Научная статья на тему 'JAMIYAT RIVOJLANISHIDA DINIY VA AXLOQIY QARASHLARNING O`RNI'

JAMIYAT RIVOJLANISHIDA DINIY VA AXLOQIY QARASHLARNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1761
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
din / axloq / iymon / huquq / qadriyat / jamiyat / aql / davr / globallashuv / religion / morality / faith / law / value / society / reason / epoch

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shaxribonu Gafurova

Ushbu maqolada axloq va iymon tushunchalariga doir muhim masalalarning ilmiy nazariy va jamiyatda tutgan o`rni falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, axloq falsafasining milliy va umumbashariy ahamiyati shaxsni har tomonlama tarbiyalashda axloq va iymon tushunchalarining o`rni masalalariga yangicha yondashishga urinilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This paper provides a philosophical analysis of the most important issues concerning the concepts of morality and faith, their role in scientific theory and society. An attempt was also made to approach the issues of the national and universal significance of moral philosophy, the role of the concepts of morality and faith in the comprehensive education of the individual in a new way.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT RIVOJLANISHIDA DINIY VA AXLOQIY QARASHLARNING O`RNI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-295-299

JAMIYAT RIVOJLANISHIDA DINIY VA AXLOQIY QARASHLARNING

ORNI

Ushbu maqolada axloq va iymon tushunchalariga doir muhim masalalarning ilmiy nazariy va jamiyatda tutgan o'rni falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Shuningdek, axloq falsafasining milliy va umumbashariy ahamiyati shaxsni har tomonlama tarbiyalashda axloq va iymon tushunchalarining o'rni masalalariga yangicha yondashishga urinilgan.

Kalit so'zlar: din, axloq, iymon, huquq, qadriyat, jamiyat, aql, davr, globallashuv

This paper provides a philosophical analysis of the most important issues concerning the concepts of morality and faith, their role in scientific theory and society. An attempt was also made to approach the issues of the national and universal significance of moral philosophy, the role of the concepts of morality and faith in the comprehensive education of the individual in a new way.

Keywords: religion, morality, faith, law, value, society, reason, epoch.

Jamiyatning rivojlanish omillari - jamiyatda yangi elementlari paydo bolishiga yoki eski elementlarning yo'qolishiga hissa qo'shadigan sharoitlar, sabablar ko'rsatiladi, natijada jamiyat o'zgaradi, asta-sekin rivojlanadi.

Ushbu maqolada axloq va iymon tushunchalarining o'zaro o'xshashligi va inkori o'ziga xos xususiyatlari hamda ta'lim jarayonida o'rni shu mavzuga oid mahalliy asarlar asosida tahlil qilinadi.

Jamiyat rivojlanishining omillari orasida obyektiv omillar, ya'ni odamlar va ijtimoiy guruhlarning irodasi va ongli faoliyatiga bevosita bogliq bolmagan shaxslar va jamiyatning irodasi, qiziqishi va ongli faoliyati va turli ijtimoiy guruhlarga bogliq bolgan subyektiv omillar mavjud. Tabiat - jamiyat rivojida eng muhim obyektiv omil hisoblanadi. Bu jamiyatning rivojlanishiga ijobiy va salbiy

Shaxribonu G'afurova

O' zbekiston Milliy universiteti magistranti gshakhribonu@gmail.com

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

ta'sir ko'rsatishi mumkin [1].

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-295-299

Masalan, eng qadimgi sivilizatsiyalar katta daryolar qirg'og'ida paydo bo'lgan (ular "Daryo sivilizatsiyasi" deb ataladi). Bu shuni anglatadiki, sivilizatsiyalarning butun hayoti suv bilan bog'liq bo'lib, ularning rivojlanishi ham aslida suvga bog'liq edi. Daryo sivilizatsiyalarida asosiy mashg'ulotlar qishloq xo'jaligi, chorvachilik edi. Biroq, tabiiy omillar, ya'ni toshqinlar yoki qurg'oqchilik sivilizatsiya yakuniga ham olib kelishi mumkin edi.

Tabiiy omillarning sivilizatsiyalar rivojlanishi va inqiroziga ta'siri haqidagi yorqin misol - Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasidir. Zero, bu yunon jamiyati gullab-yashnashi qulay tabiiy sharoitlar bilan bog'liq edi va shu sabab uning o'limini vulqon otishi tezlashtirgan edi.

Jamiyatning rivojlanishi bundan tashqari yana bir necha omilga bog'liq bo'lib, bu jamiyatdagi shaxslarning dunyoqarashining, bilimining va bu orqali texnologiyalarning rivojlanishiga uzviy bog'liqdir. Quyida jamiyatning rivojlanishi yo'lidagi qadamlariga tegishli bir qancha terminlar keltiriladi:

a) Progress (oldinga harakat, muvaffaqiyat)- bu jamiyat oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga, kam tartiblilikdan yanada tartibli va adolatli bo'lib rivojlanadi degan fikr;

b) Regressiya - jamiyatning avvalgi holatiga nisbatan murakkab bo'lmagan, kamroq rivojlangan va kamroq madaniyatga ega rivojlanish g'oyasi;

c) Stagnatsiya - rivojlanishning vaqtinchalik to'xtashi.

Rivojlanishda ham bir qancha mezonlar mavjud:

Taraqqiyot mezonlari haqida olimlar va faylasuflar shunday fikrlarni keltirishgan:

1) Kondorset - XVIII asrda paydo bo'lgan g'oyalarida aqliy rivojlanishni taraqqiyot mezoni deb hisoblagan;

2) Sen-Simon g'oyasi taraqqiyot mezoni - axloq. Barcha odamlar bir-biriga nisbatan birodar bo'lgan joyda jamiyat shunday bo'lishi kerak;

3) Schelling g'oyasi taraqqiyot - bu huquqiy tizimga bosqichma-bosqich yondashuv;

4) Gegel XIX asrdga oid g'oyalarida tarqqiyotni erkinlik ongida ko'radi.

5) Marksning fikricha, taraqqiyot tabiatning elementar kuchlarini o'zlashtirish va ma'naviy sohada ijtimoiy uyg'unlik va tarqqiyotga erishish imkonini beradigan moddiy ishlab chiqarishning rivojlanishi.

Zamonaviy sharoitda esa taraqqiyot:

- jamiyatning umrboqiyligi;

- hayot tarzi;

- ma'naviy hayot kabi mezonlar orqali tavsiflanadi.

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-295-299

Keltirilgan fikrlar asosida shuni aytishimiz mumkinki, jamiyatda axloq va diniy qarashlarning mutanosib turishi rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega bo'lishi, shaxs qaysi din vakili bo'lishiga qaramasdan o'zlari muqaddas sanagan kitoblaridagi axloqiy tushunchalarga jiddiy qarashlari va zamonning o'zgarishi bilan undagi g'oyalarni ongiy jihatdan o'zgartirmasdan zamonga integratsiyalash orqali amal qilishi kerakligi yaqqol ko'rinib turibdi.

Islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan Qur'oni Karimda shunday deyiladi:

"(Qo'l ostingizdagi) aqlsiz kimsalarga (ya'ni yosh ,nodon yetimlarga) Alloh sizlar uchun turmush vositasi qilib qo'ygan mollaringizni (ya'ni qo'llaringizdagi ularning mollarini) berib qo'ymangiz ,balki ularni o'sha mollardan yedirib kiydiring va ularga yaxshi so'zlar bilan muomala qiling! (Niso surasi,5 oyat) [2].

Bu oyatul karimadan tushunish mumkinki,

1. "mol davlatlaringizni axmoqona harakat qiladigan kimsalarga (aqli raso bo'lmaganlarga)" deb. Hali-hanuz jismoniy va aqliy yetuklik yoshiga to'lmagan yetim bolalarni qo'liga yaqinlaridan meros bo'lib qolgan o'z molk mulklarini ishonib topshirib bo'lmasligi.

2. Jamiyatda aqli noraso bo'lgan yosh yoki yoshi katta bir inson bo'lsa,unga tegishli o'zining mol mulki ham bo'lsa u insonga o'sha mol mulkini berib bo'lmasligi, balki unga tegishli bo'lgan mulkni tijorat yoki boshqa yo'llar bilan foydaga kirgizgan holda, uni yemoq ichmog'i, kiyim-kechagi va yotog'ini ta'minlab turilishi kerak. Yaxshi so'zlar deganda, yaxshi so'z bilan meros egalariga murojaat qilishlik va va'daga vafo qilish ma'nolari keltiriladi.

Injilda "O'z qavmdoshingni sev", "Odam o'ldirma" degan da'vatlar asosiy qoidalar sifatida namayon bo'ladi. Budda ta'limoti jonlini jonsiz qilishni eng kata gunoh deb bil-adi [3].

Jamiyat rivojlanishi Schellning aytgani kabi huquqiy tizimga qadamba qadam yondashuviga ham bog'liq. Bunda shaxs yashab turgan mamlakatida o'rnatilgan tartib qoidalarga so'zsiz bo'ysunishi ham muhim ahamiyatga ega jihatlardan biridir, diniy kitoblarda ham bu borada chaqiruvlar va tushuntirishlar mavjuddir.

Insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi yomonlikdan qaytaruvchi ilm bu - axloqdir. Faylasuf olima L.A.Muxammadjonovaning fikriga ko'ra - "Darhaqiqat, axloq yo'q joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi. Faqat axloq zaminidagina insonlarda hayotning mazmuni va maqsadi, jamiyat oldidagi burchi, ma'suliyati va boshqa axloqiy tushunchalar va me'yorlarga nisbatan munosabat shakllanadi. Ma'naviyat esa inson axloqi va odobi, bilimlari,

iste'dodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarining bir biri bilan

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-295-299

uzviy bog'langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'siг etadigan mushtaгak tizimdir" [4]. Axloq ilmini bilgan, uqgan va uni amaliy tadbirlarida qo'llagan kishi o'zini tanigan va bilgan insondir, bundaylardan yomonlik yiroqdur. Rasuli Akram nabiyyi muhtaram: «Mezon tarozusiga qo'yiladurgan amallarning ichida yaxshi xulqdan og'irroqi yo'qdur. Mo'min banda yaxshi xulqi sababli kechasi uxlamasdan, kunduzlari roza tutub ibodat qilgan kishilar darajasiga yetan», - demishlar.

«Biг tog'ning o'rnidan ko'chib ketganini eshitsangiz, ishoningiz, ammo bir odamning xulqi boshqa bo'ldi deb eshitsangiz ishonmangiz», - demishlar [5].

Abdurauf Fitгatning "Muxtasaг Islom tarixi" asaгining qismlaгida tanlangan mavzu jamiyatda axloq va diniy qarashlarning mutanosib turishi rivojlanish uchun muhim ahamyatga ega bo'lishi, shaxs qaysi din vakili bo'lishiga qaramasdan o'zlari muqaddas sanagan kitoblaridagi axloqiy tushunchalarga jiddiy qarashlari va zamonning o'zgarishi bilan undagi g'oyalarni ongli jihatdan o'zgartirmasdan zamonga integratsiyalash orqali amal qilish kerakligini tushuntirishga harakat qilingan. Bu fikrni tushuntirish orqali o'quvchilarga har bir jamiyat elementining o'zining shaxsiy diniy qarashlari mavjudligi, diniy erkinlik va bag'rikenglik prinsiplariga amal qilishlari kerakligini tushuntirib o'tilgan. Bu esa, tinglovchilarning jamiyatda dini, millati, tilidan qat'iy nazar shaxslami huimat qilishi keгakligini anglashlariga yordam beradi va chet elga qandaydir maqsadlardagi safarlari davomida "Madaniy shok" holatlaгiga tushib qolmasliklaгi

va bilib bilmay boshqa millat va din vakillarini ranjitmasliklariga poydevor yaratadi, degan umiddamiz.

Inson taraqqiyotida axloq muhim o'rin egallaydi jamiyat rivojlanib yuksalgan sari axloqiy qadriyatlarga bo'lgan hurmat yo'qolayotgandek.Huquqdan farqli axloq bizni jamiyatda ma'naviyatimizni, oiladagi tartiya muhitimizga atгofdagilar tomonidan belgilangan baxomizdir. Zero, jamiyat qay tarzda rivojlanmasin jamiyatni asosiy bo'g'ini bo'lgan oilada tarbiya axloqiy qarashlar milliylik ruxida rivojlanayotgan bo'lsa bu jamiyat a'zolariga hech qanday ommaviy madaniyat va globallashuv jaгayonlaгi axloqiga ham milliy e'tiqodiga ham zaггacha ta'sñ qilmaydi. Axloqning shakllanishida bevosita dinning o'rni beqiyosdir yaxshini yomondan fa^lash. Zardushtiylikning muqaddas kitobi "Avesto"da ham doimiy ezgulik va yovuzlik o'rtasida abadiy kurash davom etadi.Islom dinining muqaddddas kitobi Qrn-'oni Kaгimda ham axloq masalariga alohida to'xtalib insonlarni faqat yaxshi amallarga yo'naltirish va bu orqali insonlar baxt yo'liga erishishlari aytib o'tilgan. Quг'onda istiqomatda bo'lganla^a,

ya'ni o'z-o'zini isloh qilganla^a katta va'dalaf beгilgan: „Kim

April, 2022

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-295-299

bunday jabru zulmidan keyin tavba qilib, o'zini tuzatsa, albatta, Alloh uning tavbasini qabul qilar" Istiqomat gunoh ish qilib qo'yganlar uchun tavba qilish,qalbini poklash

Xulosa qilib aytganda, axloq va iymon tushunchalariga doir muhim masalalarning ilmiy, nazariy va jamiyatda tutgan o'rni falsafiy jihatdan o'rni jamiyatning barqaror rivojlanishida, shuningdek, axloq falsafasining milliy va umumbashariy ahamiyati shaxsni har tomonlama tarbiyalashda axloq va iymon tushunchalarining o'rni masalalariga yangicha yondashish muhim o'rin egallaydi. Jadal rivojlanib borayotgan jamiyatda axloq va din qonun tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir. Uchala tizim ham shaxsga muayyan xulq-atvor me'yorlariga rioya qilish, shaxsni tartibni saqlashga yo'naltirish zaruriyatini yuklaydi.

REFERENCES

1. Веб-сайт https://www.yaklass.ru/p/obshchestvoznanie/8-klass/obshchestvo-kak-mnogoznachnaia-sistema-383889/evoliutciia-obshchestvennogo-razvitiia-381584/re-07b692c8-0db0-4121-8de0-56c0541e6788

2. Алоуддин Мансур. «Куръон-и Карим тафсири», Нисо сураси

3. Абдулла Шер, Бахрдир Русанов. Ахлок фалсафаси. Нафосат фалсафаси. Тошкент - 2008 22-bet

4.Мухамеджанова, Лалихон Ашуралиевна (2019) «РОЛЬ НРАВСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕННОМ СОЗНАНИИ», Научный вестник Наманганского государственного университета : Вып. 1: Вып. 9 , статья 17.

5. Turkiy guliston yoxud axloq 2-tab'i, sana 1336 h./1917 m. Toshkent,2- bet

6. Qur'on-i Karim, "Moida" surasi, 39-oyat

7. Мухамеджанова Л.А. (2021). РОЛЬ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Вестник Евразийского национального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.

8.Qaxxarova, M., & Raximshikova, M. (2020). MORAL CONTINUITY IS A SOCIAL-PHILOSOPHICAL, HISTORICAL PHENOMENON. The Light of Islam, 2020(3), 103-112.

9. Agzamova Nilyufar Shukhratovna, Mukhamedzhanova Lalikhon Ashuralievna, Kadyrova Dilbar Salikhovna. (2021). Conspirological Theories of Origin Pandemic COVID-19 Ethical Issues in Dealing with the Pandemic. Annals

of the Romanian Society for Cell Biology, 6250

[6].

April, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.