Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSΦ NI TEXNIK IQTISODIY KO’RSATGICHLARIGA TA’SIRI'

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSΦ NI TEXNIK IQTISODIY KO’RSATGICHLARIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
110
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
energetika / elektrlashtirish / Ishlab chiqarish va sanoat korxonalari / texnologik jarayonlar / avtomatlashtirish / quvvat koeffitsienti. / energy / electrification / manufacturing enterprises / technological process / automation / power factor.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Ismoilov Hasanboy Abduvali O’g’li, Umarov Bahodir Nasibxon O’g’li

Ushbu maqola sanoat korxonalarida Ishlab chiqarish va elektr energiyasini iste’moli vaqtida quvvat koefitsienti cos φ ni oshirish uslublari va sanoat korxonalarni texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarga ta’sirini ko’rsatib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COSPH TECHNICIAN IN PRODUCTION ENTERPRISES IMPACT ON ECONOMIC INDICATORS

The article describes the methods of increasing the cost of electricity consumption in manufacturing enterprises and their impact on the technical and economic performance of the enterprise.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSΦ NI TEXNIK IQTISODIY KO’RSATGICHLARIGA TA’SIRI»

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSФ NI TEXNIK IQTISODIY KO'RSATGICHLARIGA TA'SIRI Ismoilov Hasanboy Abduvali o'g'li

Namangan muhandislik-qurilish instituti Umarov Bahodir Nasibxon o'g'li

Namangan muhandislik-qurilish instituti https://doi.org/10.5281/zenodo. 7238121

Annotatsiya: Ushbu maqola sanoat korxonalarida Ishlab chiqarish va elektr energiyasini iste 'moli vaqtida quvvat koefitsienti cos ф ni oshirish uslublari va sanoat korxonalarni texnik iqtisodiy ko'rsatgichlarga ta'sirini ko'rsatib o'tilgan.

Kalit so'zlar: energetika, elektrlashtirish, Ishlab chiqarish va sanoat korxonalari, texnologik jarayonlar, avtomatlashtirish, quvvat koeffitsienti.

COSPH TECHNICIAN IN PRODUCTION ENTERPRISES IMPACT ON ECONOMIC INDICATORS

Abstract: The article describes the methods of increasing the cost of electricity consumption in manufacturing enterprises and their impact on the technical and economic performance of the enterprise.

Keywords: energy, electrification, manufacturing enterprises, technological process, automation, power factor.

ТЕХНИК-КОСПИЧ НА ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ ВЛИЯНИЕ НА ЭКОНОМИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ

Аннотация: В данной статье показаны методы повышения коэффициента мощности cos ф при производстве и потреблении электроэнергии на промышленных предприятиях и влияние на технико-экономические показатели промышленных предприятий.

Ключевые слова: энергетика, электрификация, производственные и промышленные предприятия, технологические процессы, автоматизация, коэффициент мощности.

KIRISH

Ishlab chiqarish korxonalarni elektr yuklamalari va elektr energiyani istehmoli ishlab chiqarilayatgan maxsulotni turi va miqdori, texnologik jarayonni mexanizatsiyalanganligi va avtomatlashtirilganligini darajasi, mazkur ishlab chiqarishni sanitariya va gigiena talablari, ishchi va xizmatchilarni mehnatini muxofaza qilish va lozim bo'lgan ish sharoitlarini yaratish ko'rsatkichlariga bog'liq. Bahzi sanoat korxonalarini elektr energiya istehmolchilarini o'rnatilgan quvvat miqdorlari million kilovat va undan yuqori bo'lishi mumkin [1].

Ishlab chiqarish korxonalarida asosan asinxron dvigatellar, payvandlash va boshqa maxsus transformatorlar, kontaktor va relelarni g'altaklari, elektr uzatish liniyalari aktiv va reaktiv quvvatni ham iste'mol qiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Ma'lum bo'lganidek, aktiv quvvat o'zgarmasligida reaktiv quvvat qancha katta bo'lsa, quvvat koeffitsienti shuncha past. cos ф-ni elektir qabul qilgichlarni alohida toifalari uchun qiymati katta darajada ularni spetsifik xususiyatlari va ish rejimlariga bog'liq. Masalan, ish rejimlari tsiklli bo'lgan dastgox uskunalari, qaytaqisqa ish rejimli tsex kranlari, elektr payvandlash transformatorlari, induktsion elektr pechlari cos ф-si past guruhlarga qaraydilar. SHu bilan birga

qarshilikli elektr pechlari, qurituvchi apparat va shkaflarga o'xshash qabul qilgichlar cos 9-ni yuqori (birga yaqin) qiymatlariga egalar [2].

Quvvat koeffitsientini ko'tarish usullari. Reaktiv quvvatni kattagina qismini istehmol qilib, asinxron dvigatellar korxonani cos 9-siga anchagina katta tahsir qiladilar. Asinxron dvigatellarni quvvat koeffitsienti ularni yuklanganlik darajasiga bog'liq va yuklanganlik pasayganda sezilarli kamayadi. Asinxron dvigatellarni salt ishlashida sos 9 = 0,1-0,25. SHuning uchun texnologik uskunalarni salt rejimda ishlashiga yoki kam yuklanishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Transformatorlarni ham yetarlicha yuklanmasligi korxonani quvvat koeffitsientini pasayishiga olib keladi. Transformatorni salt ishida cos 9 = 0,1-0,2. Texnologik uskunalarni ish rejimi kattagina darajada quvvat koeffitsientini qiymatiga tahsir qiladi. Uzuluvchi texnologik jarayonlar hamda tashkil etish va sozlashga katta vaqt talab etadigan jarayonlar, davomiy yordamchi va tayyorlovchi amallar, qoidadagidek, korxonani quvvat koeffitsientiga salbiy tahsir qiladilar. Elektr uskunalarini quvvat koeffitsienti ularni turi, konstruktiv bajarilishi va ishlatilish xolatiga ham bog'liq. Masalan, yuqori volg'tli, sekin aylanuvchi asinxron dvigatellar past sos 9-ga ega.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Asinxron dvigatellarni nominal tezligi qancha katta bo'lsa, ularni sos 9-si shuncha yuqori. Asinxron dvigatellarning sifatsiz tahmirlanishidan keyin havo oralig'ini ko'payishi magnitlovchi toklarni ko'payishiga olib keladi va, demak, dvigatelni sos 9-sini pasayishiga olib keladi. Quvvat koeffitsientini ko'paytirish tadbirlari ikkita asosiy toifaga bo'linadi:

1) tabiiy, ular o'rnatilgan elektr uskunalarni ishlatilishini yaxshilash bilan bog'liq; bu toifaga shartli ravishda yangi uskunalarda sinxron dvigatellarni qo'llash va mavjud uskunalarda asinxron dvigatellarni sinxronlarga almashtirish kiradi;

2) sunhiy, ular maxsus kompensatsiyalovchi uskunalarni qo'llanilishini talab etadilar [3]. Tabiiy tadbirlarga quyidagilar qaraydi: texnologik jarayonni tartiblashtirish, bu uskunalarni energetik rejimini yaxshilanishiga olib keladi; - stator chulg'amlaridagi kuchlanishni uchburchakdan yulduzga qo'lda yoki avtomatik qayta ulab pasaytirish (agar dvigatelni yuklanishi nominal quvvatini 30- 40% dan oshmasa va agar dvigatelni stator chulg'amlari uchburchak ulanganligida normal ishlasa), sektsiyalangan chulg'amda faza chulg'amlarini ketma-ket ulangan sektsiyalar sonini ko'paytirish, korxonani nimstantsiyasidagi kuchli transformatorlarni chulg'amidagi o'ramlar sonini o'zgartirish (antsapf) va kuchlanishni tiristorli rostlagichlarini qo'llash; - asinxron dvigatellarni salt ishlashini salt ishini cheklovchilar yordamida bartaraf etish (agar amallar orasidagi tsikl 10 sekunddan katta bo'lsa); - kam yuklangan asinxron dvigatellarni kichikroq nominal quvvatga ega dvigatellarga almashtirish;

- nominal quvvatiga qaraganda 30%-dan kam yuklangan transformatorlarni kichik quvvatlilarga almashtirish; - elektr yuritmani hamma yangi uskunalari uchun sinxron dvigatellarni qo'llash va asinxron dvigatellarni sinxronlarga almashtirish Sanoat korxonalari elektr uskunalarini ishlatish tajribasi ko'rsatadiki, sinxron dvigatellarni qo'llash umumkorxona quvvat koeffitsientini oshirishni effektiv vositasidir. Sunhiy tadbirlarga qaraydilar: kosinusli (statik) kondensatorlarni va sinxron kompensatorlarni o'rnatish. Sanoat korxonalarida asosan kosinusli kondensatorlar qo'llaniladi. Ular ham past (uch fazali), ham yuqori kuchlanishlar uchun (10,5 kV bir fazali) tayyorlanadi. Rasm 1-da kompensatsiyalashni turli usullarida kondensatorlarni ulanishini printsipial elektr sxemalari keltirilgan. Kompensatsiyalovchi uskunani kerakli quvvati (kondensatorlar va razryadlovchi rezistorlardagi isroflarni hisobga olmasdan) ifodadan topiladi:

Qc = P(tg ф - tg ф1) bu yerda: P - uskunani aktiv quvvati; ф va ф1 - kompensatsiyalashdan oldin va keyingi tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi. Oldin tahkidlanganidek, reaktiv quvvat korxonani tahminlovchi tarmoq va transformatorlarida aktiv isroflarni vujudga keltiradi. cos ф1-ш qiymati ko'paytirilganda bu isroflar kamayadi. Boshqa tomon: XULOSA

TN- kuchlanish transformatoridan, quvvat koeffitsientini ko'tarilishi kompensatsiyalovchi uskunalarga harajatlarni talab etadi. Sos ф-ni, reaktiv yuklamalarni uzatish va kompensatsiyalashda harajatlar eng kichik bo'ladigan qiymati optimal quvvat koeffitsienti deyiladi. Ammo, quvvat koeffitsientini muammosini ko'rilayatganda faqat korxonani manfaatlarini ko'zda tutish mumkin emas, chunki bahzida korxonada sos ф-ni o'ta ko'tarib yuborilishi energosistemadagi yig'indi isroflarni pasayishiga emas, ko'payishiga olib keladi. SHuning uchun kompensatsiyalovchi uskunalar qo'llanilishini hamma xollarida quyidagi shart bajarilishi kerak: DRets > DRkq, bu yerda: DRets - kompensatsiyalash uskunalarini qo'llash natijasida elektr tahminot sistemasida aktiv quvvatni isroflarini pasayishi; DRkq -kompensatsiyalovchi qurilmadagi aktiv quvvatni isroflari. Kompensatsiyalovchi uskunalarni tanlashda tejamkorlikni o'lchovi - bu keltirilgan harajatlarni minimumligi. Bundan tashqari, tarmoqqa generatsiyalanayatgan toklarni tarmoqdagi yuklamalar ozligida ortiqligi kuchlanish darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu yorituvchi lampalarni ish muddatini kamayishiga, bahzida esa ularni ko'pini ishdan chiqishiga olib keladi. Demak, korxonada reaktiv quvvatni kompensatsiyalash va kuchlanishni rostlash masalalari kompleks hal etilishi kerak.

ADABIYOTLAR

1. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarning elektr jixozlari. - Tolshkent, "ILM ZIYO". - 2006 y.

2. Дементьев Ю.Н., Чернышев А.Ю., Чернышев И.А. Электрический привод: учебное пособие. - Томск: Изд-во ТПУ, 2010.

3. Даминов А.А. Автоматическое регулирование источников реактивной мощности / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Б.Б. Мамадалиев // Science Time. - 2019. - № 4(64). - С. 6871.

4. Перспективные направления автоматизированного управления процесса производства, передачи и потребления электроэнергии / А.А. Даминов, Т.У. Атмирзаев, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2017. - № 2-3. - С. 59-62.

5. Use of hudropover plants and its main problems Texas Journal of Engineering and Technology № 100-101 ISNN NO: 2770-4491 22.05.2022 Akmalov Jamshid Xakimjon o'g'li

6. Даминов А.А. Применение бесконтактных аппаратов и логических элементов в схемах управления электроприводами / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Science Time. - 2016. - № 11(35). - С. 143-147.

7. Даминов А.А. Автоматичечкое управление гидрогенератров и турбогенератров электростанции / А.А. Даминов // Инновационные подходы в современной науке: сборник статей по материалам LXXXII международной научно-практической конференции, Москва, 20 ноября 2020 года. - Москва: Общество с ограниченной ответственностью "Интернаука", 2020. - С. 32-37.

8. Murodov R.N Geron Favorasining qo'llanilish samaradorligi International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities Hosted from Livorno, Italy 03.05.2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.