Научная статья на тему 'KARAM VA POMIDOR ZARARKUNANDALARINING PARAZIT ENTOMOFAGLARI FAUNASINI O‘RGANISH'

KARAM VA POMIDOR ZARARKUNANDALARINING PARAZIT ENTOMOFAGLARI FAUNASINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zararkunandalar / entomofag / karam kapalagi / pomidor kuyasi / Hymenoptera / foydali hasharotlar / parazit entomofag / lichinka paraziti.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sattorova Dilafruz

Sabzavot ekinlari orasida karam va pomidor o’simliklarining zararkunandalari ko’pchilikni tashkil etadi. Bu zararkunandalar sonini cheklashda asosan kimyoviy usullardan ya’ni insektisidlardan foydalaniladi. Lekin tabiiy ravishda zararkunandalar sonini pasaytirib turadigan foydali hasharotlar ham borki, bular entomofag hasharotlar hisoblanadi. Ushbu maqolada karam va pomidor ekinlari zararkunandalari va ularning parazit entomofaglari turlar tarkibi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KARAM VA POMIDOR ZARARKUNANDALARINING PARAZIT ENTOMOFAGLARI FAUNASINI O‘RGANISH»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

KARAM VA POMIDOR ZARARKUNANDALARINING PARAZIT ENTOMOFAGLARI FAUNASINI O'RGANISH

Sattorova Dilafruz Alisherovna

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti, assistent, Samarqand

Annotatsiya: Sabzavot ekinlari orasida karam va pomidor o'simliklarining zararkunandalari ko'pchilikni tashkil etadi. Bu zararkunandalar sonini cheklashda asosan kimyoviy usullardan ya'ni insektisidlardan foydalaniladi. Lekin tabiiy ravishda zararkunandalar sonini pasaytirib turadigan foydali hasharotlar ham borki, bular entomofag hasharotlar hisoblanadi. Ushbu maqolada karam va pomidor ekinlari zararkunandalari va ularning parazit entomofaglari turlar tarkibi haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Zararkunandalar, entomofag, karam kapalagi, pomidor kuyasi, Hymenoptera, foydali hasharotlar, parazit entomofag, lichinka paraziti.

STUDY OF FAUNA OF PARASITIC ENTOMOPHAGES OF CABBAGE AND

TOMATO PESTS

Abstract. Among vegetable crops, cabbage and tomato plants have the most pests. To limit the number of these pests, mainly chemical methods, namely insecticides, are used. But there are beneficial insects that naturally reduce the number of pests, and these are entomophagous insects. This article provides information on the species composition of pests of cabbage and tomato crops and their parasitic entomophages.

Key words. Pests, entomophagous, cabbage butterfly, tomato moth, Hymenoptera, beneficial insects, parasitic entomophagous, larval parasite.

ИЗУЧЕНИЕ ФАУНЫ ПАРАЗИТИЧЕСКИХ ЭНТОМОФАГОВ ВРЕДИТЕЛЕЙ КАПУСТЫ И ТОМАТОВ

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Аннотация. Среди овощных культур больше всего вредителей имеют капуста и томат. Для ограничения численности этих вредителей применяют преимущественно химические методы, а именно инсектициды. Но есть полезные насекомые, которые естественным образом сокращают численность вредителей, и это насекомые-энтомофаги. В статье приведены сведения о видовом составе вредителей капусты и томатов и их паразитических энтомофагах.

Ключевые слова. Вредителы, энтомофаг, капустная бабочка, томатная моль, Hymenoptera, полезные насекомые, паразит-энтомофаг, личиночный паразит.

Kirish. Zararkunandalardan karamga karam kuyasi, karam kapalagi, karam tunlami, karam biti zarar yetkazsa, pomidorga kuzgi tunlam, pomidor kuyasi, ko'sak qurti zarar yetkazib iste'mol qilish uchun yaroqsiz qilib qo'yadi.

Yer yuzida parazit entomofaglar juda keng tarqalgan. Ular hasharotlar sinfining 14 turkum 224 ta oilasida uchraydi, turlar bo'yicha barcha hasharotlarning 60-70% ini tashkil etadi. 90% parazitlar paradaqanotlilarning 3 ta oilasiga — Ichneumonidae, Braconidae va Pteromalidae oilalariga mansub hisoblanadi. [6]

Ozbekistonda sabzavot ekinlaridagi zararli hasharotlarni o'rganishga bag'ishlangan maxsus tadqiqotlar hajmi ancha katta. B.B.Yaxontov ishlarida sabzavot ekinlari zararkunandalari sifatida karam shirasi va karam kapalagi, karam kuyasi, butgulli burgalar va qandalalarning biologiyasi va zarari haqida malumotlar keltiriladi. Bevosita sabzavot ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda O'zbekiston hududlariga ta'luqli "Биологическая зашита крестоцветных овощных культур от вредных насекомых" deb nomlangan monografiyani Adashkevich yaratdi. Bu kitobga olim ko'proq zararkunandalarning tabiiy dushmanlariga to'xtalib, ularni amalda qo'llash yo'llarini tavsiya etgan [1]. Ma'lumotlarga ko'ra MDH ning turli mintaqalarida karam kuyasining tabiiy kushandalari sifatida 67 turdagi parazitlar, 41 tur yirtqich va 3 tur kasallik qo'zg'atuvchilari, sobiq SSSR

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

territoriyasida oq kapalaklarning 50 turdan ortiq parazitlari qayd qilingan. (Adashkevich, 1983).

Ammo bevosita Samarqand viloyati hududlarida karam va tomat zararkunandalari ustida Y.N.Burda ishladi. Tadqiqot natijalari "Основные вредители копусты и томатов в условиях Самаркандской области" deb nomlangan biologiya fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasida ifodalagan. Dissertatsiyasida, muallif karam va tomat zararkunandalarini paykallarda paydo bo'lish qonuniyatlari, rivojlanishi, zarar keltirish darajasini, kurash choralarini izohlaydi [4]

Tadqiqot uslublari. Sabzavot ekinlari zararkunandalarining parazit entomofaglari tur tarkibini aniqlash maqsadida karam va pomidor zararkunandalaridan karam kuyasi, karam kapalagi, kuzgi tunlam, pomidor kuyasi, ko'sak qurti tanlab olindi. Tadqiqot ishlari Samaraqand tumanida karam va pomidor agrosenozlari va laboratoriya sharoitida 2024-yilda olib borildi. Parazitlar zararakunandalarning tuxum, lichinka va g'umbagida parazitlik qilishini hisobga olinib sabzavot ekinlaridan zararkunandalarning tuxum, lichinka va g'umbaklari material sifatida terib kelinib laboratoriya sharoitida maxsus idishlarda saqlandi va kuzatish ishlari olib borildi. Materiallardan chiqqan parazitlar tur tarkibi aniqlagich kitoblar yordamida aniqlandi. Tadqiqotlarda K.K.Fasulatining "Umurtqasiz hayvonlarni dala sharoitida o'rganish uslublari" (1971), Bondarenko N.V. ning "Entomofag hasharotlarning tabiiy samaradorligini o'rganish" uslublari, B.A.Dospexovning dala taqqiqot uslublari(1979)dan foydalanildi.

Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar davomida karam kapalagi, karam kuyasi, kuzgi tunlam, ko'sak qurti va pomidor kuyasi tuxum, lichinka va g'umbakalaridan 39 tur parazit entomofaglar chiqdi (1-jadval). Bunda karam kapalagida 4 ta tur parazit: 3 tur lichinka paraziti va 1 ta g'umbak paraziti; karam kuyasida 12 ta tur parazit: 1 tur tuxum paraziti, 8 tur lichinka paraziti, 3 tur g'umbak paraziti; kuzgi tunlamda 10 ta tur parazit: 3 tur tuxum paraziti, 7 tur lichinka paraziti va 1 tur g'umbak paraziti; ko'sak qurtida 7 ta tur parazit: 2 tur tuxum, 3 tur lichinka va 2 tur g'umbak paraziti;

pomidor kuyasida 5 ta tur parazit: 1 tur tuxum, 2 tur lichinka va 2 tur g'umbak parazitlari aniqlandi. (2-jadval) 1-jadval

Zararkunanda nomi Tuxum parazitlari Lichinka parazitlari G'umbak parazitlari

Karam kapalagi Apanteles glomeratus Pteromalus puparum

- Anilasta abenninus -

- Eulophus larvarum -

Karam kuyasi Trichogramma evanecens Horoggenes armillata Diadromus subtilicornis

- Diadegma fenestralis Diad. ustulatus

- Apanteles rubecula Diad. Collaris

- Apanteles vestalis -

- Thyracella collari -

- Itoplectis maculator -

- Itoplectis alternans -

- Itoplectis tunetana -

Kuzgi tunlam Trichogramma pintoi Apanteles telengai Ctenichneumon panzeri

T. Euproctidis Eutanyacra picta -

T. evonescens Ichneumon sareitourus -

- Apanteles tibialis -

- Rogas dimidiatus -

- Microplitis spectabilis -

- Macrosentrus collaris -

Ko'sak qurti Trichogramma pintoi Apanteles kozak Barylypa humeralis

Eplectrus bicolar Apateles ruficus Barylypa chlotica

- Bracon hebator -

Pomidor kuyasi Trichogramma achaeae Apanteles gelechiidvoris Bracon lucileae Elasmus sp. Apanteles sp.

2-jadval

Parazitlarning xo'jayin turli rivojlanish bosqichlariga ixtisoslashuvi

Tuxum Lichinka G'umbak Parazitlar soni

paraziti paraziti paraziti

Karam kapalagi 3 1 4

Karam kuyasi 1 8 3 12

Kuzgi tunlam 3 7 1 11

Ko'sak qurti 2 3 2 7

Pomidor kuyasi 1 2 2 5

Jami 7 23 9 39

Parazitlarning xo'jayin turli rivojlanish bosqichlariga ixtisoslashuviga ko'ra tuxum parazitlari, lichinka parazitlari va g'umbak parazitlariga ajratildi. Jami 39 tur parazitlarning 7 ta turi tuxum paraziti, 23 ta tur lichinka paraziti va 9 tur g'umbak parazitlaridir. Parazit turlar orasida lichinka parazitlari ko'pchilikni tashkil qildi. Karam kapalagida tuxum parazitlari aniqlanmadi.

■ Tuxum paraziti Lichinka paraziti G'umbak paraziti

1-rasm. Parazitlarning xo'jayin turli rivojlanish bosqichlariga ixtisoslashuvi ( %) hisobida

Aniqlangan parazit pardaqanotlilarning 18 % tuxum paraziti, 59% lichinka paraziti va 23 % g'umbak parazitlari ekanligi ma'lum bo'ldi. (1-rasm.)

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

Aniqlangan turlar oilalar bo'yicha taqsimlanganda parazit turlar Hymenopthera turkumining Trichogrammatidae, Ichneumonidae, Braconidae, Pteromalidae, Eulophidae oilalariga mansub ekanligi aniqlandi. Bunda 12 tur parazit Trichogrammatidae, 9 tur parazit Ichneumonidae, 14 tur Braconidae, 1 tur parazit Pteromalidae va 2 tur parazit Eulophidae oilasiga mansub turlardir (3-jadval).

3-jadval

Sabzavot ekinlari asosiy zararkunandalari parazit entomofaglarining oilalar bo'yicha taqsimlanishi. (Samarqand tumani 2024)

u № Karam kapalagi Kara m kuyasi Kuzgi tunlam Ko'sa k qurti Pomido r kuyasi Jami turlar soni

1 Trichogrammatidae - 7 3 1 1 12

2 Ichneumonidae 1 3 3 3 - 9

3 Braconidae 1 2 5 3 3 14

4 Pteromalidae 1 - - - - 1

5 Eulophidae 1 - - - 1 2

Jami 4 12 11 7 5 39

Pteromalidae

3%

Eulophidae 5%

Braconidae 37%

Trichogrammati dae 31%

Ichneumonidae 23%

2-rasm Parazitlar entomofaglarning oilalar bo'yicha taqsimlanishi.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

(% hisobida) Aniqlangan parazit entomofaglarning oilalar bo'yicha taqsimlanganda ularning 12 tasi (31%) Trichogrammatidae, 9 tasi (23%) Ichneumonidae, 14 tasi (37%) Braconidae (37%), 1 tasi (3%) Pteromalidae, 2 tasi (5%) Eulophidae oilalariga mansub turlardir. (2-rasm)

Shunday qilib, sabzavot ekinlari agrosenozida tarqalgan asosiy zararkunandalar (karam kapalagi, karam kuyasi, kuzgi tunlam, ko'sak qurti va pomidor kuyasi)ning parazit entomofaglarlari tur tarkibini aniqlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlar davomida jami 39 ta tur parazit entomofaglar qayd qilindi. Kuzgi tunlamdan 11 tur va karam kuyasidan 12 tur parazit turlar chiqdi va parazit turlar soni ko'pligi jihatidan boshqa zararkunandalardan dominantlik qildi.

Parazitlar Hymenoptera turkumining 5 ta oilasiga (Trichogrammatidae, Ichneumonidae, Braconidae, Pteromalidae, Eulophidae) mansub bo'lgan turlardir. Aniqlangan parazit pardaqanotlilarning 7 tasi (17.9%) tuxum paraziti, 23 tasi (58,9) lichinka paraziti va 9 tasi (23,1%) g'umbak parazitlari ekanligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Адашкевич Б.П. Биологическая защита крестоцветных овощных культур от вредных насекомых, Ташкент, Фан:, 1983, 189 с.

2. Адашкевич Б.П., Шукуралиев Б.Т. Вредители капусты и их энтомофаги в Узбекистане. Биологический метод борьбы с вредителями овощных культур. М. 1989,с. 106-122.

3. Адашкевич Б. П. Энтомофаги капустной моли ( Plutella maculipennis) и рол нектарносов в повышении их биологической активности: Труды МНИИОЗиО, 1970, с 121-140.

4. Бурда Ю.Н. Основные вредители капусты и томатов в условиях Самаркандской области. Автореферат диссертации на соискание учёной степени кандидата биологических наук. Самарканд, 1970

5. Юлдашев Э.Ю. К фауне наездников-браконид (Hymenoptera, Brakonidae, Mikrogasterinae) в Узбекистане. «Биология и интегративная медицина» 2016 №2 С. 6-12.

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 16 (38) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

6. Тобиас В.И. Паразитические насекомые-энтомофаги, их биологические особенности и типы паразитизма. Санкт- Петербург 2004

7. Тобиас В.И. (составитель). Определитель насекомых европейской части СССР. T.III: Перепончатокрылые. Четвертая часть. Л.: Наука, 1986.

8. Юлдашев Э.Ю. К фауне наездников-браконид (Hymenoptera, Brakonidae, Mikrogasterinae) в Узбекистане. «Биология и интегративная медицина» 2016 №2 С. 6-12.

9. Xamrayev A.Sh., Xasanov B.A, Sulaymonov B.A, Kojevnikova A.G, Xolmuradov E.A "O'simliklarni biologik himoya qilish" O'zbekiston Respublikasi Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2013

10. Xamrayev A.Sh., Xasanov B.A, Sulaymonov B.A, Kojevnikova A.G, "O'simliklarni biologik himoya qilish vositalari" - Toshkent - 2012.

11. Kimsanboyev H.X. Ergashev S.F. O'lmasboyeva R.Sh. Sulaymonov B.A. Entomologiya. Toshkent. O'qituvchi 2006-y. 177-199 -b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.