Научная статья на тему 'MANTIQIY FIKRLASH VA MAZMUNLI IFODALASHNING YURIST FAOLIYATIDAGI ROLI'

MANTIQIY FIKRLASH VA MAZMUNLI IFODALASHNING YURIST FAOLIYATIDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
125
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mantiq / fikrlash / mantiqiylik / tafakkur / gipoteza / deduktiv xulosa / induktiv xulosa. / Logic / reasoning / rationality / reasoning / hypothesis / deductive reasoning / inductive reasoning

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Norboboyev, Baxtiyor Jaxongir O’G’Li

Bugungi kunga kelib dunyo hamjamiyati globallashuvning cho’qqisida turibdi. Ayniqsa hozirgi davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan axborotlardan himoyalanishni mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali bo’lgan ma’lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida kechadi. Ushbu maqolada huquqshunosning kasbiy faoliyatida mantiqiy fikrlash ko’nikmasining ahamiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF LOGICAL THINKING AND CONTENT EXPRESSION IN LAWYER ACTIVITY

Today, the world community is at the peak of globalization. Especially in today's era, the strength of information pressure requires each of us to protect ourselves from information by logical thinking, and extract important and useful information. And this happens in the process of logical thinking. This article highlights the importance of logical thinking skills in the professional activity of a lawyer.

Текст научной работы на тему «MANTIQIY FIKRLASH VA MAZMUNLI IFODALASHNING YURIST FAOLIYATIDAGI ROLI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

MANTIQIY FIKRLASH VA MAZMUNLI IFODALASHNING YURIST

FAOLIYATIDAGI ROLI

Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o'g'li

Toshkent shahar yuridik texnikumi 2-bosqich o'quvchisi

ANNOTATSIYA

Bugungi kunga kelib dunyo hamjamiyati globallashuvning cho 'qqisida turibdi. Ayniqsa hozirgi davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan axborotlardan himoyalanishni mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida kechadi. Ushbu maqolada huquqshunosning kasbiy faoliyatida mantiqiy fikrlash ko'nikmasining ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Mantiq, fikrlash, mantiqiylik, tafakkur, gipoteza, deduktiv xulosa, induktiv xulosa.

ABSTRACT

Today, the world community is at the peak of globalization. Especially in today's era, the strength of information pressure requires each of us to protect ourselves from information by logical thinking, and extract important and useful information. And this happens in the process of logical thinking. This article highlights the importance of logical thinking skills in the professional activity of a lawyer.

Key words: Logic, reasoning, rationality, reasoning, hypothesis, deductive reasoning, inductive reasoning

KIRISH

Globallashuv va axborotlar ko'lami nihoyatda kengayib borayotgan hozirgi davrda axborot bosimining kuchliligi har birimizdan mazkur axborotlardan himoyalanishni, ularni to'g'ridan-to'g'ri qabul qilmasdan, tanqidiy va kreativ yondashuv asosida ko'rib chiqishni va mantiqiy fikrlash orqali muhim va foydali bo'lgan ma'lumotlarni ajratib olishni talab etadi. Bu esa mantiqiy fikrlash jarayonida kechadi.

Mantiq - nafaqat fikrlash qobiliyati, balki izchil va to'g'ri mulohaza yuritish hamdir. Ya'ni insonlarning kundalik faoliyatida, munosabatlarida tartibli, aniq, asosli ya'ni mantiqiy o'ylay olishi tushuniladi.

Inson tafakkuri mantiq qonunlaridan qat'iy nazar o'zi mantiqiy qonunlarga bo'ysungan ravishda mavjud bo'ladi. Ko'pchilik imlo qoidalarini bilmagan holda to'g'ri gapirganlari kabi mantiq qonunlarini bilmay ham to'g'ri fikrlaydilar. Lekin bundan mantiqning amaliy ahamiyati yo'q degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu kabi

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

qarash tarafdorlari Gegelning "Har kim fiziologiya qonunlarini bilmay ham ovqatni to'g'ri hazm qilganidek, mantiq qonunlarini bilmay to'g'ri fikrlashlari mumkinligi to'g'risidagi fikrini keltirishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Fikrlash - shaxs bilish faoliyati jarayoni bo'lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Fikrlash fanlararo tadqiqotlarni, kompleks fanlarni o'zida mujassamlashtiradi. Fikrlash insonga haqiqat hodisalari o'rtasidagi aloqalarni topish imkonini beradi, lekin aniqlangan bog'liqlik haqiqatdan vaziyatning to'liq holatini aks ettirishi uchun u ob'ektiv, to'g'ri yoki boshqacha aytganda, mantiqqa tayangan, mantiq qonunlariga mos bo'lishi kerak.

Mantiqiy fikrlash - fikrlashning oliy pog'onalaridan biri bo'lib, izchillik, ketma-ketlik asosida fikrlarning bog'lanishini bildiradi va shaxs ijodiy faolligining muhim qirrasini o'zida aks ettiradi.

Demak, mantiqiy fikrlash - inson tomonidan ko'rib, eshitib, bilib, his qilib va anglab olingan borliq, voqelik yoki taassurotlarning boshqalar uchun ham tushunarli tarzda tafakkur etilishini anglatadi.

Mantiqiylik - tafakkurning yozma va og'zaki nutqda fikrlash qonunlariga amal qilish jarayonidir. Bu jarayonda ayniyat, ziddiyat, inkorni inkor hamda etarli asos qonunlari o'zaro uyg'un holda namoyon bo'ladi. Ayniyat qonuni har bir narsa-hodisaning aynan o'ziga tengligini, fikrda, so'zlashuv va matnlarda takror so'zlarni to'g'ri qo'llashni bildiradi (A-Adir). Ziddiyat qonuni bir vaqtning o'zida har bir voqea-hodisani ziddi bo'lmasligini taqozo etadi (A ham V, ham V emas bo'la olmaydi). Uchinchisi istisno qonuni esa muayyan sharoitda voqea-hodisalar aynan o'sha holatda bo'lishi yoki bo'lmasligini anglatadi ("A V yoki V emasdir"). Yetarli asos qonuniga kelsak, har bir narsa-hodisaning real asosi bo'lgani kabi, ularning in'ikosi bo'lgan fikrimiz ham asoslanishini ta'kidlaydi (Agar V mavjud bo'lsa, uning asosi sifatida A ham mavjud).

Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mezonlari:

* Tafakkurning mustaqilligi;

* O'quv materialini o'zlashtirishning tezligi va mustahkamligi;

* Standart bo'lmagan vazifalarni hal qilishda zehn (fikrlashning) tezligi;

* O'rganib chiqilayotgan huquqiy vaziyat mazmuniga chuqur kirib borish (muhim bo'lgan nazariyani muhim bo'lmagan nazariyadan ajrata bilish);

* Fikrlashdagi tanqidiylik.

Mantiqiy fikrlashning rivojlanganlik darajasini belgilovchi mezonlar:

* Mantiqiy fikrlashga nisbatan motivatsiyani qaror topganligi;

* Mantiqiy fikrlash qobiliyatlarining shakllanganligi;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

* Mantiqiy fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganligi;

* Amaliy mantiqiy fikrlash jarayonini tashkil etish;

* Ixtisoslashgan (pedagogik) mantiqiy fikrlashning rivojlanganligi.

Bugungi kunda tadqiqotchilar tomonidan har bir samaradorlik darajasining

xususiyatidan kelib chiqib, quyidagi mezonlar ajratib ko'rsatilmoqda:

yuqori daraja - mantiqiy fikrlashga yo'nalganlik, moslashuvchanlik, fikrlashning ravonligi, ratsionalizatorlik ko'nikmasining mavjudligi, mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlanganlik sifatlarining shakllanganligi, sifat masalalarini echish malakasining shakllanganligi;

o 'rta daraja - mantiqiy fikrlashga nisbatan ongli munosabatning tarkib topganligi, mantiqiy fikrlashga oid nazariy bilimlarning o'zlashtirilganligi, aktivlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik ko'nikmalarining shakllanganligi;

past daraja - fikrlashga moyillikning yo'qligi, passiv ishtirokning mavjudligi, o'z-o'zini rivojlantirishga bo'lgan ishtiyoqning pastligi.

Mantiqiy fikrlashning asosiy talablari:

Birgina inson tafakkuri butun insoniyat tafakkurining rivojlanishi bilan vositachilik qiladi. Fikrlash - bu "koinotning inson olamidagi kichik bir ko'rinishi"dir. U o'ziga xos bir muhitda shakllanadi, bu erda boshqalarning ijtimoiy tajribasini o'zlashtirish hamda ular bilan doimiy aloqada bo'lish talab etiladi.

Umumlashtirish orqali atrofimizdagi olam, uning muhim xususiyatlari, narsa va hodisalar, shuningdek ular o'rtasidagi munosabatlar to'g'risidagi umumiy bilimlarga ega bo'lib boramiz. Ob'ektni bitta xususiyati (eng oddiy umumlashtirish) yoki ko'plab xususiyatlari (umumlashtirish) asosida umumlashtirish mumkin. Masalan, "kitob" tushunchasini uning sahifasi, muqovasi, rangi, nomi kabi bir qator belgi va xususiyatlariga tayangan holda umumlashtirish amalga oshiriladi.

Mantiqiy fikrlash har doim muammoni hal qilish bilan bog'liq va u inson tomonidan ma'lum bir ixtiyoriy harakatlar bilan birga keladi. Muammoli vaziyatning yo'qligi fikrlash jarayonini stereotipga asoslangan xatti-harakatlarga yaqinlashtiradi. Fikrlash har doim maqsadga yo'naltirilgan bo'ladi. Masalan, siz magistraturada o'qishni davom ettirimoqchisiz. Buning uchun mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda ingliz tilini yaxshi o'zlashtirishingiz talab etiladi. Ya'ni, aqliy echim topiladi. Mana shu jarayonda irodangizga tayanib, bu ishni mukammal darajada amalga oshirishingiz kerak. Chunki irodasiz qilingan harakatlar, juda kamdan-kam hollardagina maqsadga olib keladi. Fikrlash - bu harakat qilish demakdir.

Eslab qoling! Mantiqiy fikrlash harakat bilan chambarchas bog'liq. U orqali inson haqiqatni anglaydi, unga amal qiladi, dunyoni tushunadi, uni o'zgartiradi. Harakat fikrlashning asosiy shaklidir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Huquqshunosning nutqi, ilmiy-pedagogik, rahbarlik faoliyati mantiqiy fikrlashga asoslanishi kerak. Shundagina faoliyatning barcha sohalarida mantiqiy ketma-ketlik, izchillik va muayyan samaraga erishish mumkin.

Har bir inson kichik yoshidan boshlab mantiqiy fikrlashni rivojlantira boshlaydi. Insonning psixofiziologik xususiyatlari turli xil bo'lganligi bois, bu jarayon har bir insonda bir xil kechmaydi. Biroq, mantiqiy fikrlash rivojlantirish yo'llari va usullari yuzasidan foydali bo'lgan tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotda qo'llanilib kelinmoqda.

Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish usullari - mantiqiy o'yinlar, topishmoqlar, masalalar va boshqotirmalarni echish va bajarish, shaxmat o'ynash, kitob o'qish, tanqidiy fikrlashni o'rganish, munozaralarda ishtirok etish, fikrlash jarayonini tasavvur qilish, vaziyatlarni simulyatsiya qilish, kundalik yuritish va b. Bu jarayonda har bir elementga jiddiy e'tibor qaratish, turli xil predmetlar o'rtasidagi bog'liq bo'lmagan yoki mavhum bo'lgan jihatlarni qidirib topish, yangi faktlarni aniqlash va taqqoslash orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mumkin.

O'quv jarayonida esa, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlardan foydalanish ko'p hollarda loyihalar metodi, tadqiqot metodi, dasturlashtirish va muammoli o'qitish metodlaridan foydalanishni ham taqozo etadi.

Mantiqiy fikrlashni aniqlashning bir necha usullari mavjud:

Birinchisi, bu tafakkur orqali dunyoni o'zlashtirib borishga qaratilgan murakkab bilim jarayoni;

Ikkinchisi, doimiy ravishda yangi narsalarni, yangiliklarni qidirish va kashf

etish.

Fikrlash muammoli vaziyat vujudga kelgan vaqtdan boshlanadi.

Xulosa shuki, inson vaziyatni muammo sifatida tushunadi va uning echimi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi. O'sha paytdan boshlab aqliy faoliyatga safarbar qilinadi va muammoni hal qilish uchun o'z harakatlarini muayyan ketma-ketlikda amalga oshiradi. Bu ketma-ketlik quyidagi harakatlarni o'z ichiga oladi:

* Muammoni bayon qilish va qidiruv zonasini cheklash;

* Gipoteza qurish va uni tekshirish;

* Gipotezani sinab ko'rishdan keyingi harakatlar va natijalarni aks ettirish.

Kun davomida turli xil hayotiy, kasbiy yoki psixologik muammolarni hal

qilishimizga to'g'ri keladi. Jumladan, insonlar bilan aloqa o'rnatish, hamsuhbatimizning xatti-harakatlarini oldindan bilishga intilish, o'z qobiliyatimizni to'g'ri baholay olish kabi. Misol uchun, televizorda yangiliklarni tomosha qilish yoki kitob o'qish jarayonida yangi ma'lumotlar va faktlarga ega bo'lib boramiz. Nimani o'tkazib yuborganingizni o'ylab ko'ring! Atrofingizda bo'layotgan vaziyatlarni tahlil

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(5), May, 2023

qiling. Nima uchun sodir bo'ldi, vaziyatlar o'rtasida qanday bog'liqlik mavjud. Muammoni hal qilish yo'llarini qidirib toping. Yechim topilmayotgan bo'lsa, xatolaringiz ustida ishlang. Harakatlaringiz xaritasini tuzib oling.

Mantiqiy fikrlashni o'rganish jarayonida kelajakda ularni yanada samarali hal etishga muvaffaq bo'lasiz.

Yurist mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirib borishi bilan quyidagi ko'nikmalarga ega bo'ladi:

* Huquqiy muammolarni aniqlash va aniqlashtirish;

* Huquqiy masalalarda tegishli natijalarni olish uchun huquqiy asoslar va tadqiqotlarni qo'llash;

* Tanqidiy tahlil bilan shug'ullanish va ular orasidan oqilona tanlovni amalga oshirish;

* Huquqiy masalalarni hal qilishda va zarurat tug'ilganda ijodiy fikr yuritish.

Mazkur ko'nikmalar huquq maktabi talabalarining asosiy atributlari ro'yxatiga

kiritilgan. Misol uchun, Kvinslend universitetining Huquq maktabi ulardan beshtasini aniqlagan:

* Huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va belgilash;

* Bitiruvchiga ariza topshirishga imkon beradigan huquqiy tadqiqot ko'nikmalariga ega bo'lish, tegishli huquqiy manbalar bilan ta'minlash;

* Mustaqil ravishda huquqiy masalalarga tanqidiy asoslarni qo'llash (fikr va hukm - qonun tushunchasi, tamoyillar, siyosiy qadriyatlar, qonunning asosi va ijrosi orqali xabardor qilinadi);

* Fikrlarni baholash, qarorlar qabul qilish va tanqidiy fikrlash;

* Huquqiy tamoyillar asosida qarorlarni asoslash.

Yana bir misol. Yangi Janubiy Uels universiteti yuridik fakulteti bitiruvchilari "uzatiladigan intellektual qobiliyat" yoki "a'lo darajadagi intellektual qobiliyat"ga ega. Bu nimalarda ko'rinadi:

* Tahlil qilish, tanqidiy mulohaza yuritish, muhokama, baholash va umumlashtirish qobiliyatlari;

* Faktlarni to'plash va tartiblash;

* Huquqiy muammolarni aniqlash va tahlil qilish;

* Huquqiy matnlarni sharhlash;

* Qonunlarni haqiqiy huquqiy muammolarga nisbatan qo'llash;

* Yangi nazariyalar va ularni rivojlantirish uchun fanlararo bilimlarni jalb qilish;

* Huquqiy muammolarni ijodiy hal etish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

* Qonun va huquq to'g'risidagi yangi g'oyalarni ishlab chiqish uchun tanqidiy qonunlar va yangicha siyosiy islohotlarni ishlab chiqish;

* Qonun qabul qilish jarayonidagi munozaralarda samarali ishtirok etish va boshqalar.

Huquqshunos uchun mantiqiy fikrlash mantiqiy izchil, asoslangan nutqni ijod etish, qonun loyihasini tayyorlash, huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularga noodatiy echim taqdim etish, huquq to'g'risidagi yangi g'oyalarni ishlab chiqish, jabrlanuvchi, guvoh, ayblanuvchining ko'rgazmalaridagi ziddiyatlarni ochib tashlash, opponentlarning asoslanmagan fikrlarini rad etish, sud versiyasini qurish, rasmiy hujjatni izchil va asoslangan tarzda tuzishga yordam beradi. Mazkur ko'nikmani turli xil usul va yondashuvlarini amalda qo'llash orqali siz o'z kasbingizning etuk mutaxassisiga aylanasiz.

Fikrni mantiqiy ifoda etish usullari juda ko'p. Ular qatoriga turli xil mantiqiy o'yin va masalalar, topishmoqlar va boshqotirmalarni ham kiritish mumkin. Siz bilan bir nechtasini ko'rib chiqamiz.

SCAMPER - huquqshunoslar uchun guruh bo'lib muammolarga echim izlash usullaridan biri sanaladi.

S = Substitute - o'zgartirish;

C = Combine - kombinatsiyalash;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

A = Adapt - moslashtirish;

M = Magnify - kattalashtirish (kengaytirish);

P = Put to Other Uses - boshqa tarzda foydalanish;

E = Eliminate (or Minify) - yo'q qilish (olib tashlash, bartaraf etish yoki minimal ta'sirini kamaytirish);

R = Rearrange (or Reverse) - qayta o'zgartirish (yoki teskari).

Substitute/O'zgartirish. Siz takomillashtirmoqchi bo'lgan mahsulot yoki g'oyani aniqlang. SCAMPERda fikrlashning etti usulidan foydalanish kerak. Bunda hech qanday ketma-ketlik yoki tartib yo'q. Asosiysi, bu holat samaradorlikka olib keladimi yoki yo'q? Misol uchun, avtoulovlarni qulay yoki yanada yoqilg'i kam sarflaydigan qilish uchun turli xil kompozitsiyalardan foydalanayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar faoliyatini olishingiz mumkin. Bu sinov va xatolardan saboq chiqarish orqali siz qaysi bir fikr to'g'ri ekanligini ajratib olish imkoniga ega bo'lasiz.

Combine/Kombinatsiyalash. Yangi bir g'oyani yaratish shart emas. Bu jarayonda bir necha g'oya, jarayon va mahsulotlarni bitta samarali natijaga birlashtirishingiz mumkin. Masalan, ikki xil mahsulotning kombinatsiyasi asosida uchta kamerali uyali telefon yaratilganligini olishimiz mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Adapt/Moslashtirish. Ehtimol aynan o'zingiz muammo echimini topgandirsiz, lekin hozircha bu sizga noma'lum. Ba'zan bitta muammoni hal qilish uchun ishlab chiqilgan g'oya, boshqa bir masalaga echim bo'lishi ham mumkin. E'tiboringizga bir misolni taqdim qilmoqchiman. Yangi vaziyatga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun Netfliks kompaniyasi 1999 yilda DVD ijarasi bo'yicha o'z faoliyatini boshlaydi. Ammo Blokbasterdan farqli ravishda ular kelajak onlayn translyatsiyalarga bog'liq ekanligini anglab, o'z biznes rejasini o'zgartiradi. Endilikda Netfliks an'anaviy televizion tarmoqlarning jiddiy raqobatchisiga aylandi. Blokbaster esa, 2013 yilda biznesdagi faoliyatini yakunlagan.

Magnify/Kattalashtirish (kengaytirish). Vaziyat yoki muammoning bir tomoniga o'zgartirish kiriting. Bu sizga mahsulot yoki vaziyatning qaysi qismi eng muhimligini aniqlash imkonini beradi. Misol uchun, mahsulot ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish yoki shu mahsulotga e'tiborini qaratgan tashkilot aspektini kattalashtirish bo'lishi mumkin.

Put to Other Uses/Boshqa tarzda foydalanish. Bu moslashtirishga juda o'xshash. U mavjud g'oya yoki konsepsiyadan yangi ko'rinishda foydalanishni nazarda tutadi. Misol uchun, okean chiqindilaridan poyavzal yoki biror bir shunga o'xshash mahsulotni ishlab chiqarishda foydalish tarzida bo'lishi mumkin.

Eliminate (or Minify)/Yo'q qilish (olib tashlash, bartaraf etish yoki minimal ta'sirini kamaytirish). Bunda samarasiz jarayonlarni soddalashtirish orqali yo'q qilish nazarda tutilgan. Masalan, Applening MacBook Airga optik CD/DVD drayverini ularni ingichka va engil qilish uchun qo'shilmaslik to'g'risidagi qarorini keltirish mumkin.

Rearrange (or Reverse)/Qayta o'zgartirish (yoki teskari). Jarayon yoki mahsulotning yo'nalishini o'zgartirish lozim. Buni ishning asl maqsadiga mutlaqo zid ravishda amalga oshirish kerak. Ba'zida mahsulotning yo'nalishini yoki jarayonni o'zgartirish sizga unga nisbatan boshqa tomondan qarash imkonini beradi. Bu sizdagi noodatiy, kreativ qarashni yuzaga keltiradi. Misol uchun, qarorlarni qabul qilishda har doim "yuqoridan pastga" prinsipini qo'llagan tashkilot, "pastdan yuqoriga" yondoshish orqali qaror qabul qilish jarayonini yaxshilashi mumkin.

SCAMPER - huquqiy vaziyatlarga echim taqdim etishda g'oyalarni ishlab chiqish uchun ajoyib usullardan biri hisoblanadi. Bu har qanday muammo uchun amal qiladi va tez yuqori sifatli fikr topish imkonini beradi.

Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari - tushuncha, hukm va xulosa chiqarish hisoblanadi. Xulosa chiqarish ma'lum bo'lgan bilim orqali noma'lum bilimni vujudga keltirishdir. Xulosa chiqarish vositali yangi bilim bo'lib, u bizning oldingi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bilimlarimizga tayanadi. Xulosa chiqarish orqali ob'ektiv voqelikdagi buyumlar va ular orasidagi munosabatlarni bilib olamiz.

Xulosa chiqarishning tarkibi ikki muhim qismdan tashkil topadi:

Birinchisi, ma'lum bilimlarni ifodalovchi hukmlar bo'lib, ular yangi bilim uchun asos bo'ladi. Ular xulosa chiqarishning asoslari deb yuritiladi;

Ikkinchisi, ma'lum hukmlar asosida kelib chiqqan yangi bilimni ifodalovchi hukm, xulosa chiqarish natijasi, ya'ni xulosa deb ataladi.

Masalan,

Birinchi asos - Hamma mustaqil davlatlar BMTga a'zo.

Ikkinchi asos - O'zbekiston - mustaqil davlat.

Xulosa - O'zbekiston BMTga a'zo.

Yana bir misol.

Birinchi asos - Sudya agar u jabrlanuvchi bo'lsa, ishni ko'rib chiqishda ishtirok etmasligi mumkin.

Ikkinchi asos - Sudya N. - jabrlanuvchi.

Xulosa - Sudya N. ishni ko'rib chiqishda ishtirok etishi mumkin emas.

Oldingi ikki hukm asoslar deb yuritiladi, bu erda birinchi hukm - birinchi asos umumiy hukm, ikkinchisi - ikkinchi asos, xususiy yoki yakka hukm ko'rinishida ifodalangan. Bu asoslar yordamida xususiy yoki yakka bilimning yangi jihati haqida yangi bilim hosil bo'ladi va bu xulosa deb yuritiladi.

Xulosa chinligining zaruriy sharti:

* Xulosa asoslari chin bo'lishi;

* Xulosa chiqarishning hukmlari mantiqiy bog'langanligi.

Induktiv xulosa chiqarishda nisbatan torroq bilimdan nisbatan kengroq bilim keltirib chiqariladi. Umumiyroq xulosalar keltirib chiqarish predmetlarni, hodisalarini birma-bir o'rganishga asoslanadi. Shu tomoni induksiyaning eng muhim xususiyatlaridan biri. Birma-bir o'rganib, biror xususiyat haqida bilimga ega bo'lamiz. Shunga asoslanib kattaroq bir sinfga mansub bo'lgan predmetlar, hodisalarning hammasi haqida fikr yuritamiz. Agar predmetlarni nisbatan ko'proq o'rganilgan bo'lsa xulosani to'g'rilik, aniqlik darajasi ancha yuqori bo'ladi. Agar xulosa chiqarish uchun nisbatan kamroq predmetlar o'rganilgan bo'lsa, xulosani aniqligi past bo'ladi, ehtimolligi yuqori bo'ladi. Induktiv xulosa chiqarishda qat'iy hukm ifodalangan bilimlardan ko'pincha ehtimolli xulosalar chiqqani uchun induksiyani ehtimolli bilimlar olish yo'llaridan biri deb ko'rsatiladi. Aniq asoslardan ba'zan noaniq xulosa chiqarish induktiv xulosa chiqarishning ikkinchi muhim xususiyatidir. Induktiv xulosa chiqarish predmetlarni, hodisalarni birma-bir o'rganishga asoslangani uchun ko'pincha kuzatish va tajriba o'tkazish bilan bog'liq

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

bo'ladi. Shu jihati tufayli induktiv xulosa chiqarishni nazariy bilimlar emas, ko'pincha amaliy bilimlar hosil qilishda ahamiyati katta deb bilishadi. Induktiv xulosa chiqarish ilmiy induksiya kabi turlariga ega bo'lgani bilan uning xulosasi ilmiy xarakterga ega bo'lishi shart emas. Xulosa chiqarish uchun ba'zan chinligi ilgaridan ma'lum bo'lgan umumiy hukm orqali ifodalangan haqiqatlarga tayaniladi.

Induktiv xulosa chiqarishning ikki turi:

* To'liq induksiya;

* To'liqsiz induksiyadir.

To'liq induksiyada xulosa bir turkum predmet va hodisalarning hammasini birma-bir o'rganish asosida nisbatan yangi bilim hosil qilinadi. Bunday xulosa chiqarish uchun predmet va hodisalarning birorta o'xshash, umumiy xususiyati bo'lishi kerak. Har bir predmetning xususiyati haqidagi fikr asoslarda yakka hukmlar orqali ifodalanadi. Xulosa odatda umumiy hukm orqali beriladi, unda biror xususiyatning bir turkum predmetlarning hammasiga xosligi yoki xos emasligi haqidagi fikr ifodalanadi. To'liq induksiyaning shu asoslari va xulosasi aniq, ehtimoldan xoli bo'lgani uchun fikr qat'iy hukmlar orqali beriladi. To'liq induksiya bo'yicha xulosa chiqarish uchun o'rganilayotgan predmetlar va hodisalar nisbatan kamroq bo'lib, ularni birma-bir o'rganish imkoniyati bo'lishi lozim.

Masalan:

Ai predmet V xususiyatiga ega.

A2 predmet V xususiyatiga ega.

Demak, A3 dan to An gacha bo'lgan predmetlarga ham V xususiyat xos.

To'liqsiz induksiyada bir turkum predmetlarning bir qanchasini o'rganish asosida olingan bilimlarga tayanib biror xususiyat shu turkumdagi predmetlarning hammasiga xosligi haqida xulosa chiqariladi. Bunda xulosa kuzatilgan va kuzatilmagan predmet va hodisalarga aloqador bo'ladi. To'liqsiz induksiyaning xulosasi ehtimoliy xarakterga ega bo'ladi. O'rganilayotgan xususiyat bir turkum predmetlarning qolganlariga xos yoki xos emasligi noaniq qoladi.

Masalan:

Ai predmet V xususiyatiga ega.

A2 predmet V xususiyatiga ega.

Demak, Ak+i va boshqa A turkum predmetlariga ham V xususiyat xos bo'lsa kerak.

To'liqsiz induksiya turlari:

* Oddiy sanash orqali (mantiq fani o'rganadi);

* Tizimli (faktlarni tanlash orqali);

* Ilmiy induksiya o'rganadi (mantiq fani o'rganadi).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Oddiy sanash orqali (ommabop) induksiyada bir turkum predmetlarning bir qanchasida biror xususiyat takrorlanishini o'rganish orqali qolganlari haqida xulosa chiqariladi. Bu erda xulosa chin bo'lishi uchun xususiyat ko'proq predmetlarga xos bo'lishi, xususiyat predmetlar uchun muhim bo'lishi, umumiy holatga zid keladigan hollar bo'lmasligi kerak. Oddiy sanash orqali induksiya xulosalari ilmiy x arakterga ega bo'lmasa ham, takrorlanib turadigan holatlardan xulosa chiqarish uchun ahamiyatlidir. Misol uchun, "Hamma metallar qizdirilganda kengayadi".

Ilmiy induksiyada xulosa chiqarish uchun hodisalar o'rtasidagi sababiy bog'lanish asos qilib olinadi. Ilmiy induksiyada xulosa hodisalarning muhim xususiyatlarining takrorlanishini o'rganish natijasida hosil bo'ladi. Sababiy bog'lanish hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlarning eng muhimidir. U predmet va hodisalarni asoslab beradigan qonuniyatlarni echishga imkoniyat yaratadi.

Ilmiy induksiya metodlari:

* O'xshashlik metodi;

* Tafovut metodi;

* Yo'ldosh o'zgarishlar metodi;

* Qoldiqlar metodi.

Xulosa shuki, induktiv yo'l bilan chiqarilgan xulosalar deduktiv yo'l bilan xulosa chiqarish uchun asos bo'ladi. Deduktiv yo'l bilan chiqarilgan xulosalar esa, ba'zan induktiv yo'l bilan tekshiriladi. Induksiyaning deduksiyadan farq qiladigan bir qancha xususiyatlari mavjud. Eng muhimi, uning xulosasi ehtimoliy xarakterga ega bo'ladi. Keyingi tekshirishni talab etadi. Deduktiv xulosa chiqarishning asoslari ikkita hukmdan iborat bo'lsa, induksiyaning asoslari esa ikkitadan ko'proq hukm orqali ifodalanadi.

Analogiya bo'yicha xulosa chiqarish nisbatan torroq bilimlardan nisbatan torroq bilimlarni keltirib chiqarishdir. Analogiya bo'yicha xulosa chiqarish uchun bir predmetni, bir hodisani o'rganish natijasida hosil bo'lgan bilimga asoslanib, boshqa bir predmet xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi. Chiqarilgan xulosaning to'g'ri yoki noto'g'riligini bilish uchun uni amaliyotda tekshirib va sinab ko'rish lozim.

Analogiyaning asosi ham, xulosasi ham deyarli yakka hukm orqali ifodalanadi. Xulosalari ehtimoliy shaklda, boshqa xilida esa qat'iy shaklda bo'ladi.

Analogiya bo'yicha xulosa chiqarish uchun ikkita predmet yoki ikkita hodisa biror xususiyati jihatidan taqqoslanadi, o'xshatiladi. Analogiyaning xulosasi ehtimoliy shaklda bo'lgani uchun xulosaning aniqlik darajasi o'rganilayotgan, taqqoslanilayotgan xususiyatlarga bog'liq. Analogiyaning xulosasi chin bo'lishi uchun, to'g'ri bo'lishi uchun o'xshatilayotgan predmetning xususiyatlari ular uchun muhim xususiyat bo'lishi kerak.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Analogiya bo'yicha xulosa chiqarish uchun ikkita predmet yoki ikkita hodisa biror xususiyati jihatidan taqqoslanadi, o'xshatiladi. Analogiyaning xulosasi ehtimoliy shaklda bo'lgani uchun xulosaning aniqlik darajasi o'rganilayotgan, taqqoslanilayotgan xususiyatlarga bog'liq. Analogiyaning xulosasi chin bo'lishi uchun, to'g'ri bo'lishi uchun o'xshatilayotgan predmetning xususiyatlari ular uchun muhim xususiyat bo'lishi kerak.

Solishtirilayotgan predmetlarning imkoniyati boricha ko'proq xususiyatlari o'rganilishi kerak.

O'xshatilayotgan predmetlarning xususiyati nisbatan kamroq predmetlargi xos bo'lishi kerak.

Analogiyaning ikkita turi:

* Xususiyatlar analogiyasi;

* Munosabatlar analogiyasi.

Xususiyatlar analogiyasida ikkita predmet yo ikkita hodisa o'rganilib, ularning bitti xususiyati haqida xulosa chiqariladi. Uning xulosasi deyarli hamma vaqt ehtimoliy bo'ladi.

Masalan:

A predmet a,v,s, d xususiyatlarga ega.

V predmet a,v,s xususiyatlarga ega.

Demak, V predmet d xususiyatga ega bo'lsa kerak.

Munosabatlar analogiyasida ikkita predmet yo hodisaning o'xshash xususiyatlari emas, ikkita predmet yo hodisa o'rtasidagi munosabat asos qilib olinadi. Bunda ikkita predmet bir-biriga o'xshamasligi mumkin. Ikkita predmet o'rtasidagi munosabat boshqa ikkita predmet o'rtasidagi munosabatga o'xshashligi asosda xulosa chiqariladi. Uning xulosasi doimo qat'iy, aniq bo'ladi.

Ilmiy bilishning muhim jihati shundaki, yangi ma'lumotlar mantiqiy tekshirish jarayonidan o'tgandagina chin deb hisoblanadi, konkret fanning empirik va nazariy fundamentiga qo'shiladi va isbot etilgan yoki verifikatsiyalangan deb hisoblanadi.

Sud tajribasida ham bilishga shunday talablar qo'yiladi: sud qarori sudda ishni ko'rib chiqish jarayonida to'liq va har tomondan asoslangandagina odil, adolatli deb hisoblanadi.

Isbotlash - bir hukmning chinligini u bilan bog'langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo'lgan mantiqiy amaldir. Ko'pincha asoslash jarayonini dalillash deb ham ataladi.

Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo'ladi, kishilarda ishonch-e'tiqodni shakllantiradi. Ishonch-e'tiqod bu kishilarning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilab beradigan qarashlari va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

tasavvurlaridir. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo'lgan e'tiqodni yaratishdan iborat.

Isbotlash ikki xil ma'noni anglatadi:

Mantiqiy yo'l bilan isbotlash (mantiq fani o'rganadi);

Amalda isbotlash (konkret fanlarning vazifasi).

Mantiqiy isbotlash berilgan fikrning chinligini boshqa fikrlar yordamida ko'rsatish, aniqlash demakdir.

Mantiqiy isbotlash 3 elementdan iborat:

* Tezis;

* Asos yoki argument;

* Isbotlash usuli.

Tezis - chinligi isbotlanishi lozim bo'lgan fikr bo'lib, bir yoki bir necha fikrlar orqali ifodalanadi. U isbotlashning asosiy elementi bo'lib, "nima isbotlanayapti?" -degan savolga javob beradi. Tezis sifatida bir qancha o'zaro bog'liq bo'lgan hukmlardan tashkil topgan ilmiy xulosalar ishtirok etishi mumkin. Matematikadagi isbotlanayotgan teorema ham tezis vazifasini bajaradi. Hatto, sud-tergov faoliyatida jinoiy hodisaning shart-sharoitlari, jinoyatchining shaxsi haqidagi, o'g'irlangan narsalar saqlanayotgan joy haqidagi fikrlar ilgari suriladi va isbotlanadi.

Asoslar (argumentlar) tezisning chinligini ko'rsatuvchi, keltirilgan fikrlar bo'lib, bir qancha hukmlar orqali ifodalanadi. Ular isbotlashning mantiqiy fundamenti rolini bajaradi va "Tezis nima orqali asoslanayapti?"- degan savolga javob beradi.

Ilm-fanning turli sohalarida asos vazifasini turli xil hukmlar bajarishi mumkin: 1) nazariy va empirik umumlashmalar; 2) aksiomalar; 3) faktlar to'g'risidagi hukmlar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Isbotlash usuli asoslar va tezis o'rtasidagi mantiqiy aloqa hisoblanib, asoslardan tezisning chinligini keltirib chiqaradi. Asoslardan tezisga mantiqiy o'tish xulosa chiqarish tarzida kechadi. Bu xulosa chiqarishda asoslar bo'lib to'g'ri axborot ifoda etilgan hukmlar, xulosa bo'lib esa tezis to'g'risidagi hukmlar ishtirok etadi.

Yuridik argumentatsiya - har bir huquqshunos faoliyatining muhim jihati hisoblanadi.

Yuridik argumentatsiyaning maqsadi - munozara ishtirokchilari tomonidan ilgari surilgan nazariyalarni qabul qilishdir. Haqiqat, yaxshilik va yomonlik argumentning oraliq maqsadlari yoki dalillarning bir qismi bo'lishi mumkin, ammo maqsadi emas. Pirovard maqsad esa tinglovchilar e'tiboriga taqdim etilgan muayyan pozitsiyaning to'g'riligiga ishontirish, uni muayyan nuqtai nazar, pozitsiya (tezis) ni qabul qilishga ko'ndirish, aks ettirish yoki harakatni rag'batlantirishdan iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

Bundan tashqari, yuridik argumentatsiya yuridik normalarni ishlab chiqishda, yuridik fanda (masalan, ilmiy nashrlarda yoki ixtisoslashgan konferensiyalar ma'ruzalarida) hamda talabalar va o'qituvchilar o'rtasida qo'llaniladi.

Yuridik argumentatsiyani samarali tashkil etish usullari:

Birinchisi - deduktiv xulosa chiqarish (ma'lum bo'lgan bilim orqali noma'lum bilimni vujudga keltirish). Deduksiya qonunga xosdir, chunki huquqiy normalar huquqiy munosabat ishtirokchilarining xatti-harakatlariga qo'yiladigan mavhum xulq-atvor qoidalarini shakllantiradi.

Ikkinchisi - analogiya bo'yicha xulosa chiqarish. Bu mulohaza orqali ikkita predmet yoki hodisa biror o'xshash xususiyati jihatidan taqqoslanadi (Torroq bilimlardan nisbatan torroq bilimlar keltirib chiqariladi).

Uchinchi usul yuridik munozaralarda juda kam qo'llanilishiga qaramay, samarali usullardan hisoblanadi. Argumentatsiya munozara jarayonida siz tanlagan yondashuv to'g'ri ekanligini asoslaydi.

Deduktiv xulosa chiqarishda umumiyroq bilimga tayanamiz, induktiv xulosa chiqarishda esa umumiy emas, torroq, juz'iyroq bilimga tayanamiz. Induktiv xulosa chiqarish deduktiv xulosa chiqarish bilan chambarchas bog'liq. Biri ikkinchisiz mavjud bo'lolmaydi. Induksiyaning deduksiya bilan aloqasi analizning sintez bilan aloqasini eslatadi.

Yuridik argumentatsiya qoidalari:

Munozara ishtirokchisi o'z fikrlari o'rtasidagi ziddiyatlarga yo'l qo'ymasligi kerak. Boshqacha aytganda, mantiqning asosiy pozitsiyasi - izchillik talabiga rioya qilinishi shart. Bir pozitsiya doirasida mazmunan har xil va bir-biriga mos kelmaydigan ikki xil hukmning yuzaga kelishiga yo'l qo'yilmaydi. Lekin bu bahs ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikrlar bir-biriga mos bo'lishi kerak degani emas.

XULOSA

Munozara ishtirokchisining o'z bayonini o'zi belgilashi lozim bo'lgan holatlarning o'xshash bo'lishi sharti bilan o'xshatish yoki umumlashtirish yo'li bilan qo'llash mumkinligiga rozi bo'lish burchi hisoblanadi.

Yakuniy qoidaga ko'ra, bir xil mulohazani turli ma'nolarga ega bo'lgan turli ishtirokchilar qo'llay olmaydilar. Aks holda muhokama turli narsalar atrofida quriladi. Muhokama mavzusi esa lozim deb belgilanmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Sharipov M., Fayzixo'jaeva D. Mantiq. O'quv qo'llanma. -G'afur G'ulom: Toshkent, 2004. 5-16, 111-211 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

2. Ломиворотов М.М. Логика для юристов. Учебное пособие в схемах и упражнениях. -Волгоград.: ВолгГТУ, 2006. 11-24 с

3. Oblomurodov, N. (2022). Yangi O'zbekistonda O'zbekiston tarixi fanini o'qitishning ayrim jihatlari haqida. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences,2(Special Issue 23), 154-159

4. www.lex.uz

5. www.wikepedia.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.