Научная статья на тему 'JOHN GRISHAMNING “KULRANG TOG„” (“GRAY MOUNTAIN”) ASARDAGI INGLIZ TILIDAN O„ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MORFOLIGIK TRANSFORMATSIYALAR TAHLILI'

JOHN GRISHAMNING “KULRANG TOG„” (“GRAY MOUNTAIN”) ASARDAGI INGLIZ TILIDAN O„ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MORFOLIGIK TRANSFORMATSIYALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
91
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
morfologiya / ingliz tili / o‟zbek tili / morphology / English / Uzbek

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nigina Uralova Kamiljonovna, Muslimbek Jo„rabek O„g„li Askarov

Mazkur maqola jahon adabiyoti durdonalaridan bo‟lgan Jon Grisham qalamiga mansub “Kulrang Tog`” (“Gray Mountain”) asaridagi morfologik transformatsiyalar tahlilini ingliz tilidan o‟zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolarini tahlil qiladi. Asarda tahlil uchun olingan gaplar morfologik o‟zgarishlari ko‟rib chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF MORPHOLIC TRANSFORMATIONS FROM ENGLISH TO UZBEK TRANSLATION IN JOHN GRISHAM'S “GRAY MOUNTAIN”

This article analyzes the problems of translating the analysis of morphological transformations from English into Uzbek in the book "Gray Mountain" by John Grisham, one of the masterpieces of world literature. The play examines the morphological changes of the sentences received for analysis

Текст научной работы на тему «JOHN GRISHAMNING “KULRANG TOG„” (“GRAY MOUNTAIN”) ASARDAGI INGLIZ TILIDAN O„ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MORFOLIGIK TRANSFORMATSIYALAR TAHLILI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-549-552

JOHN GRISHAMNING "KULRANG TOG'" ("GRAY MOUNTAIN") ASARDAGI INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA TARJIMASIDAGI MORFOLIGIK TRANSFORMATSIYALAR TAHLILI

Nigina Uralova Kamiljonovna

Termiz davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti talabasi E-mail: niginauraloval [email protected]

Muslimbek Jo'rabek o'g'li Askarov

Termiz Davlat Universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti talabasi E-mail: [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola jahon adabiyoti durdonalaridan bo'lgan Jon Grisham qalamiga mansub "Kulrang Tog'" ("Gray Mountain") asaridagi morfologik transformatsiyalar tahlilini ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishdagi muammolarini tahlil qiladi. Asarda tahlil uchun olingan gaplar morfologik o'zgarishlari ko'rib chiqildi.

Kalit so'zlar: morfologiya, ingliz tili, o'zbek tili

ANALYSIS OF MORPHOLIC TRANSFORMATIONS FROM ENGLISH TO UZBEK TRANSLATION IN JOHN GRISHAM'S "GRAY MOUNTAIN"

ABSTRACT

This article analyzes the problems of translating the analysis of morphological transformations from English into Uzbek in the book "Gray Mountain" by John Grisham, one of the masterpieces of world literature. The play examines the morphological changes of the sentences received for analysis. Keywords: morphology, English, Uzbek

KIRISH

Jon Grisham- amerikalik yozuvchi, shuningdek, siyosatchi va sobiq huquqshunos. Gollivudda suratga olingan ko'plab adabiy bestsellerlarning ("huquqiy trillerlar" deb ataladigan) muallifi sifatida tanilgan. Uning asarlari 42

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-549-552

tilga tarjima qilingan.

"Kulrang Tog'" (Gray Mountain) romanda ko'mir qazib olishning atrof-muhit uchun katta xavfi tasvirlangan.

Grisham roman ustida tadqiqot olib borish uchun Appalachian Fuqarolik Huquq Markazi advokati va Vashington va Li universiteti huquq fakulteti bitiruvchisi Meri Kromer bilan maslahatlashdi. Bu kuchli ayol qahramon (Samantha Kofer) tasvirlangan Grisham romanlaridan biridir [1].

ADABIYOTLAR TAXLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mazkur maqola uchun tadqiqot davomida tarjima qiyosiy adabiyot, qarama qarshi tavsifli tarjima va lingvistik atamalarning izohli tahlili, adabiyotning stilistik tahlili ko'rib, o'rganilib chiqildi [2].

Ushbu tadqiqot uchun, "Tarjimashunoslik terminlarining ko'p tilli lug'at-malumotnomasi" qo'llanmasidan foydalanildi. Morfologiya (yun. Morphe - shakl va logiya) tilning morfologik qurilishi; 2) so'z shakllari haqidagi ta'limot. Birinchi ma'nosida ob'yektni anglatsa, ikkinchi ma'nosida tilshunoslikning shu obyektni o'rganuvchi bo'limini bildiradi. Morfologiya so'z turkumlari, ularga xos grammatik ma'nolarni, har bir turkumga xos grammatik kategoriyalar, bu kategoriyalarni yuzaga keltiruvchi grammatik shakl va grammatik ma'nolarni o'rganadi [3].

Ingliz tili (English)- hind-yevropa oilasining german guruhiga kiruvchi til. Ingliz xalqining tili [4].

O'zbek tili - Oltoy tillari oilasining turkiy tillarturkumiga kiruvchi tildir. Ushbu til O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlat tili hisoblanadi [5].

NATIJA

Ushbu asarning 30 ta gaplari morfologik tahlil qilindi. Ulardan 40 tasi ot, 34 tasi fe'l, 15-16 ta so'zlari ravish, olmosh, sifatdan iborat. Asarni tarjima qilish jarayonida bundanda kamdan -kam muommoga duch kelgan qism shuki, ot va sifat oz ma'nosida emas, balki, ozidan keyingi kelgan so'zga bog'langan holda moslashtirilgan, yani fan tilida aytganda "Adaptatsiya usuli" qo'llanilgan [6].

Morfologik tahlil: Ikki hamkor Scully & Pershingda tijorat ko'chmas mulkini boshqargan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-549-552

1-jadval

LEKSIKOLOGIYA MORFOLOGIK TAHLIL

1 Ikki Son

2 Hamkor Ot

3 Scully & Pershinda Ot+ shakl yasovchi qo'shimcha

4 Tijorat Ot

5 Ko'chmas Fe'l+so'z yasovchi qo' shimcha=sifatdosh

6 Mulkini Ot+ shakl yasovchi qo'shimcha

7 Boshqargan Fe'l+shakl yasovchi qo'shimcha

Morfologik tahlil: Ikkinchisi esa, sud zalini ko'rmagan qirq yoshli yozuvchi Endi Grubman edi. 2-jadval

LEKSIKOLOGIYA MORFOLOGIK TAHLIL

1 Ikkinchisi Ot+shakl yasovchi qo'shimcha

2 Esa To'liqsiz fe'l

3 Sud Ot

4 Zalini Ot+shakl yasovchi qo'shimcha

5 Ko'rmagan Fe'l+shakl yasovchi qo' shimcha=sifatdosh

6 Qirq Son

7 Yoshli Ot+shakl yasovchi qo' shimcha=sifat

8 Yozuvchi Fe'l+so'z yasovchi qo'shimcha=Ot

9 Endi Grubman Ot

10 Edi To'liqsiz fe'l

MUHOKAMA

Ma'lumki, har qanday badiiy asar, u qaysi janrda bo'lishidan qat'i nazar, tahlilga, muhokamaga tortilmas ekan, matnning mohiyatiga kirilmas ekan, u kitobxonlarning ma'naviyatiga hech narsa bermaydi. Hozirgi zamon jahon adabiyotshunosligida badiiy asarlarni ham morfologik tahlil qilishga juda katta e'tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari matn tahlili doirasida tanlangan asarning nominatsiyasi ham alohida o'rin tutadi, chunki har qanday asar nominatsiyasi,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-549-552

birinchidan asarning janr va stiliga xos xususiyatlarda sezilarli iz qoldiradi; ikkinchidan, til vositalarining aniq yig'indisi bilan farq qiladi. So'z turkumlariga ayrim tilshunoslar so'zlarning grammatik tasnifi deb qaraydilar va ularda grammatik kategoriyalarni ko'radilar. Boshqa guruh tilshunoslari esa ularni so'zlarning leksik grammatik tasnifi deb ataydilar. Bizningcha, ikkinchi fikr haqiqatga yaqin, chunki grammatik ma'no so'z asosidan tashqarida ifodalanadi, so'z negizi esa leksik ma'no anglatadi. Birinchi fikr tarafdorlarining nuqtai nazarlariga munosabat bildirilganda, so'z turkumlariga grammatik kategoriyalar deb qaralsa, ulardagi leksik mavhum ma'no (predmetlik, harakat va boshqa ma'nolar) mavjud emas degan mantiqiy mulohaza vujudga keladi. So'z turkumlarida leksik ma'no mavjud bo'lar ekan, lug'at tarkibidagi so'zlarning barchasi grammatik kategoriyalar hisoblanmaydi. Asar keltirilgan deyarli gapda barcha bo'laklar o'z ma'nosida o'rnida qo'llangan. Bog'lovchidan ham so'z turkumlaridan ham to'g'ri foydalanilgan (ot, fe'l, ravish o'z o'rnida) [7].

XULOSA

Ushbu asarda siyosatchilar va oddiy xalq o'rtasidagi muammolarni ozida aks etgan. Hozirgi kunda siyosatchilar o'z ehtiyojlarini o'ylagan holda ish yuritishadi. Oddiy xalq esa siyosatchilardan norozi. Bu esa davlatda to'ntarish bo'lishiga sababchi bo'ladi. Buning oqibatida davlat rivojlanish o'rniga, ichki siyosat tufayli yemirilib ketadi. Buni tushungan siyosatchi ushbu romanni yozishga qaror qiladi. Romanni siyosatchilar, bo'lajak siyosatshunoslar, bundan tashqari oddiy xalq ham o'qishi uchun mo'ljallangan asardir.

REFERENCES

1. Kamoljnovich, Solijonov Juraali. "JK ROULINGNING FANTASTIK ASARLARIDAGI ANTROPONIMLARNING LINGVO-PERSPEKTIV MUAMMOLARI." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.1 (2022): 334-343

2. N.Erkaboyeva "O'zbek tili ma'ruzalar to'plami" kitobidagi 150-153 betlar

3. R.I.Xalmurodov "Ilmiy axborotnoma " asaridagi 74-bet va 59-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.