Научная статья на тему 'INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O‘QITUVCHI IJTIMOIY INTELLEKTINING AHAMIYATI'

INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O‘QITUVCHI IJTIMOIY INTELLEKTINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
953
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
intellekt / ijtimoiy intellekt / salohiyat / yoshlar / ta’lim-tarbiya / ijtimoiylashuv. / intelligence / social intelligence / potential / youth / education / socialization.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G‘Aniyeva, Xalimaxon Axmatxonovna, Qambarova, Madinabonu Alisher Qizi

Ushbu maqolada intellektual yosh avlodni tarbiyalashda o‘qituvchining kasbiy faoliyatga tayyorligi, uning shaxsiy-kasbiy kamoloti, shaxsiy fazilatlari, intellektual imkoniyatlari, ijtimoiy intellekti va uning ijtimoiy-psixologik omillarga bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE TEACHER'S SOCIAL INTELLIGENCE IN THE EDUCATION OF YOUNG PEOPLE WITH INTELLECTUAL COMPETENCE

This article emphasizes that the teacher's readiness for professional activity, his personality and professionalism, personal qualities, intellectual capabilities, social intelligence and his dependence on socio-psychological factors play an important role in the education of the intellectual young generation.

Текст научной работы на тему «INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O‘QITUVCHI IJTIMOIY INTELLEKTINING AHAMIYATI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLARNI TARBIYALASHDA O'QITUVCHI IJTIMOIY INTELLEKTINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada intellektual yosh avlodni tarbiyalashda o'qituvchining kasbiy faoliyatga tayyorligi, uning shaxsiy-kasbiy kamoloti, shaxsiy fazilatlari, intellektual imkoniyatlari, ijtimoiy intellekti va uning ijtimoiy-psixologik omillarga bog'liqligi muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: intellekt, ijtimoiy intellekt, salohiyat, yoshlar, ta'lim-tarbiya, ijtimoiylashuv.

This article emphasizes that the teacher's readiness for professional activity, his personality and professionalism, personal qualities, intellectual capabilities, social intelligence and his dependence on socio-psychological factors play an important role in the education of the intellectual young generation.

Keywords: intelligence, social intelligence, potential, youth, education, socialization.

Yangi avlodni voyaga etkazish, jamiyat talablariga javob beradigan, uning o'z oldiga qo'ygan vazifalarini bajarishga ko'maklashadigan fuqarolar shaxsini shakllantirish har bir tuzumning eng oliy maqsadi bo'lib kelgan. Respublikamizda bosqichma-bosqich inson shaxsini shakllantirish tizimining takomillashtirib borilayotganligi ham shu fikrimizning yana bir yorqin dalilidir.

O'qituvchiniig kasbiy faoliyatga tayyorligi uning shaxsiy-kasbiy kamoloti, shaxsiy fazilatlari, intellektual imkoniyatlari va uning ijtimoiy-psixologik omillarga bog'liqligi muhim ahamiyatga ega. An'anaviy ta'lim jarayonida o'qituvchi shaxsi timsoliga yuqori aql-zakovatli, shaxsida insoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan, shogirdlariga na'muna bo'ladigan timsol tushuniladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: -Yoshlar bilan ishlash masalalari alohida e'tiborni talab qiladi. Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo'lib voyaga etishiga, farzandlarimizning hayotga nechog'li faol munosabatda bo'lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga

G'aniyeva Xalimaxon Axmatxonovna

Farg'ona davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti Qambarova Madinabonu Alisher qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bog'liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak. Bizning bugungi mehnatimizga qanday baho berilishi ham ana shunga bog'liq[1.15].

O'qituvchining bilimdon, o'z sohasini chuqur bilishi, pedagogik mahoratga ega bo'lishi, ta'lim oluvchiga ta'sir ko'rsata olishini belgilovchi etakchi hususiyat va omillarning o'rni ko'pincha e'tibordan chetda qolib ketayotgandek. Chunki, o'qituvchi o'z sohasini yaxshi bilsada, ammo o'quvchiga ta'sir o'tkaza olmasligi mumkin, binobarin, talabaga shaxs sifatida ta'sir ko'rsata olmas ekan, ta'lim jarayonida ijobiy muhitni ta'minlashni kafolatlay olmaydi. Bu esa o'z navbatida oliy ta'lim talabasi shaxsi shakllanishida o'qituvchi timsolining ta'siri yo'qolishiga olib keladi. Ushbu o'rinda o'qituvchining talaba shaxsiga ta'sirini belgilovchi omillar sirasiga kiruvchi psixologik jabha borki, bu shaxslararo munosabatni, insonlar o'rtasida erkin va samimiy munosabat muhitini, o'rtoqlari, ish o'rni, hamkasblari va atrofdagi boshqa insonlar bilan muvaffaqiyatli muomala muhitini yaratishga xizmat qiluvchi ijtimoiy intellektning darajasi muhim degan xulosaga olib keladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ijtimoiy psixologiya namoyondalaridan biri M.I.Bobneva insondagi ijtimoiy intellektni o'rganib, u ijtimoiy intellekt - bu insonning ijtimoiy rivojlanishidir,-deb tushuntiradi. Uning fikricha: -Insonning bir butun vujudga kelishini faqatgina ijtimoiylashuv ta'minlaydi. Ijtimoiylashuv - bu insonning u yoki bu ijtimoiy guruh yoki jamiyatga qo'shilishini belgilaydi. Oila jamiyatdagi bir kichik guruh hisoblanadi. Bolaning shaxs bo'lib shakllanishi o'sha guruh a'zolarinikiday bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda shu gurux a'zolarida mavjud bo'lgan qobiliyat va hususiyatga ega bo'lishi kerak. Shunday qilib shaxsni ijtimoiylashuvi va individual ijtimoiy rivojlanishi juda qiyin jarayon bo'lib, bunda shaxs vujudga keladi, ya'ni ijtimoiy rivojlanadi. Bolaning ijtimoiylashuvida oila bilan birga ta'lim muassasalarining roli juda katta. Ayniqsa, o'qituvchi va murabbiylardan katta mas'uliyat talab e'tiladi.

Amerikalik buyuk insonshunos tadqiqotchi D.Karnegining aniqlashicha inson ehtiyojlari ichida eng muhimlaridan biri bu har bir odamning hayotda muhim axamiyatga ega ekanligini xis qilish ehtiyoji ekan. Bu esa ijtimoiy munosabatlar jarayonida namoyon bo'ladi[2.37].

M.I.Bobneva shaxsning vujudga kelishida muhim ehtiyoj mavjudligini ko'rsatadi. Bu ijtimoiy tajribaga muxtojlikdir. Bu muxtojlik favqulotda vaziyatlarda yo'l topishi mumkin. Pedagoglar bunday tajribaga ega bo'lishi va favqulotda vaziyatlarga doimo tayyor bo'lmog'i lozim. Buning uchun ulardan yuqori ijtimoiy intellektga ega bo'lish talab etiladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Ijtimoiy intellekt -ijtimoiy doiraga bog'liq bo'lgan muhim aloqalarni tushunib olish qobiliyatidir,ya'ni ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi aql-idrokdir. Bu ijtimoiy hamkorlikda, muloqot doirasida va ijtimoiy doirada faoliyat jarayonida vujudga keladi.

Abu Nasr Farobiy bolaning aqliy tarbiyasiga, uning bilimli va ma'rifatli bo'lishiga juda katta e'tibor beradi, shu bilan uning fikrini sohta -Ilmlardan saqlash zarurligini ta'kidlaydi. Lekin Farobiy -Aqlli bo'lishni faqat aqliy tarbiya, bilimdonlik bilangina chegaralab qo'ymaydi. Farobiy talqinicha, -Aqllilik insonning butun faoliyatini - uni bilimi, ahloqi, odobi, harakatlari, qiladigan amallari majmuasi bilan o'lchanadi, ya'ni aqllilik barcha fazilatlarning bir butun, yahlit holda maqsadga muvofiqligidir. Bu insondagi ijtimoiy intellektni begilaydi[3.224].

Bizning ijtimoiy intellektga doir nazariy manbalarni o'rganishimiz ushbu tadqiqotimizda OTM o'qituvchilarining ijtimoiy intellektini ularning kasbiy kamoloti jarayoniga bog'liqligini yana bir jabhadan yoritishga undadi. Bu ijtimoiy intellekt tushunchasining -qondoshi bo'lgan emotsional intellektni o'qituvchilar misolida o'zaro aloqadorlikda talqin etishga urinishdir. Emotsional intellektni o'rganish uchun N.Hollning -Emotsional intellektni o'rganish testini tatbiq etdik. Test natijalariga to'xtalib, so'ngra uni ijtimoiy intellekt bilan o'zaro aloqadorlikda o'rganishga xarakat qildik. Agar emotsional intellektning tabiatiga e'tibor qaratilsa, uning ijtimoiy intellektni to'ldiradigan tomoni borligiga guvoh bo'lish mumkin.

OTM o'qituvchilarining emotsional intellektini tatbiq etilgan testning beshta shkalasiga tayanib amalga oshiramiz.

Ijtimoiy intellekt emotsional intellektning -o'z-o'zini rag'batlantirish sifati bilan o'zaro aloqadorlikda rivojlanmagan. Aslida ular o'rtasida o'zaro hamohang rivojlanish ta'minlanganda pedagogik faoliyat uchun ancha ijobiy bo'lar edi.

1-jadval

OTM o'qituvchilarining - noverbal xulq-atvorni tushunish qobiliyatining

o'sib borishi

№ Sifat ko'rsatkichlari Natija

1. Emotsional bilimdonlik 0,356

2. O'z emotsiyasini boshqarish 0,389

3. Empatiya 0,369

4. O'zga insonlarning kechinmalarini sezish 0.347

OTM o'qituvchilarining - noverbal xulq-atvorni tushunish qobiliyatining o'sib borishi ayni paytda - emotsional bilimdonlik (0,356),o'z emotsiyasini boshqarish(0,389), empatiya (0,369), -o'zga insonlarning kechinmalarini sezish (0.347) bilan muvofiq shakllanayotganligi ijobiy holdir.

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

2-jadval

Verbal ekspressiyaga qobiliyatlilik darajasi

№ Sifat ko'rsatkichlari Natija

1. Emotsional bilimdonlik 0,380

2. O'z emotsiyasini boshqarish 0,387

3. Empatiya 0,369

4. O'zga insonlarning kechinmalarini sezish 0,347

Ulardagi verbal ekspressiyaga qobiliyatlilik ham -emotsional bilimdonlik (0,380), -o'z emotsiyasini boshqarish (0,387), =empatiya (0,369), -o'zga insonlarning kechinmalarini sezish (0,347) qobiliyatlari bilan uyg'unlashgandir.

3-jadval

Shaxslararo o'zaro ta'sirlashuvni tahlil etish qobiliyati natijalari

№ Sifat ko'rsatkichlari Natija

1. Emotsional bilimdonlik 0,445

2. O'z emotsiyasini boshqarish 0,363

3. Empatiya 0,524

4. O'zga insonlarning kechinmalarini sezish 0,349

Shuningdek, -shaxslararo o'zaro ta'sirlashuvni tahlil etish qobiliyati ham -emotsional bilimdonlik (0,445), -o'z emotsiyasini boshqarish (0,363), -empatiya (0,524), "o'zga insonlarning kechinmalarini sezish (0,349) qobiliyatlari bilan o'zaro mos ravishda rivojlangan.

Tadqiqotimizda OTM o'qituvchilarining ijtimoiy intellekti bilan emotsional intellekti o'rtasidagi o'zaro korrelyasion munosabatlarida emotsional intellektning -o'z-o'zini rag'batlantirish komponenti bilan bog'lanish hosil qilmadi. O'qituvchilarning ijtimoiy intellekti bilan emotsional intellekti o'rtasidagi mutanosiblik ularning shaxslararo munosabatlarda xissiy barqaror bo'lishlarini, xukmronlikka intilmasliklari va ruhiy toliqish, qo'zg'alish va zo'riqishlarni kamaytirishni ta'minlashi aniqlandi.

Bizning OTM o'qituvchilari kasbiy kamolotida ijtimoiy intellektning roli va ahamiyatini o'rganish bo'yicha tadqiqotlarimiz muammoni yoritishning bir pog'onasi ekanligiga guvoh bo'ldik. Bu esa ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari tahlili yuzasidan bir qator hulosa va tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon berdi:

1. Suhbat jarayonida suhbatdoshning hissiyoti, uning kechinmalarini tushunishga qiynalish holatlari bezovta qilgan sharoitlarda birinchi galda kuzatuvchanlik xususiyatini shakllantirish maqsadga muvofiq. Buning uchun

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

pedagog kinofilmlarni tomosha qilib, uning qaxramonlari to'g'risidagi tavsifini boshqa tomoshabinlar bilan solishtirish orqali erishishi mumkin.

2. Noverbal xulq-atvor va xatti-xarakatlarni baholash uchun ham xuddi shu singari faoliyatni amalga oshirish va filmni ovozsiz tomosha kilib, qaxramonning xatti-harakatini baholash muhimdir.

3. OTMda amaliyotchi psixologik, pedagogik jamoadagi o'qituvchilar o'rtasida muloqotmandlik, shaxsning ekspressiv va noverbal xatti-harakatlari, muomala jarayonida o'z fikrlarini nazorat qilish va suhbatdoshni tinglashga doir ijtimoiy treninglar tashkil etishi maqsadga muvofiq.

O'qituvchilar uchun ijtimoiy malakalar, ijtimoiy persepsiya va suhbatdoshga ta'sir ko'rsatish hamda boshqarishga doir psixologik ma'rifat mashg'ulotlarini tashkil etish muhimdir.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М "Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик - миллий FOямизнинг пойдеворидир ", «Tasvir» нашриёт уйи Тошкент - 2021й., 15 бет.

2. Аминов Н.А. Социальный интеллект и социальная компетенция в подготовке социальных работников (факторные модели Дж. Гилфорда и Г. Марлоу). Социальная работа Ред. И.А. Зимняя. Вып.5. -М., 1992. -С.37-39

3. Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шахри. Тошкент: Абдулла К,одирий номидаги халк мероси нашриёти, 1993. -224 б.

4. Айзенк Г.Ю. Понятие и определение интеллекта. Вопросы психологии. М.,

1995.-№1.-С. 111-129.

5. G'Aniyeva, X., & Tojimamatov, J. (2022). TALABA YOSHLARNING OILADA FARZAND TARBIYASI HAQIDAGI ZAMONAVIY TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK TAHLILI. Science and innovation, 1(B7), 517-523.

6. Ганиева, Х. А., & Закирова, Д. С. (2022). УСМИРЛАРДА ХАРАКТЕР АКЦЕНТУАЦИЯСИ. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(4), 548553.

7. Akhmatkhonovna, G. K. (2021). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF GENIOLOGY ASSIGNMENT IN YOUNG PEOPLE. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 335-337.

8. Akhmatkhonovna, G. K., & Jamshid, T. (2021). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL FACTORS OF SUICIDAL BEHAVIOR OF MINORS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1053-1058.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

9. Bahromjon, D., & Mukhammadali, M. (2022). Purpose, Tasks and Means of Physical Education of Children of School Age. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 14, 44-53.

10. Begmurzayevich, D. B. (2022). O 'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI. Ijodkor o'qituvchi, 2(20), 52-59.

11. Begmurzayevich, D. B. (2022). O 'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI.

12. Djalalov, B. B., & Ibrohimova, O. M. R. Q. (2022). O 'QUVCHILARNI INTELLEKTUAL RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 26-37.

13. Ganieva, H. (2021). SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL MECHANISMS OF SELF-CONSCIOUSNESS OF STUDENTS.

14. Ganieva, K. A. (2022). PSYCHOPHYSIOLOGY OF ADDICTION OF NERVOUS PROCESSES AND RAPIDITY OF RECYCLING OF INFORMATION IN YOUTH. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 1(12), 607-613.

15. AxMaTxoHOBHa, F. X. (2022). mAXC Y3-Y3HHH AHr.AfflHHHHr H^THMOHH nCHXO^OrHK MEXAHH3M.APH. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(5), 89-95.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.