlanish vaqtini hisoblashning grafik usuli. / diesel traction locomotive / fuel-energy efficiency / traction calculations and the method of graphic design / construction of the velocity curve of movement / graphical method of calculating the time of movement.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Otamurodov Umidjon Shavkatovich, Oleg Sergeyevich Ablyalimov

Temir yo`l transporti sanaladigan dizel tortuv lokomotivlaridan temir yo`llarning tog`li va tog`-adirli qism (uchastka)larida samarali foydalanish uchun harakat davomida tejamkor yoqilg`i-energiya, tezlik va vaqt hisob-kitoblari va grafik tuzish usulini bo`lajak temir yo`l mutaxassislari-talabalarga o`rgatish metodikasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING CALCULATION AND GRAPHIC TECHNICAL TEACHING TO STUDENTS IN RESEARCH OF EFFICIENCY OF USING DIESEL LOCOMOTIVES

The method of teaching future railway specialists-students the method of saving traction calculations of fuel-energy, speed and time and the method of graphic design, for effective use from which are considered Railway transport-diesel traction locomotives in the mountain and mountain-edged parts (plots)of Railways.

Текст научной работы на тему «DIZEL LOKOMOTIVLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISHDA TORTUV HISOB-KITOB QILISH VA GRAFIK USULINI TALABALARGA O`RGATISH»

DIZEL LOKOMOTIVLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI TADQIQ QILISHDA TORTUV HISOB-KITOB QILISH VA GRAFIK USULINI

TALABALARGA ORGATISH

Otamurodov Umidjon Shavkatovich

Toshkent davlat transport universiteti

Ilmiy rahbar: Oleg Sergeyevich Ablyalimov

ANNOTATSIYA

Temir yol transporti sanaladigan dizel tortuv lokomotivlaridan temir yo'llarning tog li va tog'-adirli qism (uchastka)larida samarali foydalanish uchun harakat davomida tejamkor yoqilg'i-energiya, tezlik va vaqt hisob-kitoblari va grafik tuzish usulini bolajak temir yo'l mutaxassislari-talabalarga o'rgatish metodikasi.

Kalit so'zlar: dizel tortuv lokomotiv, yoqilg'i-energiya samaradorligi, tortuv hisob-kitoblari va grafik tuzish usuli, harakatlanish tezligining egri chizig'ini qurish, harakatlanish vaqtini hisoblashning grafik usuli.

TEACHING CALCULATION AND GRAPHIC TECHNICAL TEACHING TO STUDENTS IN RESEARCH OF EFFICIENCY OF USING DIESEL

LOCOMOTIVES

ABSTRACT

The method of teaching future railway specialists-students the method of saving traction calculations of fuel-energy, speed and time and the method of graphic design, for effective use from which are considered Railway transport-diesel traction locomotives in the mountain and mountain-edged parts (plots)of Railways.

Keywords: diesel traction locomotive, fuel-energy efficiency, traction calculations and the method of graphic design, construction of the velocity curve of movement, graphical method of calculating the time of movement.

Kirish. Lokomotiv xo'jaligi temir yo'l transporti sohasidagi etakchi tarkibiy bo'linmalardan biri bo'lib, ushbu sohaning ishi ko'p jihatdan yuk va yo'lovchilarni tashish jarayonini, poezdlar harakati xavfsizligini, shuningdek, dizel va elektr tortuv harakat tarkiblarining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish kabi ishlarni muvofiqlashtirish orqali aniqlanadi. Eng muhim yuklar, yoqilg'i, sanoat xomashyosi, tayyor mahsulot va yo'lovchilarni muvaffaqiyatli tashish, asosan lokomotiv parklari ishini to'g'ri rejalashtirilishiga, harakatlantiruvchi tortuv harakat tarkiblaridan foydalanish samaradorligiga, lokomotiv brigadalarining ishini va dam olishini to'g'ri tashkil etilishi tizimiga bog'liq.

Rivojlanayotgan yangi O'zbekistonda, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ ham yangi bosqichda elektrlashtirish ishlari olib borayotgan bir davrda, o'z lokomotiv parkini 3ES5K ("Yermak") rusumli yangi avlod elektrovozlari bilan to'ldirib borish hisobiga foydanish sharoitida elektr tortuv lokomotivlaridan foydalanish salmog'i ortmoqda. Shunga qaramasdan, temir yo'lning turli tortish qiyinchiligi yuqoriroq qism(uchastka)lar hisoblanadigan tog'li va tog'-adirli qism(uchastka)larida tashilayotgan yuklarning katta qismi aynan magistral va yuk dizel tortuv lokomotivlari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Chunonchi, tarmoq ma'lumotlari tahlili shuni ko'rsatadi-ki, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ Lokomotiv parkining tog'li va tog'-adirli qism(uchastka)lari uchun foydalaniladigan lokomotivlarning asosiy qismini dizel lokomotivlari tashkil etib, bulardan 70% ga yaqinini esa TE10M va UzTE16M rusumli teplovozlardir.

Asosiy qism. Poezdlar harakat xavfsizligini taminlash va boshqarish davrida ularning energiya qurilmalaridan oqilona ish rejimlariga rioya qilgan holda, dizel tortuv magistral (poezd) yuk lokomotivlaridan foydalanishda yoqilg'i-energiya samaradorligini o'rganish hamon O'zbekiston temir yo'l sanoatining juda muhim, zarur va dolzarb vazifasi bo'lib qolmoqda.

Ushbu dolzarb vazifani amalga oshirish uchun lokomotiv tortish nazariyasining amaliy tarkibiy qismi bo'lgan tortish hisob-kitoblaridan [2,3] foydalanish muhim va zarur. Bu zaruriyatni temir yo'l transporti yo'nalishi bo'yicha talim olayotgan talaba yoshlarga yangi usullar va dasturlar yordamida o'rgatish orqali kelajakda temir yo'l tarmog'i uchun etishib chiqayotgan yosh kadrlar ushbu dalzarb, muhim muammolarga ijobiy yechim topishiga o'z bilim va tajribasini ko'rsatadi. Mana shu natijaga erishish uchun birinchi navbatda, temir yo'l transporti - lokomotiv yo'nalishi bo'yicha talim olayotgan talaba yoshlarga "lokomotivlarni tortish nazariyasi" [1] fanini chuqur o'rgatish va albatta tortuv hisob-kitoblarining hisobiy va amaliy tarkibiy qismlarini mukammal o'rgatish zarur. Bu quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

-Temir yo'llarning malum bir qism (uchastka)sida poezdlar harakatlanish jarayonini o'rganish vazifasini belgilash;

Poezdning harakat jarayoni quyidagi differentsial tenglamalar bilan tavsiflanadi:

dv/dt=Zu 1.1

bu yerda: v-harakat tezligi, m/ s; t -poezdning ishlash vaqti, s; u-poezdning o'ziga xos teng ta'sir qiluvchi kuchi, N / kn; Z -poezdning haqiqiy tezlanishi, kNm/Ns .

Poezdning harakatlanish jarayonining boshlang'ich va oxirgi holati S yo'l va V tezlik koordinatalari bilan berilgan, ya'ni:

(Sn ,Vn), (Sk ,Vk) 1.2

Poezdning harakat V tezligi, FK tortish kuchi va Nk quvvatiga cheklovlar qo'yiladi:

(V<Vor), (Fk < Fkllash), (Nk<Nkmax) 1.3

bu yerda: Fkllash -g'ildiraklarni rels bilan ilashish bo'yicha lokomotivning tortish kuchi, N.

Aniqlangan u = f (S) tenglamaning yechimi yordamida (1.1) poezd holatining boshqa barcha koordinatalarini, shu jumladan poezd tortish bo'yicha E yoqilg'i-energiya resurslarini sarflanishini aniqlashga imkon beradi.

(1.1)- (1.2) ni hisobga olgan holda (1.3) tenglama bilan ifodalanadigan poezdlar harakati shartlari uchun shunday boshqarish u*=f(s)- tortish, bo'sh yurish va xizmat to'xtatish rejimlarining kombinatsiyasini topish kerakki, bu poezdning hisob bo'limining oxiridagi B qandaydir daromad parametri bilan jarayonning boshlang'ich holatidan oxirigacha harakatlanishini ta'minlaydi.

Bu yerda B parametri dizel yonilg'isi va elektr energiya sarfini, mablag'lar sarfini va boshqalarni aniqlaydi.

Poezdni berilgan qism (uchastka) bo'ylab harakatlantirish uchun sarflangan lokomotivning dizel yonilg'isi sarfi quyidagi formula bilan hisoblanadi [2]:

Е=GT tT + gх tх (1.4)

bu yerda: GT - mashinist kontrollerning nominal holatida dizel tortuv lokomotivlarining dizel yoqilg'isining sarfi, kg / min;

tT - Lokomotivning tortish rejimidagi umumiy harakat vaqti, min;

gx -teplovozning bo'sh yurish va to'xtatish rejimlarida dizel yoqilg'isining sarfi, kg /

min

tx -teplovozning bo'sh yurish va to'xtatish rejimlaridagi umumiy harakat vaqti, min.

Dizel yoqilg'isining solishtirma sarfi quyidagi formula bilan aniqlanadi:

e = E_2o1, kg (1.5)

Q • L 10 4 tkm brutto v 7

bu yerda: Q -tarkib(poezd) ning massasi, t; L - hisob qismining uzunligi, km.

Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun poezdlar harakati tenglamalarini yechish va uni yechish natijalarini tahlil qilish kerak.

-Hisob qismida poezdning yurish vaqti va harakatlanish tezligining egri chizig'ini qurish metodikasi;

Poezdning harakatlanish traektoriyasi tenglamasini integrallashning grafik usuli bilan [2,3] tezlikning dV cheksiz kichik orttirmalari ÀV chekli kichik orttirmalari bilan almashtirilib, natijada o'zgaruvchan natijaviy kuch intervalda doimiy va mos keladigan o'rtacha tezlik deb qabul qilinadi.

Misol tariqasida, bekat hududida poezd joyidan harakatlanib tezlashganida V=/(s) tenglamaga bog'liq grafik qurilish usulini ko'rib chiqamiz. Grafik qurilish bekatning to'g'ri gorizontal jo'natish yo'li uchun shakllantiriladi. Yo'l funksiyasidagi tezlikni hisoblash uchun tortish rejimidagi /y (u) poezdning natijaviy o'ziga xos tasir etuvchi kuchlari diagrammasidan foydalanamiz. Yo'l miqyosida yo'l profili elementining uzunligini qoldiramiz.

Tezlik oralig'ini Àu01= u1- u0=10 km/soat (1.1-rasm), bu erda: u0=0 deb qabul qilinadi. Olingan tezlik oralig'ida 1 o'ziga xos ta'sir etuvchi kuchlari bo'lak-chiziqli yaqinlashishi amalga oshadi: buning uchun u01=5 km/soat oralig'ida o'rtacha tezlik aniqlanadi va uni 1-diagrammani a nuqtasiga qo'yiladi; a nuqtadan a/ nuqtaga /y(u) egri chiziq bilan kesishishgacha A1 gorizontal chiziq o'tkaziladi va /y01 o'ziga xos tasir etuvchi kuchga to'g'ri keladigan u01 o'rtacha tezlik topiladi, vaholanki olingan Àu01 oralig'ida doimiy ravishda qabul qilinadi.

Keyingi navbatda, qutbni tanlash va olingan Àu oralig'i ichida u(s) integral egri chiziq hosilasini qurish amalga oshiriladi.

Shunday qilib, harakat malum hududda sodir bo'lgani uchun qurilishning qutbi sifatida 0 koordinatani boshlanishi deb qabul qilinadi. A2 nur chizaladi va a1 burchakka ega bo'linadi, natijada tangensi /y01 tezlashtiruvchi kuchga proportsional bo'ladi.

A2 nuriga A3 perpendikulyar chiziq shunday o'tkaziladi-ki, shunda u 01 nuqta -bekat o'qi orqali o'tadi, 0 nuqtadan ixtiyoriy masofada o'tkazilganda, ß 1 burchak hosil bo'ladi. H1 tezlik oralig'ining oxiridan biz gorizontal A1ni chizamiz va uning A3 bilan kesishgan joyida a nuqtani qayd qilamiz. u1 tezlik oralig'ining oxiridan A1 gorizontal chizig'i chiziladi va uning A3 perpendikulyar chiziq bilan kesishgan joyida A nuqta belgilanadi. 01 chiziq - A integral egri chiziq u(s) ning akkordi hisoblanadi. Chunki, a1 va ß1 burchaklari o'zaro perpendikulyar tomonlar bilan burchaklar sifatida tengdir, yo'lning masshtabi esa burchaklarning tengligi shartidan aniqlanadi.

Integrallashning keyingi bosqichida v(s) bog'liqlikni shakllantirish uchun Àu1 2 boshlang'ich sharoitlarini Àu01 oldingi oralig'ining oxiridagi poezd holatining koordinatalari sifatida qabul qilanadi, yani 01 - A akkordining oxirida.

Quyidagi tezliklar Àu12 = u2 - u oralig'idagi /y12 ( B1 chiziq) teng tasir qiluvchi kuchni va

v1 2 Vl+V2 ( b nuqta) o'rtacha tezlikni /y(u) diagrammaga joylashtiriladi. B' nuqtadan 0

qutb orqali B2 nurga chiziq o'tkazilib, a2 burchak yasaladi. B2 nurga B3 perpendikulyar o'tkaziladi, chunki u avvalgidek 01 orqali emas, balki A nuqtaga 01 - A akkordining oxiri orqali o'tadi. Àu12 tezlik oralig'ining oxiridan B4 gorizontal chiziq o'tkaziladi va B3 perpendikulyar chiziq bilan kesishgan joyida B nuqta belgilanadi. A - B chiziqlar ham v(s) egri chizig'ining akkordi hisoblanadi.

Àu23 (yo'l profilining olingan elementidagi oxirgi) tezlik oralig'i tanlash usuli bilan aniqlanishi kerak-ki, shunda D3, D4 nurlar va yo'l elementining chegarasi vertikal d-O2 chiziqlari birga D nuqtada kesishadi. Yo'l elementi ichida qurilgan bir qator bog'langan akkordlar, bir-biriga bog'langan akkordlarning singan chizig'ini hosil qiladi, bu esa bazi yondashuvlar asosida v (s) bo'lak-chiziqli funksiya shakldagi poezdlarning harakati qonunini ifodalaydi.

1.1-rasm. Poezdlar bekati hududida poezdni joyidan qo'zg'alib tezlashishi paytida harakatlanish tezligining egri chizig'ini qurish usuli

Q

t=/(s) [2,3] ga bog'liq bo'lgan grafik qurilishlar usuli keltirilgan.

1.2-rasmda qurilgan t(s) grafik qurilishlar, u(s) harakatlanish tezligining egri chizig'ining qurilishiga bog'liq holda ishlab chiqiladi. 0 dan À0 masofaga u tezlikning 01 o'qi quriladi. u(s) grafigidagi Àu01 tezlikning birinchi oralig'i aniqlashtirilib, u01=(u0+ u1)/2 o'rtacha tezlik topiladi. A1 gorizontal chizig'i u tezlikning 01 o'qi bilan kesishguncha chiziladi va A2 chizig'idan o'tish orqali 51 burchak hosil bo'ladi. A2 chiziqqa A3 perpendikulyar chiziqi shunday chiziladiki, u 0 koordinatasi orqali o'tadi. t o'qi bilan A3 chizig'i y1 burchak hosil qiladi. 51 va y1 burchaklari o'zaro perpendikulyar tomonlari bo'lgan burchaklar sifatida bir-biriga tengdir. Aniqlangan Àu01 tezlik oralig'i oxiridan A2 vertikal chizig'i o'tkaziladi va A3 chizig'i bilan kesishganida A nuqta xosil bo'ladi. t(s) egri integral chiziqning akkordi hisoblangan 0 - A chizig'i chiziladi, chunki Y1 va 51 burchaklari burchaklarning tengligi shartidan tanlangan vaqt masshtabi kabi tengdir. Keyin Àu12=u2-u1 tezlik oralig'i aniqlanadi va Àu01 oralig'i uchun analogik qurilishlar ishlab chiqiladi. Faqatgina B2 nuriga B3 perpendikulyar chizig'i 0 orqali emas, a balki oldingi OA akkordining oxiri orqali hosil qilinadi va natija quyidagicha ko'rinadi.

1.2-rasm. Poezdning harakatlanish vaqtini hisoblashning grafik usuli Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 830

I

0 - А, А - В, В - С ketma-ket bog'langan akkordlar qatori t (s) bo'lak-chiziqli funksiya hisoblanadi. Si yo'lning biror bir bo'lagi uchun qabul qilingan t(s) bog'liqligining hi ordinatasi; va x vaqtlar masshtabiga bo'lingan holda, Ati=hi/x poezdning harakatlanish vaqti daqiqalarda aniqlanadi.

hi qiymati uzluksiz o'sib boradi, shunday ekan grafik qurilishni ishlab chiqishda millimetrli qog'ozdan tashqariga chiqishi mumkin. Shuning uchun har safar hi qiymati maksimal balandlikka yetganda uning grafigi uziladi va qurilish abssissa o'qidan boshlanadi. Buning uchun 10 minutga to'g'ri keladigan hmax=10 sm darajasiga uzilgan t(s) oxiridan d - 0 vertikal chizig'ini yo'lning o'qi bilan kesishgan joyigacha tushirish, kesishish nuqtasidan A0 = 30 mm chapga qutb masofasini qo'yish, A0 oxiridan 02 - и tezlik o'qiga o'tqazish va barcha qurilishlarni birinchi vaqt oralig'iga o'xshash tarzda amalga oshiriladi. hmax=10 sm qiymati butun qism (uchastka) bo'yicha harakatlanish vaqtini hisoblash qulayligi uchun qabul qilinadi.

Xulosa: Ushbu tortuv hisob-kitoblari va grafik tuzish usuli, harakatlanish tezligining egri chizig'ini qurish, harakatlanish vaqtini hisoblashning grafik usullarini talabalarga o'rgatilishi natijasida, kelajakda O'zbekiston temir yo'l sanoatining juda muhim, zarur va dolzarb vazifasi bo'lib turgan dizel tortuv magistral (poezd) yuk lokomotivlaridan foydalanishda: turli og'irlikdagi tarkib poezdni berilgan qism (uchastka) bo'ylab harakatlantirish uchun sarflanadigan lokomotivning dizel yonilg'isi sarfini, poezdning yurish vaqti va harakatlanish tezligidan optimal va tejamli foydalanish, lokomotivning tortish, bo'sh yurish va to'xtatish rejimlaridagi umumiy harakat vaqti va yoqilg'i-energiyasini tejash samaradorligiga erishishda muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. Деев В. В. Тяга поездов [Matn] / В. В. Деев, Г. А. Ильин, Г. С. Афонин // Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv qo'llanma. - М: Transport, 1987-y.

2. Правила тяговых расчётов для поездной работы // Butun ittifoq temir yol transporti ilmiy-tadqiqot instituti - М.: Transport, 1985-y,

3. Аблялимов О. С. Графический метод расчёта времени хода поезда на разгон -замедление [Matn] / О. С. Аблялимов, И. О. Ташбеков, О. Б. Нигматов // Respublika ilmiy - amaliy anjumani "Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining o'zaro hamkorlik aloqalari: yutuq va muammolar". // Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. - Toshkent: TDIU, 2017.

4. Аблялимов, О. С. Исследование эффективности использования тепловозной тяги на холмистом участке железной дороги [Matn] / О. С. Аблялимов, Ж. Х. Атахажаев // TTYMI Xabarnomasi / Toshkent temir yo'l muhandislari instituti -Toshkent, 2013. - № 3/4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.