INTELLEKTUAL TIZIMLARNI TA'LIM JARAYONIDA
QO'LLANISHI
1Abdullayeva Ozoda Safibullayevna, 2Soliyeva Dilnoza Ulug'bek qizi
1Namangan muhandislik qurilish instituti professori (PHD) 2Namangan davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11179615
Annotatsiya. Maqolada Oliy ta'limni innovatsion rivojlantirish sharoitida ta'lim jarayonlarini boshqaruvchi intellektual ta'lim tizimlaring imkoniyatlari va xususiyatlari haqida so'z boradi. Oliy ta'lim muassalaridaintellektual tizimlardanfoydalanish ta'lim sifatiningoshishi , ta'lim jarayonlaridagi shaffoflikni ta'minlashi, talabalar uchunyaratiladigan qulayliklarning tahlili ko'rildi. Sun'iy intellektlar, bilimlar bazasi va ma'lumotlar bazalarining intellektual tizimdagi ahamiyati va ularni qo'llash tavsiya etildi. Bu tizimlarning tadbig'i, o'qish sifatining oshishi bilan baholandi.
Kalit so'zlar: intellektual tizim, sun'iy intellekt, bilimlar bazasi, intellektuaintel ma'lumotlar bazasi, ekspert tizimlar, bilimlarga asoslangan tizimlar.
Annotation. The article will talk about the possibilities and features of intellectual education systems that control educational processes in the conditions of innovative development of Higher Education. In higher education institutions , the use of intellectual systems was seen as an increase in the quality of education , ensuring transparency in educational processes, an analysis of the facilities createdfor students. The importance of artificial intelligences, knowledge bases and databases in the intellectual system and their application were recommended. The implementation of these systems was assessed by an increase in the quality of reading.
Keywords: intellectual system, artificial intelligence, knowledge base, intellectuaintel database, expert systems, knowledge-based systems.
Аннотация. В статье рассматриваются возможности и особенности интеллектуальных образовательных систем, управляющих образовательными процессами в условиях инновационного развития высшего образования. Использование интеллектуальных систем в высших учебных заведениях привело к повышению качества образования, обеспечению прозрачности образовательных процессов, анализу удобств, создаваемых для студентов. Важность искусственного интеллекта, баз знаний и баз данных в интеллектуальной системе и их применение были рекомендованы. Это было оценено по внедрению систем, повышению качества обучения.
Ключевые слова: интеллектуальная система, искусственный интеллект, база знаний, база данных интеллектуаинтел, экспертные системы, системы, основанные на знаниях.
Zamonaviy axborot texnologiyalarining keskin sur'atlarda rivojlanishi iqtisodiyot , fan-texnika tarmoqlarining o'sishi bilan bir qatorda ta'lim tizimlarini ham chetda qoldirmadi. Axborot texnologiyalaridagi olamshumul yangiliklar ta'lim tizimlarining taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shdi va bu hozir ham davom etmoqda. Oliy ta'lim tashkilotlari uchun ta'lim jarayonlarini boshqaruvchi intellektual ta'lim tizimlarining yaratilishi bu ta'lim sohasida yana bir pog'ona yuqoriga oldimlashni bildiradi . Bu tizim ko'plab qulayliklarni o'z ichiga olibgina qolmay, har bir talabaning o'ziga xos ta'lim dasturini tuzishga imkoniyat yaratadi.. Bu talabalarga ularni shaxsiy ravishda o'rganishga yordam beradi va ularni tahlil qilish , mulohazalar yuritish da o'zlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Shuningdek, talabalar uchun onlayn ta'lim imkoniyatlarini
yaratishda o'z vazifasini bajaradi. Bu talabalarga mashg'ulotlarni amalga oshirishda hamda vaqtlarini tejashda yordam beradi. Qo'shimcha tarzda aytish joizki, intellektual tizimlar o'quv jarayonini yanada qulay va o'qitishning sifatini oshirishga yordam beradi. Virtual labaratoriyalar, animatsiyalar, interktiv darsliklar va boshqa interektiv vositalar orqali talabalarni qiziqtirish , ilmiy materiallarni o'rganishni qulayroq qilish va ta'limni yanada moddiy va ma'naviy ravishda kashfiyotchi qilish imkoniyatini yaratadi. Bu tizimlar o'quv jarayonida ma'lumotlar almashishni, tarqatishni va doimo o'zgaruvchilar bilan ta'minlashni osonlashtiradi. Bu o'qituvchilar va talabalar uchun yangi ma'lumotlarni o'rganish va ularni qo'llashda yordam beradi.Talabalarning tajribasiga va bilim darajalariga qarab , ta'limni moslashtirish va talabalarni yanada kuchliroq qilishga yordam beradigan adaptiv ta'lim texnologiyalarini o'z ichiga oladi. Bu tizimning foydalari o'qituvchilar, talabalar va ta'lim muassalari uchun yangi imkoniyatlarni ochishda ko'rsatilgan.
Oliy ta'lim sharoitida intellektual ta'lim tizimi, ma'naviy va ma'rifatli o'sishning asosiy vositasidir. Bu tizim, talabalarga o'zlarining o'zaro munosabatlari, ijtimoiy ma'naviyat, va dunyoqarashlar haqida bilimlarini rivojlantiradi. Intellektual ta'limda turli shakllar va usullar mavjud bo'lib, ular orasida darsliklar, maqolalar, fan-ta'lim loyiha va interaktiv elektron ta'lim vositalari kabi narsalar kiritiladi.
Oliy ta'lim tizimlarida intellektual ta'lim uchun imkoniyatlar kengdir. Bu imkoniyatlar dastlabki qatorda kutubxonalarning yorliqlari, va muassasalar tomonidan taklif etiladi. Bu esa talabalarni ko'plab to'plamlar, seminarlar, va davra suhbatlari orqali bilim olish kabi imkoniyatlardan foydalanishlariga yordam beradi.Internet orqali ma'lumotlar dunyosiga kirish, onlayn ta'lim platformalari, virtual tizimlar va interaktiv darslar orqali talabalar birgalikda o'rganishlari va ma'naviy munosabatlari rivojlantirishlari mumkin. Bu usullar talabalarga o'zlarining o'rganish va tajriba almashish jarayonlarini o'zlashtirishda yordam beradi. boshqarish tizimlari haqida to'liqligicha yozishdan avval intelektual bilimlar bazasi hamda juda tez ommalashyotgan sun'iy intelektlar haqida so'z yuritsak.
Hozirgi zamon mutaxassisi kerakli axborotni topish, ajratib olish , tahlil qilish, tashkillashtirish, saqlash hamda kerakli ko'rinishda tasvirlashni bilishi kerak. Bu esa undan tahlil va sintez qilish, umumlashtirish, abstraksiyalash, modellashtirish, o'xshashliklarni topish va shunga o'xshash boshqa aqliy faoliyat ko'nikmalarini egallashini talab qiladi. Shuni ham aytib o'tish kerakki, biror hodisa, voqea yoki soha haqida absolyut bilim beradigan axborot tizimini yaratish juda mushkul ish hisoblanadi. Bilimlar bazasini boshqarish usullari bilimlar bazasini yaratish bilan bevosita bog'langan bo'ladi.
Bilimlar bazasini boshqarish uchun maxsus dasturlar tuziladi. Bunday dasturlarning vazifasiga quyidagilar kiradi:
• bilimlar bazasidagi ma'lumotlarga kirish;
• bilimlar bazasidagi axborotlarni modifikatsiyalash (yangilash);
• kompyuter o'chirilganda yoki dasturlar ishi to'xtab qolganda boshqarishning tezda qayta tiklanishi;
• bilimlar bazasidan bir vaqtda bir necha kompyuterning foydalanishi va foydalanuvchilarning bir - biriga xalaqit bermasligi;
• bilimlar bazasidagi ma'lumotlardan foydalanishning cheklanganligi va ularni tashqi ta'sirlardan himoyalanishi.
Bilimlar bazasi maxsus tashkil etilgan firmalar, guruhlar yoki yakka dasturchilar tomonidan yaratiladi. Foydalanuvchilar esa bu dasturlarni magnit yoki lazer disklariga yozib oladilar va ulardan foydalanadilar.
Intellektual ma'lumotlar bazasi bu — foydalanuvchilarga barcha tegishli ma'lumotlarni taqdim etishini ta'minlash uchun foydalanuvchilar bilan o'zaro aloqada bolgan sun'iy intellekt (SI) komponentlariga ega to'liq matnli ma'lumotlar bazasi. SI qismi ko'pincha neyron tarmog'ining ulanish modellariga asoslangan intellektual operatsiyalar va bilim namoyishlarini ta'minlaydigan qidiruvlar paytida ko'rinadi. Demak, intellektual ma'lumotlar bazasi oddiy ma'lumotlarni emas, balki ma'lumotlarni boshqaradigan va uni foydalanuvchilar uchun tabiiy va informatsion tarzda taqdim etadigan tizimdir. Natijada, uning sig'imi oddiy hisob yuritishdan ancha yuqori.
Intellektual ma'lumotlar bazasiga ega bo'lish, undan samarali foydalanishni bilgandagina foydali bo'ladi. Bilimlar bazasidan maksimal darajada foydalanish bo'yicha quyidagi tavsiyalarga amal qilinishi, samaradorlikni yanada oshiradi.
1. Doimiy ravishda bilimlar bazasini yangilash. Yangi ma'lumotlar paydo bo'lganda, ularni yangilab turish uchun bilim bazasiga qo'shish.
2. Ma'lumotni oson topish uchun teglar va kalit so'zlardan foydalanish. Ma'lumotlarni teg va kalit so'z bilan belgilash kerakli ma'lumotlarni qidirish va topishni osonlashtiradi.
3. Bilimlarni boshqalar bilan baham ko'rish.
Intellektual axborot bilimlar bazasini yaratish uchun dasturiy vositani tanlashda foydalanish qulayligi, moslashtirish imkoniyatlari, xavfsizlik, kengayish va boshqa tizimlar bilan integratsiya kabi omillarni hisobga olish kerak. Shuningdek, vosita mijozning o'ziga xos ehtiyojlari va maqsadlariga mos kelishini ta'minlash muhimdir. Bilimlar bazasi tizimining afzalliklari:
- foydalanuvchilarga ekspert qarorlarini qabul qilishda yordam berish;
- mavjud ma'lumotlar va saqlangan bilimlarni ko'rib chiqish orqali yangi bilimlarni yaratish;
- turli sohalarda ma'lumotlarni guruhlash;
- katta hajmdagi tuzilgan va tuzilmagan ma'lumotlarni oqilona va samarali boshqarishdir.
Sun'iy intellekt sitemasida bilimlar bazasi muhim o'rin egallaydi. Shu sohaning ilg'or mutaxassisi Stenford universiteti professori Edvard Feyganbaum bilimlar asosida, Komp'yuter ga tuzilgan intellektual dastur juda qiyin bo'lib, bunda ekspertga murojaat etishni ta'kidlaydi. O'zi sun'iy intellekt atamasi aniq bir tushuncha bo'lmay, biz uni sinonimi sifatida «Ekspert tizimlar» va «Bilimlarga asoslangan tizimlar» tushunchalarini ishlatamiz.
Sun'iy intellect (SI) — bu inson o'y-fikrini kompyuterda aks ettiruvchi dasturlar tizimidir. Bu kabi tizimlar yaratish uchun, aniq bir masalani yechuvchi kishining fikr jarayonini o'rganish va shu asosda kompyuter tushunadigan tilda dastur tuziladi. Bu sohada asosan, «nima bo'ldi, agar» turdagi evristik (noformallashgan) vazifalar jarayoni kompyuter da hal etiladi. Bunda asosiy g'oya «qanday hal etish kerak» degan vazifani beruvchi eski formallashgan algoritmlardan predmetli soha mutaxassislari tomonidan jamlangan bilimlar bazasida «nimani hal etish kerak» degan mantiqiy dasturlashtirishga o'tishdir. Sun'iy intellekt kompyuterlarga o'zlarining tajribalarini o'rganish, berilgan parametrlarga moslashish va ilgari faqat odamlar uchun mumkin bo'lgan vazifalarni bajarish imkonini beradi. SI ni amalga oshirishning ko'p holatlarida - kompyuter shaxmatchilaridan tortib uchuvchisiz transport vositalarigacha - chuqur o'rganish va tabiiy tillarni qayta ishlash imkoniyati juda muhimdir. Ushbu texnologiyalar tufayli kompyuterlarga katta miqdordagi ma'lumotlarni qayta ishlash va ulardagi belgilarni aniqlash orqali muayyan vazifalarni bajarishga "o'rgatish" mumkin.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta'lim muassasalarida intellektual ta'lim tizimlaridan foydalanish istiqbolli kelajakning poydevoridir. U talabalarga oson va tezkor ta'lim olishning imkoniyatini yaratibgina qolmay, oliy ta'lim muassasalari bilan Oliy va o'rta maxsus ta'lim
vazirligi o'rtasida axborot ko'prigi vazifasini o'taydi hamda oliy ta'lim muassasalaridan olinadigan turli xil ma'lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qog'oz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.Bu platformani xar bir muassasa uchun yagona admini tayinlanadi. Admin muassasa uchun professor xodimlarni, talabalarni, magistrlarni kiritadi. Shundan so'ng o'quv rejadagi soatlarini, bayram kunlarini va akademik ta'til kunlarini kiritib chiqadi va dars jadvalini yaratadi har bir professor o'qituvchilarni bog'lab chiqadi. Ular uchun alohida parol va loginni beradi. O'z shaxsiy kabineti orqali professor o'qituvchilar dars reja va topshiriqlarni berib, har kunlik baholab boriladi. O'sha ular uchun jurnal xisoblanadi, talabalar bunda baholarini kuzatib boradi, qancha dars soat qoldirgani, qaysi fandan bahoni o'zlashtirishmaganlarini kuzatib borishadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Abdullayeva O. S., Muhammadjonov, A. O.. (2023, September). Modeling the Development of Department Activities in Higher Education Institutions: Enhancing the Management System with Quantum Communication and Cryptography%. In 2023 International Conference on Sustainable Emerging Innovations in Engineering and Technology (ICSEIET) (pp. 588-591). IEEE.
2. Abdullayeva, O. S., Xusayinova, G. A., & Muhammadjonov, A. O. (2024, February). Technology of projecting of management system for department activities. In Third International Conference on Optics, Computer Applications, and Materials Science (CMSD-III 2023) (Vol. 13065, pp. 303-307). SPIE.
3. Бекназарова, С. С., & Абдуллаева, О. С. (2023). совершенствование теоретико-методологических основ разработки и внедрения интеллектуальной информационной системы деятельности кафедры. Science and innovation, 2(Special Issue 10), 465-468.
4. Safibullaevna, A. O., & Azamxonov, B. S. (2024). technology of creation and application of an intelligent information system. current research journal of pedagogics, 5(01), 31-38.
5. Ozoda, A., & Azamxonov, B. S. (2023). means of organizing an intelligent information system. Innovations in Technology and Science Education, 2(17), 438-449.
6. Озода А. и Ойдин З. (2023). развитие информационно-управленческих компетенций будущего менеджера образования. Инновации в области технологий и научного образования , 2 (9), 416-425.