Научная статья на тему 'JAMIYATDA DINIY FANATIZM VA DINDA QARASHLAR XILMA-XILLIGI'

JAMIYATDA DINIY FANATIZM VA DINDA QARASHLAR XILMA-XILLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5278
304
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy / e’tiqod / oyat / aqidaparastlik / aktsentuatsiya / fanatizm / komillik / johillik

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nigora Abdikadirova Sabirjanova

Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulugʻ mutafakkir Abu Nasr Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini paygʻambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYATDA DINIY FANATIZM VA DINDA QARASHLAR XILMA-XILLIGI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

JAMIYATDA DINIY FANATIZM VA DINDA QARASHLAR

XILMA-XILLIGI

Nigora Abdikadirova Sabirjanova

"Ijtimoy gumanitar va huquq" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga o'zicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma'lum bosqichida paydo bo'lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning ma'lum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi. Ulug' mutafakkir Abu Nasr Forobiy Dinga falsafa bilan bir qatorda haqiqatga yetishishning 2 mustaqil usulidan biri sifatida qaragan. Forobiyning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg'ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar. Dinga turlicha yondoshishni Beruniy, Ibn Sino, Umar Xayyomning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida, Ibn Rushdning ikki haqiqat nazariyasida kuzatish mumkin.

Kalit so'zlar: diniy, e'tiqod, oyat, aqidaparastlik, aktsentuatsiya, fanatizm, , komillik, johillik.

KIRISH

Bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni yot g'oyalardan asrash, ularda mafkuraviy sog'lom immunitetni ta'minlash, diniy fanatizm, ekstremizim kabi ma'naviy tahdidlarni bartaraf etish bugungi kun uchun dolzarb masalaga aylangan. Ma'lumki biror bir illatni oldini olish uchun avvalo uni keltirib chiqaruvchi omillar va sabablarni anglash zarur. Diniy fanatizm (lot. Fanaticus "g'azablangan") — diniy g'oyalarga ko'r-ko'rona sodiqlik va amaliy hayotda ularga rioya qilish istagining juda katta ahamiyatga ega ekanligi. Diniy fanatizm asosan diniy mazhablarda yaqqol namoyon bo'ladi. Bu diniy faoliyatga, undagi turli marosimlar va ibodatga mutaassiblik bilan kirishish va o'z xayrixoh guruhlari ichida birlashib ketishdir. Diniy fanatizim odatda diniy tamoyillar nomi bilan qurbonlikni muqaddasligiga asoslanadi. Uning psixologik asosi — e'tiqoddir. Diniy mutaassib shaxsning emotsional kechinmalari uning ratsional fikirlash qobiliyatidan ustunligi bilan tasniflanadi. Ya'ni diniy aqidaparast shaxs voqea-hodisalarni kognitiv bilish orqali emas balki emotsional kechinmalar ta'sirida tahlil etadi va yondoshadi. Diniy aqidaparastlikning asosiy turlari orasida passiv-fikirlovchi va aktiv-ekstremistik turlari ajralib turadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Aqidaparastlik tushunchasini ilk bor fransuz voizi va ilohiyotchisi Jak-Benin Bossyue (1627-1704) tomonidan qo'llanilgan bo'lib, u o'z davrida katolik dinini monarxiya hokimiyati ustuvorlik qiluvchi Fransiya uchun rasmiy qarashlar tizimi sifatida ko'rgan fransuz absolyutizmining asosiy mafkurachilaridan biri edi. Bossyue aqidaparast tushunchasini o'sha davr o'z diniy e'tiqodlarini cherkov munosabatlari va qoidalariga emas, balki faqat Xudogagina bog'liqligiga ishongan protestantlarga nisbatan qo'llagan. Bossyue dinning asosini axloq va intizomda deb bilgan. Xristianlik u uchun axloq normalarining na'munasi edi, lekin u har qanday ilohiy his tuyg'ular va mistik hodisalarni "ruhiy vabo" (la peste spirituelle) sifatida qabul qilgan. Shu ko'rinishdagi diniy e'tiqod vakillarini uning nazdida diniy aqidaparast va bid'atchi deya hisoblagan. Bossyue diniy murasasozlik targ'ibotchisi edi. U Lyudovik XIV 1685 yili Genrix IV tomonidan protestantlar va katoliklar uchun tenglikni joriy etish uchun 1598 yili qabul qilingan Nantes farmonini bekor qilishga undagan. 1764 yili Jenevada "Falsafiy lug'at" nashr etildi, unda fransuz faylasufi, ma'rifatchi, tarixchi va shoiri Volter (1694-1778)ning "fanatizim" so'ziga bergan izohi chop etildi. Volterning ta'kidlashicha aqidaparast shaxs — "O'z nodonligini kuch orqaliy himoya qiluvchilar"dir. Ular o'z g'oyasini himoya qilar ekan, unga qarshi o'lgan barch insonlarga nisbatan kuch ishlatish va qatl qilishga tayyordir. Bunga misol sifatida Volter tarixiy Varfolamey kechasini misol qilib keltiradi. "Aqidaparastlar — bu o'zlarining g'oyalaridan o'zgacha fikrlovchilarga o'lim hukmini o'quvchi sudiyalardir" — deya e'tirof etgan edi Volter. Diniy aqidaparastlik psixologiyasi to'g'risida to'xtalar ekan, Volter — bu shunchakiy "johillik mevasi" yoki Beyl ta'kidlaganidek "ibtidoiy jon" emas balki olamon psixologiyasi bilan chambarchas bog'liq holatdir deya ta'kidlaydi. Fanatiziya har doim qabihlik va shavqatsizlik xususiyatiga egadir. U ayni vaqtda xurofot, g'azab va johillik kabi illatlarning asoschisi hisoblanadi deb alohida e'tirof etadi Volter. SHu o'rinda alohida ta'kidlash zarurki, diniy fanatizmni yuzaga kelishining nafaqat ijtimoiy balki psixologik ildizlari ham mavjud.

Diniy aqidaparastlik tushunchasi haqida so'z borar ekan, e'tiborni xarakter aktsentuatsiyasi tushunchasiga qaratish zarurdir. Ma'lumki, shaxsdagi xarakter aktsentuatsiyasi — shaxsdagi bir xarakter xususiyati boshqalariga ko'ra bo'rttiribroq namoyon bo'lishi va muayyan shaxsning o'ziga xos xususiyati sifatida gavdalanadi. Xarakter aktsentuatsiyasi — norma va patologiya o'rtasidagi oraliq bosqich sifatida qaralib, uning patologik bosqichiga qadar namoyon bo'lishi psixopatiyaga aylanish xavfini tug'diradi. Xarakterning aktsentuatsiyalashgangili turli ijtimoiy-psixologik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

og'ishlarni yuzaga kelishiga zamin yaratishi mumkin. Shaxsdagi turli fanatik holatlarni va xatto diniy fanatizimning ham kelib chiqishda xarakter aktsentuatsiyasining ahamiyati katta bo'lishi mumkin. Quyida bu kabi holatlarga ta'sir etuvchi turli aktsentuatsiya tiplarini keltirib o'tamiz: Demonstrativ (namoyishkorona) tip. Ushbu turdagi xarakter aktsentuatsiyasi egasi doimo diqqat markazida bo'lishga intiladi, uning barcha faoliyati aynan shu masalaga yo'naltirilgan holda kechadi. Bu turdagi xarakter anomaliyasi asosida o'z dinini va e'tiqodini barchaga ko'z-ko'z qilish orqali har qanday yo'l bilan o'zining dindorligini barchaga e'lon qilishga intiladi. Aslida esa dinning asosiy talablariga subektiv tarzda e'tiqod qilmaydigan aqidaparast shaxs shakllanadi.

Distim shizioid tip. Bu turga mansub shaxslar emotsiyalari sust ifodalangan va introvert tipdagi bo'lib, ko'p holatlarda salbiy kayfiyatda bo'ladilar. Bu xildagi xarakter asosida diniy qarashlariga mukkasida ketgan va atrofdagi insonlarga va voqelikga nisbatan befarq shaxs shakllanadi. Shuningdek, bunday shaxslar o'z xatti-harakatlarining boshqa insonlarga nisbatan ko'rsatishi mumkin bo'lgan ta'siriga befarq qaraydilar.

Epileptoid— qo'zg'aluvchan tip Bu kabi xarakter aktsentuatsiyasiga mansub shaxslarda shavqatsizlik tajovuzkorlik va reaktivlik xususiyatlari ajralib turadi. Qo'zg'aluvchan odamlarning reaksiyalari impulsiv bo'lib, ular biror narsani xushlamasalar masalaga kelishuv asosida yondoshmaydi aksincha bag'rikenglik ular uchun begona. Aksincha yuz ifodalari va so'zlari bilan salbiy emotsiyalariga erk berishni va o'z talablarini ochiqcha e'lon qilishga moyildir. Qotib qolgan tip Bu kabi xarakter xususiyatidagi shaxslarda adolatga intilish va qasos olishga moyillik yorqin ifodalangan bo'lib, bu xarakter aktsentuatsiyasiga ega bo'lgan shaxslarda diniy aqidaparastlikning yuzaga kelishi boshqa turlaridan ko'ra xavfli hisoblanadi. Bu kabi insonlardan jamiyat uchun turli tahdidlarni keltirib chiqarishi mumkin. Rus diniy va siyosiy faylasufi Nikolay Aleksandrovich Berdyaev (1874-1948) o'zining 1937 yili "Russkie zapiski" jurnalida chop qilingan "Aqidaparastlik, ortodoksiya va haqiqat haqida" nomli maqolasida diniy aqidaparastlikka tanqidiy fikrlarini bildirib o'tadi. U "aqidaparastilik" so'ziga sinonim sifatida "murosasizlik" nisbiy ma'noda rashkchi ma'nosini keltiradi. Uning fikricha aqidaparast shaxs xuddi rashkchi bir insondek barcha yerda xiyonat va sotqinlikni ko'radi. Bunday shaxslar o'ta shubha va gumonlarga beriluvchan bo'lib, go'yoki hamma yerda uning e'tiqodiga nisbatan fitna uyushtirilayotgandek tuyuladi. Berdyaev diniy aqidaparastlikning ziddiyatli xususiyatlariga ishora qilib quyidagi fikrlarni keltirib o'tadi: "Aqidaparast shaxs doimo o'zining qandaydir taqib ostida deb xis qiladi, atrofda uni shaytonning turli

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

xilya-yu nayranglari qamrab olganday xis qiladi. O'zini doimo turli dushmanlarining taqib osti deb xis qiluvchi inson — o'ta xavfli mavjudotdir, xavfda yashovchi inson o'zi ham aslida taqib qiluvchiga aylanadi".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Berdyaevning fikricha aqidaparast insonlar shaytonga ilohning mavjudligidan ko'ra ko'proq e'tiqod qiladilar. Aqidaparast insonlar o'z ichki qo'rquvini yengish uchun zo'ravonlik qiladi, bu ularning ojizliklarining yaqqol na'munasi. Uning e'tiqodi salbiy tusga ega-chunki aqidaparastlikning asli xam e'tiqodning ojizligining yaqqol dalilidir. Hulosa sifatida shuni aytish mumkinki aqidaparastlikni keltirib chiqaruvchi birlamchi omil ilmsizlikdir ya'ni, shaxs ma'nan kuchli e'tiqodga ega bo'lishi mumkin lekin uning e'tiqodi zaruriy bilim va ko'nikmalar bilan boyitilmagan bo'lsa, unda dinning asl mohiyatini tushunish, uni ijtimoiy hayotga tadbiq etishda ko'r-ko'ronalik va fundamentalizm kabi yondashuvlarga berilish ustunlik qilishi mumkin. E'tibor qiladigan bo'lsak, aslida barcha dinlar insoniyatni komillikka, yaratuvchanlik va buyuk qadriyatlarga chorlaydi. Agar shaxsga nazar solsak undagi tug'ma instinktlar uning biologik jihatidan himoyalovchi bo'lib xizmat qilsa, din insoniyatni ma'naviy olamini himoya mexanizmi hisoblanadi. Din va diniy e'tiqod asli turli ijtimoiy-psixologik muommolarni keltirib chiqishi emas balki, ularni oldini olish uchun mavjud normalar yig'indisi sifatida jamiyatda rol o'ynashi zarur. Shundagina biz uchun yot bo'lgan turli aqidaviy buzulishlar va ma'naviy og'ishlar o'rnini yaratuvchanlik, komillik kabi buyuk insoniy qadriyatlar egallashi mumkin.

Diniy ekstremizmning tarixiy ildizlari va oqimlari. Terrorizm - jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qo'rquv uyg'otishga qaratilgan siyosiy kurashning o'ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uyg'otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.

Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining "Kuch ishlatish va zo'ravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi", degan g'oyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo'lmayotgan, demokratik institutlar faoliyat ko'rsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo'rlik yo'li bilan hal qilishga intilishda ko'rinadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo'lishidir. Mutaassiblik muayyan g'oyalarning to'g'ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, "o'zgalar" va "o'zgacha" qarash va g'oyalarga murosasiz munosabatda bo'lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo'ladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo'nalishlar orasida keskin nizo va to'qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo'lgan.

Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g'oyalarning tarqalishiga sabab bo'lishi mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o'z nomini muqaddas islom dini bilan bog'lashga urinadi. Ular o'zlarini "najot topgan guruh", qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar.

"Islom" so'zining lug'aviy ma'nolaridan biri "tinchlik" bo'lib, u hech qachon buzg'unchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzg'unchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni o'zlarining maslaklariga aylantirib olganlar.

Qur'oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, "Niso" surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: "Kimda-kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh g'azab qilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qo'ygay".

Hadislarda ham bu borada ko'plab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: "Rasululloh (s.a.v.): "Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan ko'ra, yorug' dunyoning barbod bo'lib ketishi yengilroqdir", dedilar".

Hozirda dunyoda ko'plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud bo'lib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida "al-Qoida", "Hizbut-tahrir al-islomiy" (Ozodlik islomiy partiyasi), "al-Jihod", "at-Takfir val-hijra" (Takfir va xijrat), "Turkiston islom harakati", "Islomiy jihod ittihodi" (Islomiy jihod uyushmasi), "Katibatul Imam al-Buxari" (Imom Buxoriy bataloni), "Jamoat Ansorulloh" (Allohning yordamchilari jamoasi), "Jabhatun-nusra" (G'alaba fronti) va "Islom davlati" kabi tashkilotlarni sanash mumkin.

XULOSA

Darhaqiqat, hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o'ylangan strategiyaning bir qismidir.

Avvalo, barcha ekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazi, ta'bir joiz bo'lsa, "g'oyaviy laboratoriya"lar mahsuli ekanini alohida qayd etishimiz lozim. SHu o'rinda, diniy-ekstremistik oqimlarni bajaradigan funktsiyalariga ko'ra shartli ravishda 3 guruhga bo'lishimiz mumkin.

Birinchi guruhga kiruvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi odamlarni go'yoki "islomlashtirish", "taqvoga chaqirish"dan iborat. Bunday guruhlar qatoriga "Tablig'chilar" harakatini kiritish mumkin.

Ikkinchi guruh tashkilotlari esa aholiga mutaassiblik g'oyalarini singdirish, ulardan muayyan g'oya va rahnamoga og'ishmay, so'zsiz ergashadigan "kadr'larni tayyorlash bilan shug'ullanadi. Bunday guruhlar qatoriga "Hizbut-tahrir" kabi diniy-ekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin.

Uchinchi guruhga mansub harakatlar esa hech qanday asossiz musulmon diyorlarni "kufr diyori" deb e'lon qilib, u yerdagilarni "hijrat" qilishga undash orqali turli nizo va fitna o'choqlariga jalb qilish, qo'lga qurol olib tinch aholi vakillari va boshqa din vakillarini qirish orqali mintaqada urush olovini yoqish, jihod tushunchasini noto'g'ri talqin qilish orqali yoshlarni qotilliklar qilishga chorlash bilan shug'ullanadilar. Bu guruhga barcha terrorchi tashkilotlarni kiritishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Mukhsinov, S. N. (2021). Improvement to the means and methods of developing special physical preparation of young handball players as well as controling the level of preparation. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(06), 143-152.

2. ХОЛМУРОДОВ, Л. (2021). Мактабгача ёшдаги болаларнинг жисмоний сифатларини ривожлантириш. Фан^портга, (1), 46-49.

3. Abdurashidovich, S. S. Exercise programs which are devoted to preparing by technical trainings for gymnastics, their attitudes to motor skills and rhythm-tempo-structure.

4. Халмухамедов, Р. Д., Махмудова, М. М., Рахматов, Б. Ш., Маъмурова, Л. К., & Эркинова, Н. М. (2021). Методика физической подготовки студенток высших образовательных учреждений на основе использования комплексов «Узбек жанг санъати». Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 220-227.

5. Yarashev, K. D., & Rakhmatov, B. S. (2021). The effectiveness of the formation during the experiment of the accuracy of the impact on the right and left foot when exposed to the load on the rotational movement in taekwondo at the age of 15-16 years. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 124-130.

6. Ishtayev, J. M., & Gapparov, Z. (2022). Development of explosive ability in schoolchildren (on the example of 10-11 grades). Eurasian Journal of Law, Finance and

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

Applied Sciences, 2(2), 56-59.

7. Эштаев, С. А., Мусаев, Б. Б., Мусаева, А. Р., & Пахрудинова, Н. Ю. (2021). Степень влияния вариантов чередование видов гимнастического многоборья на организм юных гимнастов. Фан-спортга, 18-20.

8. Сулейманов, М. А. Э. У. (2022). Методы и средства управления процессом обучения гимнастическим упражнениям на кольцах. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(1), 28-36.

9. Давурбаева, М. Ж. (2020). 1-4 синф уцувчиларининг жисмоний тайёргарлигини ривожлантиришда асосий гимнастика воситаларининг самарадорлиги. FAN va JAMIYAT, 48-51.

10. Эргашев, Б. Д., & Захритдинов, А. Т. (2020). Общие педагогические методы физического воспитания. Наука, образование и культура, (1 (45)).

11. Артиков, Ф. Б. (2021). Ёш футболчиларнинг умумий ва махсус жисмлний тайёргарлигини ошириш усуллари. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 111-118.

12. Юлдашева, Н. Н. (2021). Собиц совет иттифоцининг цатагонлик сиёсатини юритишида "гулаг" нинг урни. Scientific progress, 2(4), 507-512.

13. КАРИМОВ, А. А. (2022). Результаты педагогических наблюдений оценки физической и общей характеристики тренировочных нагрузок хоккеистов 13-14 лет. Фан-спортга, 28-30.

14. Kutlimuratov, I. K. (2021). Effectiveness of methods for improving the speed endurance of chief referees in football. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 61-65.

15. Igamberdiev, O. R. O. (2021). Organization of football clubs in schools and improving the physical fitness of those involved in them (on the example of 4-5 graders). Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 177-184.

16. Kanganovich, D. I. (2021). The compositional structure of the body of young football players 13-14 years old. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 98-102.

17. Пулатов, С. Н. (2021). Футболчи аёлларни мусобаца фаолиятини тах,лил цилиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 179-184.

18. Adilovich, M. I. (2021). Control of special agility of football players of children's young teams using expert estimates. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.5 Pedagogical sciences).

19. ^утлимуратов, И. Х. (2021). Футбол буйича бош хдкамларнинг тезкор чидамкорлигини ошириш усуллари самарадорлиги. Academic research in educational sciences, 2(4), 1743-1751.

20. Исмагилов, Д. К. (2017). О методах оптимизации физического совершенствования студентов на базе спортивно-ориентированного физического воспитания. Ученые записки университета им. ПФ Лесгафта, (2 (144)), 89-92.

21. Исмагилов, Д. К. (2018). Инновационные системы физического воспитания

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-341-348

учащейся молодежи. In Педагогика сегодня: проблемы и решения (pp. 1-3).

22. Шаймарданов, Д. Б. (2021). Ёш футболчиларда анъанавий ва оптималлаштирилган техник тайёргарликка хос юкламалар хажмини махсус харакат сифатларига таъсир этиш динамикаси. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 141-145.

23. Абидов, Ш. У. (2020). Ёш футболчиларни техник-тактик харакатларини мусобаца шароитида бахолаш ва самаладорлигини аницлаш. Фан^портга, (6), 17-19.

24. ^утлимуратов, И. Х. (2021). Футболчиларнинг турли йуналишлардаги тупни ошириб бериш харакатларини урганиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 146-151.

25. Кошбахтиев, И. А., Дадабаев, О. Ж., & Ибрагимов, Б. Б. (2020, September). Эффективность оптимизации планирования подготовки юных спортсменов по спортивным единоборствам. In Актуальные проблемы совершенствования системы непрерывного физкультурного образования: Материалы IV международной научно-практической конференции. Грозный, 24 сентября 2020 года (p. 236).

26. Чориев, Д. (2021). Планирование подготовки футболистов и организация тренировочной работы. Общество и инновации, 2(6/S), 126-131.

27. Чориев, Д. (2021). Yosh futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini xajm va sifat ko'rsatkichlari dinamikasini tahlili. Общество и инновации, 2(3/S), 216-225.

28. Бекназаров, Ш. (2021). Футболчиларнинг жамоадаги хужум харакатларини тадциц цилиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 136-140.

29. Ismoiljonovich, B. F. (2019). Morphological state of wrestlers with evaluation of sports specialization. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(6).

30. Tajibayev, S. (2020). Improvement Of Technical And Tactical Movements Of Wrestlers On The Basis Of Differential Approach, Taking Into Account The Morphological Characteristics. Scienceweb academic papers collection.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.