Научная статья на тему 'ISAJON SULTON HIKOYALARIDA XALQ QO‘SHIQLARINING O‘RNI'

ISAJON SULTON HIKOYALARIDA XALQ QO‘SHIQLARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
folklorizm / xalq qo‘shiqlari / hikoya / taqdir / ramz / syujet / kompozitsiya / obraz / kechinma

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E’Zoz Qobilova

Isajon Sulton hikoyalarida folklorning eng qadimiy va boy janrlaridan biri qo‘shiqlardan ham samarali foydalanganligi “Qo‘riqchi” hikoyasi misolida tadqiq etilgan. Yozuvchi qo‘riqchi nigohi bilan vaqtning bir bo‘lagini qirqib olgan va unda qo‘riqchi, ilon, qushlar, karvon, daryoning baliqlari tilidan bir bek yigit va bir oy qizning o‘zaro ko‘ngil qo‘ygani, keyinchalik oila qurgani, turmush mashaqqati-yu tashvishlaridan, xash-pash deguncha o‘tib ketayotgan umrdan hikoya qiladi. Bu hikoyalar bir oilaning kechasi, buguni va kelajagi misolida butun insoniyat taqdiridan so‘ylaydi. Hikoyaning erta bahor tasviri bilan boshlanib, kech kuz manzarasi bilan yakun topishi umrning ramziy ifodasidir. Hikoya tarkibidagi qo‘shiqlar ham xuddi xalq qo‘shiqlari kabi kechinma, holatni aks ettiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISAJON SULTON HIKOYALARIDA XALQ QO‘SHIQLARINING O‘RNI»

ISAJON SULTON HIKOYALARIDA XALQ QO'SHIQLARINING O'RNI

E'zoz Qobilova Qo'qon DPI

Annotatsiya: Isajon Sulton hikoyalarida folkloming eng qadimiy va boy janrlaridan biri qo'shiqlardan ham samarali foydalanganligi "Qo'riqchi" hikoyasi misolida tadqiq etilgan. Yozuvchi qo'riqchi nigohi bilan vaqtning bir bo'lagini qirqib olgan va unda qo'riqchi, ilon, qushlar, karvon, daryoning baliqlari tilidan bir bek yigit va bir oy qizning o'zaro ko'ngil qo'ygani, keyinchalik oila qurgani, turmush mashaqqati-yu tashvishlaridan, xash-pash deguncha o'tib ketayotgan umrdan hikoya qiladi. Bu hikoyalar bir oilaning kechasi, buguni va kelajagi misolida butun insoniyat taqdiridan so'ylaydi. Hikoyaning erta bahor tasviri bilan boshlanib, kech kuz manzarasi bilan yakun topishi umrning ramziy ifodasidir. Hikoya tarkibidagi qo'shiqlar ham xuddi xalq qo'shiqlari kabi kechinma, holatni aks ettiradi.

Kalit so'zlar: folklorizm, xalq qo'shiqlari, hikoya, taqdir, ramz, syujet, kompozitsiya, obraz, kechinma

THE PLACE OF FOLK SONGS IN ISAJAN SULTAN'S STORIES

Ezoz Kobilova Kokand SPI

Abstract: In the stories of Isajon Sultan, one of the oldest and richest genres of folklore effectively used songs, as an example of the story "Guardian". The writer cut a piece of time with the look of a watchman, and in it, from the language of the watchman, the snake, the birds, the caravan, the fish of the river, a bek boy and a moon girl fell in love with each other, later started a family, got married. it tells about the hardships and worries, about the life that is passing by until it is full. These stories tell about the fate of the entire humanity as an example of the past, present and future of one family. The fact that the story begins with an image of early spring and ends with a scene of late autumn is a symbolic expression of life. The songs in the story, like folk songs, reflect the experience and situation.

Keywords: folklorism, folk songs, story, fate, symbol, plot, composition, image, experience

Hozirgi o'zbek adabiyotida milliy koloritni yaratish, xalq hayotini yorqin bo'yoqlarda tasvirlash uslubi sifatida xalqona tasvir va folklor elementlaridan keng foydalanilmoqda. Avvalo ta'kidlash kerakki, xalqona tasvirlash mahorati zaminida

xalq ijodini puxta o'rganish yotadi. Xalq ijodini o'rganish bu xalqning turmush tarzini, urf odatini, an'analarini, tarixini, buguni va kelajagini, o'y-kechinmalari va ruhiyatini o'rganish demakdir.

Zamonaviy o'zbek nasri taraqqiyotiga munosib ulush qo'shib kelayotgan ijodkor O'zbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sulton bugungi adabiy jarayon, bugungi o'zbek nasri haqida quyidagicha fikr bildirgan edi: "Adabiyotda o'zgarishlar muttasil ro'y berib turibdi. O'zbek nasri sust, deb baholaydiganlar bor. Bizlar olamshumul muvaffaqiyatlarga ko'nikib qoldik. Asarlar zo'rmi-zo'rmasmi, deyaverib o'zimiz ham charchab ketdik. Asarni bunday baholash marketingning ishi, uni zo'r deb o'sha maqtab sotishi kerak. Adabiyot esa, nima bo'lsa bo'lsin, yashamoqda. Ko'p hollarda baribir bag'rikengroq bo'laverish kerak deb o'ylayman. Bugun yaratilayotgan asarlar, xoh kichik, xoh katta bo'lsin, bugungi kun kishisining dardu iztirobini, unga kuch-quvvat bag'ishlab turgan qadriyatlarni, o'y-ishonchini aks ettirmoqda. Ya'ni badiiy tarix yaratilmoqda" [1. 4]

Isajon Sultonning analitik folklorizmlardan ijodiy foydalanilgan hikoyalardan biri "Qo'riqchi" hikoyasidir. Adib qo'riqchi nigohi bilan vaqtning bir bo'lagini qirqib olgan va unda qo'riqchi, ilon, qushlar, karvon, daryoning baliqlari tilidan bir bek yigit va bir oy qizning o'zaro ko'ngil qo'ygani, keyinchalik oila qurgani, turmush mashaqqatiyu tashvishlaridan, xash-pash deguncha o'tib ketayotgan umrdan hikoya qiladi. Bu hikoyalar bir oila misolida butun insoniyatning kechasi, buguni va kelajagidan so'ylaydi. Hikoyaning erta bahor tasviri bilan boshlanib, kech kuz manzarasi bilan yakun topishi umrning ramziy ifodasidir.

Qo'shiq dil oynasidek, borni ko'rsatish yo'lini tanlaydi. Ko'rsatish usulida ifoda, tasvir ramziy obraz zimmasiga tushadi. Isajon Sulton ham xalq qo'shiqlaridagi ramzlar mohiyatidan foydalangan va, ayni paytda, induvidual ramzlar yaratgan. Avvalo hikoya matnidagi ramzlar mohiyatini aniqlab olmasdan na hikoyani, na undagi qo'shiqlarni tushunish qiyin. Dastlab qo'riqchi akslantirayotgan ramzga e'tibor bersak. Bepoyon dala o'rtasiga o'rnatib qo'yilgan qo'riqchi butun asar voqeligini kuzatib turadi: "Asl kim ekanimdan bexabarman, biroq, juda muhim bir vazifani ado etayotganimni bilaman. Yo'qsa, meni shu yerga qaqqaytirib qo'yarmidi Xudoyim? Goho ilg'aganlarimdan xabar bergim, ogohlantirgim keladi, ammo sasim o'zim istagan mahalda chiqa qolmaydi. Ovoz chiqara olishim uchun shabada va quyosh kerak. Yo'qsa bir sharpa kabi ekinzor o'rtasida qaqqayib turman xolos. Tevarakda esa, bot bot meni qo'rqitadigan xodisalar ro'y bermoqda.

Bug'doylar sarg'ayib, poyalaridan suv qochgan, bo'liq bo'liq boshoqlari egilib qolgan.

Huv narida kichkina daryo bor. Ichidagi qora baliqlari ancha kattargan, muzday suvdan boshlarini chiqarib, tevarakkka indamay boqishadi.

Bug'doyzor yoqalab o'tgan yo'lda bitta yo'lchivin uchib yuradi, goho kelib ustimga qo'nadi.

U yo'ldan karvonlar o'tadilar...Karvonning tuyalari pishqiradi, aravalar g'iyqillaydi. Qaylargadir - ufq qirmizi tusda yallig'lanib, quyosh botadigan tomonlarga ketib borishadi..." [2. 206-207].

Matnga tayanib aytish mumkinki, qo'riqchi - yozuvchining o'zi. Chunki ijodkorlar boshqalardan ko'ra bo'lib turgan va bo'lajak hodislarni oldindan ko'ra biladi. Asarlari orqali ogohlantiradi ham. Lekin buning uchun ijodkorga pokiza muhit va erkinlik kerak (quyosh va shabada).

Hikoyadagi daryo - (chegara) hayot, ayni vaqtda o'tib borayotgan vaqt, xijron, baliq- g'am, g'ussa, ilon - aql, karvon - umr, yo'lchivin - umri besamar kechgan odam, jayron - umid mazmunini anglatuvchi ramzlardir.

Qo'riqchi hikoyasidan so'ng: "Men oq ilon, oppoq ilon edim ...Oydinda yotar edim"-, deb boshlanadi ilonning hikoyasi. Matndagi "oq ilon" obrazi uyg'otuvchi asosatsiya qadim e'tiqod va inonchlar asosida paydo bo'lgan. Xalq oq ilonni aziz sanab, uni e'zozlash yaxshilikka, aksincha munosabat yomonlikka olib keladi, deb ishonadi. Odamlarning oqilon ezgulik keltirsin, degan niyatda un sepib, sut bilan siylashlari shundan.

Ilon ariq bo'yidagi chakalakzor qoshiga kelguvchi bek yigit va oy qizning hayotning ajoyibotlaridan, lazzatu farog'atlaridan, sevgi muhabbatdan so'ylashlarini, bir-birisiz yashay olmasliklarini aytishlaridan xabar beradi va bek yigitning qizga qarata aytgan qasamidan ("Mana shu oyga, shu kechaga qasam, shu sharqirab oqayotgan suvga, shu yulduzlarga qasam men sizni albatta baxtli qilaman") xavotirini izxor qiladi: (Hoy, bek yigit, qasamning nima ekanini bilmasdan nega tilingga olding? Ichgan qasamlaring ko'k toqiga ko'tarilib ketishini, u yerda shamshirga aylanib,boshing uzra osilib turishini bilmasmiding? Bir siltanib tushsa bormi...taqdirningu rizqlaring, voqealarning iplarini kesib uzib yuborsa -ya, deb qo'rqar edim"). Butun hikoya davomida ilonning xavotiri bejiz emasligi ochila boradi.

Hikoyada ilon shirin suhbatlariga guvoh bo'lgan yigit va qizning chakalakzorga kelmas bo'lganliklarini, ular suhbat qurgan paytlardagi atrofida yalpizlar o'sgan ariqcha ham yillar o'tib, nima uchundir kengayib daryoga aylanganini, qoramtir baliqlari ham ko'payib, kattalashib borayotgani aytilar ekan, ittifoqo o'sha bek yigitning ketmon chopayotgani va oy qizning esa egatlar chetida bolasini emizganicha xorg'in qo'shiq kuylayotgani manzarasi bor:

Bozor borguvchi, ey boylar, Otamga salom, denglar,

Otam mani so'rasa, Yuribdi omon, denglar,

Qoshiqda oshi, denglar, Ko'zida yoshi, denglar.... [2.209] Yozuvchi xalq qo'shig'i orqali ayolning ongosti va ongida kurashayotgan istaklarini shu qadar ramziy ifoda qilganki, ularni tavsiflab jo'nlashtirish xavfi mavjud. Faqat qo'shiqni his etish lozim. Qo'shiqda kecha ariq bo'yida ichilgan qasamlar ijobat bo'lmagani, turmush deb atalgan katta yo'l faqat go'zalliklardangina iborat emasligidan chekkan iztiroblar, sog'inchlar mujassam.

Hikoyada bek yigitning daryodan suv ochayotgani, bu suv bo'tana va loyqa ekani aytiladi. Suv folklorda -yorug'lik, baxt, quvonch, oila faravonligi, farzandar baxti, to'kinlik kabi raziy ma'nolarga ega. Loyqalangan suv esa noxushlik ramzi sifatida talqin qilinadi.

Keyingi qo'shiq mashhur xalq qo'shig'idan olingan bo'lib, karvonboshi tilidan aytilgan:

"Yo'lchivinning holini yurgan yo'lovchidan so'rang, Biz g'arib bechorani aqli raso yordan so'rang....

Biz g'arib bechorani aqli rasolar bilmasa,

Ko'z yoshi daryo bo'lib oqqan baliqlardan so'rang....." [2. 210-211]

Bu qo'shiq orqali adib nafaqat bir inson, balki, butun bir insoniyatning ruhiy olamini aks ettirgan.

Qo'shiqning sharhi baliqlar hikoyasida ochiladi: "O'tib borayotgan karvon boshidagi bir kishi xirgoyi qiladi. Narida ekinzor chetida bolasini emizib o'tirgan yosh juvon ham qo'shiq aytadi. Bu ohanglar suvning mavjiga qo'shiladi, ular taralgani on o'z-o'zimizdan yig'lay boshlaymiz. Ko'zimizning yoshidan daryoning suvlari yanada ko'payib toshadi, ko'piklanib, o'zanidan toshib chiqquday bo'lib pishqiradi [2.211].

So'nggi qo'shiq esa qo'riqchining oxirgi hikoyasida yana o'sha daladagi hosilini yig'ib olayotgan ekinzor egasining (hov, o'sha ariq bo'yidagi yigitning) ayoli tomonidan aytiladi. Mazkur qo'shiq xalq qo'shiqlari tasnifiga ko'ra murojaat qo'shiqlari turkumiga kiradi. Kishi ko'nglida kechayotgan, ayniqsa, odam xayoliga keltirishga o'zi ham qo'rqib, ko'ngil tubiga cho'ktirilgan o'y-tuyg'ular qo'shiq bo'lib kuylanadi. Qo'shiq kishiga sirdosh, mungdosh bo'ladi. Bunday holatlarda ramziy obraz ifodaning eng maqbul shakli hisoblanadi. Insoniy munosabat fasllari ham turli davriy halqalarda kechadi. Yoz qishga do'nganidek, otashin sevgi qahrli nafratga aylanishi mumkin. Bu yerda ko'z yoshi ayriliq ma'nosini ifoda etuvchi va jazolovchi magik unsurga aylanadi. Lirik qahramon muhabbatining qadriga yetmagan oshig'i endi azoblanishini istaydi:

Oh urarman, oh ursam, ohlarim tutsin seni, Ko'z yoshim daryo bo'lib, baliqlari yutsin seni.....[2.212].

Hikoyadan o'rin olgan xalq qo'shiqlari kechinma, holatni aks ettiradi. Mayda-mayda sabablar, tashvishu g'amlar - ulkan baliqlarga aylandi, endi ular odam bolasini yutar darajaga yetmasa bo'ldi! Qo'riqchining xavotiri shundan.

Olam tuzilishiga asos sifatida qaraluvchi to'rt unsurning har biri barcha folklor namunalarida muhim mifologik ramz, marosim elementi sifatida juda keng va turlicha shakllarda poetik mushohada etiladi. To'rt unsurning biri bo'lgan suv -ummon, dengiz, daryo, ko'l, irmoq, buloq obrazi ko'rinishida xalq ijodiyotida alohida-alohida poetik funksiya bajaradi va turfa ma'no tashiydi. Suvning atributlari -har xil buyumlar, jonivorlar, mifologik obrazlar bo'lib kelishi mumkin. A.Musaqulov o'zbek xalq qo'shiqlarini tadqiq etar ekan, baliqni suv jonivori, hovuzni suv analogi, oynani suv parchasi, qizni suvning mifopoetik ramzi sifatida talqin qiladi [3.188199]. Shuningdek, daryo - poklanish, topigish, chegara, yer osti makonlariga olib kiruvchi eshik, xavf, qo'rquv, bashoratni anglatuvchi ma'nolarga ega.

Folkloshunos Sh.Turdimov o'zbek xalq qo'shiqlari tarkibida keluvchi daryo obrazini o'rganar ekan, mazmun mundarijasiga ko'ra quyidagicha tasnif qiladi:

a) oshiq va ma'shuq o'rtasidagi chegara;

v) daryo ko'z yoshining analogi sifatida namoyon bo'ladi va ayriliq, hijronning haddan oshganini, qahramon kuchli ruhiy jarayonni boshdan kechirayotganini bildiradi;

g) daryo - hayot, ayni vaqtda o'tib borayotgan vaqt mazmunida ;

d) daryo - inson va uning hayot yo'li timsoli sifatida [4.11-113].

Mazkur hikoyadagi daryo ayriliq, hijronning, o'tib borayotgan vaqtning ramzi sifatida kelgan deyish mumkin.

Aytish mumkinki, folklor Isajon Sultonga o'z yo'li, uslubi, o'zligi va o'q ildizini topishga yordam bergan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Asarlar zo'rmi-zo'rmasmi, deyaverib charchadik, adabiyot nima bo'lsa ham yashamoqda". O'zA https://uza.uz/posts/338014 .

2. Isajon Sulton. Qo'riqchi. Hazrati Xizr izidan. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. -Toshkent. 2018.

3. Musaqulov A. O'zbek xalq lirikasi. - Toshkent: Fan, 2010.

4. Turdimov Sh. Xalq qo'shiqlarida ramz. - T.: Fan, 2020.

5. E.Qobilova The role of a music teacher in the process of educating Children's moral feelings Scopus(International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)D0I:10.9756/INTJECSE/V14I6.240 ISSN: 1308-5581 V0ol 14, Issue 06 2022

6. E.Qobilova Classical music and youth education Impact factor((Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 09, September 2022 SJIF 2022 = 8.625 A peer reviewed journal)

7. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)

8. E.Qobilova Educationsinificance of teaching the history of Turkish Art and culture to students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023

9. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)

10. E.Qobilova Technologies of forming musical creativity of school children Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023

11. E.Qobilova The role of Azerbaijan classical music of forming the virtue of internationality in students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Vol 12. 2 february 2023.

12. E.Qobilova. Forming a sense of internationality in students through the traditional music of Azerbaijan.IBAST issn;2750-3402/volume 3,isseue10 oktober

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.