Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
YOSH SPORTCHILARDA ESTETIK TARBIYANI RIVOJLANTIRISH
OMILLARI
Umid Kadirbayevich Burliev
"Ijtimoiy gumanitar va huquq" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Jismoniy madaniyat va sport inson faoliyatining mustaqil turi bo'lib, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati juda katta. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishga, ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishiga, odamning shaxs sifatida shakllanishiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Hozirgi kunda jismoniy tarbiya va sport juda mashhur. Sportga bag'ishlangan maqolalar, kitoblar yozilgan, unga bag'ishlangan filmlar, sotsiologlar, shifokorlar, tarixchilar, o'qituvchilar va boshqa mutaxassislar uning muammolarini o'rganishga e'tibor bermoqdalar. Bularning barchasi nafaqat modaning obro'si, balki zamonaviy jamiyatda jismoniy madaniyat va sport egallagan o'rnini aks ettiradi. Jismoniy madaniyat va sport har tomonlama va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirish omillari bo'lgan turmush tarzini izchil rivojlantirish alohida ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar: sport, estitika, yosh sportchilar, tarbiyaviy, go'zallik, hissiyot, ruh, tomoshabinlar.
KIRISH
Bugungi kunda sport estetikasining tarbiyaviy ahamiyati tobora miqyoslashib bormoqda. Ayniqsa, so'nggi yillarda O'zbekistonda sport misli ko'rilmagan darajada ommaviylashdi. Hozirgi paytda sport musobaqalari shunchaki g'oliblik uchun emas, balki go'zallik va ulug'vorlik kabi estetik xususiyatlarining namoyon bo'lish sharti sifatida turli yoshdagi tomoshabinlarni o'ziga jalb etmoqda, ular bo'sh vaqtining nafosatlashuvini ta'minlamoqda. Estetik tarbiya gohida sportchilarni axloqiy tarbiya vositasi sifatida ko'riladi, lekin bu omillar sportda go'zallik yoki harakatlarni amalga oshirishda estetik harakatlar uyg'unlik sifatida ta'riflash o'rinlidir.
Birinchi o'rinda, estetik tarbiya vositasi sifatida sport tadbirlarini tashkil etish,
Ikkinchi o'rinda, yosh sportchilarning tarbiyaviy psixologik jarayonlari,
Uchinchi o'rinda, hakamlik muammolari,
Butun dunyo sport musobaqalarini tashkil etishda tashkilotchilar tadbirning dekorativ go'zallik tamoniga e'tibor beriladi bu albatta rivojlanishning o'ziga xos uyg'unligini yoki milliy umum qadriyatlardan kelib chiqilib yondashiladi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sport musobaqalari tashkil etilar ekan, undagi go'zallik sportchilarning individual mahorati hisobiga go'zallashadi lekin uning axloqiy yoki psixologik holati mukammal bo'lmasa, bu tomoshabinlarga ajib go'zallik hissini idrok etishda narozilik holatini keltirib chiqaradi. Bu o'rinda endi axloqiy tarbiya ham muhim o'ringa chiqadi.
Sport estetik tarbiyadagi miqyosli va muhim roli shundaki, u odamlarning his-tuyg'ulariga, hissiyotlari esa aqliga ta'sir o'tkazadi, bunday ta'sir oqibatida idrok etuvchida ruhiy ezilishlar vujudga keladi. San'at asarini muntazam idrok etish oila-yu ishxona muammolari, turmush chigalliklari, etishmovchiliklar va boshqa ostida ko'milib yotgan qalbdagi toza tuyg'ularning ochilishiga olib keladi. Inson bu dunyoda mo'jiza borligiga ishonib yashay boshlaydi. Ya'ni, sport ruhni yangilash qudratiga ega. Ayni paytda bu ruh go'zal va ulug'vor bo'lgani uchun nimanidir yoqlaydi, xunuk va tubanligi uchun nimanidir inkor etadi. Ana shu nuqtada sportning insonni g'oyaviy jihatda tarbiyalashi ro'y beradi: sport o'zini estetik zavq bilan idrok etayotgan individdan g'oya va ideal xizmati bel bog'lagan shaxsni yaratadi.
Sportchida estetik tarbiyaning yana bir vositasi sifatida oila va undagi muhitni ko'rsatish mumkin. Zero oila faqat axloqiylik emas, balki estetik maskan sifatida ham ahamiyatga ega. Oilada ota-onaning estetik didi, nafosatni his qilish darajasi farzandda atrof-muhitga, voqelikka estetik munosabatni shakllantiradi, uning didini yuksaltiradi.
Bularning hammasi yani jamiyat va oilada estetik tarbiyani yo'lga qo'ymagan jamiyat hech qachon biron bir yutuqqa erishishi gumonligini ko'rsatadi. Aslida ham shunday. Masalan, Yaponiya, ko'rib o'tganimizdek, eng estetik mamlakat, yaponlar jahondagi yuksak madaniyat egasi. Zamonaviy iqtisoddagi, ilm-fandagi, texnikadagi yaponlar tutgan mavqening balandligi ulardagi estetik daraja bilan paralell chiziqlardek nisbatga ega. Faqat bu ikki chiziq davomiyligini ularning biri - estetika chizig'i boshqarib boradi. Ya'ni Yapon millatida estetik tarbiya, Shiller bashorat qilganidek, ham jismoniy, ham aqliy, ham axloqiy tarbiya uyg'unligidan iboratdir.
Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida axloqshunoslik va estetikaning o'z o'rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas'ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo'lib kelgan axloqqa yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo'ladi.Sportchilar estetik tarbiya bilan bir vaqtda axloqiy tarbiyani uyg'unlashtirish,
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
uning psixologik emotsional holatiga ham e'tibor qaratish muhim omil sifatida uyg'unlashtirishni maqsadga muvofiq deb uylaymiz.
O'zbekiston suveren demokratik davlat bo'lib, halq davlat hokimiyatining asosiy manbai hisoblanadi. Bu haqda Konstitutsiyaning 13-moddasida shunday deyilgan: «O'zbekiston Respublikasi demokratik umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi». Demak, demokratik davlatda xalq davlat hokimiyatining asosiy manbai bo'lib, umuminsoniy tamoyillarni amalga oshirish orqali inson va jamiyatning farovonligini, barcha halqning turmush darajasini oshirib borishga erishadi.
Katta ijtimoiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan mintaqaviy qadriyatlardan yana biri - jamoatchilik fikridir. Jamoatchilik fikri odamlar o'rtasidagi bir-biriga yaqinlik, o'zaro hurmatning ifodasi bo'lib, keng foydalanish mumkin bo'lgan qadriyatdir, bu qadimiy o'ziga xos qadriyat hisoblanib,eng avvalo jamiyatda rivojlanishi yuqoriroqdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Demak, milliy qadriyatlar umuminsoniy demokratik tamoyillar bilan uyg'unlashtirilsa, shundagina jamiyat taraqqiyotining rivojlanishida uning o'rni alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Ammo sho'rolar davrida qadriyatlar bir tomonlama yoritilar, bu borada ko'p tadqiqotlar olib borilgan edi. Lekin milliy qadriyatlarning mavjudligi e'tibordan chetda qolar edi. Bunday "tadqiqot"lardan maqsad har bir millatning o'z muayyan tarixiy tajribasi asosida O'z qadriyatlari tizimi shakllanganiga qadar kishilarning e'tiborini tortmaslik, demokratiyaning umumjahon va umumbashariy tamoyillari esa sinfiy asosda talqin etilar edi. Tanlab olingan va umumjahon tamoyillar va qadriyatlar ichida eng nufuzli joyni "ulug' millat"ning qadriyatlari egallab turardi.
"Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi"da ta'limning ijtimoiylashuvi, ta'lim subyektining estetik dunyoqarashi, yuksak ma'naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashini shakllantirish ayni shu maqsadlarni ko'zda tutadi. Zero, estetik bilim va didning e'tiqod va xatti-harakat normalariga aylanishi natijasida har bir insonda, , uning hayotda va dunyoni "go'zallik qonunlari bo'yicha" o'zgartirishda uchraydigan xunuklik va tubanlikka qarshi faol kurashuvchanlik namoyon bo'ladi. Uning hayotda va dunyoni "go'zallik qonunlari bo'yicha" o'zgartirishda uchraydigan xunuklik va tubanlikka qarshi faol kurashuvchanlik namoyon bo'ladi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
Ma'lumki yosh sportchilarning estetik didi kundalik amaliyotda, jamoat va mehnat amaliyotida, xilma-xil ijtimoiy-tarixiy omillar ta'sirida shakllanib, rivojlanib boradi. Estetik faoliyatning ham subyekti, ham obyekti hisoblangan shaxsning estetik ehtiyoji va didi u mansub millatning tarixiy shakllangan an'ana va mezonlari, shuningdek, o'ziga xos tabiiy-hududiy, geografik va ijtimoiy hayot sharoitlariga bog'liq bo'ladi. Bugun globallashuv jarayonida esa internet va televideniyaning yoshlar ma'naviyati, didiga ta'sir kuchi ortib bormoqda. Mana shu o'zgarib borayotgan jamiyatda kompyuter, internet, uyali aloqa vositalari va boshqa zamonaviy texnika-texnologiyalarni rivojlanib, takomillashib borishi natijasida, yoshlarimiz zamonaviy texnologiyalarni boshqarish, ulardan samarali foydalanish sirlarini o'rganib o'z bilim salohiyatlarini oshirib bormoqdalar.
Birinchidan, yosh sportchilar tarbiyasida milliy ma'naviy-axloqiy kamolotning tadrijiy rivojini ta'minlash, uning g'oyaviy asoslarini takomillashtirish va amaliy jihatdan faollashtirish. Bu borada, eng avvalo, Sharq va G'arb faylasuflarining ijtimoiy axloqqa oid ma'naviy merosi va g'oyalarini yangicha talqin qilish, rivojlanayotgan jamiyatlarda, jumladan, O'zbekistonda jamiyat ma'naviy muhitini barqaror rivojlantirib borish va uning shaxs kamolotidagi ta'sirini oshirish konsepsiyalarini uyg'unlikda anglash.
Ikkinchidan, hozirgi O'zbekiston aholining yosh xususiyatiga ko'ra, rivojlanib borayotgan mamlakatlar tarkibiga kiradi. Chunki 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo'lganlar esa 64 foizini tashkil etadi. Yurtimizda yashayotgan yoshlar kamoloti masalasiga nafaqat ota-onalar, balki mamlakat fuqarolari, jamiyatimizning burchi sifatida qarashi uning nihoyatda jiddiy ekanligidan dalolat beradi. Zero, yoshlar bugungi niyatlarimizni ertaga ro'yobga chiqaradigan, mamlakat taraqqiyotini ta'minlaydigan, har bir sohada o'z iqtidori va iste'dodini to'la-to'kis namoyon eta oladigan avlod sifatida shakllanishi zarur. Yoshlarda fahm-farosatni takomillashtirib borish jamiyat ijtimoiy taraqqiyoti va unda shaxs faolligi muammosini ijobiy, to'liq hal etishda muhim o'ringa ega.
Uchinchidan, jamiyat ijtimoiy qiyofasining shakllanish jarayoni ma'naviy-axloqiy muhit ta'siri doirasidagi axloqiy ong, axloqiy xatti-harakat, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy-siyosiy muloqot va axloqiy munosabat hamda o'z-o'zini anglash bilan amalga oshiriladi, zero, vatanimiz kelajagi, xalqimiz oldida turgan ulkan maqsadlarga erishish, avvalo, ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk shaxslarga, ularning axloqiy kamolotiga bog'liqdir. Insoniyat taraqqiyotining har bir davrida ma'naviy barkamollik masalasiga alohida e'tibor qaratilgan, chunki aynan ma'naviy-axloqiy
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
kamolot insonning ruhiy poklanishi, axloqiy ong va axloqiy hissiyotlarga ega bo'lishi, halol va pok yashashi, mustahkam e'tiqodga ega bo'lishiga sabab bo'ladi.
To'rtinchidan, Shaxsning axloqiy faolligini ta'minlash ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy taraqqiyot uyg'unligiga xizmat qiluvchi fuqarolik institutlari faoliyatini kuchaytiradi, jamiyat ma'naviy-axloqiy muhitining demokratik rivojlanish asoslarini ishlab chiqish, nodavlat va notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari ta'sir doirasini kengaytirish taqozo etiladi. Fuqarolik institutlarining o'zaro ma'naviy hamkorligi kelajagimiz poydevori bo'lmish yoshlar dunyoqarashi va ijtimoiy faoliyatiga ijobiy ta'sir qilib qolmay, ular qalbi va ongiga boy ma'naviy merosni singdirishga, mamlakatda barkamol avlodni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
XULOSA
Mamlakatimizning 63 foizini tashkil qiladigan yoshlarni o'z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o'tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog'lom dunyoqarashga, axloqiy va estetik madaniyati, boy ma'naviyatga ega, har qanday mafkuraviy taz'yiq va ma'naviy tahdidlarga zarba berishga tayyor etib tarbiyalash vazifasi dolzarb bo'lib hisoblanadi.
REFERENCES
1. Mukhsinov, S. N. (2021). Improvement to the means and methods of developing special physical preparation of young handball players as well as controling the level of preparation. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 2021(06), 143-152.
2. ХОЛМУРОДОВ, Л. (2021). Мактабгача ёшдаги болаларнинг жисмоний сифатларини ривожлантириш. Фан^портга, (1), 46-49.
3. Abdurashidovich, S. S. Exercise programs which are devoted to preparing by technical trainings for gymnastics, their attitudes to motor skills and rhythm-tempo-structure.
4. Халмухамедов, Р. Д., Махмудова, М. М., Рахматов, Б. Ш., Маъмурова, Л. К., & Эркинова, Н. М. (2021). Методика физической подготовки студенток высших образовательных учреждений на основе использования комплексов «Узбек жанг санъати». Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 220-227.
5. Yarashev, K. D., & Rakhmatov, B. S. (2021). The effectiveness of the formation during the experiment of the accuracy of the impact on the right and left foot when exposed to the load on the rotational movement in taekwondo at the age of 15-16 years. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 124-130.
6. Ishtayev, J. M., & Gapparov, Z. (2022). Development of explosive ability in schoolchildren (on the example of 10-11 grades). Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences, 2(2), 56-59.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
7. Эштаев, С. А., Мусаев, Б. Б., Мусаева, А. Р., & Пахрудинова, Н. Ю. (2021). Степень влияния вариантов чередование видов гимнастического многоборья на организм юных гимнастов. Фан-спортга, 18-20.
8. Сулейманов, М. А. Э. У. (2022). Методы и средства управления процессом обучения гимнастическим упражнениям на кольцах. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(1), 28-36.
9. Давурбаева, М. Ж. (2020). 1-4 синф уцувчиларининг жисмоний тайёргарлигини ривожлантиришда асосий гимнастика воситаларининг самарадорлиги. FAN va JAMIYAT, 48-51.
10. Эргашев, Б. Д., & Захритдинов, А. Т. (2020). Общие педагогические методы физического воспитания. Наука, образование и культура, (1 (45)).
11. Артиков, Ф. Б. (2021). Ёш футболчиларнинг умумий ва махсус жисмлний тайёргарлигини ошириш усуллари. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 111-118.
12. Юлдашева, Н. Н. (2021). Собиц совет иттифоцининг цатагонлик сиёсатини юритишида "гулаг" нинг урни. Scientific progress, 2(4), 507-512.
13. КАРИМОВ, А. А. (2022). Результаты педагогических наблюдений оценки физической и общей характеристики тренировочных нагрузок хоккеистов 13-14 лет. Фан-спортга, 28-30.
14. Kutlimuratov, I. K. (2021). Effectiveness of methods for improving the speed endurance of chief referees in football. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 61-65.
15. Igamberdiev, O. R. O. (2021). Organization of football clubs in schools and improving the physical fitness of those involved in them (on the example of 4-5 graders). Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 177-184.
16. Kanganovich, D. I. (2021). The compositional structure of the body of young football players 13-14 years old. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 98-102.
17. Пулатов, С. Н. (2021). Футболчи аёлларни мусобаца фаолиятини тах,лил цилиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 179-184.
18. Adilovich, M. I. (2021). Control of special agility of football players of children's young teams using expert estimates. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.5 Pedagogical sciences).
19. ^утлимуратов, И. Х. (2021). Футбол буйича бош хдкамларнинг тезкор чидамкорлигини ошириш усуллари самарадорлиги. Academic research in educational sciences, 2(4), 1743-1751.
20. Исмагилов, Д. К. (2017). О методах оптимизации физического совершенствования студентов на базе спортивно-ориентированного физического воспитания. Ученые записки университета им. ПФ Лесгафта, (2 (144)), 89-92.
21. Исмагилов, Д. К. (2018). Инновационные системы физического воспитания учащейся молодежи. In Педагогика сегодня: проблемы и решения (pp. 1-3).
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-349-355
22. Шаймарданов, Д. Б. (2021). Ёш футболчиларда анъанавий ва оптималлаштирилган техник тайёргарликка хос юкламалар хажмини махсус харакат сифатларига таъсир этиш динамикаси. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 141-145.
23. Абидов, Ш. У. (2020). Ёш футболчиларни техник-тактик харакатларини мусобаца шароитида бахолаш ва самаладорлигини аницлаш. Фан^портга, (6), 17-19.
24. ^утлимуратов, И. Х. (2021). Футболчиларнинг турли йуналишлардаги тупни ошириб бериш харакатларини урганиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 146-151.
25. Кошбахтиев, И. А., Дадабаев, О. Ж., & Ибрагимов, Б. Б. (2020, September). Эффективность оптимизации планирования подготовки юных спортсменов по спортивным единоборствам. In Актуальные проблемы совершенствования системы непрерывного физкультурного образования: Материалы IV международной научно-практической конференции. Грозный, 24 сентября 2020 года (p. 236).
26. Чориев, Д. (2021). Планирование подготовки футболистов и организация тренировочной работы. Общество и инновации, 2(6/S), 126-131.
27. Чориев, Д. (2021). Yosh futbolchilarning texnik-taktik harakatlarini xajm va sifat ko'rsatkichlari dinamikasini tahlili. Общество и инновации, 2(3/S), 216-225.
28. Бекназаров, Ш. (2021). Футболчиларнинг жамоадаги хужум харакатларини тадциц цилиш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 136-140.
29. Ismoiljonovich, B. F. (2019). Morphological state of wrestlers with evaluation of sports specialization. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(6).
30. Tajibayev, S. (2020). Improvement Of Technical And Tactical Movements Of Wrestlers On The Basis Of Differential Approach, Taking Into Account The Morphological Characteristics. Scienceweb academic papers collection.