Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
JAHON VA O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA L^MY BIRLIKLАR SH4KL УА MАZMUN DIАLЕKTIKАSI TADQIQI
Iminjonova Husnida Zamirdinovna,
Qo'qon davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada til birliklarida shakl va mazmun dialektikasi haqida so'z yuritilgan. Bu masalada jahon va o 'zbek tilshunoslarining fikr va qarashlari tahlil qilingan. Shаkl vа mаzmun tuzilishi birbirigа muvоfiq kеlishi hаm, muvоfiq kеlmаsligi hаm mumkin. Bu diаlеktik аlоqаdоrlik йМа hаm yorqin o'z ifоdаsini tоpаdi. Chunki til sistеmаsining fоnоlоgik sаthdаn bоshqа bаrchа sаth b^Hk^ri uchun shаkl vа mаzmun munоsаbаti dахldоrdir. Наr qаndаy mаzmun muаyyan mоddiy shаkl vоsitаsidа ifоdаlаngаndаginа u rеаl lingvistik birlikkа аylаnаdi. Shundаy ekаn, lingvistik b^lik^r o'rtаsidаgi shаkl vа mаzmun munоsаbаtini o'rgаnish hаm kаttа аhаmiyatgа egа. Lingvistik birliklаrning shаkl vа mа'nоsi o 'rtаsidаgi munоsаbаt аntik dаvrlаrdаyoq fаylаsuflаr e 'ЫЬогш tоrtgаn. Шат uzоq vаqt lingvistik birliklаrni ifоdаlоvchi vа ifоdаlаnmish tоmоni o'rtаsidаgi munоsаbаtning хususiyati, ya 'ni u^r o 'rtаsidаgi munоsаbаt erkinmi yoki tаbiiymi, dеgаn mаsаlа ustidа bаhs yuritdilаr. Maqolada aynan shu masalalarga e 'tibor qaratiladi.
Kalit so'zlar: shakl, mazmun, lisoniy birlik, mazmun elementlari, substansial morfologiya, grammatik shakl.
ИССЛЕДОВАНИЕ ДИАЛЕКТИКИ ФОРМЫ И СОДЕРЖАНИЯ ЯЗЫКОВЫХ ЕДИНИЦ В МИРОВОЙ И УЗБЕКСКОЙ ЛИНГВИСТИКЕ
Иминжанова Хуснида Замирдиновна,
докторант Кокандский государственный педагогический институт
АННОТАЦИЯ
В данной статье говорится о диалектике формы и содержания в языковых единицах. По данному вопросу проанализированы мнения и взгляды мировых и узбекских лингвистов. Структура формы и содержания могут быть совместимыми или несовместимыми друг с другом. Эта диалектическая связь ярко выражена и в языке. Потому что отношение формы и содержания актуально для всех уровней единиц языковой системы, кроме фонологического уровня. Любое содержание становится настоящей языковой единицей только тогда, когда оно выражено через определенную материальную форму.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
Поэтому важно также изучать соотношение формы и содержания между языковыми единицами. Связь между формой и значением языковых единиц привлекала внимание философов с древних времен. Они долго спорили о характере взаимоотношений между экспрессивной и выраженной стороной языковых единиц, т. е. о том, является ли связь между ними свободной или естественной. Статья посвящена этим вопросам.
Ключевые слова: форма, содержание, языковая единица, элементы содержания, предметная морфология, грамматическая форма.
RESEARCH OF THE DIALECTIC OF FORM AND SUBSTANCE OF LANGUAGE UNITS IN WORLD AND UZBEKI LINGUISTICS
Iminjonova Khusnida Zamirdinovna,
Doktorant of Kokand State Pedagogical Institute
ABSTRACT:
This article talks about the dialectic of form and content in language units. The opinions and views of world and Uzbek linguists have been analyzed in this matter. The structure of the form and content may or may not be compatible with each other. This dialectic relationship is also clearly expressed in language. Because the relation of form and content is relevant for all level units of the language system except the phonological level. Any content becomes a real linguistic unit only when it is expressed through a specific material form. Therefore, it is also important to study the relationship of form and content between linguistic units. The relationship between the form and meaning of linguistic units has attracted the attention of philosophers since ancient times. They argued for a long time about the nature of the relationship between the expressive and the expressed side of linguistic units, that is, whether the relationship between them is free or natural. The article focuses on these issues.
Key words: form, content, linguistic unit, elements of content, substantive morphology, Grammatical form.
KIRISH
Olamdagi narsa va hodisalar o'rtasidagi o'zara aloqadorlik va bog'lanishning turlaridan biri shakl va mazmun dialektikasidir. Shaklsiz mazmun bo'lmagandek, shaklning mavjudlik usuli, tarkibi va tuzilishi ham mazmunsiz bo'lmaydi. Demak, shakl va mazmun ma'lum bir obyektning o'zara diatektik aloqador bo'lgan ikki tomonidir. Mazmun va shakl masalasi tilshunoslar diqqat-
o
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
e'tiboridagi masalalardan sanaladi. Maqolada ana shu masalaga oid tadqiqotlar tahlilga tortiladi, munosabat bildiriladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Mashhur Daniya tilshunosi L.Yelmslevning figuralar haqidagi qarashlari ham, leksikada uzviy tahlil tamoyillari ham, S.N.Ivanovning substansional morfologiya haqidagi qarashlari ham til tuzilishiga substansional yondashuv asosida maydonga keldi. Grammatik shaklni munosabatda, sintaktik funksiyada namoyon bo'ladigan ma'lum xususiyat - ma'nolar tashuvchi sifatida substansional tushunish uning ikkilangan va ziddiyatli morfologiksintaktik tabiatini o'zida aks ettiradi. Substansionallik nuqtayi nazaridan muayyan munosabatga kirishgunga qadar ham o'zining mustaqil mavjudligiga ega. Shu bilan birgalikda u o'zining yakka aloqalaridagina real mavjud bo'ladi. Ana shu nuqtayinazaridan grammatik shakllarning bunday ziddiyatli birligi dialektikadagi umumiylik va alohidalikning, mohiyat va hodisaning namoyon bo'lishi sanaladi. Sintaktik birliklarning shakl va mazmun munosabati bir qator o'zbek tilshunoslarining diqqatini jalb etdi. Bu sohada prof. N.Mahmudov, A.Berdaliyev singari olimlarning ishlarini alohida ta'kidlash lozim.
METODOLOGIYA VA METODLAR
Maqolada tavsiflash, tasniflash, qiyoslash metodlaridan foydalanildi. Jahon va o'zbek tilshunosligida shakl va mazmun dialektikasiga oid qarashlarga metodologik jihatdan asoslanildi.
TAHLILLAR VA NATIJALAR
Mazmun deganda obyektning barcha elementlarining tarkibi, uning xossalarining, ichki jarayonlarining, aloqalarining rivojlanish ziddiyatlari va mayllarining birligi ko'zda tutiladi. Masalan, organizmning mazmuni uning organlarining oddiy majmuidan iborat emas, balki muayyan shaklda o'tadigan hayotiy faoliyat jarayonidan iborat. Shakl deganda mazmunning tashqi ifodalanish usuli, mazmun elementlari aloqalarining nisbatan barqaror muayyanligi va ularning o'zaro ta'siri, mazmunning tipi va strukturasi tushuniladi. Mazmun va shakl bir obyektning o'zaro ziddiyatli ikki qarama-qarshi qutbidir. Bu tushunchalar bir-birini taqozo qiluvchi, birisiz ikkinchisi mavjud bo'lolmaydigan tushunchalardir. Shakl bilan mazmun bir konkret obyektda o'zaro ajralmasdir. Shakl ichki va tashqi birlikdan iborat. Mazmun elementlarining bog'lanish usuli sifatida shakl ichki bir hodisadir. U obyektning strukturasini tashkil etadi va mazmunning bamisoli bir momenti bo'lib qoladi. Muayyan mazmunning boshqa narsalar mazmuni bilan
o
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bog'lanish usuli sifatida shakl tashqi bir narsadir. Masalan, badiiy asarning ichki shakli avvalo syujetdan, asarning mazmunini tashkil etuvchi badiiy obrazlar, g'oyalarning bog'lanish usulidan iborat. Tashqi shaklni esa asarning hissiy fahmlanadigan qiyofasi, uning tashqi shakllanishi tashkil etadi. Gegelning ta'kidlashicha, shakl va mazmun o'rtasidagi qaramaqarshiliklarni qarab chiqayotganda shuni nazardan qochirmaslik kerakki, mazmun shaklsiz bo'lmaydi. Shakl esa ayni vaqtda mazmunning o'zida ham mavjuddir va unga nisbatan tashqi bir narsadan iboratdir. Shakl va mazmun munosabatida yetakchi tomon mazmundir. Tashkil topish shakli nimaning tashkil topishiga bog'liqdir. Hech qanday tashqi kuch emas, balki mazmun o'zinio'zi shakllantiradi. Mazmun bilan shakl o'rtasida ichki ziddiyat bor. Narsalarning, jarayonlarning shakli bilan mazmuni o'rtasidagi ziddiyatlarning paydo bo'lishi, rivojlanishi va bartaraf qilinishi taraqqiyotning qaramaqarshiliklar yo'li bilan eng muhim va eng umumiyifodalanishlaridan biridir. Shakl va mazmun o'zaro dialektik bog'liq bo'lsa ham, lekin ular ma'lum darajada nisbiy mustaqillikka ega. Shakl va mazmun, avvalo, o'z ichki tuzilish birliklari bilan farq qiladi. Shakl va mazmun tuzilishi birbiriga muvofiq kelishi ham, muvofiq kelmasligi ham mumkin. Bu dialektik aloqadorlik tilda ham yorqin o'z ifodasini topadi. Chunki til sistemasining fonologik sathdan boshqa barcha sath birliklari uchun shakl va mazmun munosabati daxldordir. Har qanday mazmun muayyan moddiy shakl vositasida ifodalangandagina u real lingvistik birlikka aylanadi. Shunday ekan, lingvistik birliklar o'rtasidagi shakl va mazmun munosabatini o'rganish ham katta ahamiyatga ega. Lingvistik birliklarning shakl va ma'nosi o'rtasidagi munosabat antik davrlardayoq faylasuflar e'tiborini tortgan. Ular uzoq vaqt lingvistik birliklarni ifodalovchi va ifodalanmish tomoni o'rtasidagi munosabatning xususiyati, ya'ni ular o'rtasidagi munosabat erkinmi yoki tabiiymi, degan masala ustida bahs yuritdilar. Nihoyat filosoflarning katta guruhi ifodalovchi bilan ifodalanmish o'rtasidagi munosabatning erkin ekanligini tasdiqladilar. Shuningdek, shakl va mazmun munosabatiga substansional yondashuv ham ana shu muammoning tarkibiy bir qismi sanaladi. Leksik, morfologik birliklarning shakl va mazmuni o'rtasidagi munosabatni o'rganish qanchalik muhim bo'lsa, sintaktik birliklarning shakl va mazmuni o'rtasidagi munosabatni yoritish ham hozirgi o'zbek tilshunosligi uchun shunchalik muhimdir. Bir ma'noning bir necha shakllar orqali ifodalanishi leksik va morfologik sath misolida yetarli darajada o'rganilgan. Lekin xuddi shu masalaning sintakti sathda namoyon bo'lishiga hanuzgacha jiddiy e'tibor qaratilganicha yo'q. Sintaktik sathda muayyan axborotning turli sintaktik shakllar orqali ifodalanishi yoki bir sintaktik shakl orqali bir necha axborotni ifodalashi mumkinligi masalasini yoritish shu tilning ichki imkoniyatlarini, uning o'ziga xos
o
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
xususiyatlarini ko'rsatib berishga olib keladi. Bu esa har bir tilning umumiylik va o'ziga xoslik dialektikasini ochishga imkon tug'diradi. Shuning uchun ham sintaktik birliklarning shakl va mazmun munosabati bir qator o'zbek tilshunoslarining diqqatini jalb etdi. Bu sohada prof. N.Mahmudov, A.Berdaliyev singari olimlarning ishlarini alohida ta'kidlash lozim. Avvalo, sintaktik birliklarning shakl va mazmun o'rtasidagi munosabati haqida fikr yuritilganda, dastlab uning qaysi tomonini asos qilib olish mumkin, degan masala ko'ndalang bo'lishi tabiiy. Bu masalani hal etishda hozirgacha bo'lgan tilshunoslikda ikki yo'nalish maydonga keldi: 1) semasiologik yo'nalish; 2) onomasiologik yo'nalish. Semasiologik yo'nalish tarafdorlari shaklni asos qilib oladilar va har bir shakl qanday ma'nolarni ifodalashini ochib berishga harakat qiladilar. Onomasiologik yo'nalish tarafdorlari esa, aksincha, ma'noni asos qilib oladilar va muayyan ma'no qanday yo'llar bilan ifodalanishini yoritishga ahamiyat beradilar. Tilshunoslikda mavjud bo'lgan har ikki yo'l bir-birini inkor etmaydi, balki birbirini to'ldiradi. Onomosiologik yo'nalish muayyan ma'noning qanday ifoda vositalari bilan ifodalanishi masalasini o'rganishga e'tiborni qaratar ekan, xuddi mana shu yo'nalish turli sistemadagi tillarni tipologik planda o'rganishga, bu tillarning umumiy, turli nuqtalari qayerdayu, xususiy, o'ziga xos tomonlari qayerda ekanligini yoritishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bu usul turli sistemadagi tillarning tipologik tadqiqotlarida ham katta ahamiyatga ega. Onomasiologik yo'nalishda tayanch nuqta mazmun, sintaktik birliklarning mazmuniy tuzilishi deb qaralar ekan, avvalo, ana shu mazmuniy tuzilish birliklari qanday belgilanadi, degan masalani hal etish eng zaruriy masalalardan sanaladi. Bu masalani hal etishga e'tiborni qaratgan olimlar falsafadagi propozitsiya atamasini tayanch nuqta qilib oldilar. Propozitsiya tushunchasi har bir nutq egasining ongida mavjud bo'lgan obyektiv reallikning in'ikosi, nutq vaziyatidir. Ma'lum nutq vaziyati elementlari obyektiv borliqda o'zaro munosabatda bo'lgan va inson sezgi a'zolariga ta'sir etadigan elementlarning umumlashgan obrazlarining ongda aks etishidir. Inson ongida aks etgan ana shu borliq elementlarini ayrim tilshunoslar signifikat atamasi bilan ham nomlaydilar. Bundan ko'rinadiki, signifikat elementlari shakliy elementlar bilan qiyoslashga asos bo'lib xizmat qiladi. Bir signifikativ ma'no tuzilishi bir necha shakliy tuzilish birliklari orqali ifodalanishi mumkin. Bu sintaktik sinonimiyani vujudga keltiradi. Aksincha, bir necha signifikativ ma'no bir sintaktik shakl tuzilishi bilan ifodalanishi mumkin. Natijada sintaktik omonimiya vujudga keladi. Demak, sintaktik birliklarning shakl va mazmun dialektikasi mazmuniy birliklarning to'liq yoki noto'liq shakliy ifodasini topishi masalasini o'rganishdan, bu ikki struktura o'rtasida mutanosib (simmetrik) va nomutanosib (asimmetrik) munosabat mavjudligini aniqlashdan tashqari, sintaktik sinonimiya, sintaktik omonimiya va
o
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
sintaktik polisemiya masalalarini ham qarnrab oladi. Shuning uchun ham sintaktik sinonimiya, sintaktik omonimiya va sintaktik polisemiya masalalarini sinchiklab o'rganish sintaktik birliklarning shakli va mazmuni o'rtasidagi munosabatni chuqurroq yoritishga qulay imkoniyat yaratib beradi. Ko'rinadiki, nutqiy jarayonda mazmuniy birliklar bilan shakliy birliklar o'rtasida ko'pincha nomutanosiblik mavjud bo'ladi. Chunki nutq jarayonida so'zlovchi oz moddiy vositalardan foydalangan holda, ko'proq ma'noni ifodalashga harakat qiladi, so'zlovchining obyektiv olamdan olgan taassuroti to'lig'icha o'z shakliy ifodasini topmaydi. Faqat eng muhim jihatlari fikran ajratiladi va ana shu eng muhim deb ajratilgan jihat o'z shakliy ifodasiga ega bo'ladi. Qolgan tomonlar so'zlashuvchilarning oldindan bilish fondiga va til ko'nikmasiga ko'ra ma'lum bo'ladi. Masalan, bironbir qalam ma'lum bir xontaxta ustida turganligi vaziyatini ko'raylik. Bunda qalamning rangi, shakli, uchining holati, xontaxtaning shakli, rangi, estetik ko'rinishi va boshqa jihatlari bor. So'zlovchi shu vaziyatning axborot tashishi uchun eng muhim jihatlarini tanlaydi va ana shu tanlangan qismlarga mos shakllarni belgilaydi. Shuning uchun mashhur nemis olimi V.Gumboldt nutqda so'zlashuvchilar o'rtasida bir vaqtning o'zida ham tushunish bor va ham tushunmaslik bor, deydi. Shakl bilan mazmunning nisbiy mustaqilligini shunda ham ko'rish mumkinki, ayni bir mazmun turli shakllarga kirishi mumkin (sintaktik sinonimiya). Bir shaklning o'zi esa bir necha mazmunga ham ega bo'lishi mumkin (sintaktik omonimiya). Sintaktik sath birliklaridagi ana shunday shakl va mazmun dialektikasi ayrim asarlarni e'tiborga olmaganda, hali tilshunoslar diqqatini yetarli ravishda jalb etgani yo'q. Bu esa bugungi o'zbek tilshunosligi uchun ushbu mavzuning naqadar dolzarb ekanligini ko'rsatadi. Gapning shakli va mazmuni o'rtasidagi aloqa to'g'risida fikr yuritgan D.Lutfullayeva «gapning mazmuni o'ziga muvofiq shaklni taqozo etar ekan, bu ikki tomonning butunlay nomuvofiqligi haqida gapirib bo'lmaydi. Shakl va mazmuni butunlay muvofiq kelmaydigan gapning o'zi yo'q» ekanini ta'kidlaydi. Lisoniy birliklarning shakl va mazmuni o'rtasidagi munosabatni ifodalashda umumiylik хususiylik dialektikasini ham e'tiborga olamiz. Chunki har qanday lisoniy birlik bevosita kuzatishda хususiy birliklar sifatida namoyon bo'ladi. Хususiy birliklarni qiyoslash, ular o'rtasidagi umumiy jihatlarni topish orqali хususiyliklar ma'lum umumiyliklarga fikran birlashtiriladi. Shunday qilib, har qanday umumiyliklar bevosita kuzatish bosqichida хususiyliklar orqali namoyon bo'ladi.
Gаp bockten sаthidа umumiylik хususiylik diаlеktikаsi mоrfоlоgik shаkl vа sintаktik shаkl, mоrfоlоgik mа'nо vа sintаktik mа'nо munоsаbаti оrqаli ifоdаlаnаdi. Mоrfоlоgik shаkl vа mа'nо sintаktik shаkl vа mа'nоning ichki tоmоnini, nimаdаn
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
tashkil topishini, strukturasini belgilaydi. Funksional tomoni esa gap tarkibida qanday pozitsiyasini egallashni nazarda tutadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. Бердиолиев А. Эргaш гапли кушмо ran кoнструкциялaридa семонтик-сигнификотив породито™^. - Т.: фон, 1989.
2. Гегель. Энцикгопедия филoсoфских HayK. - М.: Мысль, 1974.
3. HypMoHoB А., Йулдошев Б. Тилшушслик Ba тобиий фонлор. - Т.: Шярк;. 2001.
4. Лутфуллоево Д.Э. Тосди; гaплapдa инкop Ba шоклий мозмуний нoмyвoфиклик: Филoл. Фонлори нoмзoди ... дисс. aвтopeф. - Т., 1997.
5. Мaхмyдoв Н.М. Узбек тилидоги сoддa гоплордо семонтик-синтоктик осимметрия. - Т.: Укитувчи, 1984.
6. Мax№yдoв Н., Hypмoнoв А. Узбек тилининг нозорий громмотикоси. - Т.: Ук;итувчи , 1995.
7. Hypмoнoв А. Гоп синтоктик нозориялор. - Т., 1988.
8. Теньер Л. Осшвы стpyктypнoгo синтоксисо. -М., 1988.