s#
Ws,
JAMIYAT BARQARORLIGINI TA'MINLASHDA MILLIY GOYA MASALASINING DOLZARBLIGI
Abbosova Shoxidaxon Turdalievna
Farg'ona davlat universiteti katta o'qituvchisi. [email protected] https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10512400
ARTICLE INFO
Received: 06th January 2024 Accepted: 14th January 2024 Online: 15th January 2024
KEY WORDS Milliy g'oya, g'oya, jamiyat, barqarorlik, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, ma'naviy tahdid, taraqqiyot, yoshlar.
Kirish. Tarixiy taraqqiyot shundan guvohlik beradiki, jamiyat o'z-o'zidan, ya'ni ob'ektiv yoki sub'ektiv sabablarsiz inqirozga yuz tutmaydi. Zero, jamiyat inson, shaxs, ijtimoiy guruhlar ilmiy tafakkuri, ijodi va xohish-irodasining natijasi sifatida, uning taqdiri jamiyat a'zolari munosabatlariga bog'liq bo'ladi. Shu o'rinda jamiyatni, yaxshi yoki yomonga ajratib bo'lmaydi. Uni yaxshi qiladigan ham, aksincha, yomon qiladigan ham inson, shaxslararo muloqotda ijtimoiy-madaniy munosabatlarning natijadorligi hisoblanadi. Jamiyatning tarkibiy qismlari bir-biri bilan ham gorizontal, ham vertikal tarzda chambarchas bog'langan, keng qamrovli yahlit bir ijtimoiy organizm hisoblanadi. Shu sababli u asrlar mobaynida o'z barqarorligi, xavfsizligi hamda taraqqiyotini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.
Jamiyat barqaror va bardavom rivojlanishi uchun muayyan jamiyatda milliy g'oya mavjud bo'lishi, hamda muntazam ravishda faollik ko'rsatib turishi talab qiladi. O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida:"...yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma'naviy g'oyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g'oya va mafkuralarga qarshi immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud."[1.] Bu o'z navbatidajamiyat barqarorligini ta'minlashda milliy g'oya ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etish masalasining dolzarbligini bildiradi.
Jamiyatning holati dunyoning qaysi parallelida joylashganligi, qaysi ijtimoiy tizimni joriy qilganligi, etnik yoki konfessional xususiyatiga emas, balki uning taraqqiyot yo'lida qanday siyosiy kuchlar va mafkuralar turganligi bilan bog'liq. Masalan, geografik nuqtai nazardan, bir-biriga o'xshash ikki yoki undan ortiq jamiyatlarda insonlarning hayot darajasi va kayfiyati har-hil bo'lishi tabiy holatdir. Har qanday tushuncha yoki falsafiy kategoriyaning ma'nosini va mohiyati boshqa tushunchalar yoki kategoriyalar vositasi yordamida ochiladi. O'zbek tilida chop etilgan g'oya va mafkura tushunchalari tahliliga bag'ishlangan asosiy adabiyotlarda g'oya tushunchasining mazmun-mohiyatini ochishda, ong kategoriyasi asos qilib olingan. Mazkur
ABSTRACT
Mazkur maqolada jamiyat barqarorligini ta'minlashda milliy g'oya masalasining dolzarbligi ilmiy-falsafiy ahamiyati ochib berilgan. Milliy g'oya jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichida shaxs dunyoqarashining o'zgarishini yangicha yuksalish zarurligi o'rganilgan. Jamiyatdagi milliy g'oyaning jamiyat yuksalishidagi xususiyati barqarorlikni ta'minlashi ilmiy asoslangan.
é
Ws,
adabiyotlarda ong, shartli ravishda, ikkita katta qismga - insonning ruhiy va fikriy olamiga, ya'ni tafakkur olamiga ajratilib, g'oya tafakkur mahsuli sifatida tavsiflanadi. Xususan: "G'oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan, ruhiyatga ta'sir o'tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr,"[2.484.] - deyilgan.
Asosiy qism. Jamiyat rivojlanishiga ta'sir qiladigan jarayonlardan biri - shaxslararo munosabatlarning sifat darajasi ko'rsatkichini oshishi hisoblanadi. Bu munosabatlarning umuminsoniy qadriyatlarga suyanishi, alohida ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-madaniy munosabatlarning sifat jihatdan barqaror o'zgarishi jamiyatda "Milliy yuksalishdan - milliy tiklanish sari" g'oyasiga mos kelishi va jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-siyosiy kuchlarning o'zaro tarkib topgan munosabatlariga borib taqaladi. Shu ma'noda jamiyatimiz hayotida tarixan qisqa davrda shakllangan ijtimoiy barqarorlikning o'rni ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlarni o'tkazishnitaqozo etadi.
Jamiyatimiz barqarorligi hamda xavfsizligida, eng muhimirivojlanishga milliy g'oyaning bevosita ta'sirini tahlil qilish zarurati katta ahamiyat kasb etadi.Jamiyat barqarorligi va xavfsizligini ta'minlashda har doim milliy g'oyaning o'ziga xos muvofiqlashtiruvchi asosiy omil sifatidanamoyon bo'lib kelgan.
Milliy g'oyani ijtimoiy-falsafiy o'rganish masalasi globallashuvva axborot-kommunikasiya asri deb nomlanayotgan XXI asrda o'z dolzarbligi bilan barcha davlatlar uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, qaysiki jamiyatda milliy g'oya kuchli bo'lsauning ijtimoiy qamrovi kengayib, o'zining muvofiqlashtiruvchi ta'sirini jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa o'sha jamiyatning barqaror va xavfsizlik sohalaridagi yuksalishininamoyon qiladi.
Jamiyat barqarorligini ta'minlashda milliy g'oya masalasining dolzarbligi moddiy va ma'naviy farovonlikni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Bu jamiyatning har bir ijtimoiy qatlam vakillarini jalb qila olish qobiliyati va shu orqali barcha jabhalarga o'z ta'sirini o'tkaza olishi jamiyatning ijtimoiy maqomini ortishini ko'rsatadi. K.Popper ta'biri bilan aytganda: "Biz ilmiy tadqiqotda, amaliy faoliyatimizda shunday nazariyalarni tanlaymizki, ular boshqa nazariyalar bilan raqobatda o'zini oqlay biladi va "tabiiy tanlanishida" yashab qolishga yaroqli bo'ladi."[3.] Bu jamiyatni tanlash imkoniyatini ilmiy asoslash zarurati bilan ifodalanadi. Mamlakatning bir xil yo'nalishda yuksalmasligi mumkin emasligi kabi jihatlarini hisobga olgan holda munosabatda bo'lishi kerak bo'ladi. "Yuksalish jarayonning borishi ishtirokchilarning shaxsidan tortib to muayyan millat, mamlakat madaniyatining xususiyatlariga borib taqaladi" [4.55.] deb, xulosaga kelish mumkin. O'zbekiston taraqqiyotining Yangi rivojlanish bosqichida "shaxs-jamiyat-davlat" tizimidagi munosabatni aynan shu ijtimoiy-madaniy xususiyatlar yondashuvini talab etadi.
Milliy g'oya hamda ijtimoiy-falsafiy tafakkurning jamiyatga ta'sir yo'nalishlari va xususiyatlarini belgilash uchun, ularni maxsus bilish ob'ekti sifatida olib qarash juda kattaahamiyati kasb etadi. Xususan, milliy g'oyaning mohiyatini o'rganishda, nazariy bilimlar va amaliy faoliyatlar samaradorligini oshirish - birinchidan, umuminsoniy va milliy ma'naviy qadriyatlarning mushtaraklashgan ifodasi bo'lgan g'oyalarni tizimli-funksional o'rganishni rivojlantirish; ikkinchidan, g'oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni tashkillashtirish, boshqarish va nazorat qilishda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ilmiy usullari, hamda vositalari uyg'unlashuvini ta'minlash; uchinchidan, g'oyaviy-mafkuraviy munosabatlarning turli tarixiy
é
Ws,
shakllarini va muqobil yo'nalishlarini, ilmiy-nazariy bilish asosida muvofiqlashtirish talab qilinadi.
Milliy g'oya vatanparvarlikka, xalqning tarixiy xotirasiga, milliy o'zligini anglashiga tayanadi. "Bizning milliy g'oyamiz millatning, davlatning, yurtning qadr-qiymatini yuksaltiradi, iqtisodiy, sosial, siyosiy va ma'naviy salohiyatini yuzaga chiqaradi, oriyat va g'ururini asraydi, istiqbolini belgilaydi, kelgusi taraqqiyot uchun yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi. Milliy g'oya o'zbek millatining o'ziga xosligi nimada ekanligini asoslab beruvchi ilmiy-nazariy va falsafiy qarashlar sistemasidir." [5.26.]
Bugungi kunda mukammal ijtimoiy institut sifatida jamiyatda milliy g'oyaning tub unsurlari hisoblangan bag'rikenglik, ishbilarmonlik, mehnatga, kasb-hunarga moddiy, hamda ma'naviy boylik yaratishning bosh bo'g'ini sifatida qarash, o'zaro bir-biriga ko'maklashish, jamiyat manfaatlari, tarkib toptirish orqali barqarorligi va xavfsizligini har tomonlama rag'batlantirishda muhim omil sifatida qaraladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan ishlarni Hukumatimiz va davlat rahbari tomonidan ishlab chiqilgan jamiyatni yangilash, demokratlashtirish, mamlakatni modernizasiyalash va isloh qilish strategiyasi, jamiyatimiz kuch-qudrati, moddiy hamda intellektual salohiyatini oshirish, davlatimizning xalqaro maydonda obro'-e'tiborini yanada mustahkamlash vazifalari doirasida qarash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Taraqqiy etgan davlatlarda milliy g'oya jamiyatda shaxslarni o'z o'rnini mustahkamlashga, uning ijtimoiy muvofiqlashtirish va jipslashtirish salohiyatiga bog'liq bo'lgan jarayonni ifodalaydi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida jamiyat a'zolari faol fuqarolik pozisiyasini oshirish orqali - milliy mas'uliyatini oshirish, ularning ongi va tafakkuriga, eng avvalo, Vatan tuyg'usini singdirish bo'yicha bir talay ishlar qilinmoqda. Bu borada turli jamoatchilik doiralari orasida tashabbuslar diqqatga sazovor. 2005 yildan boshlab e'lon qilingan rasmiy hujjatlarda: "Mamlakat iqtisodiy va siyosiy hayotida ishtirok etishi istiqboli bilan bog'liq muammolar, ushbu jarayonda davlatning liderlik maqomiga erishishi," yoki "mamlakatda yuz berayotgan muammolarni biznes tomonidan tushunish zarurati, yangi iqtisodiyot va bozorni shakllantirish bo'yicha biznes va davlat o'rtasida konsensusga kelishning shart-sharoitlari,"[6]- singari muhim masalalar o'rin olgan.
Bizningcha, jamiyat barqarorligini ta'minlashda milliy g'oya masalasining dolzarbligi ijtimoiy-ma'naviy jihatdan ma'naviy tahdidga nisbatan qarshi kurashish sifatida namoyon bo'ladi. "Ma'naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e'tiqodidan qat'iy nazar, har qaysi odamning tom ma'nodagi erkin inson bo'lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko'zda tutadigan mafkuraviy, g'oyaviy va informasion hurujlarni nazarda tutish lozim." [7.14.] Bugungi kunda mamlakatimizga qarshi qaratilgan mafkuraviy tahdidlar sifatida birinchidan, islom xalifaligini tiklab, uning bayrog'i ostida musulmon xalqlarni yangi imperiyaga birlashtirish yo'lidagi sa'yi-xarakatlar, ikkinchidan, axloqsizlikni yoyib, xalqni ma'naviy jihatdan buzishga qaratilgan intilishlar, uchinchidan, turli mafkuraviy vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan xarakatlarni keltirishimiz mumkin.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda, jamiyatdagi turfa qatlamlarni manfaatlarini birlashtirishda milliy g'oyaning ilmiy asoslanganligi shaxslarning dunyoqarashini o'zgartirmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Jamiyat a'zolarining mulk, boylik orttirish va bu sohadagi professionalizm
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz
harakatlarini amaldagi natijasi jamiyat o'z-o'zini qayta ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlab shaxsiy fazilatlari, dunyoqarashi va xulq-atvoriga jiddiy ta'sir qiladi. Jamiyat ma'naviy barqarorligining ob'ektiv va sub'ektiv omili sifatidaijtimoiy taraqqiyotda davlatning islohotchilik rolining asoslaydi. O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida shaxs ma'naviy tafakkurining o'zgarishi bilan yangicha hayot uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar shakllanadi. Jamiyat va davlat barqarorligi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan milliy g'oyani o'rganish o'z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
References:
1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 26 мартдаги "Маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллаштириш чора тадбирлари тугрисида"ги ПК-5040-сон Карори. Узбекистон Республикаси олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш Концепцияси. Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 09.10.2019 й., 06/19/5847/3887-сон.
2. Фалсафа. Комусий лугат - Тошкент: "Шар;", 2004.
3. Карл Поппер.Логика социальных наук. "Вопросы философии" // 1992. №10.
4. Либман А. Конфликт государства и бизнес: постсоветский опьгг // Свободная мысль - XXI. 2005. -С. 55.
5. Тураев Б., Раматов Ж. Миллий исти;лол гояси: асосий хусусиятлари, фалсафий ва тарихий илдизлари -Тошкент: "Ижод дунёси", 2002.
6. Государства и бизнес: союз за национальную модернизацию. 25.01.05.
7. Исмоилов С., Миллий гоя: Узбекистонни ривожлантириш стратегияси. -Гулистон 2018.
8. Turdaliyevna, A. S. (2020, November). GLOBALIZATION PROCESSES AND EDUCATION-UPBRINGING. In Archive of Conferences (Vol. 9, No. 1, pp. 47-49).
9. Turdalievna, A. S. (2021). The Renewing Uzbekistan, Democratization of Society and Freedom of the Individual. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(12), 39-41.
10. Abbosova, S. T. (2021). MORAL AND MORAL FACTORS OF THE NATIONAL IDEA IN ENSURING THE STABILITY OF SOCIETY. Frontline Social Sciences and History Journal, 1(08), 18-27.
11. Turdalievna, A. S. (2022). THE NATIONAL IDEA IS A NECESSARY CONDITION FOR THE STABILITY OF THE NEW SOCIETY. Conferencea, 103-106.
12. Turdalievna, A. S. (2022). THE STRATEGIC NEED OF THE NATIONAL IDEA IN ENSURING THE STABILITY OF THE STATE AND SOCIETY. Conferencea, 187-190.
13. Аббосова, Ш. (2022). ЖАМИЯТ МАЪНАВИЙ БАРКАРОРЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШДА МИЛЛИЙ ГОЯНИНГ АХ.АМИЯТИ ВА УЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ. Scientific progress, 3(2), 66-72.
14. Аббосова, Ш. (2022). Узбекистонда баркарорликни таъминлаш сох,асидаги ислох,отларга ижтиоий-фалсафий ва тарихий назар. Актуальные проблемы истории Узбекистана, 1(1), 689-697.