Научная статья на тему 'JAHON ILM FANI RIVOJIDA ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING TABIATSHUNOSLIK HAQIDAGI QARASHLARINING SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI O‘RNI'

JAHON ILM FANI RIVOJIDA ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING TABIATSHUNOSLIK HAQIDAGI QARASHLARINING SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

364
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sivilizatsiya / ilm-fan / algoritm / algebra / ―Kitab Muxtasab Aljabr val-muqobala‖. / Civilization / science / algorithm / algebra / "Kitab Mukhtasab Al-jabr wal-muqabala".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Islomjon Yuldashevich Mullajonov

Ushbu maqolada jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‗shgan Sharq allomasi va mutafakkiri Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o‗z davrida qo‗lga kiritgan ilmu – fan sohasidagi yutuqlari, ilm-fanning turli yo‗nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the achievements of the scholar and thinker of the East Muhammad ibn Musa al-Khorazmi, who made an invaluable contribution to the development of world civilization, in the field of science, his research in various fields of science, and his encyclopedic knowledge.

Текст научной работы на тему «JAHON ILM FANI RIVOJIDA ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING TABIATSHUNOSLIK HAQIDAGI QARASHLARINING SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI O‘RNI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

JAHON ILM FANI RIVOJIDA ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN MUSO AL-XORAZMIYNING TABIATSHUNOSLIK HAQIDAGI QARASHLARINING SIVILIZATSIYA RIVOJIDAGI O'RNI

Islomjon Yuldashevich Mullajonov

Chirchiq OTQMBYU Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo'shgan Sharq allomasi va mutafakkiri Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy o'z davrida qo'lga kiritgan ilmu - fan sohasidagi yutuqlari, ilm-fanning turli yo'nalishlaridagi izlanishlari va qomusiy bilimlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Sivilizatsiya, ilm-fan, algoritm, algebra, "Kitab Muxtasab Al-jabr val-muqobala"

This article discusses the achievements of the scholar and thinker of the East Muhammad ibn Musa al-Khorazmi, who made an invaluable contribution to the development of world civilization, in the field of science, his research in various fields of science, and his encyclopedic knowledge.

Keywords: Civilization, science, algorithm, algebra, "Kitab Mukhtasab Al-jabr wal-muqabala".

Buyuk matematik, astronom va geograf Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy - dunyo ilm faniga mislsiz ulkan hissa qo'shgan alloma, Algebra fani va Algoritm terminlarining "otasi", buyuk matematik, tarixchi, falakkiyotshunos, geograf sifatida butun dunyoga mashhur. Buyuk alloma vatandoshimizning shaxsiy hayoti haqidagi ma'lumotlar nihoyatda kam miqdorda saqlanib qolgan.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy VIII asrning oxiri va IX asrning birinchi yarmida yashab ijod etdi. Bu davrda Markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirar edi. Rivojlanib kelayotgan mavjud tuzum taqozo qilgan ijtimoiy-iqtisodiy talablar bu davrdagi taraqqiyot jarayonining asosiy omillaridan biri bo'ldi. Qurilish, savdo-sotiq, hunarmandchilik, dehqonchilik va boshqa sohalarni yanada taraqqiy ettirish uchun astronomiya, geodeziya, geometriya kabi fanlarni rivojlantirish zaruriyati tug'ildi. O'sha davrning ilg'or olimlari bu fanlarning amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega bo'lib, Muhammad

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Xorazmiy esa shu olimlarning peshqadami va yo'lboshchisi edi.

January, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'rta asrlar davrida Markaziy Osiyo hududida mavjud bo'lgan madaniyat, ilm - fan va ma'naviy ma'rifiy yutuqlar ham qadimiy hususiyatga ega bo'lib, bu hududda ham ilgari surilgan g'oyalar, yaratilgan asarlar va ilgari surilgan ta'limotlar ham jahon fani va madaniyatida o'z o'rni va mavqeiga egadir.

Ayniqsa, O'rta asrlarda Yaqin Sharq, xususan, Markaziy Osiyoda vujudga kelgan ilmu - fan va madaniyat rivoji yaqqol ko'zga tashlanadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, "...Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po'rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan Sharq uyg'onish davri - Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan"[1].

Bu davrda yuz bergan ma'naviy - madaniy yuksalish natijasida jahon ilmu -fanini yanada rivojlantirgan bir qator mutafakkir olimlar, qomusiy bilim egalari, jumladan, Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, shuningdek, A.Temur va Temuriylar davrida yashab ijod etgan Mirzo Ulug'bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko'plab olimlarni tilga olib o'tish mumkin. Buyuk mutafakkirlar orasida o'zining tengsiz yutuqlari va qimmatli g'oyalari bilan ajralib turuvchi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy ham o'z davri fani va madaniyatiga ulkan hissa qo'shgan.

Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma'lumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi bo'yicha ko'plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan bo'lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari «algoritm» va «algebra» kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.

Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Allomaning dunyo ilm-fani rivojidagi xizmatlari umume'tirof etilgan bo'lib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi" [ 1 ].

Hozirgi davr zamonaviy texnologiyalari va umuman insoniyat yaratgan texnosfera algoritm asosida ishlamoqda. Algoritmlar qadimgi Bobil, Yunoniston davlatlarining fani bilan

January, 2023

336

chambarchas bog'liq. Biroq, uni yanada takomillashtirgan holda, "Algoritm algebraik masalalarni yechish usuli sifatida bundan o'n ikki asr oldin Al-Xorazmiy tomonidan qo'llanilgan"[2].

XII asrda «Al-jabr» kitobi lotin tiliga «Algebra», muallifining ismi esa «Algorizmi» deb tarjima qilinishi keyinchalik bu atamaning «Algorizm» deb atalishiga olib keldi[2].

Algoritm usuli orqali odatda algebraik amallarni ketma - ketlikda bajaralishi bugungi kunga kelib, murakkab qurilmaga ega bo'lgan texnologiyalarni boshqarishni asosini ham tashkil etmoqda. Transformatsiyalanish natijasida algoritm matematika, kibernetika va boshqa shu kabi fanlarning o'rganish sohasidan kengroq doiraga ko'tarildi.

Natijada jamiyatning deyarli barcha sohalarida algoritm metodi keng miqyosda qo'llanila boshlandi.

Fan va texnikaning rivojlanishi bilan bog'liq holda «algoritm» tushunchasi va uning mazmuni kengaymoqda, rivojlanmoqda, umumiy algoritmni yaratish muammosi yuzaga kelmoqda. Algoritm nazariyasi asrimizning ulkan yutug'i hisoblanadi. Keng ma'noda, algoritm - eng avvalo, masalani yechishning to'g'ri tanlangan usulidir. Algoritmlarni avtomatik qurilmalar (telefonlar, kassa apparatlari)ning ishlash prinsiplari sifatida ham tasavvur etish mumkin. Sayyohlik yo'nalishlari, ma'lumotnomalar, eshik qulflarini ochish qoidalari, dorilarni tayyorlash yo'l-yo'riqlari, pazandalik retseptlari - bularning barchasi algoritmlardir.

Hozirgi kunda dunyodagi barcha mashina, mexanizm va avtomatlar, transport, aviatsiya, kosmonavtika va aloqa vositalari algoritm yordamida ishlasa-da, algoritm atamasi Al-Xorazmiy nomidan olinganligini bu sohalarda ishlovchi barcha mutaxassislar ham bilishmaydi. Bu borada chuqur tadqiqotlar olib borgan O. F. Fayzullayevning ijodini alohida qayd etish lozim. U algoritm metodini falsafiy-metodologik jihatdan tahlil qilishga alohida e'tibor qaratgan. Olimning ishlarida algoritm metodining universal xususiyati, uni jamiyatning deyarli barcha sohalarida uchratish mumkinligi qayd etilgani holda, umumilmiy metod darajasiga ko'tarilayotgani izohlangan.

Hozirgi kunda biz foydalanayotgan o'nlik pozitsion hisoblash tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini yaratilishi, algebra faniga asos solinishi shuningdek, astronomiya, geografiya va boshqa fanlarda ilgari surilgan ilmiy g'oyalar bugungi kunga qadar o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q.

Xorazmiy, yuqorida qayd etganimizdek, dunyoga birinchi navbatda o'zining - "Kitab Muxtasab Al-jabr val-muqobala" ("Tiklash va qarama qarshi qo'yish haqida muxtasar kitob") asari

January, 2023

ЭЭ?

bilan mashhur. Asar nomining so'zma-so'z ma'nosi shundan iborat: "Al-Jabr" -tiklash va "val-Muqobala" -qarama qarshi qo'yish. Bularning Xorazmiy asaridagi tom ma'nosi va mohiyati, asarda tahlil qilingan chiziqli va ikkinchi darajali tenglamalarni yechish jarayonida, tarixda ilk marotaba Xorazmiy tomonidan qo'llanilgan usul - tenglamaning ma'lum va noma'lum hadlarini guruhlash, ya'ni tenglikning o'ng tarafiga ma'lum qiymatlarni, chap tarafiga esa noma'lumlarni tartiblash - "Tiklash", ularni o'zaro matematik amallar yordamida soddalashtirish , qisqartirish va yechish - "Qarama qarshi qo'yish" deb atalganligidir. Ushbu asar nomidagi "Al-Jabr" so'zidan keyinchalik talaffuzdagi o'zgarishlar (Yevropa tillari tufayli) "Algebra" so'zi paydo bo'ldi.

Mazkur asarning asl qo'lyozma matni yo'q bo'lib ketgan, ammo uning 1140 yilda ingliz matematigi Robert Chesterski tomonidan tarjima qilingan lotin tilidagi nusxasi saqlanib qolgan. Bu asar nomi "Book Algebra and al-mukabala" bo'lib, hozirda Kembridjda saqlanadi. Shuningdek, "Al-jabr val-muqobala" ning ispaniyalik yahudiy Ioann Sevilskiy tomonidan o'girilgan tarjima nusxasi ham mavjud bo'lib, uni mazkur muallif o'zining "Boshlang'ich arifmetika" asarining birinchi qismiga kiritgan.

Kitob mantiqan ikki qismga bo'lib tasnif qilingan: Nazariy va Amaliy qismlar.

Nazariy qismda Xorazmiy birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarning yechish muammolari, ularning ma'lum qoida va belgilari bo'yicha tasniflash (klassifikatsiya) borasida so'z yuritadi va aniq misollar yordamida mazkur turdagi tenglamalarning yechish usullarini keltiradi.

Xorazmiy tenglamalarni quyidagi sinflarga bo'lib o'rganishni tavsiya etadi:

1) Kvadratlar ildizlarga teng, misol 5x2=10;

2) Kvadratlar songa teng; masalan, 5x2=80;

3) Ildizlar songa teng; masalan, 4x=20;

4) Ildizlar ham kvadratlar ham songa teng; masalan, x2+ax+b=c;

5) Kvadratlar va sonlar ildizlarga teng; masalan, x2+21=10x

6) Ildizlar va sonlar kvadratlarga teng; masalan, 3x+4=x2

Xorazmiy "Al-jabr val-muqobala" ning bu qismda 40 ta turli murakkablikdagi misollar yordamida ushbu turlardagi tenglamalarning yechish usullarini batafsil bayon etarkan, shuningdek, ularning isbotini geometrik shakllar yordamida ham yaqqol, ya'ni, amaliy ko'rsatib boradi. Shuningdek "Al-jabr val-muqobala" ning bu qismda geometriyaga oid masalalar, asosan, shakllarning yuzasi va hajmini hisoblashga doir muammolarning yechimlari bayon qilinadi. Xususan, "O'lchovlar haqida bob" da u turli xil ko'pyoqlarning yuzini hisoblash usullari va formulalari, aylaning yuzasini

January, 2023

338

ISSN: 2181-1Э85

Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

aniqlash formulasi va piramidaning hajmini hisoblash formulalarini batafsil mulohaza^ yoráamida keltirib o'tadi.

Amaliy qismda esa, muallif, "Al-jabr val-muqobala"da keltiгilgan matematik tenglamalaming amaliy qo'llash muammolarini ko'гib chiqadi va mamlakatda sun"iy suv yo'llaгi (kanallaг) qurish, yeг maydonlaгini o'lchash, xo'jalik va maishiy masalala^ shuningdek "Al jato val-muqobala"da, shaгiat qonunlaгi asosida meros taqsimoti masalalari kabilarga tatbiq etishga misol^ va yo^qnoma^ keltiгilgan alohida bob - "Vasiyat^ kitobi" mavjud bo'lib, bu esa, Xo^miyning musulmon shariati qonun qoidalaridan ham mukammal ilmga ega bo'lganligi va uning yuksak faqihlik salohiyatidan darak beradi.

Al-Xo^miy o'z davгida qo'lga kiгitgan ilmu - fan sohasidagi yutuqlarini yanada chuquiroq o'гganish talab etiladi. Zero, Birinchi Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "O'rta asгlaг Sharq allomalaгi va mutafakkiriarining qo'lyozmalaгi Yevгopa va Osiyoning Buyuk Britaniya, Geгmaniya, Ispaniya, Rossiya, Fransiya, Misг, Hindiston, Eгon va boshqa ko'plab mamlakatlaridagi kutubxonalaming "oltin fond"ini tashkil etadi. Bu fakt^ nimadan dalolat beгadi? Bu, eng avvalo, o'гta asгlaгda yashab, ijod etgan buyuk Shaгq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma'naviy mulki ekanini yana Ыг bor tasdiqlaydi. Bu - bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, ke^ bo'lsa, yangi kashfiyotlaг uchun ajoyib materiald^"^].

1983-yili YUNESKOning qarori bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xoгazmiyning 1200 yillik yubileyi o'tkazildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yurtimizdan yetishib chiqqan Xo^miy, Faгg'oniy, Faгobiy, ibn Sino, Bemniy va boshqa buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi haqli ravishda umumbashariy mulkka aylangan. Mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuquг o'гganilishi boshlanganligini o'zi bú" katta yutuqdir.

Bugun, oradan deyaгli ming yil o'tganidan keyin ham biz o'rta asriaráa yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi гivojiga bebaho hissa qo'shgan Sha^ allomalaгi va mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning tuгli yo'nalishlaгidagi izlanishlari va qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski, insoniyat boshidan kechirgan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan buyuk merosning, aytish mumkinki, mingdan bir qismigina bizgacha

yetib kelgan, xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

qilgan muayyan davrlarida olimlarning quvg'in va ta'qibga uchrab, ko'pchiligining hayoti fojiali yakun topganini hozirgi kunda tasavvur qilishning o'zi qiyin.

Biroq, barcha qiyinchilik va ayovsiz sinovlarga qaramasdan, alloma va mutafakkirlar o'zlarining ilmu fan rivoji yo'lidagi burchiga, gumanizm va ma'rifat g'oyalariga sodiq qoldilar.

Bu ulug' zotlarning ilm-fan sohasiga baxshida etgan hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma'rifatli insoniyatni hayratga solib kelayotgan yutuqlari - bu, hech shubhasiz, haqiqiy ma'naviy jasorat namunasi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor va biz bunday jasorat oldida bosh egib ta'zim qilamiz.

REFERENCES

1. Karimov I.A. "O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati" mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. 2014 — yil 15 — may.

2. Файзуллаев А. Ф. Возникновение и развитие понятия «алгоритм» // Классическая наука Средней Азии и современная мировая цивилизация / Под ред. П. К. Хабибуллаева и А. Ф. Файзуллаева. — Ташкент: Фан, 2000. — С. 56—60.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.