Научная статья на тему 'BANKNING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH'

BANKNING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
104
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BANKLARNING KAPITALLASHUV / INVESTITSIYAVIY FAOLLIGI / LIBERALLASHTIRISH / INFLYATSION TARGETLASH

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shodmonov I.S.

Mazkur maqola,bankning kredit siyosatini takomillashtirish tamoyillari,vazifalari va olib borilayotgan chora tadbirlar haqida ma'lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE BANK'S CREDIT POLICY

This article provides information on the principles, objectives and ongoing measures to improve the bank's credit policy.

Текст научной работы на тему «BANKNING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH»

Shodmonov I.S.

Mustaqil tadqiqodchi

BANKNING KREDIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH

Annatatsiya: Mazkur maqola,bankning kredit siyosatini takomillashtirish tamoyillari,vazifalari va olib borilayotgan chora tadbirlar haqida ma'lumot beradi.

Kalit so'zlar: Banklarning kapitallashuv, investitsiyaviy faolligi, liberallashtirish, inflyatsion targetlash.

Shodmonov I.S. independent researcher

IMPROVING THE BANK'S CREDIT POLICY

Annotation: This article provides information on the principles, objectives and ongoing measures to improve the bank's credit policy.

Keywords: Banks' capitalization, investment activity, liberalization, inflation targeting.

Kirish. O'zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta'siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o'zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko'rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo'lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e'tirof etilmoqda.Bunda, ayniqsa, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Agar raqamlarga murojat qilsak, so'nggi 6 yil ichida bank tizimining umumiy kapitali 4,4 barobardan ziyodroqqa o'sdi. 2013 yilning o'zida tijorat banklari umumiy kapitali 25 foizga ko'paydi. Bu davrda bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 534,5 mlrd. so'mlik bank aktsiyalari investorlar o'rtasida joylashtirildi.Shuni takidlash joizki, respublikamizda yirik banklarning kapitallashuv darajasini oshirish ko'pgina xorij mamlakatlari amaliyoti bo'yicha asosan banklarning likvidlik ko'rsatkichini saqlab turishga emas, balki banklarning investitsiyaviy faolligini kuchaytirishga, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarning ustuvor yo'nalishlarini qayta tiklash va kengaytirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan kreditlash hajmini oshirish qaratildi.

Asosiy qism:2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o'rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berdi.

Ushbu yo'nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog'liq amaliy qadamlar bo'ldi.

Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o'z navbatida, Markaziy bankning asosiy e'tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko'p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog'liq.Shundan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta bozorini liberallashtirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilinishidan ko'p o'tmay O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o'tish bo'yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi "O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Farmonining qabul qilinishi bo'ldi.

Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta'minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta'minlash bo'yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko'rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o'zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan to'g'ri qabul qilinishi va qo'llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o'rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o'tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo'yicha o'rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.

Xulosa o'mida shuni ta'kidlash joizki, muhtaram YUrtboshimiz tomonidan mamlakatmiz bank tizimini rivojlantirishga berilayotgan alohida e'tibor va respublikamizda qulay makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligining natijasida bank tizimini rivojlantirish va isloh etib borish sohasida sezilari ijobiy natijalarga erishildi.Misol uchun Bank tizimini isloh qilish va liberallashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlarning yana bir misolini Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish talablari bo'yicha «Biznesni olib borish-2014» navbatdagi yillik ma'ruzasining natijasiga ko'ra O'zbekistonning kredit ajratish bo'yicha reytingidagi o'rni 24 pog'onaga ko'tarildi.

Foydanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ahmad, M. Abu-Alkheil (2012) "Ethical Banking and Finance: A Theoretical and Empirical Framework for the Cross-Country and Inter-bank Analysis of Efficiency, Productivity, and Financial Performance" Ltd. Germany

2. Bekkin R.I., 2009, Islamic economic model and modernity. Marjani Publishers, Moscow

3. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Toshkent "Sharq" 2012 5-bet

4. Mufti Taqi Usmoniy. Al-Azhar Fatwa declaring interest permissible.www.albalagh.net/qa/azhar_fatwa_interest.html.

5. Azmat, S., Skully, M., Brown, K., 2015. Can Islamic banking ever become Islamic?

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.