Научная статья на тему 'ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSφ NI TEXNIK IQTISODIY KO’RSATGICHLARGA TA’SIRI'

ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSφ NI TEXNIK IQTISODIY KO’RSATGICHLARGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
498
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ENERGETIKA / ELEKTRLASHTIRISH / ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI / TEXNOLOGIK JARAYON / AVTOMATLASHTIRIASH / QUVVAT KOEFFISIYENTI

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Qurbonova Fotima Qaxramonovna

Maqolada Ishlab chiqarish korxonalarida elektr energiya iste’moli jarayonoda cosφ ni ko’tarish usullari va ularni korxona texnik iqtisodiy ko’rsatgichlarga ta’sira bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECT OF COSφ ON TECHNICAL AND ECONOMIC PERFORMANCE IN MANUFACTURING ENTERPRISES

The article describes the methods of increasing the cost of electricity consumption in manufacturing enterprises and their impact on the technical and economic performance of the enterprise.

Текст научной работы на тему «ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA COSφ NI TEXNIK IQTISODIY KO’RSATGICHLARGA TA’SIRI»



ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA cos^ ni TEXNIK IQTISODIY KO'RSATGICHLARGA TA'SIRI

Qurbonova Fotima Qaxramonovna, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston

E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada Ishlab chiqarish korxonalarida elektr energiya iste'moli jarayonoda cos^ ni ko'tarish usullari va ularni korxona texnik iqtisodiy ko'rsatgichlarga ta'sira bayon etilgan.

Kalit so'zlar: energetika, elektrlashtirish, Ishlab chiqarish korxonalari, texnologik jarayon, avtomatlashtiriash, quvvat koeffisiyenti.

EFFECT OF cos^ ON TECHNICAL AND ECONOMIC PERFORMANCE IN MANUFACTURING ENTERPRISES

Qurbanova Fotima Qaxramonovna, Namangan Engineering and Construction Institute,

Namangan, Uzbekistan

E-mail: [email protected]

Abstract. The article describes the methods of increasing the cost of electricity consumption in manufacturing enterprises and their impact on the technical and economic performance of the enterprise.

Key words: energy, electrification, manufacturing enterprises, technological process, automation, power factor.

Ishlab chiqarish korxonalarni elektr yuklamalari va elektr energiyani istehmoli ishlab chiqarilayatgan maxsulotni turi va miqdori, texnologik jarayonni mexanizatsiyalanganligi va avtomatlashtirilganligini darajasi, mazkur ishlab chiqarishni sanitariya va gigiena talablari, ishchi va xizmatchilarni mehnatini muxofaza qilish va lozim bo'lgan ish sharoitlarini yaratish ko'rsatkichlariga bog'liq. Bahzi sanoat korxonalarini elektr energiya istehmolchilarini o'rnatilgan quvvat miqdorlari million kilovatt va undan yuqori bo'lishi mumkin [1].

Ishlab chiqarish korxonalarida asinxron elektrodvigatellar, kuchli, payvandlash va boshqa maxsus transformatorlar, kontaktor va relelarni g'altaklari, elektr uzatish liniyalari aktiv bilan birga reaktiv quvvatni ham istehmol qiladilar.

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

Mahlum bo'lganidek, aktiv quvvat o'zgarmasligida reaktiv quvvat qancha katta bo'lsa, quvvat koeffitsienti shuncha past. cos 9-ni elektr qabul qilgichlarni alohida toifalari uchun qiymati kattagina darajada ularni spetsifik xususiyatlari va ish rejimlariga bog'liq. Masalan, ish rejimlari tsiklli bo'lgan dastgox uskunalari, qayta-qisqa ish rejimli tsex kranlari, elektr payvandlash transformatorlari, induktsion elektr pechlari sos 9-si past guruhlarga qaraydilar. SHu bilan birga qarshilikli elektr pechlari, qurituvchi apparat va shkaflarga o'xshash qabul qilgichlar sos 9-ni yuqori (birga yaqin) qiymatlariga egalar [2].

Quvvat koeffitsientini ko'tarish usullari. Reaktiv quvvatni kattagina qismini istehmol qilib, asinxron dvigatellar korxonani sos 9-siga anchagina katta tahsir qiladilar. Asinxron dvigatellarni quvvat koeffitsienti ularni yuklanganlik darajasiga bog'liq va yuklanganlik pasayganda sezilarli kamayadi. Asinxron dvigatellarni salt ishlashida sos 9 = 0,1-0,25. SHuning uchun texnologik uskunalarni salt rejimda ishlashiga yoki kam yuklanishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

Transformatorlarni ham yetarlicha yuklanmasligi korxonani quvvat koeffitsientini pasayishiga olib keladi. Transformatorni salt ishida cos 9 = 0,1-0,2.

Texnologik uskunalarni ish rejimi kattagina darajada quvvat koeffitsientini qiymatiga tahsir qiladi. Uzuluvchi texnologik jarayonlar hamda tashkil etish va sozlashga katta vaqt talab etadigan jarayonlar, davomiy yordamchi va tayyorlovchi amallar, qoidadagidek, korxonani quvvat koeffitsientiga salbiy tahsir qiladilar.

Elektr uskunalarini quvvat koeffitsienti ularni turi, konstruktiv bajarilishi va ishlatilish xolatiga ham bog'liq. Masalan, yuqori volg'tli, sekin aylanuvchi asinxron dvigatellar past sos 9-ga ega. Asinxron dvigatellarni nominal tezligi qancha katta bo'lsa, ularni sos 9-si shuncha yuqori. Asinxron dvigatellarning sifatsiz tahmirlanishidan keyin havo oralig'ini ko'payishi magnitlovchi toklarni ko'payishiga olib keladi va, demak, dvigatelni sos 9-sini pasayishiga olib keladi.

Quvvat koeffitsientini ko'paytirish tadbirlari ikkita asosiy toifaga bo'linadi: 1) tabiiy, ular o'rnatilgan elektr uskunalarni ishlatilishini yaxshilash bilan bog'liq; bu toifaga shartli ravishda yangi uskunalarda sinxron dvigatellarni qo'llash va mavjud uskunalarda asinxron dvigatellarni sinxronlarga almashtirish kiradi; 2) sunhiy, ular maxsus kompensatsiyalovchi uskunalarni qo'llanilishini talab etadilar [3].

Tabiiy tadbirlarga quyidagilar qaraydi: texnologik jarayonni tartiblashtirish, bu uskunalarni energetik rejimini yaxshilanishiga olib keladi;

- stator chulg'amlaridagi kuchlanishni uchburchakdan yulduzga qo'lda yoki avtomatik qayta ulab pasaytirish (agar dvigatelni yuklanishi nominal quvvatini 30-40%-idan oshmasa va agar dvigatelni stator chulg'amlari uchburchak ulanganligida normal ishlasa), sektsiyalangan chulg'amda faza chulg'amlarini ketma-ket ulangan sektsiyalar sonini ko'paytirish, korxonani nimstantsiyasidagi kuchli transformatorlarni chulg'amidagi o'ramlar sonini o'zgartirish (antsapf) va kuchlanishni tiristorli rostlagichlarini qo'llash;

- asinxron dvigatellarni salt ishlashini salt ishini cheklovchilar yordamida bartaraf etish (agar amallar orasidagi tsikl 10 sekunddan katta bo'lsa);

- kam yuklangan asinxron dvigatellarni kichikroq nominal quvvatga ega dvigatellarga almashtirish;

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

- nominal quvvatiga qaraganda 30%-dan kam yuklangan transformatorlami kichik quvvatlilarga almashtirish;

- elektr yuritmani hamma yangi uskunalari uchun sinxron dvigatellarni qo'llash va asinxron dvigatellarni sinxronlarga almashtirish

Sanoat korxonalari elektr uskunalarini ishlatish tajribasi ko'rsatadiki, sinxron dvigatellarni qo'llash umumkorxona quvvat koeffitsientini oshirishni effektiv vositasidir.

Sunhiy tadbirlarga qaraydilar: kosinusli (statik) kondensatorlarni va sinxron kompensatorlarni o'rnatish. Sanoat korxonalarida asosan kosinusli kondensatorlar qo'llaniladi. Ular ham past (uch fazali), ham yuqori kuchlanishlar uchun (10,5 kV bir fazali) tayyorlanadi. Rasm 1-da kompensatsiyalashni turli usullarida kondensatorlarni ulanishini printsipial elektr sxemalari keltirilgan.

Kompensatsiyalovchi uskunani kerakli quvvati (kondensatorlar va razryadlovchi rezistorlardagi isroflarni hisobga olmasdan) ifodadan topiladi:

Qc = P(tg ф - tg Ф1)

bu yerda: P - uskunani aktiv quvvati; ф va ф1 - kompensatsiyalashdan oldin va • keyingi tok va kuchlanish orasidagi faza siljish burchagi.

Oldin tahkidlanganidek, reaktiv quvvat korxonani tahminlovchi tarmoq va transformatorlarida aktiv isroflarni vujudga keltiradi. cos ф^ш qiymati ko'paytirilganda bu isroflar kamayadi. Boshqa tomon:

Rasm 1. Kondensatorlarni ulanish sxemalari: a) individual kompensatsiyalash, b) guruhli kompensatsiyalash, v) markazlashtirilgan kompensatsiyalash

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

TN - kuchlanish transformatoridan, quvvat koeffitsientini ko'tarilishi kompensatsiyalovchi uskunalarga harajatlarni talab etadi.

Sos ф-ni, reaktiv yuklamalarni uzatish va kompensatsiyalashda harajatlar eng kichik bo'ladigan qiymati optimal quvvat koeffitsienti deyiladi.

Ammo, quvvat koeffitsientini muammosini ko'rilayatganda faqat korxonani manfaatlarini ko'zda tutish mumkin emas, chunki bahzida korxonada sos ф-ni o'ta ko'tarib yuborilishi energosistemadagi yig'indi isroflarni pasayishiga emas, ko'payishiga olib keladi. SHuning uchun kompensatsiyalovchi uskunalar qo'llanili-shini hamma xollarida quyidagi shart bajarilishi kerak:

DRets > DRkq,

bu yerda: DRets - kompensatsiyalash uskunalarini qo'llash natijasida elektr tahminot sistemasida aktiv quvvatni isroflarini pasayishi; DRkq - kompensatsiyalovchi qurilmadagi aktiv quvvatni isroflari.

Kompensatsiyalovchi uskunalarni tanlashda tejamkorlikni o'lchovi - bu keltirilgan harajatlarni minimumligi.

Bundan tashqari, tarmoqqa generatsiyalanayatgan toklarni tarmoqdagi yuklamalar ozligida ortiqligi kuchlanish darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu yorituvchi lampalarni ish muddatini kamayishiga, bahzida esa ularni ko'pini ishdan chiqishiga olib keladi.

Demak, korxonada reaktiv quvvatni kompensatsiyalash va kuchlanishni rostlash masalalari kompleks hal etilishi kerak.

Adabiyotlar:

1. Imomnazarov A.T. Sanoat korxonalari va fuqarolik binolarning elektr jixozlari. - Tolshkent, "ILM ZIYO". - 2006 y.

2. Дементьев Ю.Н., Чернышев А.Ю., Чернышев И.А. Электрический привод: учебное пособие. - Томск: Изд-во ТПУ, 2010.

3. Даминов А.А. Автоматическое регулирование источников реактивной мощности / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Б.Б. Мамадалиев // Science Time. -2019. - № 4(64). - С. 68-71.

4. Перспективные направления автоматизированного управления процесса производства, передачи и потребления электроэнергии / А.А. Даминов, Т.У. Атмирзаев, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2017. - № 2-3. - С. 59-62.

5. Даминов А.А. Функциональные возможности и преимущества микропроцессорной системы воздушных линий / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов // Science Time. - 2016. - № 3(27). - С. 159-161.

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

6. Даминов А.А. Применение бесконтактных аппаратов и логических элементов в схемах управления электроприводами / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Science Time. - 2016. - № 11(35). - С. 143-147.

7. Даминов А.А. Автоматичечкое управление гидрогенератров и турбогенератров электростанции / А.А. Даминов // Инновационные подходы в современной науке: сборник статей по материалам LXXXII международной научно-практической конференции, Москва, 20 ноября 2020 года. - Москва: Общество с ограниченной ответственностью "Интернаука", 2020. - С. 32-37.

8. Daminov A.A. Transformatorlami kuchlanishini avtomatik rostlash / A.A. Daminov // Science Time. - 2021. - № 5(89). - P. 61-64.

»

48

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.