Научная статья на тему 'Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning roli'

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning roli Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy ong / huquqiy madaniyat / huquqiy targ‘ibot / Adliya vazirligi / nuquqiy axborot / normativ-huquqiy hujjatlar / inson huquqlari / Yangi O‘zbekiston strategiyasi / legal consciousness / legal culture / legal propaganda / Ministry of Justice / legal information / legal documens / human righs / New Uzbekistan strategy

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Makhmudova Kh. M.

Ushbu maqola jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksalishida huquqiy targ‘ibotning roli va ahamiyatining muhim jihatlari hamda bunga yaratib berilayotgan shart sharoitlar, jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o‘rganilib, qayd yetilgan muammoni hal yetish yo‘llari taklif yetilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The role of legal propaganda in raising legal awareness and legal culture in society

This article examines the important aspecs of the role and importance of legal propaganda in the development of legal consciousness and legal culture in society, as well as the conditions created for this, the current state of legal consciousness in society, and ways to solve the noted problem are proposed.

Текст научной работы на тему «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning roli»

¿> vi,

I ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 J

JAMIYATDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY TARG'IBOTNING ROLI

Mahmudova X. M. -

BuxDU o'qituvchisi

Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Huquqiy targibot fuqarolarni davlat va jamiyat hayotida yuz berayotgan so'nggi o'zgarishlardan xabardor qilish ijtmoiy fikrni yanada sog'lomlashtirish, jamiyatda ijtimoiy axborot xavfsizligini ta'minlash va jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga muhim o'rin tutadi. Bu borada huquqiy targ'ibot orqali mamlakat hayoti va rivoji uchun qabul qilinayotgan eng so'ngi qonunlar, qarorlar va barcha sohadagi normativ huququiy hujjatlarning tub mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish va bu orqali fuqarolarning qonunchilikda o'z fikr mulohazalari va fikrlarini shuningdek, takliflarini bildirishlari uchun, o'zlarining huquq va erkinliklarini yanada yaxshiroq bilishlari va foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishligi bilan ahamiyatlidir. O'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aholi o'rtasida olib borilayotgan seminar treninglar, sayyor qabullar, turli boshqa keng qamrovli huquqqiy tadbirlari orqali xalq bilan to'g'ridan - to'g'ri muloqat qilishga va barcha sohadagi normativ huququiy hujjatlarning tub mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish orqali keng targ'ib qilib kelmoqda. Bu esa jamiyatda huquqqiy ong va huquqiy madaniyatni o'sishida sezilarli ta'sir qiladi, albatta.

O'zbekiston jamiyatida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi tadqiq etishda analiz va sintez, kompleks yondashuv, tizimli-funksional yondashuv, kontent analiz, retrospektiv tahlil, dialektik, sinergetik, gramatik tahlil kabi ilmiy bilish usullaridan foydalanildi.

Huquqiy ong darajasi jamiyat a'zolarining huquqiy ma'lumotlariga ham bog'liqdir. Shunga ko'yra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini ko'ytarishga ko'ymak beradigan huquqiy axborot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab, huquqiy ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni bilan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo'shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini rag'batlantirish maqsadida "Huquqiy targ'ibot ishlari a'lochisi" ko'krak nishoni ta'sis etilganligi buning yaqqol dalilidir. Ushbu farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan "Huquqiy targ'ibot ishlari a'lochisi" ko'krak nishoni to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash haqida 2019-yil 22-martdagi 240-son qarori qabul qilinib, ushbu nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko'ra, ko'krak nishoni bilan jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qo'shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko'rsatgan xizmatlari uchun taqdirlanadilar.

Shuningdek,Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma'qullangan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'g'risida"gi Qonun ham aynan jamiyatda huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlashning asosiy prinsiplari huquqiy axborotni tarqatish hamda undan foydalanishni ta'minlashning oshkoraligi, ochiqligi, o'z vaqtidaligi, huquqiy axborotni izlash va olish erkinligidan qay tartibda foydalanish to'g'risida barcha qoidalar belgilangan.[6]

¿>

I ^a^cafoa Ba xy^yK_philosophy & law journal_2024/2

Huquqiy axborot - normativ-huquqiy hujjatlaming, ularga oid rasmiy sharhlarning, normativ-huquqiy hujjatlarning qo'llanilish tartibi to'g'risidagi tushuntirishlarning, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qarorlarining, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonun hujjatlari qo'llanilishi masalalari bo'yicha qarorlarining matnlari, shuningdek sud amaliyotini umumlashtirish materiallaridir .

Huquqiy axborotdan foydalanish - huquqiy axborotni erkin olish va undan foydalanish imkoniyati; huquqiy axborotni tarqatish - nomuayyan doiradagi shaxslarni huquqiy axborot bilan tanishtirishga qaratilgan harakatlardir.

Shuningdek, ushbu Qonunda O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi va huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirishligi to'g'risida belgilangan.

Shu bilan birga, Vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralar, tashkilotlar, mahally davlat hokimiyat organlari,axborot kutubxona muassasalari, ta'lim muassasalari, fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolar o'z vakolatlari doirasida: huquqiy axborotni belgilangan tartibda tarqatadi, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish, e'ion qilish, o'z rasmiy veb-saytlariga joylashtirish orqali tarqatadi; o'zi qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini hamda zarur bo'lgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallarni yuborish va rasmiy e'ion qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yo'llaydi. Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash tartibi, huquqiy axborotni tarqatish usullari quyidagicha belgilangan: normativ-huquqiy hujjatlarning matnlarini yuborish; normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e'ion qilish; normativ-huquqiy hujjatlarni norasmiy e'ion qilish; huquqiy targ'ibotni amalga oshirish; jismoniy va yuridik shaxslarga ularning so'rovlariga ko'ra huquqiy axborot taqdim etish va boshqalar... Normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy targ'ibot yo'li bilan tarqatish barcha davlat organlari va tashkilotlar, shuningdek xo'jalik boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nodavlat notijorat tashkilotlari ham huquqiy targ'ibotni amalga oshirishi mumkin. [7]

Huquqiy targ'ibot quyidagi usullarda amalga oshiriladi:

konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va muloqotlar o'tkazish;

ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish, bosma va elektron ommaviy axborot vositalariga maqolalar va huquqiy-axborot materiallarini joylashtirish orqali;

sharhlar, risolalar, plakatlar, bukletlar va flayerlar tarqatish;

ijtimoiy reklamalar (videolavhalar, infografikalar va boshqalar) hamda targ'ibotning qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan bosha turlari orqali.

Davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy targ'ibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'yicha davlat organlari ishlarini muvofiqlashtirish bo'yicha idoralararo kengash hamda uning hududiy komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarkibida kiruvchi barcha davlat va nodavlat Oliy ta'lim muassalarining Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi talabalaridan ixtiyoriy "Huquq targ'ibotchilari" klubini tashkil etib, dasturini ishlab chiqib, dastur doirasida faol a'zolari tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va normativ huququiy hujjatlarning tub mohiyati va ahamiyati keng targ'ib qilish taklifini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq. Bu esa jamiyatda huquqqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlanishida, fuqarolarning jamiyatdagi o'zgarishlarga va qonunchilikdagi yangiliklarga befarq bo'lmasdan faol bo'lishlarida oz bo'lsada o'z hissasini qo'shishiga ishonaman. Shuningdek, yaqin kelajakda "Huquq targ'ibotchilari" klubi jamiyat uchun eng kerakli, salohiyatli, huquqiy bilimi va saviyasi, tajribasi yuqori bo'lgan kadrlarni tayyorlashda ham ahamiyatli bo'ladi.

"Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!". Shunday ekan, qonunlarning samarali ishlashi uchun fuqarolarning huquqiy ongini , huquqiy madaniyatini, huquqiy mafkurasini yuksaltirish juda muhim. Aholining barcha tabaqalari , ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim saviyasini yuqori darajaga ko'tarish bilan biz qonun

¿> vi,

I ^a^cafoa Ba xyKyK_philosophy & law journal_2024/2 ^

buzilishlari, adolatsizliklar , jinoyatlarning oldini olgan bo'lamiz. Zero, har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohotlar jadal o'tkazilayotgan hozirgi davrda qaerda ishlamasin, xizmat qilmasin, o'qimasin, har qadamda huquqiy bilimga ehtiyoj sezishi tayin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, "Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish -demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!". Shunday ekan, qonunlarning samarali ishlashi uchun fuqarolarning huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini, huquqiy mafkurasini yuksaltirish eng muhim vazifadir. Aholining barcha tabaqalari, ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim saviyasini yuqori darajaga ko'tarish bilan biz qonun buzilishlari, adolatsizliklar, jinoyatlarning hamda korrupsiyaning oldini olgan bo'lamiz. Zero, har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohotlar jadal o'tkazilayotgan hozirgi davrda qayerda ishlaotgan bo'lsa ham, yoki xizmat qilayotgan bo'lsa ham, ta'lim olayotgan bo'lsa ham, har qadamda huquqiy bilimga ega bo'lishi kerakligi zamon talabidir.

2023-yil 10-iyunda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining "Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka etkazish va tushuntirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi 3271-IV/KQ-520-IV-sonli Qo'shma qarori qabul qilndi va ilovaga muvofiq yil davomida Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va tushuntirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturiga muvofiq mas'ul bo'lgan barcha davlat organlari, vazirliklar, tashkilot, korxona, muassasa va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Joylarda "Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!" hamda "Mening Konstitutsiyam!" shiorlari ostida hududlarda yangilangan Konstitutsiya targ'iboti bo'yicha targ'ibot va tashviqot ishlarini tashkil etildi.

Yoshlarga o'z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o'rgatishga qaratilgan "Street law" (Ko'cha huquqi - oddiy huquq) loyihasi doirasida ta'lim muassasalarida yangi tahrirdagi Konstitutsiyani tushuntirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari tashkil etilib, samarali amalga oshirildi.

Yoshlar o'rtasida "Konstitutsiya bilimdoni" onlayn tanlovlari, Davlat xizmatchilari o'rtasida "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini bilasizmi?" mavzusida test sinovlari, o'quv muassasalarida "Konstitutsiya olimpiadalari" o'tkazildi. Bu tadbirlar Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borildi. Bunday tadbirlar fuqarolar faolligini oshirib, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo'shadi.

ADABIYOTLAR:

1. https://lex.uz/ru/docs/-249352

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 466-I-sonli jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoni

4. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan "Huquqiy targ'ibot ishlari a'lochisi" ko'krak nishoni to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash to'g'risida" gi 2019-yil 22-martdagi 240-son qarori

5. Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilinib, Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma'qullangan "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'g'risida" gi Qonuni

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli farmoni

7. https://buxdu.uz/yangiliklar/2863/

¿> vb,

I Фалсафа ва хукук_philosophy & law journal_2024/2 ^

REZYUME:

Ushbu maqola jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksalishida huquqiy targ'ibotning roli va ahamiyatining muhim jihatlari hamda bunga yaratib berilayotgan shart sharoitlar, jamiyatdagi huquqiy ongning bugungi holati o'rganilib, qayd yetilgan muammoni hal yetish yo'llari taklif yetilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy targ'ibot, Adliya vazirligi, nuquqiy axborot, normativ-huquqiy hujjatlar, inson huquqlari, Yangi O'zbekiston strategiyasi

РЕЗЮМЕ:

В данной статье рассматриваются важные аспекты роли и значения правовой пропаганды в развитии правосознания и правовой культуры в обществе, а также созданные для этого условия, современное состояние правосознания в обществе и пути решения отмеченных проблем.

Ключевые слова: правосознание, правовая культура, правовая пропаганда, Министерство юстиции, правовая информация, правовые документы, права человека, стратегия Нового Узбекистана.

RESUME:

This article examines the important aspecs of the role and importance of legal propaganda in the development of legal consciousness and legal culture in society, as well as the conditions created for this, the current state of legal consciousness in society, and ways to solve the noted problem are proposed.

Key words: legal consciousness, legal culture, legal propaganda, Ministry of Justice, legal information, legal documens, human righs, New Uzbekistan strategy

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.