Научная статья на тему 'JANUBIY HUDUDLARNING TUPROQ IQLIMSHAROYITIGA MOS MAVSUMIY GULLAR YETISHTIRISHNING DOLZARBLIGI'

JANUBIY HUDUDLARNING TUPROQ IQLIMSHAROYITIGA MOS MAVSUMIY GULLAR YETISHTIRISHNING DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Issiqxona / viola / NPK / Fe / modda / Kaliforniya / miskuporosi / stalyaj / urug’ / loxirak / biogumus / yomg’irlatibsug’orish / vegetativ / generative / organlar / gullashdavri

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nurillayev Ilhom Xolbek O’g’li, Xayrullayeva O’g’iloy Shuhrat Qizi

Hozirgi paytda kelib tuproqlarimiz strukturasi yomonlashmoqda buning ortidan esa qishloq xo’jalik maxsulotlari va manzarali gullar yetishtirish brogan sari qiyinlashib bormoqda. Ushbu maqolada janubiy hududlarning tuproqlariga va ekologik sharoyitiga mos manzarali gular yetishtirish haqida ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JANUBIY HUDUDLARNING TUPROQ IQLIMSHAROYITIGA MOS MAVSUMIY GULLAR YETISHTIRISHNING DOLZARBLIGI»

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 5.995 www.in-academy.uz

JANUBIY HUDUDLARNING TUPROQ IQLIM SHAROYITIGA MOS MAVSUMIY GULLAR YETISHTIRISHNING DOLZARBLIGI Nurillayev Ilhom Xolbek o'g'li

Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi Xayrullayeva O'g'iloy Shuhrat qizi

Qarshi davlat universiteti talabasi https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10554788

ABSTRACT

Hozirgi paytda kelib tuproqlarimiz strukturasi yomonlashmoqda buning ortidan esa qishloq xo'jalik maxsulotlari va manzarali gullaryetishtirish brogan sari qiyinlashib bormoqda. Ushbu maqolada janubiy hududlarning tuproqlariga va ekologik sharoyitiga mos manzarali gular yetishtirish haqida ma'lumotlar keltirilgan.

ARTICLE INFO

Received: 16th January 2024 Accepted: 22th January 2024 Online: 23th January 2024

KEY WORDS Issiqxona, viola, NPK, Fe, modda, Kaliforniya, mis kuporosi, stalyaj, urug', loxirak, biogumus, yomg'irlatib

sug'orish,vegetativ, generative, organlar, gullash davri.

KIRISH. Dunyo go'zalligiga gullar o'z jozibadorligi bilan ajralib turadi. Bir qarashda o'ziga jalb qiladigan, beqiyosligi bilan insonni lol qoldiradigan gular hozirgi kunda yurtimizning barcha hududlarida o'z iforlarini taratmoqda. Maqolada bayon etilishicha Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzzmchilik va vinolichik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tatqiqot stansiyasining issiqxonasida Viola guli o'stirilmoqda. Hayotiy shakli 1 yillik bo'lgan violaning biologik xususiyatlari o'sish va rivojlanish davomida o'rganilmoqda. Viola O'zbekistonda Binafsha nomi bilan keng tarqalgan. Viola urug'lari Gollandiyadan avgust oyida 1100000 dona dorilangan urug'lar maxsus qopchalarda eksport qilib keltirildi. Urug'larni issiqxona ichidagi 30 metrli stalyajlar ustiga gumusli aralashmaga 15-20 mm chuqurlikda ekildi. Maksimal +25 gradusdan kuchli sovuqqa chidamli gul hisoblanadi. Ekilgan urug'lar sug'orilib, zarur ozuqa berib turiladi. 40 kundan so'ng pikrofka usulida stakanchalarga o'tkazildi. Ilk gullash muddati 25 kun o'tib kuzatildi.

Tadqiqot maqsadi: Binafsha gulini Qashqadaryo viloyatiga mavsumdan tashqari o'stirishga moslashtirib, maqbul ekish muddatlarini aniqlashdan iborat. Gullarning biologik va dorivorlik xususiyatlarini o'rganish. Ayni vaqtda kuz faslining oxirgi kunlari bo'lsada, mavsumiy gullar issiqxonalardan joy olib ekishga tayyor holatda turibdi. Viola guli Violaceae oilasiga mansub gulli o'simliklarning bir turi. Bu oiladagi eng kattasi bo'lib, 680 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Aksariyat turlari mo'tadil shimoliy yarim shaqda joylashgan, biroq ba'zilari Gavayi, Avstraliya, va And tog'lari kabi keng tarqalgan hududlarda ham uchraydi. Xususan, Viola tricolor, Yevropa va Osiyoning yovvoyi guli, dengiz guli deb ataladi. Respublikamizda 14 ta yovvoyi, 3 ta madaniy turi o'stiriladi. Violaning Binafsha turi davlat reystriga kiritilgan.

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 5.995 www.in-academy.uz

Tabiiyki ekish jarayoni hamma uchun qiziq jarayon hisoblanadi. Dastlab ekish uchun substrat tayyorlanadi. Biogumus yoki go'ng (yil oshgan) lardan aralashma tayyorlab olindi va har biri 30 metrli stalyajlar ustiga to'kib chiqildi. Taxtachalar bilan tekislandi. So'ngra mis kuporosi eritmasi suv bilan aralashtirib Aralashmali substratga sepib chiqildi. 4 kun davomida polietilen bilan usti yopilgan holatda qo'yildi, palitelin olingandan so'ng begona o'tlar terib tashlandi. Biogumus aralashma holatida urug' ekishga tayyorlanadi, Issiqxonada viola urug'lari Gollandiyadan maxsus qopchalarga dorilangan urug'lar eksport orqali olib kelindi. Urug'lar inson qo'li bilan sochma tarzida ekildi. Ikkita yoki uchta urug' bitta joyga tushgan bo'lsa siyraklashtirildi. Har biri 30 metrli stalyajlarga 200 000 (ikki yuz mingtadan) jami 5,5 ta staltajlarga 15-20 mm chuqurlikda urug' ekildi. Issiqxona ichi 2 tomondan palitelen bilan o'raldi. Issiqxona xarorati +18 gradus bo'lganda o'sish va rivojlanish narmal holatda kechadi. Kuzatuvlar natijasiga ko'ra 15 kundan so'ng urug'larimiz unib chiqdi va yomg'irlatib sug'orish tizimidan foydalanib ham oziqlantirildi ham sug'orildi. Bu maysalar o'sishi va rivojlanishiga ijobiy tasir etadi Orasidagi begona o'tlar gullarimizga zarar bermasligi uchun terib turildi.Ekilgan kundan boshlab 40 kundan so'ng bo'yi 10-12 sm bo'lgan viola gullarimiz stakanchalarga o'tqazildi. Stakanlarimizga 40% tuproq, 60% chirigan go'ng aralashmasi solindi. Tayyor stakanlar stalyajlar ustiga taxlab chiqildi. Stakanchalarga gulni ekishda chuqurligi 3 sm bo'lgan chuqurlikka ekdik. Shu bilan birga ildiz sistemasi uzun va ko'plik soniga qarab chuqurchalar olindi. Gullar ekilgandan so'ng bir kun to'liq politelin bilan o'rab qo'yildi va sug'orildi. O'suv davrida NPK va bo'y o'stiruvchi va tanasini yo'g'onlashtiruvchi preparate-stimulyatorlar suv bilan birgalikda tayyorlangan aralashma yomg'irlatib berildi. Viola gullari ildiz sistemasi yaxshi nafas olishi uchun stakanchalar yumshatilib turildi va sarg'aygan barglariga Fe moddasi berildi (20 gr Fe moddasini 100 litr suvga aralashtirilgan holda). Ilk bor 24-oktabrda generativ kurtaklardan gullar ochildi. Gullari oq, qizil, sariq, oqda sariq va qora ko'zchali hamda bitta gul qizil sariq qora aralash rangli yirik shaklda. Binafshaning gulidan (0,04%) va bargi (0,05%) dan efir moyi olinadi. Poyasi yer bag'irlab o'sadi. Manzarali gul sifatida korxona va binolar oldiga ekiladi. Qish faslida ancha past gradusgacha bo'lgan haroratga chidamli. Violaning ko'plab turlari bezak gullari sifatida bog'larda o'stiriladi. Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinolichik ilmiy tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tatqiqot stansiyasining issiqxonasida Viola gullari o'stirildi. Hayotiy shakli 1yillik bo'lgan violaning biologik xususiyatlari o'rganildi. Asosiy ekin sifatida tuproq va go'ng aralashmasiga 15-20 mm chuqurlikda urug'lar ekildi. Barcha jarayonlar aftomatlashgan mexanizm asosida olib borildi. Pirovardida esa yaxshi natijalarga erishildi.

Xulosa. Janubiy hududlarning tuproq iqlim sharoyitiga mos manzarali gullarni o'stirish tatqiqot natijalariga ko'ra samarali bo'lib, yetishtirish jarayonida tuproq tarkibidagi tuzlar miqdori va suv sifati katta tasir etishi o'rganib tahlil etildi.

References:

1. Boysunov Nurzod Bekmurodovich, Juraev Diyor Turdikulovich, Nurillaev Ilhom Xolbek o'g'li, & Begmatov Bekzod Elmurod o'g'li. (2023). "RESISTANT TO THE COMPLEX STRESS FACTORS (SALT, DROUGHT, DISEASE) OF THE "OROLBO'YI" REGION, THE YIELD OF SPRING

EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 5.995 www.in-academy.uz

WHEAT, THE QUALITY INDICATORS OF THE GRAIN WILL BE STABLE HIGHER. ACTIVITY IMPLEMENTED WITHIN THE FRAMEWORK OF DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY. Intent Research Scientific Journal, 2(6), 193-200. Retrieved from https://intentresearch.org/index.php/irsj/article/view/148

2. Ostonaqulov T.E., Nurillayev I.X. SABZAVOT MAKKAJO'XORI NAVLARINI ERTAGI VA TAKRORIY EKINLAR SIFATIDA TURLI MUDDATLARDA O'STIRILGANDA HOSILDORLIGI // SAI. 2023. №Special Issue 6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sabzavot-makkaj o-xori-navlarini-ertagi-va-takroriy-ekinlar-sifatida-turli-muddatlarda-o-stirilganda-hosildorligi (дата обращения: 12.12.2023).

3. Mavlyanova R.F., Yunusov S.A, Karimov B.A Sabzavot ekinlarini vegitativ payvandlash. Toshkent-2018

4. Nurillayev , I. X. o'g'li. (2023). "PROSPECTS OF APPLICATION OF MODERN TECHNOLOGIES IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS". Educational Research in Universal Sciences, 2(13), 98-100. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/4229

5. Прививка овощей. Способы прививки овощей. Вэб-сайт: Урожайная грядка. http://urozhaynagryadka.narod.ru/privivka ovoshey.htm

6. https://www.vigyanvarta.com/adminpanel/upload doc/VV 1220 17a.pdf

7. Diyorova Muhabbat Xurramovna,Nurillayev Ilhom Xolbek o'g'li*. (2023). THE SIGNIFICANCE OF VEGETABLE WELDING OF VEGETABLE CROPS (CUCUMBER AS AN EXAMPLE). Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(10), 143-145. Retrieved from http://www.eijmr.org/index.php/eijmr/article/view/349

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.