Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNI TANLASHDA STRATEGIK YO‘NALISHLARNING O‘RNI'

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNI TANLASHDA STRATEGIK YO‘NALISHLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Innovatsiya / loyiha / mahsulot / bozor / xizmat / segment / model / samaradorlik

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Musayeva Shoira Azimovna, Usmonova Dilfuza Ilhkomovna

Mazkur maqolada bozorni o‘rganish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faoliyat olib borilayotgan bozorlarda marketing harakatlarini jadallashtirish, tovarni sotishdan keyin qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish ta’sirini kuchaytirish, mahsulot sotishni ko‘paytirish imkoniyatlarini axtarishdir, bozorning yangi segmentlari, iste’molchilar guruhlari ga kirib borishini, yangi modellarni o‘rnatish, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yangi iste’mol yoki tadbiq sohalarini izlash ko‘rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNI TANLASHDA STRATEGIK YO‘NALISHLARNING O‘RNI»

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION LOYIHALARNI TANLASHDASTRATEGIK YO'NALISHLARNING O'RNI *Musyeva Shoira Azimovna, 2Usmonova Dilfuza Ilhkomovna

1Samarqand iqtisodiyot va servis institute Marketing kafedrasi professori 2Samarqand iqtisodiyot va servis institute Marketing kafedrasi dotsenti Email:musaeva shoira@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10800367

Annotatsiya. Mazkur maqolada bozorni o'rganish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faoliyat olib borilayotgan bozorlarda marketing harakatlarini jadallashtirish, tovarni sotishdan keyin qo 'shimcha xizmat ko'rsatish ta'sirini kuchaytirish, mahsulot sotishni ko'paytirish imkoniyatlarini axtarishdir, bozorning yangi segmentlari, iste 'molchilar guruhlari ga kirib borishini, yangi modellarni o'rnatish, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yangi iste 'mol yoki tadbiq sohalarini izlash ko'rib chiqilgan.

Kalitli so'zlar: Innovatsiya, loyiha, mahsulot, bozor, xizmat, segment, model,samaradorlik.

Аннотация. В данной статье целью является изучение рынка, ускорение маркетинговых усилий выпускаемой продукции на рынках, где она работает, усиление эффекта дополнительного обслуживания после продажи товара, поиск возможностей увеличения учитывались продажи продукции, новые сегменты рынка, группы потребителей, внедрение новых моделей, поиск новых областей потребления или применения выпускаемого продукта.

Ключевые слова: Инновация, проект, продукт, рынок, услуга, сегмент, модель, эффективность.

Abstract. In this article, the aim is to study the market, to accelerate the marketing efforts of the manufactured products in the markets where they operate, to strengthen the effect of additional service after the sale of the goods, to search for opportunities to increase product sales, new market segments, consumers groups, installation of new models, search for new consumption or application areas for the manufactured product were considered.

Keywords: Innovation, project, product, market, service, segment, model, efficiency.

Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion faoliyatdagi tavakkalchilik yangiliklarni yaratish va ishlab chiqarishda mablag'lar qo'yishda paydo bo'ladigan yo'qotishlar ehtimolligi kabi aniqlanadi. Innovatsion faoliyatda tavakkalchilikni kamaytirish uchun birinchi navbatda amalga oshirishga taklif etiladigan loyihalarining sinchkov tanlovini amalga oshirish kerak. Innovatsion loyihalarni tanlashning muhimligi loyihadan oldin quyidagi holatlar bilan aniqlanadi:

Innovatsion yangiliklarga keng ko'lamdagi va yuqori darajadagi harajatlar, innovatsion yangiliklar yoki mavzularning alohida yo'nalishlariga ajratilgan mablag'larning cheklanganligi, yuqori samara olish uchun tanlov asosida istiqbolli va dolzarb mavzularni ajratib olishga intilish, buyurtmachilar va bevosita ilmiy-texnik hodimlar tomonidan taklif etiladigan ko'p sonli mavzular, innovatsion yangiliklarva izlanuvchanlik tadqiqot yo'nalishlarida kelajakda jahon darajasiga erishish uchun ilmiy-texnik va iqtisodiy tavakkallarni kamaytirish zaruriyati, innovatsion yangiliklar natijalari korxonalar faoliyati strategiyalariga mos kelishi muhimdir.

Barchaga ma'lumki, strategik rejalashtirish korxona va firmalar faoliyatining asosiy yo'nalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarishva sotish sohasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofiq yo'nalishini aks ettiradi. Sungra har bir yo'nalish bo'yicha batafsil rejalar

tuziladi, chunki marketing konsepsiyasini qo'llaydigan korxonalar va firmalar faoliyat natijalari ko'prok savdo sohasi bilan belgilaydi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini kamraydigan marketingni rejalashtirish alohida o'rinni egallaydi. Firma o'sish imkoniyatlari intensiv, integratsion, diversifikatsion yo'nalishlaridan iborat.

Variantlarning birinchi guruhida korxonani ishlab chiqarish - bozor faoliyatining mavjud miqyosi va yo'nalishlari darajasida rivojlantirish imkoniyatlari aniqlanadi. Ular korxonaning o'ziga taaluqli intensiv rivojlanish qiyofasiga ega. Variantlarning ikkinchi guruhi integratsiya , ya'ni birlashuv orqali marketing tizimining qismlari bilan bog'liq bo'lganimkoniyatlarni, uchinchi guruhi marketing tizimiga kirmagan, ya'ni diversifikatsiya , ya'ni har tomonlama kengayish natijasida paydo bo'ladigan inkoniyatlarni qamraydi.

Rivojlanishdagi intensiv yo'nalish mahsulot va bozorni rivojlantirishda yashirin imkoniyatlaridan hozirga qadar foydalanmagan

korxonalarga nisbatan asosli va xos bo'ladi. Bozorda chuqur o'rnatish - bozorni o'rganish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni faoliyat olib borilayotgan bozorlarda marketing harakatlarini jadallashtirish yo'li bilan (masalan: xaridorni jalb etadigan ishlar - narxni pasaytirish tovarni sotishdan keyin qo'shimcha xizmat ko'rsatish ta'sirini kuchaytirish)mahsulot sotishni ko'paytirish imkoniyatlarini axtarishdir. Bozor hududlarini kengaytirish mahsulotlarning yangi geografik hududlarga, ya'ni mamlakatda yoki chet ellarda, bozorning yangi segmentlari, iste'molchilar guruhlari ga kirib borishini, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yangi iste'mol yoki tadbiq sohalarini izlashni ko'zda tutadi.

YAngi modellarni o'rnatish, mahsulotning sifat tomonidan tabakalangan turlarini ishlab chiqarish yo'li bilan tovarlar takomillashtiriladi. Intensiv rivojlanishning yuqorida sanab utilgan usullari o'zaro alternativ tarzda qaralashi mumkin, shuningdek ularni faoliyat bosqichlari tarzida izohlash ham mumkin. So'nggi holda bozorni o'rganish harakatlarini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarga birinchi navbatda e'tibor beriladi, so'ngra bozorni kengaytirishga o'rinib ko'riladi, nihoyat, bu harakat foyda bermasa, korxona mahsulotni rivojlantirishga kirishadi.

Integratsion taraqqiyot variantlari o'z tarmog'ida mustahkam holatga vatarmoq ichidagi marketing tizimini bo'g'inlari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga ega bo'lgan korxonalarda uchraydi. Vertikal integratsiyada oqim yo'li bo'ylab marketing tizimining ayrim bo'g'inlari o'rtasida birlashuv yoki domiy muvofiqlashuv yuz beradi.

Regressiv yoki vertikal integratsiya oldingi bo'g'in bilan birga ishlab chiqaruvchining o'zi o'z xom ashyo ishlab chiqarishni tashkil etishini yoki mavjud xom ashyo etkazib beruvchilar bilan mustahkam kooperatsiya aloqalario'rnatishini nazarda tutadi. Progressiv yoki vertikal integratsiya bo'g'ini bilan birga sanoat korxonasi harid qilish yoki ulgurji va chakana savdoni nazoratga olishni,ya'ni savdo chiqimlarini kamaytirish uchun taqsimotning oraliq bo'g'inlarini yo'qotib, mahsulotni pirovard iste'molchiga etkazib berishgacha o'zi mustakil shug'ullanishni anglatadi. Gorizontal integratsiya marketing tizimining bir xil bo'g'inlarida turgan korxonalar o'rtasida faoliyatni o'zaro muvofiqlashtirishdan iboratdir. Masalan, bir xil mahsulot ishlab chiqaradigan ikki sanoat korxonasi birlashib, ishlab chiqarish miqyosini kengaytiradi va ayni paytda o'z xarajatlarini qisqartiradi. Bunday birlashma ulgurji yoki chakana savdo tashkilotlari o'rtasida ham tuzilishi mumkin, ular shu yo'l bilan mol etkazib beruvchilarga nisbatan o'z mavkeini ko'tarib, mahsulot sotish hajmini ko'paytiradi.

Diversifikatsiya yo'li bilan rivojlanish variantlari guruhlari mazkur marketing tizimi doirasida yanada o'sish imkoniyatlariga ega bo'lmagan va bu imkoniyatni ushbu tizimdan, tashqarida qidiradigan korxonalarning bu xatti - harakatini asosi deb hisoblaydi.

Diversifikatsiyaning uch ko'rinishi bor: jamlanma , ya'ni konsentrik diversifikatsiya -korxona texnikaviy yoki bozor nuqtai nazaridan firmaning ilgarigi tovarlariga o'xshash yangi mahsulotni ishlab chiqara boshlaganda yuz beradi. Masalan, telefon apparatlari ishlab chiqaradigan korxona o'z mahsulot xilini ko'paytirib, avto javob beruvchi yoki videotelefon ishlab chiqarishga o'tdi. SHunday qilib korxona o'z dasturini boyitadi va iste'molchilarning yangi guruhiga ega bo'ladi. Gorizontal diversifikatsiya - ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot xiliga texnologik aloqasi bo'lmagan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga o'tishdan iborat.

O'z o'rnida innovatsion loyihalarini tanlashning muhim vazifalari bo'lib, quyidagilar hisoblanadi: istiqbolli, dolzarb va samarali yo'nalishlarni to'g'ri tanlash, noma'lum, tasodifiy va texnik jihatdan bo'ladigan o'zgarishlar kelajakda mavzu bo'yicha ishlarni bajara olmaslikni inobatga olish, taklif etiladigan innovatsiyalarning ilmiy-texnik va iqtisodiy darajalarini pasaytiradigan sabablarni aniqlash;innovatsiyalarni moliyalashtirish imkoniyatlaridan kelib chiqib qabul qilinadigan va tasdiqlanadigan loyixalarni tanlash uchun uslubiy tavsiyalar berish harajatlarini qoplash.

Ilmiy-texnik tashkilotlarni va birlashmalarni istiqbolli va mavzuiy rejalashtirish tajribasi loyixalarni tanlashning umumiy, qulay uslublarini qo'llab yangiliklar yaratishning imkoniyati yo'qligini ko'rsatadi va har qanday holatda ham baholashni samarali amalga oshirish ko'rsatkichlari sistemasini ishlab chiqish kerakligini keltirib chiqaradi. Innovatsion loyihalarni tanlashdagi amaliy faoliyatda ular maxsus ko'rsatkichlar va ularni hisoblash uslublari, tanlovni aniqroq amalga oshiruvchi, tarmoq va xududning xususiyatlarini, maqsadlarni va mavzuni shakllantirish manbalarini aniqlab beruvchi uslublar bilan to'ldirilishi mumkin.

Loyixani tanlash uchun ko'rsatkichlar sistemasini aniqlashda yangilik harakteri va mazmunining tarmoq korxonalarini ishlab chiqarish - texnikva moliyaviy imkoniyatlariga mos kelishi prinsipini hisobga olish zarur. Istiqbolli mavzularni tanlashning muhim prinsiplariga yondashuvlarning kompleksliligi prinsipi kiradi. Ko'rsatkichlarga quyidagi talablar qo'yiladi: tanlangan loyihani amalga oshirishning oxirgi maqsadlari bilanmantiqiy bog'liqlik, ob'ektivlik, oddiylik va hisoblashning qulayligi, aniqlik va olingan natijalarning bir xil ma'noga egaligi, amalga oshirilayotgan hisob va hisobot shakllariga mos kelishi. Loyihalarni tanlashda uchun quyidagi ko'rsatkichlar guruhi qo'llanilishi mumkin: ilmiy- texnik, ishlab chiqarish-texnologik, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy- ekologik, tarmoq, xuquqiy, vaqt ko'rsatkichlari, bozor ko'rsatkichlari.

Innovatsion loyihalarni tanlash uslublariga bir qancha talablar qo'yiladi: istiqbolli va samaraliroq mavzularni qat'iy tanlash, tanlangan mavzular natijalarining ishlab-chiqarish -xo'jalik va fan - ishlab chiqarish sistemasi faoliyati maqsadlariga mosligi, tanlangan mavzularning maqsadga yo'naltirilganligi, to'g'ri baholashning yuqori darajada bo'lishi - birinchi navbatda kutiladigan natijalarga erishishni va mavzuni shakllantirish manbalarini baholash to'g'ri bo'lishi, tarmoq va hudud xususiyatlarining inobatga olinishi va hokazo.

Bu talablar majmuasini hisobga olish turli uslublardan kompleksfoydalanish yo'li bilan amalga oshiriladi. Loyihalarni tanlashda qo'llaniladigan uslublar sifat va miqdor uslublariga bo'linadi. Dastlabkibosqichlarda ilmiy-texnik yangiliklarni tanlashda qo'llaniladi:

1) Sifat uslubi, shaxsiy tajriba va malakaga asoslangan holda rejalashtirilgan innovatsiyalarni amaliyotga tadbiq eta olish. Uning ob'ektivligini oshirish yaxshi tashkil etilgan

ekspert baholashlari va matematik usullarni qo'llash orqali ta'minlanadi.

2) Jadval-analitik uslubi, loyixani tanlashdagi jadval-analitik uslubini qo'llashda hammadan oldin natijalari mavzularni tanlashda inobatga olinadigan omillar qayd qilinadi. YAgona uslubiyot nuqtai- nazaridan mavzuni tanlashdagi hamma uslublar uchun yagona omillar majmuasi qo'llaniladi. Tanlanadigan har bir omilning ta'sirini tavsiflash uchun turli xil baholar (a'lo, qoniqarli va boshqalar) qo'llaniladi. Har bir alohida holat uchun faqat bitta baho qo'yiladi.

3) Miqdor uslubi - u baholashni ko'p darajali sistemasini qo'llash ko'rsatkichlari majmuasidan foydalanishga asoslanadi.

Olingan umumiy ko'rsatkichlar bo'yicha turli loyihalari solishtirib, u yoki bu innovatsion loyixaning afzalligining xaqiqiy bahosini olish mumkin. Loyihani amalga oshirish chog'ida qo'llaniladigan yoki topilgan,yangi tuzilgan davriy grafik va jadvallar dastlabki bashoratlar bilan solishtiriladi. Oxirida xaqiqiy natijalar dastlabki baholash bilan taqqoslanadi. SHuningdek taqqoslashlar alohida ko'rsatkichlarning ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarganini ko'rsatdi. Ular loyihalarni baholagan mutaxassislar nuqtai nazaridan foydali bo'lishi mumkin va ulardan eng yaxshilari loyihani tanlashda qo'llanilishi mumkin.

Miqdor uslublarini qo'llashda har bir aniq mavzu uchun birinchi darajali ko'rsatkichlar, asosiy ko'rsatkichlar aniqlanadi, ularning ro'yxati to'ziladi va tenglashtiriladigan qiymatlari aniqlanadi. Har bir innovatsion tashkilot yoki korxona loyihalar uchun foydali va kadrli bo'lgan ko'rsatkichlarni qo'llashi mumkin.

Umumiy ko'rsatkichlar bo'yicha mavzular olingan summalarning kamayib borish tartibida taqsimlanadi va ularning har bir mavzudagi joyi aniqlanadi. Bunda baholashning ishonchlilik darajasini oshirish uchun mavzularning taqsimlanishida ularga qo'shimcha ravishda, ko'rsatkichlarolingan ballar yig'indisidan bog'liq ravishda kategoriyalarga , ya'ni oliy, birinchi, ikkinchi darajalikategoriyalarga turkumlanadi. Bunga asoslanib, mavzularning dastlabki tanlovi amalga oshiriladi. Innovatsion jarayonlarni amalga oshirishda albatta bir nechta variantlar asosida alternativ tanlov muhim ahamiyat kasb etadi. Amaliyotda innovatsion jarayonlarning iqtisodiy samaradorligi oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Fatxutdinov R.A. Strategicheskiy menedjment. M. «Delo» 2011g

2. Morozov YU.P. Innovatsionnbiy menedjment. YUNITI. Moskva. 2010

3. Musaeva Sh.A. Marketing tadqiqotlari. Darslik "STAR-SEL" MChJ nashriyot va ijodiy bo'limi. Samarqand-2023

4. Musaeva Sh.A. Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasiO'quv qo'llanma "Mahorat" nashriyoti, Samarqand - 2022

5. Musaeva Sh.A., Usmonova D.I. Innovatsion marketing "TURON EDITION" 2021 yil uchun o'quv qo'llanma.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.