Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHIDA MOLIYA-BANK TIZIMINI INNOVATSION BOSHQARISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI'

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHIDA MOLIYA-BANK TIZIMINI INNOVATSION BOSHQARISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bank / moliya / strategiya / investitsiya / transformatsiya / kredit / biznes / pul / kapital / omonat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdurasulov Ravshanbek

Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. Ushbu maqolada batafsil shu haqida yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHIDA MOLIYA-BANK TIZIMINI INNOVATSION BOSHQARISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI»

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING YANGI BOSQICHIDA MOLIYA-BANK TIZIMINI INNOVATSION BOSHQARISHNING ASOSIY TENDENSIYALARI

Abdurasulov Ravshanbek

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11080554

Annotatsiya. Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo'lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo'yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko'rsatkichlarining o'sish sur'atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda. Ushbu maqolada batafsil shu haqida yuritilgan.

Kalit so'zlar: bank, moliya, strategiya, investitsiya, transformatsiya, kredit, biznes, pul, kapital, omonat.

Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo'lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko'p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog'liqdir.

2020 yil 12 mayda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5992-sonli "2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2020-2025 yillarga mo'ljallangan O'zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi, O'zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish bo'yicha "Yo'l xaritasi" hamda strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko'rsatkichlari tasdiqlandi.

Mazkur Strategiya Markaziy bank va Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda mamlakat bank tizimining joriy holatini o'rganish natijalari bo'yicha asosiy xulosalar va tavsiyalar, shuningdek xorijiy davlatlarning moliya sektorini transformatsiya qilish tajribasi hamda moliya sohasidagi xalqaro tendensiyalarni inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Strategiyada bank tizimida hozirgi kunda saqlanib qolayotgan muammo va dolzarb masalalarga alohida e'tibor qaratilgan. Xususan:

- bank tizimida davlatning yuqori darajadagi ishtiroki natijasida moliyaviy va inson resurslaridan samarasiz foydalanilayotganligi, ularda korporativ boshqaruv va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi;

- davlat ishtirokidagi banklarning ustuvor dasturlar, sohalar va davlat ulushiga ega korxonalarga bozor stavkalaridan kam bo'lgan stavkalarda kreditlar ajratuvchi an'anaviy "taraqqiyot banklari" vazifasini bajarishi;

- kreditlashning yuqori sur'atlarda o'sib borayotganligi va buning natijasida banklarning barqarorlik darajasini ifodalovchi likvidlilik va kapital yetarlilik ko'rsatkichlariga salbiy ta'sir etayotganligi;

- imtiyozli kreditlar ulushining yuqori darajada saqlanib qolayotganligi natijasida moliya bozorida narx signallarining noto'g'ri shakllanishi, shuningdek pul-kredit siyosatining transmission mexanizmlarining ishlashiga salbiy ta'sir ko'rsatayotganligi;

- yuqori darajadagi dollarlashuv, shuningdek, kredit va depozitlarning yirik korxonalar va iqtisodiyotning alohida sohalarida jamlanganligi (konsentratsiyasi) natijasida bank tizimining valyuta, kredit va likvidlilik xatarlariga bardoshliligining zaifligi;

- davlat ishtirokidagi banklar biznes-modellarining asosan korporativ mijozlarga xizmat ko'rsatishga yo'naltirilganligi, nobank moliya tashkilotlarining roli sustligi, shuningdek innovatsiyalar va axborot tizimlarining yaxshi rivojlanmaganligi sababli moliyaviy ommaboplik darajasining pastligi tizimda tub islohotlarni amalga oshirish zaruratini yuzaga keltirdi.

O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta'siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o'zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko'rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek, mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e'tirof etilmoqda.

Bunda, ayniqsa, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Agar raqamlarga murojat qilsak, so'nggi 6 yil ichida bank tizimining umumiy kapitali 4,4 barobardan ziyodroqqa o'sdi. 2013 yilning o'zida tijorat banklari umumiy kapitali 25 foizga ko'paydi. Bu davrda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 534,5 mlrd. so'mlik bank aktsiyalari investorlar o'rtasida joylashtirildi.

Shuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish ko'pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo'yicha asosan banklarning likvidlik ko'rsatkichini saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarning ustuvor yo'nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi.

Banklarning kapital yetarliligi darajasiga kelsak, bu ko'rsatkich ham bir necha yildirki, 24,3 foizni tashkil etib, umum qabul qilingan xalqaro standart (8 foiz) dan uch barobar ziyoddir. Bank tizimi likvidliligi esa 65 foizdan ziyodga etdi («yuqori» indikator bahosi - 30 foiz). Bank tizimining «xavfsizlik yostig'i (zaxirasi)» oxirgi 4 yilda qariyb 3 barobarga o'sdi va 2 mlrd. AQSH dollaridan ortiqni, shuningdek, aktivlar miqdori ularning jami majburiyatlaridan 1,6 barobardan ziyodroqni tashkil etmoqda. Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan omonat turlari 250 dan oshdi.Tijorat banklaridagi jami depozitlar hajmi oxirgi 6 yilda - 6,7 barobarga oshdi va 2014 yil 1 yanvar holatiga o'tgan yilning shu davriga nisbatan 30,2 foizga oshib, ularning hajmi 26 trln. so'mga yetdi.

Depozitlar bilan bir qatorda, banklar qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish yo'li bilan bo'sh pul mablag'larini faol jalb qilmoqda. Joriy yilning 1 yanvar holatiga banklarning muomaladagi uzoq muddatli obligatsiyalari miqdori 330 mlrd. so'mni, depozit va jamg'arma sertifikatlari 592 mlrd. so'mni tashkil etmoqda.

O'z navbatida tijorat banklarining kapitallashuv darajasining yuqoriligi va ular resurs bazasining kengayishi iqtisodiyotning real sektorini moliyaviy qo'llab-quvvatlash imkoniyatlarini yanada oshirmoqda. Xususan, o'tgan 2013 yilda banklarning jami aktivlari miqdori 30 foizga oshgan bo'lsa, so'ngi 6 yilda esa 4,7 barobarga ko'paydi. Bu davrda iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmining yillik o'sish sur'ati o'rtacha 30 foizni, iqtisodiyotning alohida yo'nalishlari va sohalarida esa undan ham ko'proqni tashkil qilgan. Jumladan, investitsion kreditlarning yillik o'rtacha o'sish sur'ati 36 foizni, kichik biznes hamda tadbirkorlik sohasiga ajratilgan kreditlarning o'sish sur'ati - 46 foizni, shu jumladan, mikrokreditlarning o'sish sur'ati - 57 foizni tashkil etdi.

Ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda real sektorni kreditlashda pasayish tendentsiyasi davom etayotgan bir payitda, mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlar xajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2014 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra real sektorga yo'naltirilgan kreditlar xajmi 26,5 trln. so'mni tashkil etdi. Ajratilgan kreditlarning 79,3 foizini investitsion maqsadlarga yo'naltirilgan uzoq muddatli kreditlar tashkil qilgan.

2013 yilgi kredit siyosati doirasida ustuvor sohalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun 7,2 trln. so'm miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Oxirgi 13 yilda ajratilgan investitsiya kreditlari hajmi 60 barobardan ortiqqa ko'paydi. Bu esa O'zbekiston bank tizimi mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga muhim hissa qo'shayotganligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Azimovna, R. F. (2024). Youth Entrepreneurship and its Development Measures. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 3(1), 340-343.

2. Nurillaev, J. Y. (2024). Theoretical and methodological foundations of financing karakul farming in a market economy.

3. Nurillaev, J. Y. . (2021). Directions To Improve The Activities Of The Karakulchil Sector In Uzbekistan. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(02), 5762. https://doi.org/10.37547/tajiir/Volume03Issue02-11

4. Yarashevich Nurillayev, J., Omonovich Tursunov, B., & Sherzod ogli Raimberdiyev, S. (2021, December). Evaluation of The Efficiency of Commercial Banks in Financing Investment Projects. In The 5th International Conference on Future Networks & Distributed Systems (pp. 361-365).

5. Nurillaev, J. (2024, April). The Role of Cluster Education and Science in The Stable Development of Society. In International Conference of Economics, Finance and Accounting Studies (Vol. 4, pp. 21-23).

6. Nurillaev, J. (2024, April). The Main Directions of Formation of The National Innovation System in The Conditions of Globalization. In International Conference of Economics, Finance and Accounting Studies (Vol. 4, pp. 29-31).

7. Yarashevich, P. N. J. (2023). Factors for Choosing a Marketing Strategy in Tourism Development.

8. Nurillayev, J. Y. (2022). The role of corporate management system in providing financial security in commercial banks.

9. Рахматуллаева, Ф, & Шаробиддинов, А. (2023). YALPI HUDUDIY MAHSULOT SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO 'LLARI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/4), 140-146.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.