Научная статья на тему 'JIZZAX VILOYATIDA TEXNOGEN OBEKTLARNI SUV VA TUPROQ RESURSLARIGA TA’SIRI'

JIZZAX VILOYATIDA TEXNOGEN OBEKTLARNI SUV VA TUPROQ RESURSLARIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnogen / drenaj / kollektor / vegetatsiya / minerallanish / suv qattiqligi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Pozilov M.N, Xamidov S.X, Abdullaev A.А

Keyingi yillarda Jizzax viloyatizda bir qator texnogen ob’ektlar paydo bo‘ldi – Haydarko‘l-Arnasoy-Tuzkon, kanallar, suv omborlari va boshqalar. Bu texnogen ob’ektlar nafaqatgina iqtisodiyotda foyda keltirishi, agarda ob’ektlardan joylarni tabiiy sharoitini va boshqa omillarni hisobga olmasdan ulardan foydalanilsa, unda joylarda nechog‘li xavfli ekologik vaziyat vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun Jizzax viloyati hududini ekologik holatini va iqtisodiyotda ahamiyatga ega bo‘lgan mavjud tabiiy resurslarni o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb masalasiga aylandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VILOYATIDA TEXNOGEN OBEKTLARNI SUV VA TUPROQ RESURSLARIGA TA’SIRI»

JIZZAX VILOYATIDA TEXNOGEN OBEKTLARNI SUV VA TUPROQ RESURSLARIGA TA'SIRI 1Pozilov M.N, 2Xamidov S.X, 3Abdullaev A.A

1,23Jizzax politexnika instituti, Jizzax shahri https://doi.org/10.5281/zenodo.10935664

Annotatsiya. Keyingi yillarda Jizzax viloyatizda bir qator texnogen ob'ektlar paydo bo'ldi - Haydarko'l-Arnasoy-Tuzkon, kanallar, suv omborlari va boshqalar. Bu texnogen ob'ektlar nafaqatgina iqtisodiyotda foyda keltirishi, agarda ob'ektlardan joylarni tabiiy sharoitini va boshqa omillarni hisobga olmasdan ulardan foydalanilsa, unda joylarda nechog'li xavfli ekologik vaziyat vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun Jizzax viloyati hududini ekologik holatini va iqtisodiyotda ahamiyatga ega bo'lgan mavjud tabiiy resurslarni o'rganish, ulardan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish shu kunning dolzarb masalasiga aylandi.

Kalit so'zlar: texnogen, drenaj, kollektor, vegetatsiya, minerallanish, suv qattiqligi.

Abstract. In recent years, a number of man-made objects appeared in Jizzakh region -Haydarkol-Arnasoy-Tuzkon, canals, reservoirs, etc. These man-made objects are beneficial not only in the economy, but if the objects are used without taking into account the natural conditions of the places and other factors, then a very dangerous ecological situation may arise in the places. Therefore, studying the ecological condition of the territory of Jizzakh region and existing natural resources important for the economy, their rational use and development ofprotection measures has become an urgent issue of the day.

Keywords: man-made, drainage, collector, vegetation, mineralization, water hardness.

Аннотация. За последние годы в Джизакской области появился ряд рукотворных объектов - Хайдарколь-Арнасой-Тузкон, каналы, водохранилища и др. Эти рукотворные объекты приносят пользу не только в экономике, но если объекты будут использоваться без учета природных условий мест и других факторов, то в местах может возникнуть очень опасная экологическая ситуация. Поэтому изучение экологического состояния территории Джизакской области и имеющихся важных для экономики природных ресурсов, их рациональное использование и разработка мер охраны стало актуальной задачей дня.

Ключевые слова: техногенный, дренаж, коллектор, растительность, минерализация, жесткость воды.

Jizzax viloyati Sirdaryo va Zarafshon daryolari, vodiylari oralig'ida joylashgan bo'lib, tabiati boy va rang-barang, tabiiy resurslardan yanada yaxshiroq foydalanish orqali hamma turdagi qishloq xo'jalik mahsulotlarini etishtirish, ekinlar hosildorligini oshirish uchun juda katta imkoniyatlar bor. Vegetatsiya davri uzoq davom etadigan issiq iqlim eng issiqsevar paxtachilik, g'allachilik, meva-poliz ekinlar ekish imkonini beradi [1].

Ma'lumki, Jizzax viloyati tog' xududi iqlimi kontinental subtropik guruhga kiradi. Hududining qolgan qismi iqlimi o'zining keskin kontinentalligi va nihoyatda quruqligi bilan alohida ajralib turadi. Jizzax viloyatini tog' va cho'l-sahro zonasida joylashishi natijasida, bu erda yil mobaynida 240-270 kun havo ochiq keladi. Shuning uchun viloyat xududi quyosh yorug'ligi eng ko'p bo'lishi bilan xarakterlanadi va qishloq xo'jalik ekinlarning pishib etiladigan davri hisoblangan may-oktyabr oylarida quyosh 1749 soat nur sochib turadi [1].

Viloyatda cho'l zonasi o'zlashtirildi va vohaga aylantirildi. Natijada shu joylarda mikroiqlim o'zgarib, atrofdagi sug'orilmagan yerlarga nisbatan yozda havo harorati 1,5-3,50C gacha pasayib, nisbiy namlik 10-15% ga oshib voha iqlimi vujudga keldi. Shuni qayd qilish lozimki, viloyat hududida yog'inlar notekis taqsimlangan. Tog' va tog' oldi zonalarida 300-425 mm ga, cho'l zonalarida 200 mm ga yaqin yog'in yog'adi. Lekin ayrim yillarning yoz oylarida jala quyishi va 75 mm ga yaqin yog'in yoqqan kunlari ham qayd qilingan. Viloyat iqlimi o'zining Sangzor vodiysining Mirzacho'lga chiqaverishida va Xovos oldida kuchli shamollar sodir bo'lishi va tezligi sekundiga 15 m (ayrim qish kunlari 30-40 m) dan oshadigan kunlari 25 kundan 45 kungacha bo'lishi bilan boshqa joylardan farq qiladi. Viloyatda qishloq xo'jalik ekinlariga katta ziyon etkazuvchi mahalliy shamol bu garmseldir. Garmsel esganda harorat ko'tarilib, 400C dan oshadi, aksincha nisbiy namlik pasayib 5-10% ga tushib qoladi. Garmsel esganda tezligi sekundiga 15-20 m ga etib, havoga quyuq to'zon ko'tariladi, osmon xiralashib, dim bo'lib, xarorat ko'tarilib ketadi. Oqibatda qishloq xo'jalik ekinlari, hatto mevali daraxtlar ham zarar ko'radi, ularninng barglari sarg'ayib, qurib, to'kilib ketadi[1]. Bularning barchasi Jizzax viloyatida shakllanayotgan iqlimga bog'liqdir.

Jizzax viloyati janubida 1965 yilda 90 mln m3 suv sig'imiga ega bo'lgan Jizzax suv ombori qurilgan. Bundan tashqari Qorovultepa, Novqa, Zomin va Arnasoy suv omborlari ishga tushirilgan. Bu suv omborlar viloyatda qo'shimcha 5000 gektarda dehqonchilik ishlarini olib borish imkonini beradi. Bu suv omborni ishga tushirilishi suv kam bo'lgan yillarda viloyat qishloq xo'jaligini suv resurslariga bo'lgan talabini qondirdi. Jizzax viloyatida sun'iy sug'orish tarmoqlari ham yuzaga keltirilgan. Janubiy Mirzacho'l kanali, DM-1, DM-2 va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Jizzax viloyatida yerlarni gidromeliorativ holatini yaxshilash maqsadida juda ko'p zovur-drenaj qazilgan va ishlatilmoqda. Shular jumlasiga Qli, GPK-S, Qorabuloq, Sho'rbuloq va boshqalar kiradi. Qli zovur-drenajida qaytarma suv sarfi - 0,65-8,4 m3/sek, GPK-S - 1,9-3,62 m3/sek, Qorabuloq-Sho'rbuloq 1,5-2,0 m3/sek tashkil etadi[2-5].

Viloyatning shimoliy qismi qisman mustahkamlangan va yarim mustahkamlangan qumliklardan iborat. O'zlashtirilgan xududlarda madaniy sug'orilgan tuproqlar turi vujudga kelgan va o'ziga xos tomoni shuki, ularda chirindi miqdori kam bo'lishidan tashqari ayrim joylar sho'rlangan, hamda cho'l zonasini Qizilqum sahrosi bilan chegaradosh joylarda sho'rhoklar tarqalgandir[5]. Bu sho'rhoklar grunt suvlari yer yuzasiga yaqin (0-3 m) hamda yog'inga nisbatan mumkin bo'lgan bug'lanish bir necha hissa ko'p joylarda vujudga kelgan. Chunki grunt suvi yer betiga yaqin bo'lgan joylarda bug'lanish tufayli suv bug'ga aylanib ketib, tuzlar esa tuproq yuzasiga to'planaveradi, natijada sho'rhoklar vujudga keladi. Bunga viloyatning shimoliy qismidagi 1969 yilgacha mavjud bo'lgan Haydarko'l-Arnasoy sho'rhoki misol bo'ladi[6-8].

Viloyatni asosiy hududlarida sug'oriladigan bo'z tuproq keng tarqalgan. Bu tuproq uzoq yillardan beri sug'orilib, ishlov berilib, har xil o'g'itlar solinib, uning tabiiy holati ya'ni fizik va kimyoviy xossalari o'zgartirilib yuborilgan, ustki qismida 1-1,5 m qalinlikda madaniy (agroirrigatsiya) qatlami vujudga kelgan. Bu tuproqlarda chirindi miqdori 1-2% ga etadi. Ko'pgina mintaqalarda er osti grunt suvlarni yaqinligi namlikni intensiv bug'lanishi natijasida tuproqni yuqori qatlamlarida turli miqdorda tuzlar to'plangan va ba'zi joylarda ikkilamchi sho'rlanish boshlangan[8-10].

Viloyatda cho'llarni o'zlashtirish natijasida sug'oriladigan maydonlar 1990 yilgacha yildan-yilga o'sib borgan bo'lsada, keyingi yillarda o'sish to'xtagan. Bunday bo'lishini asosiy sababi yerlarni o'zlashtirish uchun suv resurslarini tanqisligi sabab bo'lmoqda[7, 8].

Sug'oriladigan maydonlarda dehqonchilik ishlari olib boriladi va agrobiotsenoz ekosistemasi vujudga kelgan. Viloyatni Fallaorol, Forish, Zomin tumanlarini lalmikor yerlar tashkil etadi. Bu erlarda o'tloqlar va yaylovlardan chorvachilikdan noto'g'ri foydalanish, lalmikor ekinlarni etishtirish uchun erlarni noto'g'ri haydash va boshqa omillar ta' siri natijasida yaqin yillar ichida eroziyaga uchrash xavfi bor.

Jizzax viloyatining Janubiy Mirzacho'l kanalining janubiy qismidagi mintaqa o'zlashtirilmagan, chunki yerlar konus yoyilmalarning chekka qismida joylashganligi tufayli anchagina jipslashgan va tuz miqdori juda yuqori[6]. Viloyatda erlarni meliorativ holatini yaxshilash va shu holatda saqlab turish maqsadida kollektor-zovur tarmoqlari va tik zovurlar qurilgan, lekin bu gidromeliorativ inshoatlarni o'z vaqtida ta'mirlamaslik va ulardan foydalanishda belgilangan talablarga rioya qilmaslik natijasida yerlarni sho'rlanish jarayoni tezlashmoqda va bu jarayonni boshqarish ishlari qiyinlashmoqda. Keyingi besh yilda viloyatni shimoliy hududida yerlarni meliorativ holatiga Haydarko'l-Arnasoy-Tuzkon texnogen ob'ektini ta'siri sezilmoqda va uning oldini olish uchun kompleks (har tomonlama) ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishni taqazo etadi.

Jizzax viloyatidagi oqar suvlarni ifloslantiruvchi asosiy manbai qo'yidagilar hisoblanadi: -sug'oriladigan maydondan zovur-drenaj shoxobchalari orqali oqib chiqqan tashlandiq qaytarma suvlar, maishiy-xo'jalik va qishloq suv ta'minotidan va sanoat korxonalaridan chiqqan oqova suvlar va hokazolar (1-jadval). Bundan tashqari viloyatning tabiiy oqar suvlari qattiq chiqindilar tashlash natijasida ham ifloslanmoqda (2-jadval).

1-jadval

Jizzax viloyatida suv ob'ektlari (kanal, zovur, drenaj, kollektor va boshqa)ga sanoat korxonalari tomonidan tashlanadigan tozalangan oqava suvlarining kimyoviy tarkibi

M m g/

r, la al d o m n a g a aim ir a Qattiq qoldiq, mg/l KBE, mg/l* Xlorid, mg/l m ri, al otl ul s xsa ma ft e ¡Z Mis, mg/l Sulfat, mg/l Mishyak, mg/l Azot ammoniy, mg/ Nitrit, mg/l Nitrat, mg/l Ftor, mg/l

REK 1000 3 350 0,3 1 500 0,05 2 10 1 0,7

7,3 2201 0,8 0,5 0,17 1

*KBE - Kislorodga biologik ehtiyoj 2-jadval

Jizzax viloyati qishloq suv ta'minoti ob'ektlarida paydo bo'ladigan qaytarma suvlarining

kimyoviy tarkibi

fig B

S-h"

o3

T3 T3

o B

c

tf fig

s

•c

JT

g

5

T3

13

6

'IS a

o o o

g

B PÍ

m

J¡K.

g a

W

J¡K.

g a

!-h

O

iL

o

I/O

m

g B

S-h"

13

T3 T3

o S

M

'S

ff

Q

g B

<+H

13

GO

O O i/O

g B

i-T

S

(U

H

m qt

g

B ■ c

etí

3

M £ S

(U

m QT

g s

g s

í-H" £ o

g s

«T

£ o

!-h

O

i/o o

g S

£ o

I/O

o

g

B >

<

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

i/o cT

g

etí

O N

g a

m

g a

m

g

!-h

(U

o VO

o

o

O

O VO t^ 00

(N

o

I/O 00

o o

m o

I/O

cT

(N O

O QT

O 00

VO o o o o

On

*KKE - Kislorodga kimyoviy ehtiyoj

Ma'lumki, Jizzax viloyatida zovur-drenaj tarmog'i ancha rivojlangan[5]. Hamma tashlandiq qaytarma suvlar Haydarko'l texnogen ob'ektiga oqiziladi. Viloyat zovur-drenaj suvlarining kimyoviy tarkibi 3-jadvalda keltirilgan. 3-jadval

Jizzax viloyati xududidagi zovur-drenaj tashlandiq suvlarni kimyoviy tarkibi

Minerallanish, mg/l Asosiy ionlarni yig'indisi

HCO3- Cl- SO4-2 Ca+2 Mg+2 Na++K+

mg/l mg/l mg/l mg/l mg/l mg/l

REK 1000 500 350 500 180 40 200

2640 , 240 2040 3310 290 440 1800

7880 390 3870 6250 600 830 3450

*sur'atda - ifloslantiruvchi moddaning o'rtacha miqdori mahrajda - katta ko'rsatkichi

Zovur-drenaj kollektorlarda oqadigan suvlarni o'rtacha 2,64 g/l ni, eng yuqorisi 7,82 g/l tashkil etadi. Zovur-drenaj suvlarni tarkibi asosan sulfat, xlorid, natriy va magniydan iborat. Suv tarkibida PEKga nisbatan sulfatlar 11 marta, xlor 10 marta, magniy 10-20 marta, natriy 9-18 marta oshiqligi qayd qilingan.

G'allaorol atrofida sug'oriladigan maydonlardan ma'dan o'g'itga to'yingan zax qaytarma suvlar uch kollektor (Qorabuloq, Kichikbuloq va Sho'rbuloq) orqali tashlanishi oqibatida Sangzor daryosi suvi ifloslanmoqda. Oqib tushadigan bu oqova suvlarni minerallanishi 2,5-3,5 g/l ga etib borib, qattiqligi 18-30 mgekv/dm3 dan oshib ketmoqda. Suv tarkibidagi xlorid, sulfat, fosfat, nitrat va nitritlar miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Ayniqsa temir moddasining miqdori 0,006 mg/l dan 0,32 mg/l ga, qattiq qoldiqlar (suvda cho'kmaydigan moddalar) miqdori esa 1,5-2 marta oshgan.

Jizzax viloyatida yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, ya'ni tuproq sho'rini doimiy yuvib turish va zax suvlarni qochirish uchun zovur-drenaj shaxobchasi ishlab turibdi. Hozirgi paytda viloyatda zax qochirishni talab qiladigan erlar 276 ming gektarni tashkil etadi. Viloyatda magistral, xo'jaliklararo va xo'jaliklar ichida ko'plab ochiq va yopiq zovur-drenaj shaxobchasi mavjuddir. Umumiy uzunligi 20000 km dan oshig'ni tashkil etadi, lekin bu shaxobchalar vaqtida

ta'mirlanmasligi, drenaj-quduqlarini doimo ishlamasligi va boshqa omillar ta'siri natijasida viloyatning shimoliy va markaziy qismida tuproqlarni sho'rlanishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari Haydarko'l-Arnasoy-Tuzkon texnogen ob'ektini kengayishi ham ekin maydonlarini qisqarishiga va hosildorlikni kamayishiga sabab bo'lmoqda. Texnogen ob'ektga chegaradosh bo'lgan joylarda yer osti sizot grunt suvlarni sathi ko'tarlishi kuzatilib, ekin maydonlarni botqoqlikka aylanishi boshlanmoqda.

Shunday qilib, Jizzax viloyati suv resurslarini sho'rligi, qattiqligi va ulardagi zaharli moddalarni me'yoridan oshib ketishi, sug'oriladigan maydonlarda tuproqlarni ikkilamchi sho'rlanishi avj olishi, Jizzax, Paxtakor, Do'stlik, Gagarin kabi shaharlar xududida grunt sizot suvlarini sathi ko'tarilib ketishi, yog'inlarni sho'rligi oshib ketishi natijasida viloyat xududida ekologik holatni yomonlashuviga olib kelmoqda. Bular esa suv va tuproq resurslariga ta'sir ko'rsatmoqda.

REFERENCES

1. Баратов П., Маматкулов М., Рафиков А. Урта Осиё табиий географияси. Ташкент: Ук;итувчи, 2002 й.

2. БМТ нинг и;лим узгариши рамкавий конвенцияси буйича Узбекистон Республикасининг биринчи миллий ахбороти. Тошкент, 1999.

3. Джураев М. и др. Особенность загрязнения подземных вод г.Джизака.-ГИДРОИНГЕО, 2003г.

4. Pozilov M.N., Karimova F.S., Juraeva U.B. Jizzax viloyatida oqar suvlardan foydalanishning istiqbolli yo'llari//Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 1. - С. 482-488.

5. Ишанкулов Р., Норов А., Позилов М. Нарушение естественных процессов активного водообмена Голодностепского региона и его воздействие на изменение рационального использования ресурсов подземных вод.//Материалы Международной научно-практической конференции «Создание систем рационального использования поверхностных, подземных вод бассейна Аральского моря», Ташкент, 2003 г

6. Позилов М.Н., Каримова Ф.С., Холмуминова Д. А. Нарушение естественных процессов активного водообмена Голодностепского региона и его воздействие на изменение рационального использования ресурсов подземных вод //Universum: химия и биология. - 2022. - №. 2-1 (92). - С. 5-9.

7. Pozilov M.N., Qurbanova L.M., Ibrohimova Z.I. The Structural-Hydrogeological Analysis of Formation of Underground Waters//Eurasian Research Bulletin, May, 2022.

8. Pozilov M.N., Holmuminova D.A., Karimova F.S. Change of hydrogeological conditions of golodnostep region in connection with violation of the natural products of water supply//Akademicia Globe: Inderseience Research. Volume 3, Issue 2, Feb, 2022.

9. Позилов М.Н., Курбанова Л.М., Иброхимова З.И., Тожикулова М.Н. Научные основы и обоснование размещения сети мониторинга подземных вод горных массивов/A'Oziq-ovqat va kimyo sanoatida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallar to'plami, 2023, Iyun, Namangan, 245 b.

10. Pozilov M.N., Abdullayev A.A. Pollution characteristics of Sangzor river water//Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, Volume: 10, Issue 09, Sep-2023, pp 221.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.