INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
EKOLOGIK DEHQONCHILIK VA UNING ISTIQBOLI
D. Ahmedova
Farg'ona davlat universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7999556
Annotatsiya. Mazkur maqolada aholining ekologik sof maxsulot bilan ta'minlash, atrof-muhit turli kimyoviy moddalardan asrash, inson salomatligini saqlashda ekologik dehqonchilikning o'ziga xos jihatlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Oziq-ovqat maxsuloti, ekologik dehqonchilik, biologik faol moddalar, atrof-muhit, qishloq xo'jaligini ekologiyalashtirish
Kirish Qishloq xo'jaligi O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog'i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat maxsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xom ashyoga bo'lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat maxsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlanadi.
Bugungi kunda mamlakat aholisining 80-90 foizida salomatlik ko'rsatkichlari bilan bog'liq muammolar kuzatiladi. Buning muhim sabablaridan biri - yuzaga kelgan ovqatlanish tizimi hisoblanadi. Aholi o'rtasida sog'lom ovqatlanish tarziga rioya qilmaslik oqibatida vitaminlar, mineral tuzlar, antioksidantlar va boshqa biologik faol moddalar yetishmasligi aniqlanmoqda.
Xalq salomatligi, insonning ovqatlanishi uning iste'mol qilayotgan maxsulot sifati va xavfsizlik ko'rsatkichlari me'yorlariga bog'liqligi hisobga olingan holda, aholining sog'lom ovqatlanishini ta'minlashga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining "Organik maxsulotlar to'g'risida"gi Qonun (2022) qabul qilinganligi ayni muddaodir
Dehqonchilikda yetishtirilgan maxsulotning ekologik zararsiz, ya'ni qishloq xo'jalik maxsulotlarini insonlar salomatligi uchun xavfsiz bo'lishini ta'minlashda qishloq xo'jaligini ekologiyalashtirish talab etiladi.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya Ma'lumki, muhitni ifloslovchi kimyoviy moddalar ichida eng xavflisi og'ir metallar bo'lib, ularga qo'rg'oshin, simob, kadmiy, mishyak, rux, nikel kabilar kirib, muhitga tushgan shu elementlarning 90 % i tuproqda to'planadi va undan suv-o'simlik-ozuqa xalqalari-insonga o'tadi.
Mineral o'g'itlarni qo'llash, gen injeneriyasi texnologiyalari bilan yaratilgan transgen o'simlik va hayvonlardan foydalanish qishloq xo'jaligida mahsulot miqdorini oshiradi. Ammo mineral o'g'itlarni ekinlar hosildorligini oshirishda qo'llanilishi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, azotli o'g'itlarni ko'p miqdorda qo'llanilishi tuproq tarkibidagi gumusni parchalanishini tezlashtiradi, buning oqibatida tuproqning meliorativ holati pasayadi.
Tuproqda, yer osti suvlarida, yetishtirilgan mahsulot tarkibida nitratlarning ortishiga sabab bo'ladi. Bu esa inson organizmida zararli oqibatlarni keltirib chiqaradi. Fosforli o'g'itlar tarkibida ko'p miqdorda og'ir metallar, radioaktiv elementlar, ftor kabi bir qancha moddalarni saqlaydi. Nitratlar, og'ir metallar, radioaktiv elementlar va ftor miqdorining mahsulotlar tarkibida ortishi ushbu mahsulotni iste'mol qilgan odam va hayvonlar salomatligiga jiddiy putur yetadi. Bular kontserogen xususiyatga ega bo'lib, organizmda to'planib turli darajadagi shish kasalliklarni keltirib chiqaradi .
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Muhokama va natijalar Texnogen omillar hisoblangan Pb, Hg, Cd, Zn, As kabi og'ir metallar muhitda to'planib, biotopdagi organizmlarning fiziologik jarayonlarida salbiy o'zgarishlarga sabab bo'lib, o'sish va rivojlanishni sekinlashtiradi, hosil sifatini pasaytiradi. Tuproqdan o'simlikka o'tgan og'ir metallar uning to'qimasi va organlarida turlicha tarqaladi. Masalan, o'simlikning ildiz va eski barglarida rux to'planadi, poya, shox, yangi barglarida kam bo'ladi. O'simlikning yer osti ildizmevalari, mevalari ham og'ir metallarni kamroq to'playdi. Og'ir metallarning o'simlikka o'tishi va ularning turli organ, to'qimalarida to'planishi, ekinlarning tur, navlari va ular tanasida sodir bo'ladigan fiziologik jarayonlar, morfologik belgilarga bog'liqdir. Masalan, og'ir metallardan temir sabzini bosh tomonida, rux va qo'rg'oshin uning ichki o'zak qismida, mis, marganets, kadmiy ildiz qismida ko'p to'planadi. Lavlagining markaziy qismida rux, qo'rg'oshin, qobig'ida mis, marganets, kadmiy, temir to'planadi. Qovoqning uski qismida og'ir metallarning ko'p miqdori, ularning oz miqdori pastki qismida 1,5-4 barobar kam. Karamning ustki barglaridan ichki o'zakka qarab rux 3-5 barobar ortishi va kaliy kamayishi kuzatiladi.
1- jadval
O'simliklarning turli organlarida qo'rg'oshinning tarqalishi; quruq moddaga.
mg/kg (Sokolov, 2013)
O'simliklar Organlar Qo'rg'oshin miqdori
Arpa (doni) Qobiq, endosperm, zarodish 1,35, 0,50, 8,90
Bug'doy (doni) Qobiq, endosperm, zarodish 0,74, 1,22, 7,63
Suli (doni) Qobiq, endosperm, zarodish 3,85, 8,33, 63,33
Grechixa Qobiq, endosperm, zarodish 0,94, 1,28, 5,56
Pista (doni) Qobiq, endosperm, zarodish 0,06, 0,06, 0,09
Petrushka Band, barg, ildiz 2,50, 1,00 0,50
Salat Band, barg, ildiz 19,7 28,4 37,4
Shavel Band, barg 37,5, 28,0
Piyoz Piyoz tanasi, barg 13,8, 5,0
Ukrop Poya, barg 41,7, 24,8
Sarimsoq-piyoz Piyoz tanasi, barg 10,0, 30,0
Xren Barg, band, ildiz 0,25, 0,75, 0,25
Yuqoridagi jadvalga ko'ra, qo'rg'oshin asosan o'simliklarning bargi va bandlarida ko'p miqdorda to'planadi. Shu boisdan qishloq xo'jaligida og'ir metallar miqdorini tuproq, o'simlik va ozuqa maxsulotlarida toksik elementlar kontsentratsiyasini me'yorlash, ularning oziq-ovqat tarkibidagi miqdorini kamaytirishda ekologik dehqonchilikni to'g'ri yo'lga qo'yish talab etiladi.
Qishloq xo'jaligida turli gurux zararkunandalariga qarshi kurashda "diotomit tuproq o'ti", turli qisqichbaqalar va mollyuskalar chanoqlarini maydalashdan olingan qo'llash yuqori samara beradi. Mayda un zarrachalari hashoratlar traxeyalariga tiqilib, ularning o'z-o'zidan nobud bo'lishiga olib kelgan. Diatom unining 0.5 - 3.0 gr. hosili 1 tonna g'allaga aralashtirib qo'yilsa, unga hasharotlar zarar yetkazmaydi va turli hashorat ta'siridan nobud bo'ladigan 20 -30 foiz hosil toza holda saqlanib qoladi.
Jahon bozorlarida ekologik toza maxsulotlarga bo'lgan talab ortib borayotgan bo'lsada, ularni ishlab chiqarish an'anaviy ishlab chiqarishga nisbatan katta xarajatlar sarflanadi. Jumladan, ekologik toza maxsulotlarning bahosi oddiy maxsulotlarga nisbatan 3-5 barobargacha qimmat turadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Ekologik dehqonchilikning o'ziga xosligi shundaki, u an'anaviy dehqonchilikka nisbatan xarajatlarning yuqoriligi bilan farqlanadi. Organik maxsulotlar yetishtirishda ekologik toza havo, tuproq, suv va boshqa omillarning ahamiyati beqiyos va bevosita ana shu omillar bilan bog'liqdir. Zaminimizda ekologik toza maxsulotlar yetishtirishda barcha imkoniyatlar mavjud.
Ekologik dehqonchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• Ishlab chiqarishda kimyoviy ifloslanish va zaharli qoldiqlarni yo'q qilish
• ekologik tizimida biologik xilma-xillikni oshirish va muhofaza qilish;
• uzoq muddatli istiqbol uchun tuproqning biologik faolligini oshirish;
• qayta tiklanmaydigan resurslardan foydalanishni kamaytirish
• tuproqning gumus holatini yaxshilashda o'simlik va hayvonlar chiqindilaridan qayta foydalanish;
• tuproq, suv va havo mihitini muhofaza qilish, qishloq xo'jaligi ekologik tizimlariga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ifloslanishning barcha shakllarini minimallashtirish;
• kimyoviy vositalar-pestitsidlar, defolyantlar, desikantlar, gerbitsidlar kabi noorganik moddalardan foydalanishni kamaytirish
• Geni modifikatsiya qilingan organizmlardan foydalanishni cheklash
• Ekologik muvozanatni tiklash bilan barqaror qishloq xo'jaligini rivojlantirish
Xulosa Yuqorida keltirilgan ma"lumotlardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash joizki,
ekologik dehqonchilikning aosiy qonun-qoidalardan biri mumkin qadar yopiq moddalar aylanish tizimini ta'minlashdir. Bunda o'simlikshunoslik va chorvachilik sohalari bir-birlari bilan chambarchas bog'liq bo'ladi. O'simlik maxsulotlarining bir qismi hayvonlar uchun ozuqa bo'lib xizmat qilsa, chorvachilik chiqindisi hisoblangan go'ng o'simlik uchun ozuqa moddasi vazifasini o'taydi. Ushbu modda almashinishini ta'minlaydigan miqdorda hayvonlarni saqlash lozim bo'ladi.
Ekologik dehqonchilik shu bugungi kundagi tabiiy resurslarni kelajak avlodlarga sof holatda yetkazib berishga yordam beradi.
Shuningdek, mineral o'g'itlar o'rniga kompost, ko'kat o'g'itlar, go'ng qo'llash, almashlab ekish tizimiga rioya qilish, ko'p miqdorda biologik azot to'playdigan dukkakli ekinlarni ekish, tuproq unumdorligini tabiiy yo'l bilan oshiradi. O'simliklarni kasalantirmaslik ekologik dehqonchilikning asosiy maqsadidir. Buning uchun o'simliklarning kuchli, kasallik va zararkunandalarga chidamli navlarini tanlab olish, almashlab ekish tizimiga amal qilish, o'simliklarni kasallanishini kamaytiradi. Kasallik ko'payishi mumkin bo'lgan hollarda biologik moddalardan tayyorlangan o'simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ekologik dehqonchilik tabiatni asrash, qishloq xo'jaligini tabiat qonunlari bilan uyg'un tarzda yuritish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholini yuqori sifat va tabiiy ta'mga ega bo'lgan maxsulotlar bilan ta'minlash hamda tabiiy boyliklarni kelajak avlodlarga butunligicha yetkazib berish imkonini beradi.
Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sog'liqni ta'minlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xo'jaligidagi islohotlardan maqsad -iqtisodiy foyda ko'rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur".
REFERENCES
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
1. O'zbekiston Respublikasining "Organik maxsulotlar to'g'risida"gi Qonuni. Tashkent, 2022
2. Ergashev A., Ergashev T. "Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish", -Toshkent, 2005
3. Ahmedova DM., Akramov A.A. EKOLOGIK DEHQONCHILIKNING O'ZIGA XOS JIHATLARI ОЗЩ-ОВ^АТ ХАВФСИЗЛИГИ: МИЛЛИЙ ВА ГЛОБАЛ ОМИЛЛАР ХАЩАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ ТУПЛАМИ 2019-йил 16-17 Октябрь
4. Ahmedova, D., & Akramov, A. (2021, July). USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION SYSTEM. In Konferentsii.
5. Ahmedova, D. M., Nizomov, N., Ahmedov, R., & Turdiyeva, N. (2022). ATROF-MUHIT MUHOFAZASIDA CHIQINDILAR MUAMMOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 696-702.
6. Akhmedova, D. M., & Turdieva, N. (2021). Bio ecological characteristics of climatic landscape plants of fergana city. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(4), 1390-1394.
7. Ahmedova, D., & Turdieva, N. (2022). AGROTECHNOLOGY OF ORNAMENTAL TREE AND SHRUB CARE. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 7(11), 11-18.
8. Ahmedova, D. M., & Mirzayeva, U. M. (2022). APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION SYSTEM. Экономика и социум, (4-1 (95)), 23-25.
9. Ах,медова, Д. М. (2022). ГУЗАНИНГ С-01 НАВИ ^ОСИЛДОРЛИГИНИ АЙРИМ ЭКОЛОГИК ОМИЛЛАРГА БОГЛЩЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 931-937.
10. Ахмедова, Д. М. (2022). ГЕНОМНЫЙ АНАЛИЗ АЛЛОГЕКСАПЛОИДНЫХ ГИБРИДОВ ХЛОПЧАТНИКА. International scientific journal of Biruni, 7(2), 8-15.
11. Akhmedova, M., & Akhmedova, D. (2021). Clinical features and risk factors for the development of atopic bronchial asthma combined with allergic rhinosituitis in children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 10151020.
12. Закирова, С., Ахмедова, Д., & Артикова, Г. (2021, August). AGROTECHNICAL MEASURES FOR SAND DEVELOPMENT: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1324. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).
13. Закирова, С., Ахмедова, Д., Хакимжонова, Н., & Кучкорова, Р. (2021). ПИТАТЕЛЬНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ ПЕСКОВ. Экономика и социум, (5-1), 902-906.
14. Ahmedova, D. M., & Umarov, T. (2022). The impact of ecological environment on the productivity of cotton-plant varieties. Asian Journal of Multidimensional Research, 77(4), 134-137.
15. Закирова, С. Х., Ахмедова, Д. М., & Холматова, Ш. М. (2023). РОСТ РАЗВИТИЕ И ПРОДУКТИВНОСТЬ ХЛОПЧАТНИКА НА ОПЫТНЫХ УЧАСТКАХ С ИСКУССТВЕННЫМ И ЕСТЕСТВЕННЫМ ЭКРАНАМИ. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 13, 117-120