Научная статья на тему 'К ВОПРОСАМ БАНКОВСКОЙ ПОДДЕРЖКИ ЭКСПОРТЕРОВ В УЗБЕКИСТАНЕ'

К ВОПРОСАМ БАНКОВСКОЙ ПОДДЕРЖКИ ЭКСПОРТЕРОВ В УЗБЕКИСТАНЕ Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
41
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
банк / конкурентоспособность / Стратегия развития нового Узбекистана / экспорт / экономика Узбекистана / bank / raqobatbardoshlik / yangi Oʼzbekistonning rivojlanish strategiyasi / eksport / Oʼzbekiston iqtisodiyoti

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Набиева, Нилуфар Муратовна

Современная государственная поддержка экспортеров в современном виде начала формироваться еще в начале ХХ в. Сегодня наравне с государственной поддержкой субъектам бизнеса, занимающимся экспортом существенную поддержку и стимулирование оказывают банки. В исследовании проводится анализ политики государства, коммерческих банков в поддержке экспорта промышленной и сельскохозяйственной продукции. Цели работы предложение мер, направленных на повышение конкурентоспособности промышленной и сельскохозяйственной продукции и создание механизмов для ее продвижения на международные рынки в условиях неопределенности. В статье изучается роль банков в поддержке предприятий-экспортёров. Рассмотрен иностранный опыт и предложены направления для отечественных кредитных организаций.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OʼZBEKISTON EKSPORTCHILАRINI BАNK TOMONIDАN QOʼLLАB-QUVVАTLАSH MАSАLАLАRI

Eksportchilarni zamonaviy shaklda davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash XX asr boshlarida shakllana boshladi. Bugungi kunda banklar davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash bilan birga eksport bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlik subʼektlarini ham katta qoʼllab-quvvatlamoqda va ragʼbatlantirmoqda. Tadqiqotda davlat va tijorat banklarining sanoat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari eksportini qoʼllab-quvvatlash siyosati tahlil qilindi. Ishning maqsadi sanoat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va noaniqlik sharoitida uni xalqaro bozorlarga chiqarish mexanizmlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni taklif qilishdir. Maqolada eksport qiluvchi korxonalarni qoʼllab-quvvatlashda banklarning roli oʼrganilgan. Xorijiy tajriba tahlili asosida mahalliy kredit tashkilotlari uchun yoʼnalishlar taklif etilgan.

Текст научной работы на тему «К ВОПРОСАМ БАНКОВСКОЙ ПОДДЕРЖКИ ЭКСПОРТЕРОВ В УЗБЕКИСТАНЕ»

International journal of theoretical and practical research Scientific Journal

Year: 2022 Issue: 11 Volume: 2 Published: 30.11.2022

http://alferganus.uz

Citation:

Kodirov, S.I. (2022). The status of the digital process in Uzbekistan and the significance of international ratings in it. SJ International journal of theoretical and practical research, 2 (11), 142-149.

Kodirov, S.I. (2022). The status of the digital process in Uzbekistan and the significance of international ratings in it. Nazariy va amaliy

tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (11), 142-149.

Doi:https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.7391221

QR-Article

Kodirov, Sardorbek Isroiljon

ugli

Fergana polytechnic institute, Basic doctoral student E-mail: Sardoribek@gmail. com

UDC 33:004+338:004(476)

THE STATUS OF THE DIGITAL PROCESS IN UZBEKISTAN AND THE SIGNIFICANCE OF INTERNATIONAL RATINGS IN IT

Abstract. This article examines the state of digital economy development in Uzbekistan, analyzes the share of the digital economy in the country's gross domestic product, and compares it with a number of developed countries. The importance of international assessment systems for this industry in attracting labor force and investment to the digital economy was considered and a number of indices were analyzed. The current trends of the digital economy at the international level have been reviewed and measures to be implemented in this direction in our country have been proposed.

Key words: Digital economy, trends in digital economy, competitiveness ratings, IT industry

Qodirov, Sardorbek Isroiljon o'g'li

tayanch doktorant Farg'onapolitexnika instituti,

RAQAMLASHTIRISH JARAYONINING O'ZBEKISTONDAGI HOLATI VA UNDA XALQARO REYTINGLAR AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlanish holati ko'rib chiqilgan, raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi tahlil qilingan hamda bir qator rivojlangan davlatlar bilan taqqoslangan. Raqamli iqtisodiyotga ishchi kuchi va investitsiya jalb etishda xalqaro baholash tizimlarining ushbu tarmoqqa ahamiyati ko'rib chiqilgan hamda bir qator indekslar tahlil qilingan.

©

142

Raqamli iqtisodiyotningxalqaro miqyosda hozirgi tendensiyalari ko'rib chiqilgan hamda mamlakatimizda ushbu yo'nalishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora tadbirlar taklif etilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli iqtisod yo'nalishlari, raqobatbardoshlik reytinglari, IT sanoati.

Кодиров, Сардорбек Исроилжон угли

базовый докторант, Ферганский политехнический институт,

СОСТОЯНИЕ ЦИФРОВЫХ ПРОЦЕССОВ В УЗБЕКИСТАНЕ И ЗНАЧЕНИЕ В НИХ МЕЖДУНАРОДНЫХ РЕЙТИНГОВ

Аннотация. В данной статье рассматривается состояние развития цифровой экономики в Узбекистане, анализируется доля цифровой экономики в валовом внутреннем продукте страны, проводится ее сравнение с рядом развитых стран. Рассмотрено значение международных систем оценки для данной отрасли в привлечении рабочей силы и инвестиций в цифровую экономику и проанализирован ряд показателей. Рассмотрены современные тенденции развития цифровой экономики на международном уровне и предложены меры, которые необходимо реализовать в этом направлении в нашей стране.

Ключевые слова: цифровая экономика, тренды цифровой экономики, рейтинги конкурентоспособности, ИТ-отрасль.

Kirish

Jahon iqtisodiy munosabatlari rivojlanishining zamonaviy sharoitida va milliy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning global raqobati kuchayib borayotgan bir sharoitda raqamli texnologiyalarni makroiqtisodiy darajada joriy etishdan ishlab chiqarish sanoatida sezilarli samara olish mumkin. Raqamlashtirish jarayoni ishlab chiqarish va qo'shimcha qiymat zanjirining barcha qismlarida samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish hamda boshqaruv jarayonida to'g'ri qaror qabul qilishning yuzasidan katta ahamiyatga ega. Sanoat 4.0 tamoyillari asosida ishlab chiqarish sanoatini modernizatsiya qilish tufayli ushbu sanoatda mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshirish, eng rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy tafovutni kamaytirish mumkin [1].

Umuman olganda, Mamlakatimizda raqamlashtirishga alohida e'tibor qaratilishiga qaramasdan erishilayotgan natijalarni qoniqarli deb bo'lmaydi. McKinsey konsalting kompaniyasi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyada raqamli iqtisodiyotning ulushi deyarli 4 foiz, AQShda - 11 foiz, Xitoyda - 10 foiz, Evropa Ittifoqi mamlakatlarida - 8 foiz, Chexiya, Braziliya - 6 foiz, Hindistonda - 5 foiz hisoblanadi [2]. Mamlakatimiz statistikasiga ko'ra esa raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotimizdagi ulushi 2 foiz atrofida tebranadi. (1-rasm)

cc

®

143

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH

ISSN 2181-2357

T. 2 №11. 2022

1-rasm. Raqamli iqtisodning O'zbekiston Respublikasi YalM sida ulushi

,•12

Raqamlashtirish bo'yicha O'zbekiston uchun eng muhim tarmoqlar - tog'-kon sanoati, ishlab chiqarish sanoati va transport hisoblanadi. Xalqaro tajribalar shuni ko'rsatadiki, raqamlashtirishda ortda qolayotgan tarmoqlar uchun keyinchalik yetakchi tarmoqlar bilan tafovutni bartaraf etish qiyin bo'ladi, sababi, raqamli madaniyati past kompaniyalarning tegishli mutaxassislar uchun jozibadorligi past bo'ladi. Bundan tashqari, ortda qolayotgan kompaniyalarda yangi raqamli vositalar, mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish, joriy etish va joylashtirish uchun ko'nikma va resurslar yetishmaydi, bu esa ularning raqobatbardoshligini pasaytiradi. Kadrlar masalasida mamlakatimizda mavjud statistik ma'lumotlardan quyidagicha xulosaga kelish mumkin.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yana bir muhim masalalardan biri bu globallashuv jarayonida Xalqaro miqyosdagi tashkilotlar va tomonidan baholanadigan bir qancha indekslarda yorqinroq natijalarga erishish hisoblanadi. Ushbu natijalar ramlashtirish jarayonida muhim bo'lgan jozibadorlikni oshirishga, investitsiya va malakali ishchi kuchini mamlakatimizga jalb etilishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Ushbu tadqiqotning maqsadi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida milliy iqtisodiyotning ishlab chiqarish sanoatini raqamlashtirish holatini tahlil qilish, raqamlashtirish holatini baholash uchun xalqaro qabul qilingan indekslar bilan tanishish hamda O'zbekistonda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarni belgilashdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo'yiladi:

• Yevropa Ittifoqi misolida dunyoning yetakchi mamlakatlari iqtisodiyotini raqamlashtirish darajasini hamda mamlakatimiz sanoatini raqamli modernizatsiya qilishning asosiy yo'nalishlarini tahlil qilish;

• neoindustrial rivojlanishning xalqaro tajribasining aniqlangan o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mahalliy iqtisodiyotni raqamli o'zgartirishning joriy tendensiyalari va istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash.

12 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan. @ ©

144

V2/

ISSN 2181-2357

T. 2 №11. 2022

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL,

RESEARCH _

SJIF 2022:5.962

Tadqiqotda omilli, tarixiy, statistik, qiyosiy va tizimli tahlil usullari, ekspert baholash usuli qo'llanildi, bu esa muallifga qo'yilgan vazifalarni hal etish imkonini berdi.

Natijalar

To'rtinchi sanoat inqilobining joriy etilishi sharoitida raqamlashtirish jarayonining mazmun-mohiyati iqtisodiyotning real sektori texnologiyalari va biznes jarayonlariga axborot-kommunikatsiya va kompyuter texnologiyalarining kirib borishidan iborat hisoblanadi. Hozirgi vaqtda raqamlashtirish mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari: sanoat, transport, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish bilan bir qatorda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida ham jadal rivojlanib bormoqda. Hukumat tomonidan ham huquqiy, ham iqtisodiy tomondan iqtisodiyotimizni raqamlashtirish uchun kerakli shart sharoitlar yaratib berilmoqda. O'zbekistonda 2020-yilda "Raqamli 0'zbekiston-2030" strategiyasi qabul qilingan bo'lib ushbu strategiya bir qancha hududlarni va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish nuqtai nazaridan 2020-2022 yillarga mo'ljallangan davlat dasturlarini o'z ichiga oladi. Mazkur strategiya respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish sur'atlarini jadallashtirish va raqamli texnologiyalar yordamida aholining turmush sifatini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Undan asosan 4 ta yo'nalishda: elektron hukumat; raqamli industriya; raqamli ta'lim; raqamli infratuzilma ni rivojlantirish yuzasidan dasturlar ishlab chiqilgan va birin ketinlikda amalga oshirilmoqda [3].

"Raqamli 0'zbekiston-2030" dasturi amalga oshirilishining birinchi yili bo'lgan 2020 yilda axborot va kommunikatsiyalar sohasiga investitsiyalar sezilarli darajada o'sdi: yil davomida +115.9 foizga, ya'ni 4128.2 mlrd so'mga. Shu bilan birga, 2021- yil dastlabki ma'lumotlariga ko'ra 5747.4 mlrd so'm investitsiyalar AKT va dasturiy ta'minotlar uchun jalb qilingan. Lekin umumiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarga nisbatan solishtirilganda raqamli iqtisodiyotga mamlakatimizda juda kam miqdorda investitsiya jalb qilinmoqda; 2019-yil 1.9%, 2020-yil 3.6%, 2021-yil 2.3%. (2-rasm)

Mamlakatimizda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar va unda raqamli texnologiyalarning ulushi (mlrd so'm)

300000,0 200000,0 100000,0 0,0

5747,4

3559,5 7687,7 239552,6

195927,3 210195,1

2019

2020

2021

■ AKT uskunalari, dasturiy ta'minot, ilmiy tadqiqot va ishlanmalar

■ Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar

2-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularda raqamli iqtisodiyotga investitsiyalarning ulushi13.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

3

145

INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

ISSN 2181-2357

T. 2 №11. 2022

RESEARCH!_,

ISJIF 2022:5.962

Shunday ekan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga investitsiyalarning jozibadorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri bu O'zbekistonning xalqaro maydondagi reytingini oshirish hisoblanadi.

Dunyoda raqobatbardoshlik reytinglari bilan shug'ullanadigan ko'plab institutlar mavjud. Mana bir nechta asosiy tashkilotlar va ularning mahsulotlari:

• Menejment instituti (IMD), Shveytsariya - "Jahon raqobatbardoshlik yilnomasi (WCY IMD)";

• Jahon iqtisodiy forumi (WEF) - "Global raqobatbardoshlik hisoboti (GCR WEF)";

• BMT (UH / HDI) - "Inson taraqqiyoti indeksi";

• Jahon banki (Jahon banki) - "Jahon boshqaruvi ko'rsatkichlari (WGI)"; "Biznes yuritish";

• UNCTAD - "Xalqaro savdo, investitsiyalar va mamlakatlar rivojlanishi indeksi";

• Shveytsariya Iqtisodiyot instituti (KOF Swiss Economics Institute) - "KOF Globalization Index" (KOF Index of Globalization).

Ushbu universal reytinglarning barchasida raqamlashtirish masalalari amalda ko'rib chiqilmaydi [4]. Ammo aynan raqamlashtirish jarayonlarini tahlil qiladigan indekslar ham yaratilgan. Mamlakatlarning Networked Readiness Index (NRI) har yili Jahon iqtisodiy forumi xalqaro tashkiloti tomonidan INSEAD xalqaro biznes maktabi bilan birgalikda tuziladi. Indeks mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun AKTdan keng foydalanishga tayyorlik darajasini aks ettiradi.

Yevropa Komissiyasi tomonidan 2016-yilda birinchi marta e'lon qilingan I-DESI (International Digital Economy and Society Index) xalqaro reytingini raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini tahlil qilish uchun eng mos xalqaro reyting deb hisoblash mumkin. Evropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar uchun DESI indeksi asosida ishlab chiqilgan I-DESI indeksi Evropa Ittifoqining alohida mamlakatlari va umuman Evropa Ittifoqini Avstraliya, Braziliya, Kanada, Xitoy Islandiya, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Meksika, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Rossiya, Shveytsariya, Turkiya va Amerika Qo'shma Shtatlari bilan solishtirganda samaradorligini baholaydi. I-DESI indeksi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Birlashgan ma'lumotlar tashkiloti, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va boshqalar kabi tan olingan xalqaro manbalardan olingan ma'lumotlardan foydalanadi [5]. Munozara

Mamlakatimizda ishlab chiqarishni raqamlashtirish jarayonlari, bir tomondan, mustahkam poydevorga ega, ammo boshqa tomondan, ular To'rtinchi sanoat inqilobining rivojlanishining vazifalari va mantig'iga aniq mos kelmaydi. Bugungi kunda O'zbekistonda Akt sohasida faoliyat olib borayotgan mutahassislarning soni 2021-yil ma'lumotlariga ko'ra 53 mingdan ortiq hisoblanadi. (3-rasm). O'zbekistonlik ildizlarga ega bo'lgan ba'zi IT-kompaniyalar, shuningdek, ularning mahsulotlari Yevropa va dunyoda keng tanilmoqda. Mamlakatimizda IT-sanoati boshlang'ich bosqichida va ko'plab kichik bir-biridan farq qiluvchi kompaniyalar tomonidan shakllantirilmoqda. Shu bilan birga, malakali kadrlarning chet elga chiqib ketishi asosiy muammoga aylandi,

146

ISSN 2181-2357

T. 2 №11. 2022

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH_,

ISJIF 2022:5.962

chunki Evropa Ittifoqi, AQSh, Kanada, Avstraliyaning immigratsiya siyosati ushbu mamlakatlarga IT-mutaxassislarining ustuvor kirishiga yordam beradi [6].

AKT Xodimlar soni

60 000

50 000

40 000

33 413

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

34 478

47 697

37 958

40 248

53 782

50 157

30 000

20 000

10 000

2015

2016

2017 2018 2019

> AKT Xodimlar soni

2020

2021

0

3-rasm. AKT sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarda ishlovchi

xodimlar soni.14

Mamlakatimizda IT-sohasini rivojlantirish istiqbollari haqida gapirganda, ikkita stsenariyni ajratib ko'rsatish mumkin: 1) autsorsingga e'tibor qaratgan holda xizmatlar eksportini kengaytirish; 2) sanoatni sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan integratsiyalash, narsalar Interneti va sanoat 4.0 texnologiyalarini rivojlantirishga o'tish, ya'ni neoindustrial rivojlanish modeliga muvofiq ishlab chiqarish sanoatining o'zini raqamlashtirishga o'tish [7].

Muammo shundaki, IT-sohasi nafaqat ish haqi bo'yicha, balki boshqaruv sifati, o'zini o'zi boshqarish institutlarining rivojlanishi, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv darajasi bo'yicha ham "iqtisodning qolgan qismi"dan sezilarli darajada o'zib ketdi. Buyumlar interneti sohasida mahsulotlar va kalitlarga topshiriladigan yechimlarni yaratish uchun nafaqat dasturiy ta'minot, balki uskunaning o'zini ham ishlab chiqarish, shuningdek, jahon standartlari bo'yicha moliyalashtirish va tarqatish kanallariga kirish zarur. O'zbekistonda shakllangan IT kompaniyalari hali bunga qodir emasligini mamlakatimizga AKT sohasiga aloqador tovarlar eksporti va importi statistikasidan ham ko'rishimiz mumkin. (4-rasm)

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

© ©

4

147

O'zbekiston Respublikasida AKT tovarlari eksporti va importi.

979 184,2

1000 000,0 800 000,0 600 000,0 400 000,0 200 000,0 6 810,4 0,0

644 849,3

404 765,3 377 870,5 387 477,4

339 735,6 299 008,3

420 450,6 ,9

Î345 458,8 306 367,8

10 599J 18 132,9

2,0 P 5 022,5 ' 12 297,6 1 ^ 2

5 409,7

16 620

0,9

¡10,4 10 599,2 -----

2 623,7 *^ 9 402,0 5 022,5 ' 12 297,6 23 873,6

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021*

■ O'zbekiston Respublikasi AKT tovarlari eksporti ■ O'zbekiston Respublikasi AKT tovarlari importi

4-rasm. O'zbekiston Respublikasida AKT tovarlari importi va eksporti.

15

Xulosa

Tadqiqot natijasida quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari "Sanoat 4.0" konsepsiyasi tamoyillari asosida neoindustrial rivojlanishga o'tmoqda, uning asosiy mazmuni ishlab chiqarish tarmoqlarini kiberjismoniy raqamlashtirishdir. Shunday qilib, yangi texnologik tuzilmani shakllantirish, neoindustrializatsiya va Sanoat 4.0 bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy tizimini rivojlantirishning hozirgi tendentsiyalari va xavflari ishlab chiqarish tarmoqlarini modernizatsiya qilishning kechikishi bilan chambarchas bog'liq. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda neoindustriyalashtirish yangi axborot texnologiyalari (BigData, blokcheyn, o'z-o'zini o'rganadigan neyron tarmoqlar) va xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlashning haqiqiy texnologiyalari integratsiyasiga asoslangan ishlab chiqarish zanjirlarini qayta qurishdan iborat. Kiberfizik tizimlar deb ataladigan ushbu jarayonlarning natijasi yangi avlod sanoatining asosiy texnologik va tashkiliy afzalligi hisoblanadi [8].

Mamlakatimizda Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo'lining ahamiyati shubhasiz. Shu bilan birga, buning uchun institutsional shart-sharoitlarni amaliy yaratishning kechikishi, mamlakatimizni xalqaro mehnat taqsimoti va yangi texnologik tuzilma sharoitida jahon yetakchilarining "orqa hovlisi"ga aylanib qolish xavfini tug'diradi.

Buning oldini olish uchun bir qator harakatlar talab etiladi. Biz ulardan eng muhimlarini ajratamiz:

15 O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.

© ©

148

ISSN 2181-2357

T. 2 №11. 2022

I INTERNATIONAL JOURNAL OF THEORETICAL AND PRACTICAL

RESEARCH_,

ISJIF 2022:5.962

• Raqamli texnologiyalar bo'yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borish.

• Barcha darajadagi tashkilotlarda davlat sherikchilik asosida qo'shma moliyalash shartlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha muhim loyihalarni amalga oshirish.

• Raqamlashtirish jarayoniga sarmoya kiritgan tadbirkorlik subyektlariga soliq imtiyozlari taqdim etish.

• Tadbirkorlik subyektlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish nuqtai nazaridan ularga kerakli texnika texnologiyalarni import qilish uchun ko'maklashuvchi infratuzilma yaratish.

• O'zbekistonni xalqaro reytinglarda qamrab olinishi uchun kerakli sa'yi harakatlarni amalga oshirish.

Taklif etilayotgan chora-tadbirlar majmui iqtisodiyotning real sektori korxonalarida raqamli transformatsiyani amalga oshirish jarayonini jadallashtiradi va sanoatning noxomashyo tarmoqlari korxonalari ishlab chiqarish hajmida innovatsion mahsulotlar ulushini oshirishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Babkin A V, Burkaltseva D D, Kosten D G and Vorobiev Yu N 2017 Formation of the digital economy in Russia: essence, features, technical normalization, development problems. Scientific and Technical Sheets of SPbSPU. Economic sciences. 10 3 9-25

2. Brown, B., Sikes, J., & Willmott, P. (2013). Bullish on digital: McKinsey global survey results. McKinsey Quarterly, 12, 1-8.

3. "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida PF 607-sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni

4. Bruno, G., Esposito, E., Genovese, A., & Gwebu, K. L. (2011). A critical analysis of current indexes for digital divide measurement. The Information Society, 27(1), 16-28.

5. Dutta, S., & Lanvin, B. (2019). The network readiness index 2019. Washington: Portulans Institute.

6. Improving the competitiveness of domestic industry in the context of innovative growth. Collective monograph: edited by Yu.A. Romanova. M.: Scientific Consultant Publishing House. Financial University 2018 p 310

7. Morkovkin D E, Stroev P V and Shaposhnikov A I 2019 Financial Support of Regions as a tool to Equalize budgetary Security of the Constituent Entities of the Russian Federation. Finance: Theory and Practice. 23(4) 57-68

8. Kodirov, S. (2020). Some issues of digitalization in the industrial sector of the economy. ISJ Theoretical & Applied Science, 12(92), 377-384.

9. Kodirov, S. (2021). Issues of business cooperation in the national economy of Uzbekistan. Экономика и социум, (7), 79-88.

10. Isroiljon o'g'li, K. S. (2022). Problems of the process of digital transformation of the industry of Uzbekistan. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(6), 1748-1752.

@ ®

149

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.