Научная статья на тему 'JAMIYAT RIVOJLANISHI QONUNLARINING TASNIFI'

JAMIYAT RIVOJLANISHI QONUNLARINING TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1118
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamiyat qonunlari / tabiat qonunlari / umumiy qonunlar / eng umumiy ijtimoiy qonunlar / umumiy sotsiologik qonunlar / xususiy qonunlar / dinamik qonunlar / statik qonunlar / Laws of society / laws of nature / general laws / the most general social laws / general sociological laws / private laws / dynamic laws / static laws.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ramatov, Jumaniyoz Sultonovich, Sultanov, Sirojbek Xabibullayevich

Maqolada Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy –tarixiy mezonlari, Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning qonun va qonuniyatlari va Jamiyat qonunlari va ularning evolyusiyasi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CLASSIFICATION OF THE LAWS OF SOCIETY DEVELOPMENT

The article analyzes the natural-historical criteria of the life and development of the Society, the laws and regularities of the socio-historical processes, and the laws of the Society and their evolution.

Текст научной работы на тему «JAMIYAT RIVOJLANISHI QONUNLARINING TASNIFI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

JAMIYAT RIVOJLANISHI QONUNLARINING TASNIFI

Ramatov Jumaniyoz Sultonovich

Falsafa fanlari doktori, professor Sultanov Sirojbek Xabibullayevich

Dotsent v.b. Toshkent davlat transport universiteti

Maqolada Jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy -tarixiy mezonlari, Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning qonun va qonuniyatlari va Jamiyat qonunlari va ularning evolyusiyasi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Jamiyat qonunlari, tabiat qonunlari, umumiy qonunlar, eng umumiy ijtimoiy qonunlar, umumiy sotsiologik qonunlar, xususiy qonunlar, dinamik qonunlar, statik qonunlar.

The article analyzes the natural-historical criteria of the life and development of the Society, the laws and regularities of the socio-historical processes, and the laws of the Society and their evolution.

Key words: Laws of society, laws of nature, general laws, the most general social laws, general sociological laws, private laws, dynamic laws, static laws.

Inson hayotining murakkabligi va ijtimoiy jarayonlarning xilma-xilligi jamiyat qonunlarini tasniflash mezonlariga alohida e'tibor berish zarurligini isbotlamoqda. Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, amal qilishi va rivojlanishida bir vaqtning o'zida turli darajadagi va har xil ahamiyatga molik qonunlar asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Ularning ba'zilari butun bir jamiyatga xos jarayonlarni aks ettirsa, boshqalari uning alohida bir tizimi elementlari o'rtasidagi aloqadorlik va bog'lanishlarni ifodalaydi, uchinchilari esa ijtimoiy munosabatlarning faqat ma'lum turlarini qamrab oladi. Jamiyat qonunlaridan ba'zilari ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, mavjudligini ifodalasa, boshqalari ularning rivojlanishini belgilab beradi.

Jamiyat qonunlari to'g'risida gap ketganda, avvalo, shuni ta'kidlash joizki, tabiat va jamiyatning o'zaro aloqadorligi, bir-biriga ta'siri ham qator qonun-qoidalarga bo'ysunadi. Biz kundalik xayotimizda ayni bir vaqtning o'zida tabiat qonunlarining ham, jamiyat qonunlarining ham yoki shu ikki tizim o'rtasidagi

+99 894 620 35 10

sirojbek. sultanov@mail .ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

aloqadorlikdan kelib chiqadigan qonunlaming ham ta'sirini his qilamiz. Bunday qonunlarga misol qilib noosferaning kengayib borishi qonuni, tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning bir-biriga mos kelish qonuni yoki jamiyatning tabiatga ta'sirining ortib borishi qonuni kabilarni keltirishimiz mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi fikrlardan "Tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni tabiat qonunlariga kiritish kerakmi yoki jamiyat qonunlarimi? Iqtisodiy yoki huquqiy va siyosiy qonunlarni umumiy ijtimoiy qatoriga kiritish mumkinmi?", degan savol tug'iladi. Bu haqda falsafiy adabiyotlarda turlicha, ba'zan bir-biriga zid fikrlar ham mavjud.

Ijtimoiy munosabatlar orasidagi iqtisodiy jarayonlar, ya'ni moddiy ishlab chiqarish munosabatlari alohida o'rin tutadi. Chunki iqtisodiy munosabatlar barcha ijtimoiy jarayonlar tizimiga nisbatan belgilovchi ahamiyatga ega. Ma'lumki, ishlab chiqarish jarayonida kishilar faqat tabiiy muhit bilan emas, balki bir-birlari bilan ham o'zaro faol va maqsadga muvofiq munosabatlarda bo'ladi. Demak, kishilarning o'z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, bir-birlari bilan munosabatlari ham qator qonunlar asosida amalga oshadi. Bunday qonunlarga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanish qonunlari; ikkinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining turli tarkibiy qismlari o'rtasidagi munosabatlarni belgilovchi qonunlar. Misol qilib aytsak, mulk shakllari bilan kishilarning ishlab chiqarishdagi mavqei o'rtasidagi, mulk shakllari bilan taqsimot o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi turkum qonunlar mavjud. Bu qonunlarga talab va taklif qonuni, mehnat unumdorligi va qiymat qonuni, tannarx va narx-navo qonunlarini kiritish mumkin.

Jamiyat qonunlari tipologiyasida jamiyat moddiy hayoti bilan uning ma'naviy-siyosiy sohalari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni o'rganish alohida diqqatga sazovor. Bu turkum qonunlarga moddiy va ma'naviy omillarning uyg'unligi, ma'naviyatning taraqqiyotga nisbatan belgilovchilik qonuni, iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi kabi qonunlarni kiritish mumkin.

Jamiyat qonunlarining yana bir turkumiga ijtimoiy ong, tafakkur, ilm - fanning rivojlanish qonunlarini kiritish mumkin. Yaqingacha jamiyat mafkurasi bo'lgan marksistik falsafada ijtimoiy borliq birlamchi, ong va tafakkur esa ikkilamchi deb hisoblanib, ma'naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni hamda ahamiyatiga yetarli baho berilmadi. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti shuni ko'rsatmoqdaki, inson ongi va tafakkurining rivoji ham o'zining juz'iy qonunlariga ega bo'lib, jamiyat taraqqiyotida belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun nuqtai nazaridan amaliy ahamiyatga ega bo'lgan jamiyat qonunlari qatoriga jamiyatning ijtimoiy (tabaqaviy)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

tuzilishi, tabaqalar o'rtasidagi munosabatlar, ularning shakllanishi va rivojlanishini belgilovchi qonunlarni kiritish mumkin. Bu turkum qonunlarining o'ziga xosligi shundaki, ular, birinchidan, muayyan jamiyatdagi barcha insonlar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni, ularning qanday toifalarga mansubligidan qat'i nazar, qamrab oladi; ikkinchidan, bu qonunlar jamiyat hayotining barcha tizimlariga, jumladan, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy hayotda yuz berayotgan jarayonlarga ta'sir o'tkazadi. Bu turkum qonunlarga: jamiyat ijtimoiy tabaqalanishining mulkiy munosabatlari bilan bog'liqligi, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining bir-biriga mos kelishi asosida ularning murosaga kelishi kabi qonunlarni kiritish mumkin.

Jamiyat qonunlarini tasniflaganda ijtimoiy birliklar - oila, elat, millatning kelib chiqishi va ular o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini belgilab beradigan qonunlarni alohida turkumga ajratmoq zarur. Har qanday ijtimoiy birlik jamiyat taraqqiyotining ma'lum bosqichlarida shakllanib, o'zining juz'iy qonunlari asosida rivojlanib boradi. Ushbu turkum qonunlarini aniqlash va amalda qo'llash etnik va milliy munosabatlarni tartibga solishga, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Jamiyat qonunlari tipologiyasiga oid falsafiy adabiyotlarda sobiq ittifoq davrida markscha, ya'ni formatsiyaviy yondoshuv ustun bo'lib keldi. Shu nuqtai nazardan, jamiyat qonunlariga ularning umumlashtiruvchilik darajasidan kelib chiqib yondashsa, ular uch guruhga, ya'ni: 1) eng umumiy ijtimoiy qonunlar, 2) umumiy sotsiologik qonunlar, 3) xususiy sotsiologik qonunlarga ajratilgan.

Jamiyat qonunlarini ikki guruhga - ya'ni jamiyatning mavjudlik qonunlari (statik qonunlar) hamda jamiyatning rivojlanishi qonunlari (dinamik qonunlar) turkumiga ajratish mumkin.

Jamiyatdagi barcha qonunlar mazmun-mohiyatiga ko'ra, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarning vujudga kelishini hamda rivojlanishini ifodalaydi, chunki har qanday qonun muayyan shart-sharoitda voqea va hodisalar rivojining xususiyati hamda yo'nalishini belgilaydigan aloqadorlik va bog'lanishlarni aks ettiradi.

Bizningcha, jamiyat qonunlarini quyidagi mezonlar asosida tasniflash maqsadga muvofiq. Ushbu mezonlarga jamiyatni bir butun tizim sifatida qaralishi, uning turli tizimlari o'rtasidagi munosabatlarni aks ettiruvchi qonunlarni umumlashtirish kabilar kiradi va ular asosida jamiyat qonunlarini to'rt guruhga ajratish mumkin.

Birinchi guruhga tabiat bilan jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni ifodalaydigan qonunlar kiradi. Bu qonunlarni umumsayyoraviy qonunlar deb ataymiz.

Ikkinchi guruhga insoniyat va davlatchilik paydo bo'lganidan boshlab hozirgacha amal qilib kelayotgan qonunlar mansubdir. Bu qonunlarni, bizningcha, umuminsoniy qonunlar deb atash maqsadga muvofiq. Qonunlarning ushbu guruhiga:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ijtimoiy ehtiyojlar bilan ijtimoiy manfaatlarning o'zaro uyg'unligi qonuni, jamiyat moddiy hayoti bilan ma'naviy hayotining muvofiqligi va ma'naviyatning faolligi, moddiy boyliklarni yaratish hamda ularni iste'mol qilishning bir-biriga mutanosibligi va is'temolning faolligi kabi qonunlarni kiritish mumkin.

Uchinchi guruhni insoniyatning tarixiy tajribasi davomida ko'pgina xalqlar, millatlar hayotida o'xshash shart-sharoitda aynan bir xil amal qilgan va qilayotgan qonunlar tashkil qiladi. Bu turkum qonunlarni o'rganish asosida muayyan mamlakatlar tajribasi boshqa bir davlatlar hayotiga, amaliyotiga tatbiq qilinadi. Bu qonunlar umumiy qonunlar deb ataladi. Ularga misol qilib bozor iqtisodiyoti qonunlarini aytish mumkin. Ya'ni biror-bir mamlakat o'z iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazmoqchi bo'lsa, albatta, bozor iqtisodiyoti umumiy qonunlarining ob'yektiv talablariga bo'ysunmog'i kerak. Chunki bozor munosabatlari dastlab alohida bir mamlakat iqtisodiyoti sharoitida shakllanib, keyinchalik umumiqtisodiy qonuniyatga aylangan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, bugungi kunda insoniyat yaratgan eng maqbul iqtisodiy munosabatlar majmuasi bozor qonunlari miqyosida amalga oshmoqda. Bu qonunlarga biz talab va taklif, raqobat, inflyatsiya bilan bog'liq qonunlarni kiritish mumkin. Bu qonunlarning asosiy xususiyati va amaliy ahamiyati shundan iboratki, ular bir qancha jarayonlarga xos bo'lgan umumiy jihatlarni aks ettirish orqali ular o'rtasidagi aloqadorlik, birlik va vorislikni ochib beradi.

Jamiyat rivojlanishiga xos umumiy qonunlarning yana bir jihati shundan iboratki, ular barcha mamlakatlar, xalqlar rivojlanishining umumiy tomonlarini ochish, kashf qilish orqali ular o'rtasidagi bog'liqlikni, muayyan jamiyatning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o'tishidagi qonuniyatlarni ko'rsatib beradi.

Jamiyatning to'rtinchi guruh qonunlariga juz'iy qonunlarni kiritamiz. Muayyan jamiyat rivojlanishining aniq bir bosqichlari, holati to'g'risida to'liq tasavvur hosil qilish uchun umumiy ijtimoiy va umumiy qonunlarni bilishning o'zi yetarli emas. Chunki muayyan bir jamiyatni, undagi hodisa va jarayonlarning mazmun-moxiyatini bilish, avvalo, juz'iy qonunlarni bilishni taqozo etadi. Juz'iy qonunlarning o'ziga xosligi, birinchidan, ularning amal qilish doirasi makon va zamonda nisbatan cheklanganlikda; ikkinchidan, jamiyat rivojining faqat ayrim bosqichlariga yoki alohida bir ijtimoiy-tarixiy jarayonlarga xos bo'lgan jihatlarni aks ettirishida namoyon bo'ladi. Ijtimoiy tarixiy jarayonlarning rivojlanishi, ularni bilish hamda davlat va jamiyat manfaatidan kelib chiqib, ma'lum maqsadni ko'zlab boshqarish jarayonida aynan juz'iy qonunlar amaliy jihatdan alohida ahamiyat kasb etadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

XULOSA

Yuqoridagi fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, jamiyat qonunlari tipologiyasining ob'yektiv mezonlari ko'p va xilma-xil bo'lib, ular turli tasniflarni keltirib chiqaradi.

REFERENCES

1. Kadamovich, Y. J., Muzaffarovna, I. G., Maxmudovich, Y. B., Boxtiyarovna, S. S., & Xabibullayevich, S. S. (2020). Social justice as a condition of socio-spiritual stability in society. Journal of Critical Reviews, 7(5), 816-818.

2. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

3. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х,., Кушаков, Файзулла Абдуллаевич., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). ХОЗИРГИ ДАВРДА ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ХАКИДАГИ ИЛМИЙ-ФАЛСАФИЙ КАРАШЛАРНИНГ УЗИГА ХОС ТАЛКИНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (9), 647-656.

4. Исмоил Саифназаров, & Сирожбек Хабибуллаевич Султанов (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТНИ МУСТАХКАМЛАШДА ИЖТИМОИЙ ТАДБИРКОРЛИКНИ УСТУВОР ЖИХАТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3 (TSTU Conference 1), 71-76.

5. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. Х., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

6. Раматов, Ж. С., Эрниёзов, У. К., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). САНЪАТНИНГ ТАРИХИЙ-ФАЛСАФИЙ АСОСЛАРИНИНГ БУГУНГИ КУНДАГИ АХАМИЯТИ. World scientific research journal, 9(2), 65-70.

7. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Sultanov, S., & Khasanov, M. (2022). METHODS AND MEANS OF FORMATION OF SPIRITUAL MORAL CONSCIOUSNESS IN STUDENTS AND YOUTH OF UZBEKISTAN. World scientific research journal, 10(1), 257-262.

8. Журабоев, Н. Ю., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. World scientific research journal, 9(2), 43-48.

9. RAMATOV, J., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., KHASANOV, M., & VALIEV, L. THE PLACE AND ROLE OF WOMEN IN THE RAILWAY

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

TRANSPORT SYSTEM OF UZBEKISTAN. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономическогоразвития",(12), 49-52.

10. RAMATOV, J., UMAROVA, R., BARATOV, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. WAYS OF REGULATING FAMILY RELATIONS AND PREVENTING CONFLICTS (IN THE EXAMPLE OF THE STATE OF UZBEKISTAN). ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 45-48.

11. РАМАТОВ, Д., УМАРОВА, Р., СУЛТАНОВ, С., НАЗАРОВА, Н., & ХАСАНОВ, М. ФИЛОСОФИЯ И БУДУЩЕЕ. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12).

12. Султонов, С. (2017). Взгляды Амира Темура на нравственное и интеллектуальное воспитание. Молодой ученый, (4), 626-627.

13. RAMATOV, J., UMAROVA, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. LEADERSHIP FACTOR IN PROVIDING YOUTH COMPETITIVENESS. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 40-44.

14. RAMATOV, J., UMAROVA, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. THE IMPORTANCE OF FORMING HIGH MORALITY AND SPIRITUALITY IN YOUNG PEOPLE. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономическогоразвития",(12), 78-81.

15. RAMATOV, J., UMAROVA, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., & KHASANOV, M. THE ROLE OF THE SCIENCE OF PROFESSIONAL ETHICS IN THE TRAINING OF SPECIALISTS AND RELATIONSHIP WITH OTHER DISCIPLINES. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 2326.

16. РАМАТОВ, Д., СУЛТАНОВ, С., НАЗАРОВА, Н., ЭРНИЯЗОВ, У., ХАСАНОВ, М., & ВАЛИЕВ, Л. ПРАГМАТИЗМ ПРОТИВ ФИЛОСОФИИ ОБЩЕСТВА. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономическогоразвития",(12).

17. RAMATOV, J., BARATOV, R., SULTANOV, S., NAZAROVA, N., ERNIYOZOV, U., & VALIEV, L. THE ROLE OF AUROBINDO GHOSH'S

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

CONCEPT OF EDUCATION. ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ Учредители: ООО" Институт управления и социально-экономического развития",(12), 57-60.

18. Sultanov, Sirojbek Habibullayevich (2023). YOSHLAR MA'NAVIYATIGA TA'SIR KO'RSATUVCHI OMILLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 698-709.

19. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP ЗAМOНAВИЙ МAДAНИЙ ^ИЁФACИ ВA УМУМИНCOНИЙ KAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ МAЗМУН-МOXИЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

20. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖ^^ИЙ AДOЛAТ ВA KAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

21. Sultanov, Sirojbek Habibullayevich (2023). IJTIMOIY ADOLATNI TUSHUNISHGA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1-2), 136-142.

22. Жуманиёзова Н.С. Узбекистонда таълим тизими шаклланишининг тарихий асослари // Илм сарчашмалари. - Ургенч, 2020. - №3. - Б. 49-54. (09.00.00; №17).

23. Жуманиёзова Н.С. Хорижий давлатлар таълим тизими тараккиёти (Сингапур мисолида) // Имом Бухорий сабоклари. - Бухоро, 2020 - №2. - Б. 144-147. (09.00.00; № 9).

24. Jumaniyazova N.S. Reforms in improving the quality of higher education and its philosophical and legal basis // International Journal of Psychosocial Rehabilitation: Vol. 24, Issue 08, 2020. - P. 6499-6505. (№3; Scopus).

25. Jumaniyazova N.S. Modern education system and personnel policy in Uzbekistan // International Journal of Research Available at: 2019 - P. 478-484. (№23; SJIF, 5.7).

26. Жуманиёзова Н.С. Узбекистонда таълим сиёсати модернизацион боскич // Демократлаштириш ва инсон хукуклари. - Тошкент, 2020. - № 1.(84) - Б. 14-18. (09.00.00; №5).

27. Jumaniyazova N.S. Principles of state policy in the area of education // The scientific heritage Budapest, Hungary, 2021. - Б. 46-48 (№23 SJIF, 5)

28. Жуманиёзова Н.С. Современная система образования: интеграция и пропорциональность национальных процессов // International Multidisciplinary

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Scientific Practical Conference on Applied Science and Humanities. Archive of Conferences, USA, Boston, 2021. - С. 48-49.

29. Жуманиёзова Н.С. Вопросы повышения эффективности духовно-нравственного воспитания в системе образования // Халыкдралык; гылыми-тэжiрибелiк конференциясы: Международная научно - практическая конференция. - Астана, 2018. - Б.127-129.

30. Жуманиёзова Н.С. Оила институтининг функционал жихдтлари ва ёшлар тарбиясидаги урни // УзМУ хабарлари. - Тошкент, 2018.-№-1/4/1. - Б. 121-214. Жуманиёзова Н.С. Бош;арув маданиятида ахло;ий ;адриятлар инъикоси // Ижтимоий - гуманитар фанларнинг долзарб масалалари: ривожланиш исти;боллари: Хал;аро илмий-назарий анжуман материаллари. - Нукус, 2018. -Б.242 -244.

31. Жуманиёзова Н.С. Оналик ва болаликни ижтимоий хдмоялаш масалалари // Социологияни у;итиш ва социологик тад;и;отларни ташкил этишнинг долзарб масалалари: Республика илмий-амалий конференция материаллари. -Тошкент, 2018 - Б.68-69.

32. Жуманиёзова Н.С. Буюк келажакнинг буюк ёшлари // Ислом Каримов -янги давр узбек давлатчилигининг асосчиси: Республика илмий-назарий конференция материаллари. - Тошкент, 2018 - Б.50-54.

33. Jumaniyazova N.S. The impact of the synthesis of global multicultural civilization and modernization on the socio-cultural life of Uzbekistan // International Virtual Conference on Language and Literature Proceeding. Indonesia, 30 may 2022 (Session 5) - P. 88-90

34. Jumaniyazova N.S.The role of social institutions in the development of young people // Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ). Vol. 10, Issue 6, June. 2022. - P.67-70.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.