Научная статья на тему 'JAHON MIQYOSIDA PAST BOSIMLI SUV MANBALARIDAGI GIDROENERGETIK POTENSIALLARDAN FOYDALANISH HOLATI'

JAHON MIQYOSIDA PAST BOSIMLI SUV MANBALARIDAGI GIDROENERGETIK POTENSIALLARDAN FOYDALANISH HOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
376
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uglevodorod yoqilg’i / gidroenergetik potensial resurs / elektr energiyasi / GES / hydrocarbon fuel / hydropower potential resource / electricity / HPP.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Bozarov, Oybek Odilovich, O‘Sarov, Xamidillo Saydullo O’G’Li, Saydullayeva, Saidaxon Raxmanovna

Ushbu maqolada jahon miqyosida yer osti yoqilg’ilari davlatlararo taqsimlanishi hamda jahonda gidroenergetik potensiallardan foydalanish holatlari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATUS OF HYDRO ENERGY POTENTIAL OF LOW-PRESSURE WATER RESOURCES AT THE GLOBAL LEVEL

This article analyzes the international distribution of underground fuels and the use of hydropower potentials in the world.

Текст научной работы на тему «JAHON MIQYOSIDA PAST BOSIMLI SUV MANBALARIDAGI GIDROENERGETIK POTENSIALLARDAN FOYDALANISH HOLATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAHON MIQYOSIDA PAST BOSIMLI SUV MANBALARIDAGI GIDROENERGETIK POTENSIALLARDAN FOYDALANISH HOLATI

Bozarov Oybek Odilovich

TGTU, doktorant,(DSc).

O'sarov Xamidillo Saydullo o'g'li AQXAI katta o'qituvchisi.

Saydullayeva Saidaxon Raxmanovna

74-IDUM, fizika fani o'qituvchisi.

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jahon miqyosida yer osti yoqilg'ilari davlatlararo taqsimlanishi hamda jahonda gidroenergetik potensiallardan foydalanish holatlari tahlil etilgan.

Kalitv so'zlar: uglevodorod yoqilg'i, gidroenergetik potensial resurs, elektr energiyasi, GES

ABSTRACT

This article analyzes the international distribution of underground fuels and the use of hydropower potentials in the world.

Keywords: hydrocarbon fuel, hydropower potential resource, electricity, HPP.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется международное распространение подземного топлива и использование гидроэнергетического потенциала в мире.

Ключевые слова: углеводородное топливо, ресурс гидроэнергетического потенциала, электроэнергия, ГЭС.

KIRISH

Malumki, hozirgi davrga kelib jahon miqyosida elektr va issiqlik enegiyasiga bo'lgan talab kun sayin ortib borishi kuzatilib, elektr energiyalarni ishlab chiqarishda asosan yer osti uglevodorod yoqilg'ilaridan foydalanilmoqda. Yer osti yoqilg'ilarni yoqish atrof muhit ekologik tizimini buzishdan tashqari, yonilg'ilarni yonishidan chiqqan issiqlik energiyasi planetamizning gravitatsion ta'siri tufayli atmosfera qobig'idan koinotga chiqib keta olmaganligi sababli, yer sirti bo'ylab global isish va parnik effektini hosil qilmoqda. Ushbu hodisa planetamizdagi katta muzlik zahiralarini erishiga va iqlimning global o'zgarishiga olib kelib, ko'plab suv toshqini va shunga o'xshash insoniyat mavjudligiga ofat keltiruvchi hodisalarni ro'y berishiga sabab ham bo'ladi. Bundan tashqari yer osti yoqilg'ilarini hozirgi davrda shiddatli tarzda ishlatilishi natijasida ularning zahirasi keskin kamayib bormoqda. Halqaro

720

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

energiya agentligining ma'lumotlariga ko'ra uglevodorod yoqilg'ilarining asosiy qismlaridan biri bo'lgan neftning jahon miqyosidagi miqdori 1,734 trln. barrelni tashkil etib, yana 53 yilga, tabiiy gaz esa 196,8 trln. m3 ni tashkil qilib, 60 yilga yetishini prognoz qilgan.

1.1-rasm. Mamlakatlardagi 2020 yildagi tabiiy gazning zahirasi. Trln. m3

1.2-rasm. Mamlakatlardagi 2020 yildagi neft zahirasi. Mlrd. Barrel.

Yuqoridagi diagrammalarda neft va gaz yoqilg'isining asosiy qismi joylashgan davlatlarni ko'rishimiz mumkin [1].

Elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi asosiy yonilg'i bo'lgan ko'mirning zahirasi miqdorini Jahon energetika agentligi British Petroleum ning baholashi bo'yicha, (Statistical Review of World Energy 2014; Statistical Review of World Energy 2020) statistik obzorida 2019 yil uchun quyidagicha taqdim etgan [2].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Quyidagi 1-jadvalda jahon miqyosida asosiy ko'mir zahiralari joylashgan davlatlar keltirib o'tilgan. 1-jadval

Jahon miqyosida asosiy ko'mir zahiralari joylashgan davlatlar [2]

№ Mamlakat Ko'mir miqdori, mln.tonna Jahon miqyosidagi ulushi, % № Mamlakat Ko'mir miqdori, mln.tonna Jahon miqyosidagi ulushi, %

1 AQSH 249537 23,33 8 Ukraina 34375 3,21

2 Rossiya 162166 15,16 9 Polsha 26932 2,52

3 Avstraliya 149079 13,94 10 Qozog'iston 25605 2,39

4 Xitoy 141595 13,24 11 Turkiya 11525 1,08

5 Xindiston 105931 9,90 12 Janubiy Afrika Respublikasi 9893 0,92

6 Indoneziya 39891 3,73 13 Yangi Zelandiya 7575 0,71

7 Germaniya 35900 3,36 14 Qolgan mamlakatlar 59905 7,24

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagi jadvallardan ko'rinadiki, neft, gaz, ko'mir yoqilg'ilarining taqsimlanish geologiyasi davlatlararo notekis taqsimlangan. Bu holat uglevodorod yoqilg'ilari kam joylashgan davlatlarning energetik jihatdan boshqa davlatlarga tobe bo'lishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotining rivojlanishi barqaror bo'lmaydi. Yuqorida aytib o'tilgan holat ekologik muammolar bilan bir qatorda insoniyat oldiga o'z mamlakatidagi mavjud imkoniyatlaridan foydalanishga, ya'ni qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Ushbu ish gidroenergetika sohasiga tegishli bo'lgani sababli, jahon miqyosida gidroenergetik potensiallardan foydalanish holatini o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Dunyo daryolarining yalpi nazariy gidroenergetika salohiyati 39100 mlrd. kVt*h ni tashkil etadi [0]. Bu yalpi gidroenergetika salohiyatidan farqli ravishda suv energiyasining texnik jihatdan ishlatilishi mumkin bo'lgan qismini texnik gidroenergetika salohiyati tavsiflaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

Texnik gidroenergetika potentsialini aniqlashda elektr energiyasini ishlab chiqarish bilan bog'liq barcha yo'qotishlar e'tiborga olinadi, shu jumladan, GESlarning oqim yo'lidagi va energetika qurilmalaridagi bosim va quvvat yo'qotishlari, potentsial bosimi past bo'lgan daryolarning yuqori va quyi oqim joylaridagi farqlarning kichikligi tufayli ulardan foydalanishning cheklanganligi, suv omborlari sig'imi yetarli emasligi va GES quvvatining cheklanishi natijasida yuzaga keladigan oqimdan to'liq foydalanishning mumkin emasligi, yer usti suv havzalaridan bug'lanish va suv omborlaridan filtrlash natijasidagi yo'qotishlar kabi omi llarning barchasi hisobga olinadi.

Iqtisodiy jihatdan samarali gidroenergetika salohiyati texnik salohiyatning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo'lgan qismini belgilaydi va uni aniqlash shartli hisoblanadi, chunki iqtisodiy gidroenergetika salohiyati issiqlik elektr stansiyalari bo'lgan muqobil elektr energiyasi manbalari bilan texnik-iqtisodiy taqqoslashga asoslanadi va unda suv resurslaridan kompleks foydalanish samaradorligini to'liq hisobga olinmaydi [3].

Quyidagi 2-jadvalda gidroenergetik salmog'i yuqori bo'lgan mamlakatlar va bu mamlakatlarning mavjud potensialdan elektr energiyasi ishlab chiqishda foydalanish darajasi keltirib o'tilgan.

2-jadval

Salmoqli gidroenergetik potensial resurs va ulardan foydalanuvchi mamlakatlar to'g'risida ma'lumot [3]

Mamlakat Gidroenergetik potensial, ishlab chiqarish O'zlashtirilgan gidroenergetik potensial

Texnik potensial, mlrd.kVt^ h Iqtisodiy potensial, mlrd.kVt^h Quvvat, mlrd.kVt •h Ishlab chiqarish

mlrd.kVt^h Iqtisodiy samaradorlig i, %

Xitoy 2474 1750 171,0 684,0 39

Rossiya 1670 852 49,7 180,0 21

Brazilya 1300 763,5 84,0 365,0 48

Kanada 981 536 72,7 350,0 65

Kongo respublikasi 774 419 2,5 7,2 2

Xindiston 660 442 40,0 123,6 28

AQSH 528,5 376 78,2 308,8 (2000 82

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

g.) 270 (2008 g.)

Tojikiston — 263,5 4,0 16,1 6

Peru 395 260 3,3 19,5 7

Venesuella 260,7 100 14,6 83,0 83

Turkiya 216 130 13,6 46,3 34

2-jadval tahlilidan ko'rinadiki, jahon miqyosida mavjud gidroenergetik saloxiyatdan foydalanishda asosiy e'tibor yuqori bosimli joylardan foydalanish evaziga elektr energiyasi olishga qaratilgan, ya'ni katta GES qurilishlari ustuvor bo'lib, kichik GESlar qurilishiga kam e'tibor qaratilgan.

Mikro GES tizimlarini yaratish va past bosimli suv manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqish uchun bu manbalarning gidroenergetik saloxiyati hisobga olinmagan. Buning natigasida, texnik imkoniyati yuqori bo'lsada ulardagi iqtisodiy gidroenergetik saloxiyati past ko'rsatkichni tashkil etgan. Jahon miqyosida kichik GESlar qurilishi mumkin bo'lgan gidroenergetik salohiyatini o'rganish va ularda kichik va mikro GES lardan foydalanish darajasiga et'ibor qarataylik:

World Small Hydropower Development Report (WSHPDR 13) natijalari shuni ko'rsatadiki, kichik gidroenergetikaning global salohiyati taxminan 173 GVt ni tashkil qiladi. Ushbu ko'rsatkich ma'lum darajada ma'lumotlarning ishonchliligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan keng manbalardan olingan ma'lumotlarni jamlash yo'li bilan olingan. Masalan, texnik-iqtisodiy saloxiyatni asoslash ma'lumotlari rivojlanayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarga qaraganda, rivojlangan mamlakatlarda ko'proq mavjud edi, biroq bu mamlakatlar ham undan foydalanishga kam e'tibor qaratgan.

Kichik gidroenergetikaning dunyodagi ma'lum salohiyatining yarmidan ko'pi Osiyoda, taxminan uchdan bir qismi Evropa va Amerikada joylashgan. Jahon miqyosida 2011/2012 yillarda kichik GESlarning taxminiy o'rnatilgan quvvati (10 MVt gacha) 75 GVtni tashkil qilgan [4]. Kelajakda Afrika qit'asi va Janubiy va Shimoliy Amerika qit'alarida ilgari noma'lum bo'lgan kichik gidroenergetika salohiyati aniqlanishi mumkinligi xaqida aytib o'tilgan.

Gidroenergetika potentsialidagi farqlar doirasi mintaqalar va dunyo mamlakatlari bo'yicha sezilarli darajada notekis taqsimlangan. Butun jahondagi bu gidroenergetik salohiyat xaqida EES EAEC [3] ma'lumotlariga ko'ra, dunyo mintaqalarida maksimal nazariy gidroenergetika salohiyati Osiyo va Okeaniyada (15606 TVt / yil) va eng kami Yaqin Sharqda (yiliga 690 TVt/soat) hisoblanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2018 yil yakunlari bo'yicha dunyo mintaqalaridagi elektr stansiyalarining o'rnatilgan quvvatlari tarkibida GESlar ulushi Yaqin Sharqdagi 5,2 foizdan Markaziy va Janubiy Amerikada deyarli 51 foizgacha bo'lgan. Yirik mamlakatlarning o'rnatilgan quvvatlari tarkibida bu ulushning o'zgarishi diapazoni, masalan, Braziliya - GESlar ulushi 63,7% ga yetadi, Saudiya Arabistonida esa GESlar yo'q. Dunyo mamlakatlaridagi (179 ta davlat) gidroelektrostansiyalarning eng katta ulushi deyarli 100% ni tashkil etuvchi Paragvayga to'g'ri keladi, bu yerda barcha elektr stansiyalarining o'rnatilgan sof quvvati 8761 MVt, shu jumladan GESlar 8760 MVtni tashkil qiladi.

2018 yil yakuniga ko'ra, jahon bo'yicha gidroelektr stansiyalarining o'rnatilgan quvvati nasosli akkumulyatorli elektr stansiyalarini hisobga olgan holda 1283,4 GVtni tashkil etadi [5].

3-jadval

10 MVt quvvatgacha bo'lgan kichik GES lar uchun gidroenergetik potensial resurslarining global taqsimlanishi [4]

Global regionla r Kichik GES lar uchun gidroenergeti k potensial resurslarining global taqsimlanishi , (%) Regionlar Regionlarda gidroenergeti k potensialdan foydalanish, (%) Regionlardag i kichik gidroenergeti k o'rnatilgan quvvati, (MVt) Regionlardag i kichik gidroenergeti k potensial, (MVt)

Osiyo 65,18 Markaziy Osiyo 3,8 183,5 4880

Sharqiy Osiyo 53,8 40485 75312

Janubiy Osiyo 19,7 3563 18077

Janubiy- Sharqiy Osiyo 18,7 1252 6682,5

G'arbiy Osiyo 6,3 489 7754

Yevropa 16,28 Sharqiy Yevropa 78,3 2735 3495

725

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shimoliy Yevropa 94,8 3643 3841

Janubiy Yevropa 39,8 5640 14169

G'arbiy Yevropa 87,4 5809 6644

Amerika 13,26 Karib xavzalari 49,2 124 252

Markaziy Amerika 14,5 599 4166

Janubiy Amerika 18,3 1735 9465

Shimoliy Amerika 86,2 7843 9099

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Afrika 4,57 Afrika 3,3 209 6262

Markaziy Afrika 23,1 76 328

Shimoliy Afrika 62,6 115 185

Janubiy Afrika 11,2 43 383,5

G'arbiy Afrika 11,1 82 742,5

Okean davlatlar i 0,72 Avstraliya va Yangi Zelandiya 33,3 310 932

Tinch okeani orollari mamlakatla ri 33,4 102 306

3-jadvaldan ko'rinadiki, kichik GESlarni qurish Osiyo mamlakatlariga to'g'ri keladi. Bu mamlakatlar orasida Xitoy davlati yetakchilik qiladi. 2000-yillarning boshlariga kelib eng faol gidroqurilish Xitoy tomonidan amalga oshirildi, Ular uchun asosiy potentsial gidroenergetik energiya manbai hisoblanadi. Dunyodagi kichik

Oriental Renaissance: Innovative, 73 VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ------------IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ^ ASI Factor = 1.7

gidroelektrostansiyalarning qariyib yarmi shu mamlakatda joylashgan, shuningdek, dunyodagi eng yirik GES, Yanszi daryosidagi Uch dara va qurilayotgan eng yirik gidroelektr kaskadi, Kongo Demokratik Respublikasida (sobiq Zair) Kongo daryosida xalqaro konsorsium tomonidan 39 GVt quvvatga ega Grand Inga GESi qurilishi rejalashtirilgan. Quyidagi 4-jadvalda Jahonda elektr energiyasining asosiy qismini GES va GAES lar xisobiga ishlab chiqaruvchi davlatlar keltirilgan.

4-jadval

Jahonda elektr energiyasining asosiy qismini GES va GAES lar xisobiga ishlab chiqaruvchi davlatlar (2020 yil uchun) [5].

Hudud Quvvat, GVt

Xitoy 370

Yevropa ittifoqi 152

Brazilya 109

AQSH 103

Kanada 81

Rossiya 52

Xindiston 51

Yaponiya 50

Norvegiya 33

Turkiya 31

Vetnam 18

Yevropa ittifoqida gidroenergetik potentsiali uchun atrof-muhit ekologik chegaralari eng qattiq talab qo'yilganda 79 TVt/yil va eng kam ekologik shartlarda 1710 TVt/yil ni tashkil qiladi. Arzon mikrotexnologiyalar (<100 kVt) imkoniyatlari ham baholanib, daryolardagi gidrokinetik turbinalarning iqtisodiy salohiyati yiliga 1,2 TVt/soatni, suv g'ildiraklarini ishlatish mumkin bo'lgan gidroenergetik salohiyat 1,6 TVt/soatni tashkil etdi [6].

XULOSA

Shunisi axamiyatliki endilikda mavjud gidroresurs energetik potensiallaridan foydalanishda jahon miqyosida past bosimli suv manbaalaridan ham foydalanishga e'tibor qaratildi va past bosimda ishlovchi ishchi g'ildiraklarni va gidroturbinalarni yaratish dolzarb vazifa hisoblanmoqda.

REFERENCES

1. Statistical Review of World Energy 2020 (англ.). Дата обращения: 12 декабря 2020. Архивировано 17 июня 2020 года.

727

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Доклад о мировом развитии малой Гидроэнергетики 2013,. www.smallhydroworld.org, ЮНИДО

3. Emanuele Quarantal, Katalin Bydis, Egidijus Kasiulis, Aonghus McNabola, Alberto Pistocchi. Is There a Residual and Hidden Potential for Small and Micro Hydropower in Europe? A Screening - Level Regional Assessment. Water Resources Management (2022) 36:1745-1762.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.