Научная статья на тему 'QISQA MUDDATLI PORTLASH SODIR BO’LGANDA TOG‘ JINSLARINING BUZILISH RADIUSINI ANIQLASH ORQALI BURG’ULASH-PORTLATISH ISHLARI PASPORTI PARAMETRLARINI HISOBLASH.'

QISQA MUDDATLI PORTLASH SODIR BO’LGANDA TOG‘ JINSLARINING BUZILISH RADIUSINI ANIQLASH ORQALI BURG’ULASH-PORTLATISH ISHLARI PASPORTI PARAMETRLARINI HISOBLASH. Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
318
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shpur / skvajina / tog’ massivi / kon laximi / portlovchi modda / to’lqin / patron / zaryad / detonatsiya / kavjoy / qatlam. / hole / borehole / rock mass / mine workings / explosive / wave / cartridge / charge / detonation / face / formation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nurxonov Xusan Almirza O’g’li, Mansurova Sevara Abdukarim Qizi

Ishlarning aksariyati tog’ jinslari massivida buzilgan tog’ jinsini ajratib turadigan yoriqlar tizimini shakllantirishga va uning paydo bo’lish vaqtini belgilashga imkon beradigan qo’shimcha ochiq sirt hosil qilishga bag’ishlangan. Shuning uchun portlatish ketma-ketligining qo’shimcha ochiq sirt hosil bo’lishini hisobga olgan holda ma’dan konlarini burg’ulash va portlatish texnologiyasida burg’ulash shpurlarini fazoviy joylashishiga ta’sirini o’rganish dolzarb ilmiy va amaliy muammo hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CALCULATION OF DRILLING AND BLASTING PASSPARATOR PARAMETERS BY DETERMINING THE RADIUS OF DESTRUCTION OF ROCKS IN THE EVENT OF SHORT-TERM EXPLOSIONS.

The overwhelming majority of works are devoted to the formation of a system of cracks separating the destroyed rock from the destroyed rock mass and forming an additional open surface, which makes it possible to establish the time of its formation. Therefore, the study of the influence of the sequence of blasting on the spatial arrangement of holes in the drilling and blasting technology of mine workings, taking into account the formation of an additional open surface, is an urgent scientific and applied problem.

Текст научной работы на тему «QISQA MUDDATLI PORTLASH SODIR BO’LGANDA TOG‘ JINSLARINING BUZILISH RADIUSINI ANIQLASH ORQALI BURG’ULASH-PORTLATISH ISHLARI PASPORTI PARAMETRLARINI HISOBLASH.»

Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences Q

R

VOLUME 1 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784

QISQA MUDDATLI PORTLASH SODIR BO'LGANDA TOG' JINSLARINING BUZILISH RADIUSINI ANIQLASH ORQALI BURG'ULASH-PORTLATISH ISHLARI PASPORTI PARAMETRLARINI

HISOBLASH.

Nurxonov Xusan Almirza o 'g'li Qarshi muxandislik -iqtisodiyot instituti katta o'qituvchisi [email protected] Mansurova Sevara Abdukarim qizi Qarshi muxandislik -iqtisodiyot institute magistranti

Annotatsiya: Ishlarning aksariyati tog' jinslari massivida buzilgan tog' jinsini ajratib turadigan yoriqlar tizimini shakllantirishga va uning paydo bo 'lish vaqtini belgilashga imkon beradigan qo'shimcha ochiq sirt hosil qilishga bag'ishlangan. Shuning uchun portlatish ketma-ketligining qo'shimcha ochiq sirt hosil bo'lishini hisobga olgan holda ma'dan konlarini burg'ulash va portlatish texnologiyasida burg 'ulash shpurlarini fazoviy joylashishiga ta 'sirini o 'rganish dolzarb ilmiy va amaliy muammo hisoblanadi.

Kalit so'zlari: shpur, skvajina, tog' massivi, kon laximi, portlovchi modda, to 'lqin, patron, zaryad, detonatsiya, kavjoy, qatlam.

Аннотация: Подавляющее большинство работ посвящено образованию системы трещин, отделяющих разрушенную породу от разрушаемого массива и образующих дополнительной открытую поверхность, что позволяет устанавливать время ее образования. Поэтому исследование влияния очередности взрывания на пространственное расположение шпуров при буровзрывной технологии проведения горных выработок с учетом образования дополнительной открытой поверхности является актуальной научно-прикладной задачей.

Ключевые слова: шпур, скважина, горный массив, горные выработке, взрывчатое вещество, волна, патрон, заряд, детонация, забой, пласт.

Abstract: The overwhelming majority of works are devoted to the formation of a system of cracks separating the destroyed rock from the destroyed rock mass and forming an additional open surface, which makes it possible to establish the time of its formation. Therefore, the study of the influence of the sequence of blasting on the spatial arrangement of holes in the drilling and blasting technology of mine workings, taking into account the formation of an additional open surface, is an urgent scientific and applied problem.

Oriental Renaissance: innovative, J^ VOLUME 11 ISSUE 1

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

Key words: hole, borehole, rock mass, mine workings, explosive, wave, cartridge, charge, detonation, face, formation.

KIRISH

Maksimal samaradorlikka erishish uchun burg'ilash texnologiyasi bo'yicha ish olib borish amaliyoti qisqa muddatli portlashdan foydalanishni o'z ichiga oladi, bu esa o'yuvchi shpurlarning o'lchamlariga bog'liq xolda tog' jinsi massivi buzilishiga bog'liq va o'yuvchi shpur portlash natijasida loyixadagi kon laximining ko'ndalang kesim yuzasi o'lchami o'zgarib boradi. Biroq, hozirgi vaqtda shpurlarni joylashtirish sxemalarini loyihalashda ularning portlashlari ketma-ketligi hisobga olinmaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ishning maqsadi - portlashning tartibini va qo'shimcha ochiq sirtni shakllantirishni hisobga olgan holda, shpurlarni joylashtirish sxemasini tuzish tamoyillarini asoslashdir. E. G. Baranov o'zining ilmiy ishlari natijasida olib borgan bir qator portlovchi moddalarini batafsil tahlil qilib ularni guruhlash va tizimlashtirish o'rtasida optimal sekinlashuv oralig'ini o'rnatishga bag'ishlangan bir qator ishlari mavjud.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Qisqa muddatli portlash sodir bo'lganda tog' jinslarrnrng buzilish masalalari obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tog' jinsining ayrim namunalarida kuchli to'lqinining tarqalishi bo'yicha ilgari olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, tog' jinsining zararli to'lqinning ta'siridan tog' jinsining buzilishining nisbiy radiusi quyidagi bog'liqlik bilan aniqlanishi mumkin:

R = 12,148 pBB Dbb

r PnA , (1)

bu yerda: R - buzilish radiusi, m;

r - PM ning berilgan zaryad radiusi, m; pBB - PM patronining zichligi, kg/m3; DBB - PMning detonatsiya tezligi, m/s; pn - tog' jinsining zichligi, kg/m3;

A - bo'ylama to'lqinning tarqalish tezligi - adiabatik zarb chiziqli tasvirining birinchi koeffitsienti, m/s.

Sferik zarbali to'lqinining paydo bo'lishida butun cho'zilgan zaryadda emas,

balki uning faqat bir qismi qatnashishini hisobga olsak i = 2 R, portlovchi modda

3

Oriental Renaissance: innovative, J^ VOLUME 11 ISSUE 1

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

patronlar diametriga qarab portlovchi modda shpurining zaryadi atrofida tog' jinsining buzilish radiusini aniqlashimiz mumkin:

2

R ]d 8

12J48Pbb D BB

Pu A

(2)

v rn^ y bu yerda d - patron diametri, m.

Shunday qilib, PM zaryadining massasiga bog'liq xolda, patron zichligi va portlash tezligiga qarab, zarba to'lqini bilan tog' jinsini maydalash ishlarining maksimal radiusini aniqlash imkonini beradi. Bu esa, kon laximlarining kavjoyida shpurlar orasidagi masofani loyihalashtirish imkonini beradi.

Tog' jinslarini buzilish radiusini aniqlash va sferiksimon kuch to'lqinining shakllanishida butun uzaytirilgan zaryad emas, balki uning faqat bir qismi ishtirok etishi hisobga olinsa,

/ = 2 *, 3

berilgan diametrning birlik zaryadining uzunligini aniqlash mumkin va lzab ning minimal uzunligini belgilash va zaryadning chuqurligini hisobga olgan holda, PM ning shpur zaryadining massasini aniqlash mumkin.

Yuqorida aytib o'tilganidek, tog ' massivini buzilishining nisbiy radiusi PM portlashining mahsulotlarining akustik qat'iyligiga bog'liq va tenglama bilan tavsiflanadi:

R = 0,7164<p„ DBB (5)

r

bu yerda: R - massiv buzilish radiusi, m;

r - PM zaryadining konsentratsiyalangan radiusi, m; pBB - PM patronining zichligi, kg/m3;

Dbb - PM detonatsiya tezligi, km/s.

Biroq, erkin sirt mavjud bo'lganda, zarba to'lqinlarining muhitlar bo'linishi chegarasidan va eritmaning zarba to'lqinlarining paydo bo'lishidan kelib chiqqan holda, sinishning nisbiy radiusi oshadi va quyidagi bog'liqlik bilan aniqlanishi mumkin:

R

= 0,3104(pbb Dbb )0,4679. (6) r

Bu esa, PM zaryad zonasiga yaqin erkin sirt mavjud bo'lganda, sinishning nisbiy radiusidagi o'zgarishlarning bog'liqligini aniqlash imkonini beradi:

= 0,7164(PBB dZ r"=0-4369(PBB dbb r- (7)

151

3

Oriental Renaissance: innovative, educational, natural and social sciences Q

Bu esa, qo'shimcha ochiq sirt hosil bo'lishini hisobga olgan holda, kon laximini kavjoyida shpurlarni joylashtirish tizimini loyihalash tamoyillarini shakllantirish imkonini beradi:

- yordamchi va chegaralovchi shpurlar ishini yengillashtirish uchun o'yuvchi shpurlari orqali ochiq yuza sirtni yaratishni ta'minlashi kerak;

- yordamchi va chegaralovchi shpurlar bir turdagi PM bilan portlatilganda, buzilish radiusini aniqlash uchun ular bir-biriga nisbatan ikki qator masofada joylashgan bo'lishi kerak;

- qisqa sekinlatkich seriyasida PM portlatilgan shpurlar qatori orasidagi masofa ochiq sirt ta'sirini va massiv buzilish radiusini hisobga olgan holda tog' massivining buzilish radiusi yig'indisi sifatida aniqlanishi mumkin. Tadqiqot natijalariga ko'ra portlash xavfi yuqori bo'lgan qatlamlarda portlashning usullari va patentlangan usulini hisobga olgan holda shaxta markazining qiyaligi uchun pasport tuzildi. A.A. Skochinskiy burg'ulash sxemasi va ularni portlatish ketma-ketligini hisobga oladi. Bir vaqtning o'zida portlatilgan shpurlar orasidagi masofa 0,43 m, portlovchi shpurlari guruhlari orasidagi masofa 0,51 m.

XULOSA VA TAKLIFLAR

1. Shpur zaryadining massasiga bog'liqligi uning detonatsiya xarakteri va tog' jinslarini buzilishining adibiatik ko'rsatkichi bilan asoslanadi.

2. Qo'shimcha ochiq yuzaning mavjudligi kon massasining buzilish radiusining oshishiga olib keladi, buzilish radiusining o'sish koeffitsienti esa portlovchi moddaning portlash mahsulotlarining akustik qattiqligining quvvat funksiyasidir.

3. Shpurlarning fazoviy joylashishiga bog'liqligi ularni portlatish ketma-ketligiga qarab loyixalanadi, kirma (zaxodka) da PM ning solishtirma sarfini kamaytirish va portlash samaradorligini oshirishga imkon beradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ю.Д.Норов, П.А.Шеметов. Фойдали казилмаларни казиб олишда бургулаш ва портлатиш ишлари. Навоий - 2002 й.

2. Шеметов П.А., Норов Ю.Д. Буровзрывные работы. Тошкент, 2006. -100 с.

3. Эткин М.Б., Азаркович А.Е. Взрывные работы в энергетическом и промышленном строительстве. М.: МГГУ, 2004.

К VOLUME 1 | ISSUE 1

ISSN 2181-1784

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.