Научная статья на тему 'ISTIQBOLLI BAKTERIYA SHTAMMLARINING FITOGORMON HOSIL QILISH FAOLLIGIGA UGLEVOD MANBAINING TA`SIRI'

ISTIQBOLLI BAKTERIYA SHTAMMLARINING FITOGORMON HOSIL QILISH FAOLLIGIGA UGLEVOD MANBAINING TA`SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bacillus megaterium 7 / Bacillus megaterium 9 / Pantoea agglomerans / Lactiplantibacillus plantarum 3 / Lactiplantibacillus plantarum 5 / fitogormon / gibberillin kislota / indolil-3-sirka kislota.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Maxkamov Amirjon Muxammad O‘G‘Li, Turayeva Bahora Ismoilovna, Keldiyorov Xudoyar Otamurodovich

Ushbu maqolada yuqori antifungan faollikka ega Bacillus megaterium 7, Bacillus megaterium 9, Pantoea agglomerans, Lactiplantibacillus plantarum 3 va Lactiplantibacillus plantarum 5 bakteriya shtammlarining gibberillin kislota (GK) hamda indolil-3-sirka kislota (ISK) hosil qilish faolligiga ozuqa muhitidagi uglevod manbai turining ta`siri natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijasida bakteriya shtammlari kartoshka dekstrozali hamda kartoshka melassali ozuqa muhitlarida eng ko‘p miqdorda GK va ISK hosil qilganligi aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISTIQBOLLI BAKTERIYA SHTAMMLARINING FITOGORMON HOSIL QILISH FAOLLIGIGA UGLEVOD MANBAINING TA`SIRI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

ISTIQBOLLI BAKTERIYA SHTAMMLARINING FITOGORMON HOSIL QILISH FAOLLIGIGA UGLEVOD

MANBAINING TASIRI

1Maxkamov Amirjon Muxammad o'g'li, 2Turayeva Bahora Ismoilovna, 3Keldiyorov

Xudoyar Otamurodovich

1III-bosqich tayanch doktorant, Sh.Rashidov nomidagi SamDU Biokimyo instituti 2PhD, katta ilmiy xodim, O'zRFA Mikrobiologiya instituti 3B.f.n. proff., Sh.Rashidov nomidagi SamDU Biokimyo instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.13837175

Annotatsiya. Ushbu maqolada yuqori antifungan faollikka ega Bacillus megaterium 7, Bacillus megaterium 9, Pantoea agglomerans, Lactiplantibacillus plantarum 3 va Lactiplantibacillusplantarum 5 bakteriya shtammlarining gibberillin kislota (GK) hamda indolil-3-sirka kislota (ISK) hosil qilish faolligiga ozuqa muhitidagi uglevod manbai turining ta'siri natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijasida bakteriya shtammlari kartoshka dekstrozali hamda kartoshka melassali ozuqa muhitlarida eng ko'p miqdorda GK va ISK hosil qilganligi aniqlangan.

Kalit so'zlar: bacillus megaterium 7, Bacillus megaterium 9, Pantoea agglomerans, Lactiplantibacillus plantarum 3, Lactiplantibacillus plantarum 5, fitogormon, gibberillin kislota, indolil-3-sirka kislota.

So'nggi yillarda Bacillus megaterium va boshqa mikroorganizmlar tuproqdagi fosfor va kaliyni o'simlik o'zlashtiradigan shaklga aylantiruvchi hamda o'simlikning o'sishini boshqaruvchi, patogenlarga qarshi biokontrol agent sifatida qishloq xo'jaligida keng qo'llanilib kelinmoqda [1]. Mixal Pilak va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ozuqa muhiti tarkibidagi turli uglerod hamda azot manbai Arthrobacter, Pseudomonas va Rhodococcus avlodiga mansub bakteriya shtammlarining ko'payishiga, ikkilamchi metabolitlar hosil qilishiga tasiri aniqlangan [2]. Sanoat miqyosida foydalaniladigan sut achituvchi bakteriyalarning ekzopolisaxaridlar hosil qilishi, yashovchanligini oshirishda turli uglevod manbaidan foydalanish shtammlarning yashovchanligining ortishi hamda ikkilamchi metabolitlar hosil qilishiga samarali tasir ko'rsatganligi aniqlangan [3-4]. Mikroorganizmlardagi fiziologik-biokimyoviy jarayonlarga, hamda gibberillin, auksin, sitokinin va absizin kislota singari fitogormonlar sinteziga ozuqa muhit tarkibi, pH ko'rsatkichi, harorat kabi omillar tasir etishi aniqlangan [5-8]. Ishlab chiqarish jarayonlarida mikroorganizmlardagi fiziologik jarayonlarning borishi va metobolitlarning jadal ishlab chiqarilishida optimal muhitni tanlash muhim sanaladi. Tadqiqotlar davomida o'simliklardan ajratib olingan bakteriya shtammlarining kartoshka dekstrozali suyuq ozuqa muhitida faol ko'payishi aniqlangan.

Tadqiqot uchun kartoshka dekstrozali (KD - desktroza 20 g/l, pH 6,0), kartoshka glukozali (KG - glukoza 20g/l, pH 6,0), kartoshka saxarozali (KS - saxaroza 20g/l, pH 6,0), kartoshka melassali (KM - melassa 20g/l, pH 6,0) suyuq ozuqa muhitlari tayyorlandi. Bakteriya shtammlari 30° C haroratda 120 soat davomida inkubatsiya qilindi. Inkubatsiyaning 24, 48, 72, 96 va 120 soatlarida ozuqa muhitidagi GK va ISK UV-5100 spektrofotometri yordamida miqdoriy analiz qilindi.

Bacillus megaterium 7 shtammi KD, KG, KS, KM ozuqa muhitlarining barchasida inkubatsiyaning 48 - soatida eng yuqori miqdorda ISK hosil qilganligi aniqlandi. Bunda ISK KS

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

ozuqa muhitida eng kam - 1107,2 ^g/ml miqdorda hosil bo'ldi. ISK miqdori KG muhitida 1346,7 ^g/ml, KD muhitida 1519,6 ^g/ml va KM muhitida 1545,9 ^g/ml ni tashkil etdi. Eng yuqori ko'rsatkich KM ozuqa muhitida bo'lib, KM ozuqa muhitida KS ozuqa muhitiga nisbatan 438,7 ^g/ml ga ko'p ISK hosil bo'lganligi aniqlandi. Bacillus megaterium 7 shtammi 72 - soatda eng ko'p GK hosil qilganligi aniqlandi. GK ning eng kam hosil bo'lishi KS ozuqa muhitida kuzatilib 941,1 ^g/ml ni, eng ko'p miqdori KM muhitida hosil bo'lib 1599,1 ^g/ml ni tashkil etganligi va KM ozuqa muhitida KS muhitidagiga nisbatan 658,0 ^g/ml ga ko'p GK hosil qilganligi aniqlandi. Shuningdek, KG muhitida 1246,3 ^g/ml va KD muhitida 1509,7 ^g/ml GK hosil bo'lganligi aniqlandi.

Bacillus megaterium 9 shtammi KG, KS, KM va KD ozuqa muhitlarida inkubatsiyaning 48 - soatida eng yuqori miqdorda ISK hosil qildi. Bu ko'rsatkichlar mos tarzda 854,6 ^g/ml, 944,0 ^g/ml, 1388,1 ^g/ml va 1472,3 ^g/ml ni tashkil etdi. Bacillus megaterium 2 shtammi KD ozuqa muhitida eng ko'p miqdorda ISK hosil qilib, bu ko'rsatkich KG ozuqa muhitidagiga eng past ko'rsatkichga nisbatan 618,3 ^g/ml ga ko'p ekanligi aniqlandi. Shuningdek, GK barcha ozuqa muhitlarda 72 - soatda eng yuqori miqdorda hosil bo'lganligi aniqlandi. KD muhitida 1810,5 ^g/ml, KM muhitida 1802,4 ^g/ml, KG muhitida 1798,3 ^g/ml va KS muhitida 1591,0 ^g/ml GK hosil bo'lganligi aniqlandi. Bunda eng yuqori ko'rsatkich KD muhitida bo'lib, KSB muhitidagi eng past ko'rsatkichdan 219,5 ^g/ml ga yuqori ekanligi aniqlandi.

Pantoea agglomerans shtammining ISK hosil qilishi KG, KD va KM ozuqa muhitlarida inkubatsiyaning 48 - soatida, KS muhitida 72 soatida eng yuqori miqdorda bo'lganligi aniqlandi. KG muhitida 736,1 ^g/ml, KS muhitida 928,2 ^g/ml, KD muhitida 1372,3 ^g/ml, KM muhitida 1551,2 ^g/ml bo'lib, KG muhitida eng kam va KM muhitida eng ko'p miqdorda ISK hosil qilganligi aniqlandi. Pantoea agglomerans shtammi KM muhitida KG muhitidagiga nisbatan 815,1 ^g/ml ko'p ISK hosil qilganligi aniqlandi. Xuddi shunday, 72 - soatda barcha variantlarda GK ning miqdori eng yuqori ko'rsatkichlarda bo'lganligi va KS, KG, KD, KM ozuqa muhitlarida mos tarzda 1079,0 ^g/ml, 1414,2 ^g/ml, 1710,9 ^g/ml va 1743,4 ^g/ml miqdorda hosil bo'lganligi aniqlandi. GK ning eng yuqori miqdori KM muhitida aniqlanib KS muhitidagiga nisbatan 664,4 ^g/ml ga ko'p ekanligi aniqlandi.

Lactiplantibacillus plantarum 3 shtammining ISK hosil qilish ko'rsatkichi barcha variantlarda 48 - soatda eng yuqori miqdorda bo'lib, eng pasti natija - 1314,4 ^g/ml KS muhitida va eng yuqorisi - 2432,1 ^g/ml KD muhitida aniqlandi. Bunda KD muhitida KS muhitida o'stirilganiga nisbatan 1117,7 ^g/ml ga ko'p ISK hosil qilganligi aniqlandi. Undan tashqari eng yuqori ko'rsatkichga yaqin natija KM muhitida aniqlanib 2391,6 ^g/ml ni tashkil etganligi, KG muhitida esa bu ko'rsatkich 1992,1 ^g/ml bo'lganligi aniqlandi. Ushbu shtammning GK hosil qilishi o'rganilganda KD va KM muhitlarida 72 - soatda, KG va KS muhitlarida 96 - soatda eng ko'p miqdorda fitogormon hosil bo'lganligi aniqlandi. GK ning hosil bo'lishi KSB muhitida eng kam - 401,9 ^g/ml va KMB muhitida eng yuqori - 728,7 ^g/ml miqdorda bo'lganligi aniqlandi. Bunda KM muhitida KS muhitiga qaraganda 326,8 ^g/ml ko'p GK hosil bo'lganligi kuzatildi. Shuningdek, KD muhitida 628,7 ^g/ml va KG muhitida 643,3 ^g/ml GK hosil bo'lganligi aniqlandi.

Lactiplantibacillus plantarum 5 shtammining turli uglevod manbaidagi fitogormon hosil qilish faolligi aniqlanganda ham eng yuqori ISK hosil qilish inkubatsiyaning 48 soatida aniqlandi. Bunda KG muhitida 1445,9 ^g/ml ISK aniqlanib, bu variantlar orasidagi eng past natijani tashkil etdi. Eng past natijaga yaqinroq ko'rsatkich KS muhitida kuzatilib 1535,4 ^g/ml ni, KD muhitida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

1746,4 ^g/ml ni tashkil etganligi, eng yuqori yuqori miqdori KM muhitida bo'lib, 1987,3 ^g/ml ni tashkil etganligi aniqlandi. KM muhitidagi ISK KG muhitidagiga nisbatan 541,4 ^g/ml ga yuqori ekanligi aniqlandi. Lactiplantibacillus plantarum 5 shtammining GK hosil qilishining eng yuqori darajasi KD, KM, KS muhitlarida 72 - soatda va KG muhitida 96 - soatda kuzatildi. Variantlar bo'yicha GK ning eng quyi darajasi KG ozuqa muhitida - 1043,6 ^g/ml ni va eng yuqori miqdori - 1128,1 ^g/ml KS muhitida aniqlandi. KS muhitidagi GK KG muhitidagiga qaraganda 84,5 ^g/ml ga yuqori ekanligi aniqlandi. Shuningdek, KD va KM muhitlarida hosil bo'lgan GK miqdori nisbatan yaqin bo'lib, mos ravishda 1054,9 va 1053,4 ^g/ml ni tashkil etdi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra ajratib olingan istiqbolli bakteriya shtammlarining barchasida KD va KM ozuqa muhitlarida ko'p miqdorda GK va ISK hosil bo'lganligi aniqlandi. Uglevod manbai sifatida vinochilik zavodlarida qolgan chiqindi mahsulot - melassadan foydalanish, biopreparat ishlab chiqarishda ozuqa tannarxini arzonlashtirishi hamda iqtisodiy samarador ekanligini inobatga olgan holda KM ozuqa muhiti bakteriya shtammlari inkubatsiyasi uchun optimal muhit sifatida tanlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. B. Yagmur and A. Gunes, "Evaluation of the effects of plant growth promoting rhizobacteria (PGPR) on yield and quality parameters of tomato plants in organic agriculture by principal component analysis (PCA)," Gesunde Pflanz, vol. 73, no. 2, pp. 219-228, 2021.

2. Pylak, M.; Oszust, K.; Fr ,ac, M. Optimization of Growing Medium and Preservation Methods for Plant Beneficial Bacteria, and Formulating a Microbial Biopreparation for Raspberry Naturalization. Agronomy 2021, 11, 2521. https://doi.org/ 10.3390/agronomy11122521

3. Zhang et al., Optimization of culture medium for Lactobacillus bulgaricus using Box-Behnken design. Acta Universitatis Cibiniensis Series E: FOOD TECHNOLOGY Vol. XXI (2017), no. 1

4. Paulo, E. M., Vasconcelos, M. P., Oliveira, I. S., Affe, H. M. D. J., Nascimento, R., & Melo, I. S. D., et al. (2012). An alternative method for screening lactic acid bacteria for the production of exopolysaccharides with rapid confirmation. Ciência E Tecnologia De Alimentos, 32(4), 710-714.

5. Egamberdieva D, Wirth SJ, Alqarawi AA, Abd_Allah EF and Hashem A (2017) Phytohormones and Beneficial Microbes: Essential Components for Plants to Balance Stress and Fitness. Front. Microbiol. 8:2104. doi: 10.3389/fmicb.2017.02104

6. Bottini, R., Cassán, F., and Piccoli, P. (2004). Gibberellin production by bacteria and its involvement in plant growth promotion and yield increase. Appl.Microbiol. Biotechnol. 65, 497-503. doi: 10.1007/s00253-004-1696-1

7. Etesami, H., Alikhani, H. A., and Hosseini, H. M. (2015). Indole-3-acetic acid (IAA) production trait, a useful screening to select endophytic and rhizosphere competent bacteria for rice growth promoting agents. MethodsX 2, 72-78. doi: 10.1016/j.mex.2015.02.008

8. Karadeniz, A., Topcuoglu, S,, and " Inan, S. (2006). Auxin, gibberellin, cytokinin and abscisic acid production in some bacteria. World J. Microbiol. Biotechnol. 22, 1061-1064. doi: 10.1007/s11274-005-4561-1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.