Научная статья на тему 'INVESTITSIОN MUHITNI SHАKLLАNTIRISHDА KАPITАL QО‘YILMАLАR HISОBINI TО‘G‘RI TАSHKIL ETISHNING АHАMIYАTI'

INVESTITSIОN MUHITNI SHАKLLАNTIRISHDА KАPITАL QО‘YILMАLАR HISОBINI TО‘G‘RI TАSHKIL ETISHNING АHАMIYАTI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiyа / kаpitаl qо‘yilmа / аsоsiy vоsitаlаr / nоmоddiy аktiv / biоlоgik аktiv / investitsiоn mulk / аsоsiy vоsitаlаrni xаrid qilish / pаrvаrishlаsh / nоmоddiy аktivlаrni yаrаtish / uskunаlаrni о’rnаtish. / investments / capital investments / fixed assets / intangible assets / biological assets / investment real estate / acquisition of fixed assets / maintenance / creation of intangible assets / installation of equipment.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Egаmberdiyevа S. R., Bоzоrоv Y.

Ushbu mаqоlаdа kоrxоnаlаrdа investitsiоn muhitni shаkllаntirishdа kаpitаl qо‘yilmаlаr hisоbini tо‘g‘ri tаshkil etishning аhаmiyаti, buxgаlteriyа hisоbi milliy stаndаrtlаri hаmdа xаlqаrо stаndаrtlаr аsоsidа kаpitаl qо‘yilmаlаr hisоbini yuritishdаgi аlоhidа xususiyаtlаri оchib berilgаn. Xususаn kаpitаl qо‘yilmаlаrni, investitsiоn mulkni, nоmоddiy аktivlаrni yаrаtish bilаn bоg‘liq xаrаjаtlаrni mоhiyаti yоritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF CORRECT ORGANIZATION OF ACCOUNTING OF CAPITAL INVESTMENTS IN THE FORMATION OF THE INVESTMENT ENVIRONMENT

This article reveals the importance of the correct organization of accounting for capital investments in the formation of the investment environment at enterprises, the features of accounting for capital investments based on national accounting standards and international standards. In particular, the nature of expenses associated with the creation of capital investments, investment real estate and intangible assets is highlighted

Текст научной работы на тему «INVESTITSIОN MUHITNI SHАKLLАNTIRISHDА KАPITАL QО‘YILMАLАR HISОBINI TО‘G‘RI TАSHKIL ETISHNING АHАMIYАTI»

UDK 657.3

Egamberdiyeva S.R., i.f.n., dotsent Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

O'zbekiston Bozorov Y.

Qashqadaryo parmalash ishlari MChJ buxgalteri

O'zbekiston

INVESTITSION MUHITNI SHAKLLANTIRISHDA KAPITAL QO'YILMALAR HISOBINI TO'G'RI TASHKIL ETISHNING

AHAMIYATI

Аnnotatsiya: Ushbu maqolada korxonalarda investitsion muhitni shakllantirishda kapital qo 'yilmalar hisobini to 'g'ri tashkil etishning ahamiyati, buxgalteriya hisobi milliy standartlari hamda xalqaro standartlar asosida kapital qo 'yilmalar hisobini yuritishdagi alohida xususiyatlari ochib berilgan. Xususan kapital qo 'yilmalarni, investitsion mulkni, nomoddiy aktivlarni yaratish bilan bog'liq xarajatlarni mohiyatiyoritilgan.

Kalit so'zlar: investitsiya, kapital qo 'yilma, asosiy vositalar, nomoddiy aktiv, biologik aktiv, investitsion mulk, asosiy vositalarni xarid qilish, parvarishlash, nomoddiy aktivlarni yaratish, uskunalarni o'rnatish.

Egamberdieva S.R. Associate Professor Karshi Engineering Economics Institute

Uzbekistan Bozorov Y.

Accountant Kashkadarya Drilling Works LLC

Uzbekistan

THE IMPORTANCE OF CORRECT ORGANIZATION OF ACCOUNTING OF CAPITAL INVESTMENTS IN THE FORMATION OF THE INVESTMENT ENVIRONMENT

Annotation: This article reveals the importance of the correct organization of accounting for capital investments in the formation of the investment environment at enterprises, the features of accounting for capital investments based on national accounting standards and international standards. In particular, the nature of expenses associated with the creation of capital investments, investment real estate and intangible assets is highlighted Key words: investments, capital investments, fixed assets, intangible assets, biological assets, investment real estate, acquisition of fixed assets, maintenance, creation of intangible assets, installation of equipment.

Kirish. Bozor munosabatlarining mukammallashuvi, tarmoqlar iqtisodiyotining jadal rivojlanishi va uning samaradorligini ta'minlashda investitsiyalar katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Bugungi kunda investitsiya larni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatni boshqarish o'zgacha yondashishlarni talab etmoqda. Chunki, xo'jalik yuritishning zamonaviy yo'lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o'zgartirishni talab qiladi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish davlat siyosatida muhim vazifalardan biri ekanligi shubhasiz.

O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi iqtisodiet tarmoqlarining barcha sohalari va yo'nalishlarida iqtisodiy erkinlikni ta'minlashni talab etadi. Bu esa investitsion faoliyat rivojlanishi bilan chambarchas bog'liqdir.

Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, "Bizning asosiy maqsadimiz -O'zbekistonni xorijiy investorlar uchun ishonchli va uzoq muddatli hamkorga aylantirishdir." [2]

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi, uni tashkil etuvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatlari moddiy bazasining rivojlanishiga bog'liq, chunki moddiy resurslardan samarali foydalanish har qanday iqtisodiy o'sishning sharti va bosh omili hisoblanadi.

O'tkazilayotgan islohotlar natijasida mazkur muammoning yechimi sifatida "yirik davlat korxonalarida moliyaviy hisobot tuzish va audit o'tkazishda xalqaro standartlarni joriy qilish"[1] kabi muhim vazifalar belgilab qo'yildi. Korxonalar faoliyatida kapital qo'yilmalarni to'g'ri hisobga olish, dastlabki xujjatlashtirish va iqtisodiy samaradorligini baholash, ularni tegishli obyektlar o'rtasida aniq taqsimlanganligi hamda maqsadli sarflanganligini tekshirishda ko'pgina muammolar mavjudligini ko'rsatmoqda.

Kapital qo'yilmalarni hisobga olishning amaldagi tartibi sarflangan kapital xarajatlarni to'liq va ishonchli aks ettirish,kapital qo'yilmalar bilan bog'liq mablag'larni aniq maqsadga yo'naltirish, qurilish ishlarini moliyalashtirishda mablag'lar taqchilligini bartaraf etish hamda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga o'z vaqtida topshirilishini ta'minlash, shuningdek axborotdan foydalanuvchilarga ma'lumotlarni aniq va o'z vaqtida yetkazish imkonini bermaydi.

Shuningdek, respublikamizda bu masalalar buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari va boshqa meyoriy hujjatlar talablari darajasida ilmiy jihatdan iqtisodchi olimlar tomonidan to'liq hal etilmagan hamda bu boradagi muammolarning zamonaviy yechimlarini batafsil qamrab olmaydi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayoni jahon tajribalari asosida, respublikamizning milliy xususiyatlarini inobatga olgan holda, iqtisodiyotni rivojlantirish modelini yaratish turli xil mulkchilik va xo'jalik shakllarida faoliyat yuritayotgan jamoa, ijara, shirkat, aksiyadorlik jamiyatlarida buxgalteriya, ayniqsa xarajatlarining tarkibini belgilash, ularning hisobini va iqtisodiy tahlilini tashkil etish va

takomillashtirish kabi

muhim vazifalar qo'yilmoqda.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Ta'kidlash joizki, keyingi vaqtlarda Rossiyalik iqtisodchi olimlar olim A.D.Sheremetning [4] tadqiqotlarida kapital qo'yilmalar hisobi hamda auditni mustaqil fan sifatida tan olish, uning predmeti va obyektlarini aniqlashtirish va fanning yangi qirralarini tadqiq etish dolzarb deb qaralmoqda. Mazkur masalada yana bir iqtisodchi olim V.I.Podolskiy[5] esa, o'z tadqiqotlarida A.D.Sheremet[4] shakllantirgan xulosalarga asoslangan holda kapital qo'yilmalar hisobi hamda audit nazariyasining bir qator qoidalarini yanada rivojlantirgan.

Mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan bu masalalar yaratilayotgan darslik, monografiya va o'quv qo'llanmalar, shuningdek, e'lon qilinayotgan ilmiy maqola va tezislarda qisman o'rganilgan. Bu borada, M.M.Tulaxodjayevaning ta'rifiga ko'ra "korxona o'zini modernizatsiya qilishga investitsiya qilayotgan mablag'lar kapitalizatsiya xarajatlari yoki kapital qo'yilmalar deb ataladi."[6]. Yana bir iqtisodchi olim, professor H.N.Musayevning ta'kidlashicha: "iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar deganda asosiy vositalarni yangilash bilan bog'lik bo'lgan xarajatlar tushuniladi.

Hozirgi davrda mamlakatimizda kapital qo'yilmalar asosiy vositalarga qilinadigan investitsiyalar shaklida amalga oshiriladi." [7].

R.D.Dusmuratovning fikriga ko'ra "iqtisodiyotda kapital qo'yilmalar deganda asosiy vositalarni yangilash bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar tushiniladi. Hozirgi davrda mamlakatimizda kapital qo'yilmalar asosiy vositalarga qilinadigan investitsiyalar shaklida amalga oshiriladi" [8].

Ta'kidlash joizki, yuqoridagi tadqiqotlarda mavzuga oid umumiy qarashlar keltirilgan bo'lsada, biroq kapital qo'yilmalarni xarajat sifatida uning mohiyatini ochib berish va uning metodologik masalalari alohida ilmiy tadqiqot obyekti va yaxlit tizim sifatida tadqiq qilinmagan. Bu holat mazkur mavzuda kompleks ilmiy izlanishlar olib borishni taqozo etmoqda.

Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy ishlari, ilmiy monografiyalari, o'quv qo'llanmalari va maqolalarini tahlil qilish, statistik tahlillari, jadvallarni analitik taqqoslash, guruhlash, miqdor va sifat ko'rsatikichlarni hisoblash, ularni bir-biri bilan solishtirish kabi uslublardan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. Xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o'zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo'yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo'jalik subyektining moliyaviy hisobotlari to'g'risida berilgan beg'araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to'g'risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar.

Shuningdek, audit rejasida kapital qo'yilmalarni tarkibi, ularni shakllantirish manbalari va korxonada kapital quyilmalar bo'yicha ichki nazorat

tizimining samaradorligi kabi masalalar aks ettiriladi. Bu masalalarni o'rganishda korxona hisob siyosati va kapital qo'yilmalarni shakllantirishga doir hujjatlar, qurilish tashkilotlari bilan tuzilgan pudrat shartnomalari, qurilish ishlarining bajarilishini tasdiqlovchi hujjatlar ma'lumotlaridan foydalaniladi.

Bozor munosabatlari sharoitida "investitsiyalar", "kapital qo'yilmalar" va "oborotdan tashqari aktivlarga qo'yilmalar" kabi iqtisodiy atamalar keng qo'llanilmoqda. Aslini olganda, bu atamalar zamirida korxona mulkini quri sh, sotib olish, yangilash, ko'paytirish kabi mazmun yotadi. Kapital qo'yilmalar tarkibiga asosiy vositalar, tabiiy resurslar va nomoddiy aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o'sishi va ularni yaxshilanishiga sarflanadigan xarajatlar ham kiradi.

O'zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobinint 21-sonli standartiga ko'ra kapital qo'yilmalarga shunday ta'rif berilgan: Kapital qo'yilmalar-"Korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek mahsuldor va ishchi hayvonlarning asosiy podasini tashkil qilish bo'yicha xarajatlardir" [3].

Kapital qo'yilmalarni ta'rifi hozirgacha aksariyat iqtisodiy adabiyotlarda asosiy vositalar va nomoddiyni qurish, xarid qilish bilan bog'liq xarajatlar deb qaralib kelingan. Shundan kelib chiqib, kapital qo'yilmalar hisobini xalqaro standartlar asosida tashkil etish uchun kapital qo'yilmalarga ta'rif berishda buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar asosida tashkil etishda bizningcha, kapital qo'yilmalarni ta'rifi hamda hisobga oluvchi schyotlarni ham tarkibini o'zgartirish zarur.

Kapital qo'yilmalar ta'rifi quyidagicha ifodalansa maqsadga muvofiqdir: "Uzoq muddatli aktivlarni qurish, xarid qilish, yaratish (nomoddiy aktivlarni ayrimlari yaratiladi), parvarishlash (bioloik aktivlarni ayrimlari o'simliklar o'stiriladi, hayvonlar boqiladi), shakllantirish (ayrim uzoq muddatli aktivlar-investitsion mulk shakllantiriladi) bilan bog'liq xarajatlar kapital qo'pilmalar deyiladi."

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarida kapital qo'yilmalar hisobini takomillashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan respublikamizda kapital qo'yilmalarni hisobga olib boruvchi schyotlarni xorijiy davlatlardagi amaliyot bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir (1-jadval).

Shu nuqtai nazardan amaldagi kapital qo'ilmalarni hisoba oluvchi schyotlarni tarkibini quyidagicha shakllantirishni taklif etamiz:

1-jadval1

Kapital qo'yilmalar bo'yicha qo'llanilayotgan schyotlarning tavsifi

Schyotlar ning raqami Schyotlarning nomi Schyotla r ning Schyotlarning nomi

raqami

Amaldagi Taklif etilayotgan varianti

0810 Tugallanmagan qurilish 08-1 Tugallanmagan qurilish

0820 Asosiy vositalarni sotib olish 08-2 Asosiy vositalarni xarid qilish

0830 Nomoddiy aktivlarni sotib olish 08-3 Asosiy vositalarning alohida ob'ektlarini sotib olish

0840 Asosiy podani shakllantirish 08-4 Nomoddiy aktivlarni xarid qilish

0850 Yerni obodonlashtirishga kapital qo'yilmalar 08-5 Nomoddiy aktivlarni yaratish

0860 Uzoq muddatli ijara shart-nomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarga 08-6 Biologik aktivlarni shakllantirish

0890 Boshqa kapital qo'yilmalar 08-6-1 Mahsuldor hayvonlarni sotib olish

08-6-2 Ishchi hayvonlarni sotib olish

08-6-3 Yosh mahsuldor hayvonlarni parvarishlash

08-6-4 Yosh ishchi hayvonlarni parvarishlash

08-6-5 O'simliklarni parvarishlash

08-7 Investitsion mulk obektlarini shakllantirish

08-8 Yerni obodonlashtirishga kapital qo'yilmalar

08-9 Moliyaviy ijara shartnomasi bo'yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo'yilmalar

08-10 Boshqa kapital qo'yilmalar

Schyotlar rejasiga taklif etilayotgan variantdagi yangi schyotlarni kiritilishi kapital qo'yilmalarni kelgusidagi samaradorligini tahlil qilish imkoniyatini kengatiradi. Xususan, asosiy vositalarning alohida ob'ektlarini sotib olish schyotini kiritish orqali katta hajmdagi asosiy vositalar obyektlarini sotib olish xarajatlari agar kelgusida mavjud asosiy vositalar qiymatini oshirsa, ularga qilingan kapital qo'yilmalarni shakllantirish xarajatlarini tahlil qilishda 08-3-" Asosiy vositalarning alohida ob'ektlarini sotib olish" schyotida shakllangan summani ajratib ko'rsatishda ma'lumotlarni aniqlashtirish imkoni yaratiladi. Nomoddiy aktivlarni ayrimlarini xarid qilinsa, ayrimlari yaratiladi, ularni boshlang'ich qiymatini to'g'ri shakllantirish uchun xarid qilingan va yaratilgan

1 Muallif ishlanmasi

nomoddiy aktivlarga kapital qo'yilmalar schyotlarini alohida aks ettirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun biz 08-4- «Nomoddiy aktivlarni xarid qilish», 08-5-«Nomoddiy aktivlarni yaratish» schyotlarini taklif etamiz. Mahsuldor hayvonlarni va ishchi hayvonlarni sotib olish va parvarishlash bilan bog'liq xarajatlarini alohida aks ettirish maqsadga muvofiq.Chunki kelgusida ular asosiy podaga o'tkazilganda ularni boshlang'ich qiymati to'g'ri shakllanishi kerak. Chunki standartlarga ko'ra, ishchi hayvonlarga amortizatsiya hisoblansa, mahsuldor hayvonlarga hisoblanmaydi. Shuning uun ularni shakllantirish bilan bog'liq xarajatlar 08-6-1- «Mahsuldor hayvonlarni sotib olish», 08-6-2-" Ishchi hayvonlarni sotib olish", 08-6-3-" Yosh mahsuldor hayvonlarni parvarishlash", 08-6-4-" Yosh ishchi hayvonlarni parvarishlash" schyotlarida alohida hisobga olinsa ma'lumotlarni tahliliy xususiyati oshadi.

Xulosa va takliflar. Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarida kapital qo'yilmalar hisobini takomillashtirish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan respublikamizda kapital qo'yilmalarni hisobga olib boruvchi schyotlarni xorijiy davlatlardagi amaliyot bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir.

Kapital qo'yilmalarning hisobini yuritishda boshlang'ich xujjatlarni to'g'ri to'ldirish va ular hisobini aniq yuritish buxgalteriya ishlarining asosini tashkil etadi. Shu bilan birga buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi bo'lgan nazorat qilishni kuchaytirish lozim.

Iqtisodiyot tarmoqlaridagi korxonalarda kapital mablag'lardan samaraliroq foydalanish uchun, mablag'larni oqilona sarflash, xarajatlarni qisqartirish, buxgalteriya hisobi hujjatlarini ixchamlashtirish, kapital qo'yilmalar tahlilini takomillashtirish va kapital qo'yilmalar bilan bog'liq xarajalarni hisobga oluvi schyotlarda ma'lumolarni to'g'ri aks ettirish masadida schyotlar rejasiga xalqaro standartlar talablariga javob bera oladigan tarzda analitik schyotlarni kiritishni taklif etamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

l.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ4611son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumidagi nutqi. 02.05.2024y. 3.0'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) "Xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlari rejasiva uni qo'llash bo'yicha yo'riqnoma" O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining 09.09.2002 yildagi 103-sonli burug'i.

4.Шеремет А.Д., Суйц В.П. Аудит. Учебник. -М.: ИНФРА-М, 2009. -456 с.

5.Пoдoльский В.И. Аудит.Учебник.4-е изд. - М.: 2010. 744 стр.

6. To'laxodjayeva M. "Korxona moliyaviy ahvoli auditi", O'quv qo'llanma. "Iqtisodiyot va huquq dunyosi" - T.: 1998. 193 b

7.Musayev H.N. Audit. Darslik. - T.: "Moliya" 2013 y. 14 -bet.

8.Dusmuratov R.D. Auditorlik faoliyati: nazariya, uslubiyot va amaliyot. MonografyaY. -T.: Moliya, 2017. -22- bet.

9. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va ta'lim. - 2023. - T. 24. -№. 5. - C. 78-82.

10. Sobitjon M., Dustova M. X. QADIMGI VA HOZIRGI DUNYO DAVLATLARI IQTISODIYOTIDAGI FARQLAR, BOG'LIQLIKLAR VA O'XSHASHLIKLAR //PEDAGOG. - 2022. - T. 5. - №. 7. - C. 804-807.

11. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - C. 119121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.