Научная статья на тему 'IQTISODIY QAROR QABUL QILISHDA EGALIK SAMARASINING OʻRNI'

IQTISODIY QAROR QABUL QILISHDA EGALIK SAMARASINING OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xulq-atvor iqtisodiyoti / mikroiqtisodiyot / egalik samarasi / befarqlik egri chizigʻi / qiymat nazariyasi / naflilik / bozor muvozanati / marketing / behavioral economics / microeconomics / endowment effect / indifference curve / prospect theory / utility / market equilibrium / marketing

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Eldorbekov Gʻofurbek Iskandarbek Oʻgʻli

Mikroiqtisodiyot nazariyasiga koʻra, iqtisodiy agentlar doimo ratsional qaror qabul qilishadi. Lekin, bir qancha psixologlar va iqtisodchilar oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, iqtisodiy agent oʻzi egalik qilgan ne’matni teng qiymatga ega alternativ ne’matga almashtirishida iqtisodiy postulatlarga amal qilmaydi. Bu esa iqtisodiyot nazariyasiga xos boʻlgan oʻz naflilik darajasini maksimallashtirmoqchi boʻlgan ratsional agent xatti-harakatiga qarshi hisoblanadi. Ushbu maqolada, xulq-atvor iqtisodiyotida oʻzgarishga yuz tutgan befarqlik egri chizigʻi nazariyasi va iqtisodiy agentlarda yuzaga keluvchi egalik samarasi xususiyatlari haqida soʻz boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF THE ENDOWMENT EFFECT IN ECONOMIC DECISION MAKING

According to the theory of microeconomics, economic agents always make rational decisions. However, according to research by a number of psychologists and economists, an economic agent does not follow economic postulates when replacing an existing good with an alternative product of equal value. This is contrary to the behavior of a rational agent who wants to maximize the level of utility, which is characteristic of economic theory. This article talks about the indifference curve theory, which has changed in behavioral economics, and the characteristics of the property effect that arises among economic agents

Текст научной работы на тему «IQTISODIY QAROR QABUL QILISHDA EGALIK SAMARASINING OʻRNI»

IQTISODIY QAROR QABUL QILISHDA EGALIK SAMARASINING O'RNI

Eldorbekov G'ofurbek Iskandarbek o'g'li

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti eldorbekovg01 @mail.ru

Annotatsiya: Mikroiqtisodiyot nazariyasiga ko'ra, iqtisodiy agentlar doimo ratsional qaror qabul qilishadi. Lekin, bir qancha psixologlar va iqtisodchilar o'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, iqtisodiy agent o'zi egalik qilgan ne'matni teng qiymatga ega alternativ ne'matga almashtirishida iqtisodiy postulatlarga amal qilmaydi. Bu esa iqtisodiyot nazariyasiga xos bo'lgan o'z naflilik darajasini maksimallashtirmoqchi bo'lgan ratsional agent xatti-harakatiga qarshi hisoblanadi. Ushbu maqolada, xulq-atvor iqtisodiyotida o'zgarishga yuz tutgan befarqlik egri chizig'i nazariyasi va iqtisodiy agentlarda yuzaga keluvchi egalik samarasi xususiyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: xulq-atvor iqtisodiyoti, mikroiqtisodiyot, egalik samarasi, befarqlik egri chizig 'i, qiymat nazariyasi, naflilik, bozor muvozanati, marketing.

РОЛЬ ЭФФЕКТА ВЛАДЕНИЯ В ПРИНЯТИИ ЭКОНОМИЧЕСКИХ

РЕШЕНИЙ

Элдарбеков Гафурбек Искандарбек угли

Магистрант Ташкентского государственного экономического университета

eldorbekovg01@mail.ru

Аннотация: Согласно теории микроэкономики, экономические агенты всегда принимают рациональные решения. Однако, согласно исследованиям ряда психологов и экономистов, экономический агент не следует экономическим постулатам при замене имеющегося у него блага альтернативным товаром равной стоимости. Это противоречит поведению рационального агента, который хочет максимизировать уровень полезности, что характерно для экономической теории. В данной статье говорится о теории кривой безразличия, которая изменилась в поведенческой экономике, и характеристиках эффекта собственности, возникающего у экономических агентов.

Ключевые слова: поведенческая экономика, микроэкономика, эффект владения, кривая безразличия, теория перспектив, полезность, рыночное равновесие, маркетинг.

THE ROLE OF THE ENDOWMENT EFFECT IN ECONOMIC DECISION

MAKING

Eldorbekov Gofurbek Iskandarbek ugli

Graduate student of Tashkent State University of Economics eldorbekovgO 1 @mail.ru

Abstract: According to the theory of microeconomics, economic agents always make rational decisions. However, according to research by a number of psychologists and economists, an economic agent does not follow economic postulates when replacing an existing good with an alternative product of equal value. This is contrary to the behavior of a rational agent who wants to maximize the level of utility, which is characteristic of economic theory. This article talks about the indifference curve theory, which has changed in behavioral economics, and the characteristics of the property effect that arises among economic agents.

Keywords: behavioral economics, microeconomics, endowment effect, indifference curve, prospect theory, utility, market equilibrium, marketing.

KIRISH

Iqtisodiyot nazariyasidan ma'lumki, iqtisodiy agentlar qaror qabul qilishda ratsionallikka tayanishadi. Ya'ni, ular mavjud axborot va imkoniyatlardan maksimal foydalanishadi, hissiyotlarga berilishmaydi va qat'iy hisob-kitobga rioya qilishadi [1]. Neoklassik iqtisodchilar fikricha, ushbu holat iste'molchining nafliligini maksimallashtirish va iqtisodiy ne'matlarni tanlash jarayonida ham vujudga keladi. Aslida esa, empirik tadqiqotlarga ko'ra, qat'iy neoklassik nazariya barcha holatlarda ham amalga oshmaydi. Hatto, deyarli barcha iqtisodiy qonunlar aniqlangan XXI asrdagi "Dotkomlar inqirozi" va "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi"ning yuzaga kelishi bunga asos bo'la oladi. Shu sababli, bozor iqtisodiyoti sharoitida turli xil "chetlanishlar"ni yuzaga keltiruvchi hodisalaridan biri - egalik samarasining xususiyatlarini aniqlash va shu orqali jamiyat farovonligini maksimallashtirish muhim hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Iqtisodiyot nazariyasidagi klassik qonunlarni aniqlash uchun Z.T. Gaibnazarova va Sh.A. Isamuxametovlarning "Iqtisodiyot nazariyasi" kitobidan

foydalanildi. Iste'molchining o'z nafliligini maksimallashtirish va samarali tanlovini amalga oshirish qoidalarini aka ettirish uchun B.T.Salimovning "Mikroiqtisodiyot" kitobiga murojaat etildi.

Egalik samarasi nazariyasining asosiy g'oyasi va nazariy asosini o'rganish uchun Nobel laureatlari Daniel Kaneman va Richard Taler maqolalaridan foydalanildi. Nazariyani aniq iqtisodiy holatlar orqali aks ettirish uchun Daniel Kanemanning "Thinking, fast and slow" va Richard Talerning "Misbehaving: the making of behavioral economics" kitoblaridan foydalanildi. Shuningdek, xulq-atvor iqtisodiyotidagi samaralarni aniqroq ifodalashda A.Kasimovning "Xulq-atvor iqtisodiyoti" nomli o'quv qo'llanmasi asos qilib olindi.

METODOLOGIYA

Iqtisodiy qaror qabul qilish, ularga ta'sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash uchun analiz va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanildi. Iqtisodiy qarorlarning iste'molchining naflilik funksiyasini shakllantirishdagi ta'sirini aniqlash uchun iqtisodiy o'lchov metodi ishlatildi. Psixologik samaralarni iqtisodiy agentlarga ta'sirini aniqlash taqqoslash usuli yordamida amalga oshirildi. Ma'lumotlarni aniqroq ko'rsatish uchun grafik va matematik formulalardan foydalanilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mikroiqtisodiyotda iste'molchining tovarlarni tanlash jarayoni befarqlik egri chizig'i orqali amalga oshiradi. Befarqlik egri chizig'i - bu iste'molchi uchun bir xil naf beruvchi ne'matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi [2]. Nazariyaga ko'ra, befarqlik egri chizig'ida yotuvchi istalgan kombinatsiya bir xil hajmdagi naflilikni beradi. Lekin, ushbu holat har doim ham amalga oshavermaydi. Tasavvur qiling, bir xil did, lavozim va boshlang'ich daromadga ega egizaklar mavjud. Ularning yillik ish haqi va dam olish kunlari 1-rasmdagi 1-nuqtada belgilangan. Vaqt o'tganidan so'ng ularning lavozimlari oshdi. Firma ularga 2 xil lavozimni taklif etdi: qo'shimcha yillik 10 000 dollar beruvchi (A nuqta) yoki yiliga qo'shimcha 12 kun dam olish imkonini beruvchi lavozim (B nuqta).

_j-1-h

Dam olish kunlari

1-rasm. Befarqlik egri chizig'i kartasi

Ushbu 2 nuqta ham bir befarqlik egri chizig'ida yotganligi uchun egizaklar uchun qaysi variantni tanlashlarining ahamiyati yo'q. Ma'lum vaqt o'tganidan so'ng, egizaklar o'z lavozimlariga ko'nikishdi va endi firma agar ularga istashsa o'z lavozimlarini almashtirishni taklif qildi. Klassik iqtisodiy nazariyaga ko'ra, egizaklar hech qanday stimullarsiz (yoki juda kam stimullar bilan) ham o'z lavozimlarini o'zgartirishlari kerak. Lekin, egalik samarasiga ko'ra, ular o'z lavozimlarini o'zgartirishmaydi. Ya'ni har bir egizak o'zi yo'qotuvchi 10 000 dollar (yoki qo'shimcha 12 dam olish kuni) alternativ variantdan ko'ra qadrliroq hisoblanadi [3].

Egalik samarasi (inglizcha, endowment effect) - inson o'zi egalik qilishi mumkin bo'lgan ne'matdan ko'ra, o'zi egalik qiluvchi ne'matni afzal ko'rishi. Ushbu nazariya iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindorlari Richard Taler va Daniel Kaneman tomonidan 1970-yillarda amalga oshirgan tadqiqotlarda tasdiqlangan [4]. Kaneman quyidagicha misol keltiradi: "Bir kishi mashhur guruhning ashaddiy ishqibozi va guruhning konsertiga kirish uchun 200 dollar sarfladi. U ushbu chiptani sotib olish uchun 500 dollardan ko'proq berishga tayyor emas edi. Muxlis chiptani sotib olganidan so'ng unga 3000 dollarga chiptani sotib olishni taklif qilishdi, lekin muxlis buni rad etdi. Demak, ushbu guruh konserti uchun chiptaning minimal sotuv narxi - 3000 dollardan yuqori, xarid narxi esa maksimum 500 dollar. Ushbu holat bir qarashda irratsional bo'lib, iqtisodiyot nazariyasi tomonidan tushuntirib berila olmaydi". Shunday holatda qiymat funksiyasi (prospect theory) grafigi ushbu holatni tushuntirib bera oladi.

Nafiilik

2

i

Yo'qotishlar

T

Yuiuqlar

-s

2-rasm. Qiymat funksiyasi grafigi (prospect theory) [5]

Qiymatlar funksiyasiga ko'ra, kishi absolyut qiymati bir xil bo'lgan sharoitda, yutuqda qo'lga kiritishi mumkin bo'lgan naflilikdan ko'ra, yo'qotishlarda ko'proq naflilik pasayishiga duch keladi [6]. Masalan, inson boshqa o'zgarmas sharoitlarda 100 dollar topib olganida taxminan 2 yutilga ega bo'lsa, u 100 dollar yo'qotib qo'yganida 6 yutil yo'qotadi.

Iqtisodchi Richard Talerning qayd etishicha, uning ustozi professor Richard Rozett auksionda xarid qilgan bir shisha vinoni kamida 100 dollarga sotgan. Vaholanki, Rozett auksionlarda xuddi shu sifatga ega vino uchun 35 dollardan ko'proq to'lamagan. Hatto, transaksion xarajatlarni hisobga olganda ham ushbu holat iqtisodiy postulatga qarshi edi [7]. Bu holatni naflilik funksiyasi misolida ko'rib chiqish mumkin. Aytaylik, bir shisha vinodan olinuvchi naflilik uning bozor narxi va vino saqlangan muddat ko'paytmasiga teng bo'lsin:

Bu yerda, U - yutil darajasi (naflilik o'lchovi), x - bir shisha vinoning bozor

narxi, y - vino saqlangan muddat.

Shunday holatda, bir shisha vinoning bozor narxi 35 dollar, saqlanish muddati

20 yilga teng bo'lsa, vinodan olinuvchi naflilik 700 yutilga teng bo'ladi. Rozett

uchun xuddi shunday xususiyatlarga ega vinoni sotishning minimal narxi esa 100

dollar. Formulaga ko'ra ushbu holatda, naflilik 2 000 yutilni tashkil etadi. Ushbu

20

xarid va sotuv nafliliklari orasidagi nisbat esa — ga, taxminan 2,86 ga teng.

Vaholanki, neoklassik iqtisodiy qonunlarga ko'ra, ushbu qiymat 1 ga teng yoki unga juda yaqin bo'lishi kerak edi. Demak, professor ushbu vinoni sotish orqali naq 2 000 yutil naflilikni yo'qotmoqda va ushbu yo'qotishni qoplash uchun unga kamida 100 dollar taklif etishlari kerak.

U = x*y

Qaror qabul qilishdagi ushbu chetlanishlar (bias) marketing loyihalarida keng foydalaniladi. Masalan, avtomobil sotib olishdagi test-drayv, pullik dasturiy ta'minotlardan dastlabki foydalanish uchun taqdim etiluvchi bepul muddat va Apple do'konlarida smartfon imkoniyatlaridan shaxsan foydalanish imkoniyati bunga misol bo'ladi. Yuqoridagi holatlar nafaqat sotib olishga ikkilanib turgan mijozni tovarni xarid qilishga, balki tovarni xarid qilishga tayyor mijozni unga qo'shimcha hisoblanuvchi to'ldiruvchi tovarlarni ham sotib olishga turtki bo'lishi mumkin.

Yana bir muhim qoidalardan biri egalik samarasining universal hisoblanmasligidir. Agar sizdan 20 ming so'mlik kupyurani 4 ta 5 mingtalik kupyuraga almashtirib berishni so'rashsa, siz hech qanday yo'qotishni sezmaysiz. Xuddi shunday tarzda bozorda oyoq kiyim sotuvchisi ham o'z tovarini sotganida naflilik yo'qotishlariga duch kelmaydi. Chunki, ushbu holatda do'kon egasi o'z tovarlarini faqat sotuv uchun olib kelgan bo'lib, ularni faqat pul ekvivalenti sifatida ko'radi. Lekin, sevimli futbol jamoasining o'yinini ko'rish uchun kelgan muxlis o'z chiptasini 5 barobar qimmatroqqa sotmasligi real holat hisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Iqtisodiyot nazariyasidagi barcha qonuniyatlar ham real hayotda aks etmaydi. Shu sababli, egalik samarasi yuzaga kelgan holatlar sababli, bozorda muvozanat narx va miqdorga erishish muddatlari cho'zilib ketishi, iste'molchi yutug'i va jamiyat farovonligi ko'rsatkichlari pasayishi mumkin. Shu sababli, bozor munosabatlarini tashkil etishda maksimal samaradorlikka erishish uchun quyidagi takliflar beriladi:

1. Mamlakatdagi turli sohalarda shartnomalar tuzishni erkinlashtirish va ushbu jarayonni soddalashtirish.

2. Axborot asimmetriyasini minimallashtirish. Qachonki, iqtisodiy agentlar bozordagi dinamik o'zgarishlar haqida aktual axborotga ega bo'lishmasa, bu hududda yuzaga keluvchi shartnomalar soni va ularning umumiy qiymatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

3. Transaksion xarajatlarni optimizatsiyalash. Ko'pgina bozor turlarida transaksion xarajatlar firmaning shartnomalar tuzish va boshqaruvdagi bevosita xarajatlari emas, balki byurokratiya va qonun samarasizligi sifatida vujudga keladi. Sotilishi mumkin bo'lgan tovarga ega iqtisodiy agent esa ushbu noaniqlik va xarajatlarni hisoblash qiyin bo'lgan sharoitda o'zi egalik qiluvchi tovarni bozordagi muvozanat narxdan yuqoriroq baholashi tabiiy.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Z.T. Gaibnazarova, Sh.A. Isamuxametov. Iqtisodiyot nazariyasi. (Darslik) -Т.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi", 2G2G. 21-23 b.

2. B.T. Salimov, M.S. Yusupov, B.B. Salimov. Mikroiqtisodiyot. Darslik. - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 84-85 b.

3. Daniel Kahneman. Thinking, fast and slow. Farrar, Straus and Giroux. New York, 2013. - 286-289 b.

4. Amos Tversky and Daniel Kahneman. "Loss Aversion in Riskless Choice: A Reference-Dependent Model." The Quarterly Journal of Economics, vol. 106, no. 4, 1991. — 1040-1044 b.

5. Barbara Osimani. The precautionary principle in the pharmaceutical domain: a philosophical enquiry into probabilistic reasoning and risk aversion. Health, Risk & Society, 15:2, 2013. - 133-134 b.

6. Kasimov A.A. Xulq-atvor iqtisodiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot - matbaa uyi", 2022. - 30-31 b.

7. Richard H. Thaler. Misbehaving : the making of behavioral economics. W. W. Norton & Company. New York, 2015. - 34-36 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.