Научная статья на тему 'KAR-SOQOV BOLALAR TIBBIY PEDAGOGIK KORREKSIYANING O’ZIGA XOSLIGI'

KAR-SOQOV BOLALAR TIBBIY PEDAGOGIK KORREKSIYANING O’ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Медицинские науки и общественное здравоохранение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yordamchi maktablar / kar-soqov bolalar / maktabgacha va maktab ta’limi

Аннотация научной статьи по медицинским наукам и общественному здравоохранению, автор научной работы — Soliyev Ilhomjon Sobirovich, Yigitaliyeva Muslimaxon Islomjon Qiz

Kar-soqov bo’lgan bolalar va o’smirlardagi nuqsonlarni tuzatish,bartaraf etib,ularning shaxsiyatlarini har jihatdan rivojlantirish va amaliy faoliyatga tayyorlash

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KAR-SOQOV BOLALAR TIBBIY PEDAGOGIK KORREKSIYANING O’ZIGA XOSLIGI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

KAR-SOQOV BOLALAR TIBBIY PEDAGOGIK KORREKSIYANING O'ZIGA XOSLIGI.

Soliyev Ilhomjon Sobirovich

FarDU, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Yigitaliyeva Muslimaxon Islomjon qizi

FarDU, Maktabgacha ta'lim kafedrasi Maxsus pedagogika (surdopedagogika) yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10853163

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-March 2024 yil Ma'qullandi: 05-March 2024 yil Nashr qilindi: 09-March 2024 yil

KEY WORDS

yordamchi maktablar,kar-soqov bolalar,maktabgacha va maktab ta'limi.

ABSTRACT

Kar-soqov bo'lgan bolalar va o'smirlardagi nuqsonlarni tuzatish,bartaraf etib,ularning shaxsiyatlarini har jihatdan rivojlantirish va amaliy faoliyatga tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasida yordamchi maktablarda maktabgacha va maktab ta'limi tizimida bo'lib asosan, yordamchi ta'limlar ixtiyorida. Ular maktablarning umumiy tamoyillari asosida tashkil qilinadi, lekin tuzilishi, ta'lim tarbiya metotlari jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday maktablarda maxsus o'quv reja va dasturlari asosida ishlaydi. Eshitish, ko'rishda nuqsoni bor bolalar va aqli zaif bolalar uchun alohida darsliklar tuziladi.

Yordamchi maktablarda ta'lim oliy ma'lumotli bakalavr defektolog, defektologiya yo'nalishi bo'yich magistr (surdopedagog, tiflopedagog, oligofrenopedagog, logoped) tomonidan amalga oshiriladi. Yordamchi maktablarda o'quvchilar umumiy ma'lumot olish bilan birga hunar ham o'rganadilar.

Yordamchi maktablar bolalar va o'smirlardagi nuqsonlarga qarab har xil turlarga bo'linaadi va o'ziga xos ta'lim metotlaridan foydalaniladi.

Karlar maktabi-tug'ma kar yoki yoshligida eshitish qobiliyatini yo'qotgan bolalar uchun ochilgan internat maktab tipidagi maxsus ta'lim-tarbiya muassasasi. Karlar va zaif eshituvchilar internat maktablariga bo'linadi.O'zbekistonda birinchi marta 1920 yili nogiron (kar,ko'r,aqli zaif) bolalar internat maktabi sifatida tashkil etilgan.Karlar internat maktabiga mutlaqo eshitmaydigan va gapirmadigan,shuningdek,eshitish qobiliyatidan 75 db dan ortiq darajada mahrum bo'lgan'kuchli ovozdan ta'sirlanadigan va ba'zi nutq tovushlarini qisman farq qiladigan bolalar qabul qilinadi.

Maktabgacha ta'lim muassalariga olinmagan 6-7 yoshdagi bolalar internat maktabning tayyorlov sinifiga qabul qilinadi.Zaif eshituvchilar internat maktabiga nutq,eshitish qobiliyatidan 30 dan 75 db gacha darajada mahrum bo'lgan,nutq (oddiy ovoz bilan aytiladigan so'z va gaplar) ni 3 m masofadan tushunadigan hamda eshitish qobiliyati yetarli bo'lmaganligi

sababli nutqi rivojlanmay qolgan,shuningdek,maktabgacha tarbiya yoshida va maktab yoshida kar bo'lib qolib,nutqi saqlangan bolalar qabul qilinadi.

Kar va zaif eshituvchi bolalar respublika,viloyat,shahar xalq ta'limi boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan tibbiy psixologik-pedagogik komissiyalar tomonidan ko'rikdan o'tkaziladi va o'qishga yo'llanma beriladi.Kar va zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus ta'lim-tarbiya "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni (1997-yil 29-avgust) asosida amalga oshiriladi.Karlar internat maktablarida ta'lim 2 bosqich-boshlang'ich ta'lim (1-5 sinf), tayanch ta'lim ( 6-11 sinf) dan, zaif eshituvchilar internat maktabida 2 bo'lim ( 10- sinfgacha va 11 sinfgacha) dan iborat.Karlar maktablarining boshlang'ich sinflarida o'qish maxsus reja, dastur,darelik va o'quv qo'llanmalari asosida,yuqori sinflarda normal maktablarning 5-9-sinflari dareliklaridan foydalanib olib boriladi.Har bir sinfda o'quvchilar soni 8-10 tadan oshmasligi kerak.O'quv rejasi,dasturi,darsliklar va o'quv qo'llanmalari O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'lim vazirligi Ta'lim markazining maxsus ta'lim bo'limi tomonidan bolalarning eshitish va nutq taraqqiyotidagi kamchiliklari nazarga tutilgan holda tuziladi.2000\2001 o'quv yili boshi O'zbekiston Respublikasida 13 ta karlar internat maktabida (2956 ta o'quvchi) va 5 ta zaif eshituvchilar internat maktabi (1051 ta o'quvchi) ta'lim oldi.Bolalarda karlikning nasliy omillari hissasiga barcha holatlarning 30 % dan 50 % igacha to'g'ri keladi.Nasliy karlik yoki zaif eshitish organizmdagi boshqa a'zolar va tizimlardagi anomaliyalar ko'rish a'zolarining kasallanishi,suyak-mushak,asab tizimi,endokrin tizim patologiyasi bilan kechishi mumkin.

Kar bolalarni ta'lim vazifalari

- Eshitishda nuqsoni bo'lgan bo'lgan o'quvchilarda ta'limga bo'lgan qiziqishni uyg'otish,ularning rivojlanish va mustaqil bilim olishiga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart sharoitlar yaratish.

-Eshitishda nuqsoni bo'lgan shaxslarning dunyoqarashini shakillantirish va kengaytirish.

-Kar va zaif eshituvchi bolalar tafakkurning rivojlanishini ular imkoniyatlari hisobga olgan holda ta'minlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

-O'quv foaliyati ko'nikma va malakalarni shakillantirish, o'g'zaki va yozma nutqni rivojlantirish,maqsadga yo'naltirilgan ta'lim sharoitida kognitiv jarayonlarni faollashtirish.

-Kasbiy faoliyatga tayyorlash, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda mehnat faoliyati uchun lozim bo'lgan tasavvur,ko'nikmalar va malakalarni rivojlantirish.

Eshitishda nuqsonga ega bo'lgan shaxsning ijtimoiy muhit bilan buzilgan bog'lanishlarni tiklash,individual xususiyatlarni hisobga olgan holda mehnat reablitatsiyasini amalga oshirish, ijtimoiy maishiy moslashuvni ta'minlash, eshitish nuqsoniga ega shaxslarning barcha yosh guruhlari uchun yagona ta'lim muhitini tashkil etish.Kar va zaif eshituvchi bolalar bilan sog'lomlashtirish ishlarini olib borish,ularda rivojlanishning ikkilamchi nuqsonlarini paydo bo'lishini oldini olish,sog'lom psixologik muhitini yaratish.Eshitishda nuqsonlarga ega bo'lgan bolalar alohida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiradi, chunki bu nuqson bolaning umuman rivojlanib, kamol topib borishiga, dastur materiallarini o'zlashtirishga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Kar bolalarni hammasida u yoki bu darajadagi qoldiqli eshitish bo'ladi. Qoldiqli eshitish idrokni rivojlantirish bo'yicha maxsus ish jarayonida og'zaki nutqning shakillanishida muhim ro'l o'ynaydi.

Tibbiyotda hozirgi kunda bolalarning eshitish holatini baholashda eshitish buzilishining xalqaro tasnifidan foydalaniladi.

-Zaif esituvchilikning 1- darajasi eshitishning pasayishi 40 dB dan ortmaydi.

- Zaif eshituvchilikning 2-darajasi eshitishning pasayishi 40 dB dan 55 dB gacha. -Zaif eshituvchilikning 3-darajasi eshitishning pasayishi 55 dB dan 70 dB gacha.

- Zaif eshituvchilikning 4-darajasi eshitishning pasayishi 70 dB dan 90 dB gacha . Eshitishning 90 dB dan ortiq pasayishi karlik deb hisoblanadi.

Eshitishda muammosi bo'lgan bolalar maxsus maktab-internatlarining barchasi ovoz kuchaytiruvchi apparatlar bilan ta'minlangan,xonalarni maxsus tovush qaytarmaydigan qoplamlar bilan jihozlanadi, sog'lomlashtirish bo'yicha tadbirlarni maqsadli amalga uchun sharoitlarni yaratish lozim.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tog'risida" milliy dasturi.-T -1997

2. Fayziyeva U,Nazarova D,Qodirova F.surdopedagogika -T 2019-b,46.

3. Aytmetova S.SH."Oligofrenopedagogika".T-1994

4. Soliyev I., Yusufjonova I. "ILK QADAM" O'QUV DASTURIDA PEDAGOGIK TALABLAR JORIY ETISHNING TIZIMLI MEXANIZMI //Евразийский журнал технологий и инноваций. - 2023. - Т. 1. - №. 6 Part 2. - С. 136-138.

5. Sobirjonovich S. I. et al. TARBIYACHILAR KASBIY MAHORAT DARAJASINI OSHIRISH VA UNING TIZIMI //BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI. -2023. - Т. 3. - №. 4. - С. 131-138.

6. Soliyev I., Abdurahmonova Z. MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYACHILARI MEDIASAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASI //Центральноазиатский журнал междисциплинарных исследований и исследований в области управления. - 2024. - Т. 1. - №. 2. - С. 71-77.

7. Turg'unboyev B., Ergasheva D. MUSTAQIL ISHLARNI TASHKIL ETISH-BOSHLANG 'ICH SINF O 'QUVCHILARI O 'QUV-BILUV FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISH VOSITASI SIFATIDA //Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры. - 2023. - Т. 3. - №. 1 Part 1. - С. 162-164.

8. Soliyev I., No'monjonova M. MAKTABGACHA TA'LIM YOSHIDAGI BOLALARDA NUTQNING TOVUSH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI //Бюллетень педагогов нового Узбекистана. - 2023. - Т. 1. - №. 3. - С. 123-127.

9. www.defektologi.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.