IRODA BORASIDAGI NAZARIYALAR
Durdona Bahodir qizi Sag'dullayeva
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Insonning aqliy faoliyatida iroda tushunchasi" va irodaning inson faoliyati davomida tutgan o'rni, hayotiy tajribalari, nutqiy faoliyatida irodaning ahamiyati yoritib berilgan.
Tayanch so'zlar: Iroda, maqsadga erishish, Arastu, irodaning shakllanishi, ruhiy olamni shakllantirish.
Iroda - odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda namoyon bo'ladigan qobiliyatdir. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi.
Iroda - tushunchasini har kim turlicha talqin qiladi. Masalan; kimdir uni to'g'ri so'zlamoq bilan yana kimdir oddiygina parhez bilan. Aslida iroda insonning ongdagi faoliyat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish vositalari va yo'riqlarini oldindan aniqlab bir qarorga kelishda, qarorlarni to'g'ri va erkin ijro etishda va maqsadlarga erishishda namoyon bo'ladi.
Iroda har kimning aqliy faoliyatiga qarab turlicha shakllanadi. Aql bilan idrok qilganda bizga berilgan nutqimidan to'g'ri foydalanib rost so'zlamoq ham iroda, insonlarni to'g'ri tanqit qilmoq ham iroda, bir - birimizga ishonmoq va mana shu ishonch ila shakllanmoq ham iroda. Iroda haqida bahs ketganda kimdir uni miyada joylashgan desa yana kimdir uni qalbda deydi. Aslida, iroda bizning butun boshli jismimizda joylashib, bizning aqlimimizni, ongimizni, kuchimizni, ruhiy quvvatimizni, jahlimizni hatto-ki nutqimizni ham o'z qolibiga solib boradi. Iroda bu hayotda shuningdek, maqsad sari yetaklovchi yo'llardagi qarama - qarshiliklarni bartaraf etishda, o'z-o'zini idora qilishda, axloqiy olamni shakllantirishda kishiga katta yordam beradi.
Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga emas qandaydir ilohiy kuchga bog'liq. Shuning uchun ham iroda o'z mohiyatiga jihatidan doim erkindir. Inson muammolariga e'tibori ortishi bilan irodani o'rganish ham dolzarb muammoga aylanib bormoqda. Bu hayotning issiq yozi-yu sovuq qishiga birdamlik bilan yashamog'imiz ham iroda bo'lmish aqliy hilqatning belgisidir. Inson bu yorug' dunyoga kelar ekan har kuni yangi holat, har kuni yangicha olam bilan tanishadi. Jismimiz bilan birgalikda ruhiyatimiz, dunyo qarashimiz, insonlarga nisbatan muomilamiz har tomonlama yuksaladi.
Xullas ko'zguga nazar solganimizda tashqi ko'rinishimizda qanday o'zgarish bo'lsa, aqliy faoliyatimizda ham xuddi shunday o'zgarish sodir bo'ladi. Biz bu jarayonda har kuni o'z-o'zimizni ham jismonan, ham ruhan tarbiyalamog'imiz lozim.
Mana shu tarbiya jarayonida ham irodaning o'z ahamiyati, o'z o'rni bor. Bir so'z bilan aytganda ruhiy holatdan chiqishimiz, yangi hayot boshlashimiz, teran fikrlay olishimiz, qalban pok bo'lmog'imiz uchun hayotimizda bo'ladigan har kungi yangi o'zgarishlar-u mashaqqatlarni yengmog'imiz uchun bizdan juda katta iroda talab qilinadi. Ruhan sog'lom insongina o'zini hayotning past-u balandiga, og'ir-u yengiliga qiyinchilik bilan bo'lsada tarbiya qila oladi. Psixologik jihatdan insonda uchraydigan har bir termin, har bir harakat, har bir harakter bir biriga zanjil misol bog'liq. Ularni o'zgartirishni yoki alishtirishning imkoni yo'q.
Ammo tarbiya qilishni, to'g'ri fikrlay olishimiz uchun harakat qilishimiz mumkin. Odamning irodaliligi turli situatsiyalarda turlicha namoyon bo'ladi. Irodaviy harakatlarning sifatlari ikkiga bo'linadi:
Irodaviy harakatlarga xos ijobiy sifatlar.
Irodaviy harakatlarga xos salbiy sifatlar. Ijobiy irodaviy sifatlar o'z-o'zini tuta bilish, dadillik qat'iyat, chidam, toqat, mustaqillik kabilardan iborat. Irodaviy harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan tashqi qarshiliklar odamning o'zi bilan emas, balki shu amalga oshirishdagi vaziyatlar bilan bog'liq bo'ladi. Irodaning ana shu hislatlari amalda tug'ma ravishda berilmaydi. Odamda irodaviy sifatlarni tarkib toptirishda u mansub bo'lgan jamoaning jamoaning roli katta. Shuning uchun inson biror maqsad belgilashi va boshlagan ishini oxirigacha yetkazishi lozim. Ba'zida boshlagan ishimizni yakunlashimizga sabrimiz yetmaydi. Psixologik tomondan bu omil ham to'g'ridan to'g'ri irodaga borib taqaladi. Qisqa qilib aytganda insonda sodir bo'ladigan har qanday holat, jarayonlar va ularning boshlanish va tugash vaqti oralig'idagi hodisalar irodaning inson miya faoliyatiga ko'rsatgan ta'siri hisoblanadi.
Iroda ma'lum bir ko'rinishga ega bo'lmagan mavhum tushuncha hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham uning ko'rinishi haqida hech bir manbada ma'lumot ko'rsatilmagan. Iroda kishi individlik jarayonida paydo bo'lib, shakllanib to umrining oxirigacha tarbiyalanib va tarbiyalab o'z faoliyatini yaqqol ko'rsatib turgan va barcha kishida mavjud bo'lgan tushuncha hisoblanadi. Iroda har kimda mohiyati va tushunishiga qarab har xil bo'lishi mumkin. Ammo har kimda har qanday kishida bo'ladi. Xoh u individ bo'lsin, xoh shaxs uning ahamiyati yo'q. Iroda tushunchasi eramizdan oldingi davrlarda insoniyatning paydo bo'lganligidan to hozirgacha o'z mohiyati va asoslariga ega bo'lib kelmoqda.
O'z davring donishmandlari iroda haqida turlicha fikrlar bildirishgan. Masalan: Faylasuf Arastu iroda haqida shunday deydi; ''Iroda inson xulq - atvorini o'zgartirishda boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan eng kerakli omildir''. Yoki bo'lmasa, F.Shiller "Iroda odamzodning farqli belgisidir, faqat aqlgina irodani boshqarish uchun abadiy
qoidadir". V.Shekspir "Bizning shaxsimiz bog', irodamiz esa uning bog'bonidir", I.Gyote "Jiddiy, teran, haqiqiy iroda ong avvalo maqsadga erishishga ishonch tasavvuri bilan uyg'unlikda ifodalanadi", E.Rodderdamskiy "Irodali inson uchun hech qanday qiyin ish yo'q" deydi. Xullas bu tassavur haqida har kim turlicha fikrlaydi va turlicha baholaydi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, iroda inson ongining va hayotining ajralmas bo'lagidir. Zero, insonda ruhiy olam sog'lom va mustahkam ekan u ildiz otishdan, gullashdan aslo to'xtamaydi.
REFERENCES
1. Omonov, A. O. O., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRIGIYA PODSHOLIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
2. Turg'Unboyeva, M., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA "O'TTIZ YILLIK URUSH" NING AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
3. Ashirova, N. X. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA QADIMGI HINDISTON MADANIYATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
4. Yoriqulov, A. S. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA HIND SIVILIZATSIYASI O'RNI. Scientific progress, 1(5).
5. Rahimberdiyev, A. E. O. G. L., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA ELAM DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(5).
6. Nomozov, M. M. O., & Haydarov, S. A. (2021). OZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM SOHASIDAGI ISLOHOTLAR. Scientific progress, 1(5).
7. Fayziyeva, Y. I. Q., & Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA SURIYA VA FINIKIYA PODSHOLIGI O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(5).
8. Haydarov, S. A. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA FRANKLAR DAVLATI O'RNI VA AHAMYATI. Scientific progress, 1(5).
9. Амиркулович, X. С. (2021). УЗБЕКИСТОН ТАРИХИ ФАНИНИ У^ИТИШДА ТАСВИРИЙ САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УЗИГА ХОСЛИГИ. Scientific progress, 1(3).
10. Амиркулович, X. У. (2021). ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА МИНИАТЮРАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЙУЛЛАРИ. Scientific progress, 1(3).
11. Хайдаров С. (2021). Узбекистан тарихини укитишда миллий миниатюрадан фойдаланиш (Бобурнома мисолида). Academic Research in Educational Sciences. 2 (7). 760-764.