INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
JANUBIY FARG'ONADA SHAKLLANGAN OCH TUSLI BO'Z TUPROQLARDA O'SIB RIVOJLANAYOTGAN O'SIMLIKLAR KIMYOVIY TARKIBI VA
OZIQLANISHI
1Iminchayev Raxmatjon Axmadovich, 2Ma'rufjonov Javohirbek G'ayratjon o'g'li,
3Meliqo'ziyev Azamjon Nomon o'g'li
1Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi 2Farg'ona davlat universiteti talabasi 3Farg'ona davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8000785
Annotatsiya. Ushbu maqolada o'simlik kimyoviy tarkibi, o'simliklarni oziqlanishi, mineral o'g'itlar tarkibida uchraydigan kimyoviy elementlar miqdori va o'simlik hayotidagi ahamiyati haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Kalit so'zlar: tuproq, o'simlik, yorug'lik, issiqlik, havo, suv, ozuqa, gravitatsiya, fotosintez, quruq modda, element
Ma'lumki har qanday tirik organizmlarning yashashi, hayot kechirishi uchun ozuqa kerak. O'simliklar organizimi ham huddi ana shunday organizmlar jumlasiga kiradi. O'simliklarning o'sishi va rivojlanishi hamda ularda kechadigan har xil hayotiy jarayonlar uchun ham ozuqa kerak.
Biz o'simliklardan oladigan hosilimizni ko'p yoki kamligi, sifatli yoki sifatsiz bo'lishi ham o'simlik uchun berilayotgan ozuqaning miqdoriga, turiga hamda sifatiga bevosita bog'liqdir. O'simliklarning oziqlanishi yaxshi kechishi uchun quyidagi muhitlar qulay bo'lishi kerak:
Yorug'lik; Issiqlik; Havo; Suv; Ozuqa; Tuproq;
Har yili yer yuzida o'sgan o'simliklarning ko'p massasi 400 mlrd t ni tashkil qiladi. Shundan quruqlikda o'sadigan qismi 100 mlrd t ni tashkil qiladi. Har yili 2 mlrd t N(azot) va 6 mlrd t kul elementlarining safr bo'lganligi sababli shu natijaga erishiladi.
Suv - bu o'simlik uchun kerak bo'ladigan eng asosiy narsaladan biridir. Suv o'simlik gavdasini tiklashida, ya'ni o'simlik tarkibida quruq organik modda yig'ishda katta vazifa bajaradi. 1kg quruq modda tashkil qilish uchun don ekinlarida o'rtacha 300 tonna suv sarflaydi. 30 t/s don hosilini yetishtirish uchun eng kami bilan 3500 t/ga yoki 350-400 mm yog'ingarchilik o'suv davri mobaynida yog'ishi kerak. O'simlikning turli qismlarida suv miqdori ham turlicha bo'ladi, buni quyidagi 1-jadval yordamida ko'rib chiqamiz.
1-jadval
Qapchig'ay past adirliklarida o'sadigan o'simliklar organlaridagi suv miqdori
O'simlik Suv miqdori (%)
Bargda 87
Novdada 68-77
Ildizda 44-56
Urug'da 9
Vakuolada 97
Sitoplazmada 78
Qobiqda 48
O'simliklarning kimyoviy tarkibi. Har qanday organizm kimyoviy tarkibi organik hamda anorganik qismlardan tashkil topgan. Organik qismiga suv va qattiq modda kirsa, anorganik
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
qismiga esa mineral moddalar kiradi. Ushbu moddalarni o'simlik tarkibida ma'lum meyordan kamayishi o'simliklar tarkibida turli fiziologik jarayonlarni izdan chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Masalan: moddalar almashinish, ayniqsa, fotosintezni pasaytiradi, natijada o'simlik boshlang'ich etapda so'liydi hamda o'sish va rivojlanishdan batamom to'xtaydi.
Turli o'simlik tarkibida quruq modda va suv miqdori turlicha bo'ladi. Masalan: Nonbob don ekinlari tarkibida 83-86% quruq modda bo'ladigan bo'lsa 11-14% suv bo'ladi. Pomidor va bodiring tarkibida suv miqdori quruq modda miqdoriga nisbatan anchagina yuqori. Suv-91-95% ni tashkil qiladi, quruq modda esa 4-8 % ni tashkil etadi. Oshxona qizilchasi, sabzi va piyoz tarkibida ham suv miqdori huddi pomidor va bodiringniki singari yuqori. Quruq modda 9,814,4%, suv 83-89% ni tashkil qiladi. Karam va turup tarkibida 6,9-9,7% quruq modda va 8991% suv bor. Kartoshka va qand lavlagi tarkibida esa 19-24% quruq modda hamda 73-79% suv bo'ladi. Kunga boqar va kanop urug'ida esa quruq modda miqdori suv miqdoridan anchagina ko'p. Quruq modda 89-92% ni tashkil qiladi va suv 6,9-9,7% ni tashkil qiladi.
Quruq moddaning asosiy qismi (kletchatka-hujayra, kraxmal, qant) oqsillardan, yog'lardan, har xil mineral birikmalardan iborat bo'lib, o'simlik tomonidan to'plangan quruq moddaning o'rtacha 45% uglerod, 42% kislorod, 6.5% vodorod, 1.5% azot hamda 0,5% kul elementlaridan iborat. Kul elementlariga P, K, Ca, Mg, Fe, S, Si va mikroelementlar.
2-jadval
Qishloq xo'jalik ekinlari tarkibidagi asosiy ozuqa elementlarining miqdori
O'simliklar Elementlar %
N P2O5 K2O
Bug'doy donida 2,5 0,85 0,50
Somonida 0,50 0,20 0,9
Makka donida 1,8 0,57 0,37
Guruch tarkibida 1,20 0,81 0,31
Paxta urug'ida 3,0 1,10 1,25
Paxta tolasida 0,34 0,06 0,91
Kartoshka mevasida 0,32 0,14 0,60
O'simliklar hayotidagi ayrim asosiy elementlar.
Azot - o'simliklar tarkibidagi aminokislotalar, oqsillar, nukleinkislotalar, xlorofillar, lipidlar, fermentlar va boshqa organik birikmalar tarkibida uchraydi.
Fosfor - nukleoproteidlar, nuklein kislotalar, fosforidlar, fitin, saxorofosfatlar va boshqa birikmalar tarkibida uchraydi.
Kaliy - uglerodlarni o'simliklarni bargidan boshqa organlariga o'tishini taminlab beradi. O'simlik mevani ushlab qolishiga yordam beradi, sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Oltingugurt - aminokislotalar va oqsillar tarkibida uchraydi.
Magniy - xlorofil molekulasi komponenti tarkibiga kirib fotosintez jarayonida qatnashadi.
Temir - xlorofil tarkibiga kirmasada, lekin xlorofilni tashkil qilishi uchun zarur.
Azotli oziqlantirish. Bug'doydan mo'l hosil yetishtirishda azotli o'g'itlar muhim rol o'ynaydi. Chunki azot o'simlikdagi oqsil moddasining asosiy komponenti bo'lib, deyarli barcha birikmalarning tarkibiga kiradi. Azotni o'simlik asosan nitrat va amiak shaklida o'zlashtiradi. Tuproq tarkibida chirindi qanchalik ko'p bo'lsa, azotli o'g'itlarning samaradorligi shunchalik yuqori bo'ladi. Chunki, o'simliklar azotning deyarli uchdan ikki qismini tuproqdagi chirindilardan, qolgan bir qismini esa azotli o'g'itlardan o'zlashtiradi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Azotli o'g'itlarning samaradorligini oshirishning muhim omillaridan biri o'g'itlar tarkibidagi azotning miqdorini to'g'ri hisobga olishdir. Masalan, ammiakli selitra tarkibida 34 % nitrat va ammiak shaklidagi sof azot mavjud. Mochevina tarkibida esa 46 % amid shaklidagi sof azot bor. Nitrofos tarkibida 23-24 %, ammofos tarkibida 9-12 % sof holdagi azot bor.
G'allachilikdagi muhim vazifalardan biri azotli o'g'itlardan to'g'ri foydalanish, tuproq unumdorligi va o'simlikning extiyojiga qarab vegetatsiya davomida to'g'ri oziqlantirishni tashkil etish hisoblanadi.
Azotli o'g'itlarning boshqa turdagi makro o'g'itlardan farqi ularning xarakatchanligida. Bu o'g'itlar o'simlikka tez ta'sir etadi va o'simlik tomonidan tez o'zlashtiriladi. O'simlik ta'monidan o'zlashtirilmagan shakllari nitrat va amiyak holatida sizot suvlariga yuvilishi yoki havoga uchib ketishi mumkin.
Azot - eng muhim makroelementlardan biri bo'lib, oqsilning tarkibiy qismiga kiradi. Oqsil tarkibida 16 % azot mavjud. Bu element kuzgi bug'doyning asosan generativ organlarida, ya'ni don tarkibida bo'ladi. Bug'doyda 1 sentner don hosili shakllanishi uchun 3,2-3,5 kg azot o'zlashtiradi. Azot o'simlik tomonidan butun o'suv davri davomida o'zlashtiriladi, ammo nay o'rash, boshoqlash davrida bug'doyning azotga bo'lgan extiyoji yuqori bo'ladi.
REFERENCES
1. Oblayorov. O. Tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. // Oliy o'quv yurtlari va qishloq xo'jalik kollejlarining agronomiya yo'nalishida o'qiyotgan talabalar uchun o'quv qo'llanma. FarPI "Texnika" nashriyot bo'limi, 2011y. - 260 b.
2. B.S. Musayev Agrokimyo (darslik) Toshkent - 2001
3. Artiqova G.K. Azotli o'g'itlarni qo'llash muddatlariga bog'liq holda kuzgi bug'doyning azot, fosfor va kaliyni o'zlashtirilishi va azotni foydalanish koefitsiyenti. O'zbekiston tuproqshunoslar va agrokimyogarlar jamiyatining V qurultoy materillari. Toshkent, 2010 yil.199-202 bet.
4. Iminchayev R.A Jo'rayeva M.M, Ismoilov M.I, Ma'rufjjonov J.G' Farg'ona vodiysi sharoitida "Polovchanka" bug'doy navini oziqlanish tartibotining iqtisodiy samaradorligi «Science and innovation»
5. Sotiboldiyeva G, Ma'rufjjonov J, Solijonova D, Toshpo'latova Y. Kaliliy o'g'it konlari va uning ahamiyati. "Modern Science and Scientific Studies" 91-93 b
6. Sotiboldieva, G., Abduxakimova, X., Mirzakarimova, I., Xojiboev, B., & Qirgizova, M. (2022). Sug'oriladigan bo'z tuproqlar mintaqasida kalsiyning biogeokimyoviy xususiyatlari. Science and innovation, 1(A7), 121-126.
7. Yuldashev, G., & Sotiboldieva, G. (2015). Formation of the absorbed foundations of the irrigated gray-brown soils of the Sokhsky cone of carrying out. Europaische Fachhochschule, (5), 3-6.
8. Sotiboldieva, G., Abduxakimova, X., Yuldashev, A., & Xasanov, R. (2022). Sug'oriladigan kolmatajlangan bo'z tuproqlarda stronsiyning pedogeokimyosi. Science and innovation, 1(D7), 140-145.
9. Yuldashev F, S. G. (2015). Kolmatajlangan tuproklarda stronsiy va bariy. UzMU xabarlari, (3/2), 138-143.
10. Sotiboldiyeva.G., Abdullayeva.L. (2020). So'x va Isfayramsoy daryo yoyilmalarida shakllangan sug'oriladigan kolmatajlangan tuproqlarning galogenetik xususiyatlarini
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
tavsifi. Ilm-fan va ta'limning rivojlanish istiqbollari mavzusidagi ilmiy kanfrensiya to'plami. www. openscience. uz, 27, 309-313. 11. Yuldashev.G., Isagaliyev.M., Sotiboldiyeva.G., Turdaliyev. A. Биомикроэлементи в агроландшафтах сентралной фергани. семинар—круглий стол 6. приёми регулирования почвенного плодородия и охрана почвенних ресурсов, 409.