Научная статья на тему 'INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VA INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR'

INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VA INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2321
99
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integrator / diffuziya / yorqinlik / global. / integrator / diffusion / brightness / global.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xo’Janov Erkin Berdiyevich, Qayumova Kumush Abdurazzoq Qizi

Maqolada integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bo’yicha ma’lumotlar va umumta’lim maktablarida ta’limning yangi sifat darajasiga o’tish omillari ko’rsatilgan bo’lib, o’qitishning yangi innovatsion texnologiyalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTEGRATED LESSONS AND INFORMATION TECHNOLOGY

The article provides information on the organization of integrated lessons and the factors of transition to a new level of quality education in secondary schools, and discusses new innovative teaching technologies.

Текст научной работы на тему «INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VA INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR»

INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VA INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR Xo'janov Erkin Berdiyevich1, Qayumova Kumush Abdurazzoq qizi2

1-Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti, fizika va astronomiya kafedrasi mudiri, PhD.

2-Pastdarg'om tumanidagi 99-maktab fizika fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6590554 Annotatsiya. Maqolada integratsiyalashgan darslarni tashkil etish bo'yicha ma'lumotlar va umumta'lim maktablarida ta'limning yangi sifat darajasiga o'tish omillari ko'rsatilgan bo'lib, o'qitishning yangi innovatsion texnologiyalari haqida fikr yuritilgan. Kalit so'zlar: integrator, diffuziya, yorqinlik, global.

ИНТЕГРИРОВАННЫЕ УРОКИ И ИНФОРМАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ Аннотация. В статье представлена информация об организации интегрированных уроков и факторах перехода на новый уровень качественного образования в общеобразовательных школах, рассматриваются новые инновационные технологии обучения.

Ключевые слова: интегратор, диффузия, яркость, глобальная.

INTEGRATED LESSONS AND INFORMATION TECHNOLOGY Abstract. The article provides information on the organization of integrated lessons and the factors of transition to a new level of quality education in secondary schools, and discusses new innovative teaching technologies.

Keywords: integrator, diffusion, brightness, global.

KIRISH

Integratsiyalashgan darslarni tashkil etish avvalo fanlar turlari bo'yicha o'zlashtirilayotgan materiallarni mantiq jihatdan muvofiqlashtirish va alohida aniqlikni talab qiladi. Integratsiyalashgan darslar variantlari esa turlichi bo'lib, darsda bir vaqtning o'zida bir nechta predmetlarni birlashtirish mumkin. Darslarni o'tkazish shakllari esa xilma-xil: ma'riuzalar, seminarlar, anjumanlar va h.k.

Avvalo, integratsiyalashgan darslar ma'lum talablarga javob berishi zarur: o'tilayotgan dars tinglovchiga turli bilimlarni berishi, o'qituvchi dars davomida tinglovchilarning bilimga qiziqishlarini yanada oshirishi, dars tinglovchilarning aqliy faoliyatini faollashtirishi, o'quvchilar o'zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari zarur.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan integratsiyasi. Fizika, kimyo, biologiya, jug'rofiya, astronomiya va ekologiya - tabiat haqidagi fanlar bo'lib, ulardan har qaysi o'ziga xos mazmun, tuzilish, tadqiqot usullariga ega va har qaysi alohida ravishda tabiatning qaysidir bir tomonini tavsiflaydi, modelini tuzadi. Ushbu fanlardan biri alohida qaralayotganda esa dunyoning bir butun va yaxlit ekanligi namoyon bo'ladi. Tabiat haqidagi fanlar tinglovchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy manzarasini ochib berishga mo'ljallangan. Fizika - tabiatshunoslikka oid qator fanlarning integratori hisoblanadi. Integratsiyalashgan darslarni esa g'ayrioddiy, jonli va tasavvurlar asosidagi faktlarga asoslanib bayon etish muhim sanaladi.

Integratsiyalashgan dars - bu maxsus tashkil etilgan dars bo'lib, uning maqsadiga faqat turli fanlardan olingan bilimlarni birlashtirish oqrali erishish mumkin. Hayotiy tajribalar integratsiyaning samarali ekanligini ko'rsatdi va ta'limda ushbu yondoshuvni yanada

rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollarini belgilab berdi. Integratsiyalashgan ta'limning ushbu ilg'or bosqichida o'quvchilaming ilmiy fikrlash uslubini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Integratsiya zamonaviy ta'lim jarayonining zarur sharti hisoblanib, istalgan umumta'lim maktablarida ta'limning yangi sifat darajasiga o'tishiga omil bo'ladi va ta'lim jarayonidagi dolzarb muammo hisoblanadi. Tizimli yondashuv bilimlarni birlashtirish uchun asosdir. Zamonaviy ta'lim tizimida integratsiya zarur. Integratsiya - bu turli fanlar bo'yicha o'quvchilaming kuzatishlarini, xulosalarini tasdiqlovchi, rad etuvchi yoki chuqurlashtiradigan yangi faktlarni izlash va ochish manbai hisoblanib, fanlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarishning yuqori shakli va u bilim oluvchilarga fanlararo umumlashtirishga erishish va dunyoning umumiy manzarasini tushunishga yaqinlashish imkonini beradi.

Fizikadan "Kirish" mavzusini yoritishda tinglovchilar fizika fani, uning usullari, fizikaga oid kattaliklar, ularni o'lchash va fizikaning texnika fanlariga bog'lanishi bilan tanishadilar. Bu holda, avvalo, fizikaning tabiiy eksperimental fan sifatidagi tushunchasini bayon qilib, tabiatga oid boshqa fanlar - jug'rofiya, biologiya, astronomiya va boshqa fanlar mavjudligi ta'kidlnadi.

"Modda tuzilishi haqida dastlabki ma'lumotlar" mavzusi bayon etilayotganda esa, materialni tushuntirish tinglovchilarning tabiatshunoslik va boshqa fanlar bo'yicha asosiy bilimlariga asoslanadi. "Tabiatshunoslik" kursida maktab o'quvchilari harorat, isitish va sovutish jarayonida jismlar hajmining o'zgarishi, havo va suvning xossalari, kristallar bilan tanishadi. Darsda "Diffuziya" mavzusini bayon etishda biologiya kursidan ma'lum bo'lgan bilimlarga tayanish mumkin va h.k.z.

TADQIQOT NATIJALARI

Integratsiyani fanlar va mavzulararo bog'lashda "yaqinlik" tushunchasiga qat'iy amal qilinishi talab etiladi. Bu xuddi: yorug'lik-yorqinlik-ravshanlik kabi amalga oshadi. Aksincha esa: yorug'lik-vazn-hujayra kabi talqin etilib, mavzu o'z ma'no va mohiyatini yuqotadi.

Bugun poyonsiz axborotlar dunyosiga keng yo'l ochilgan bir davrda, bilim oluvchilar, ayniqsa kelajak sari intilayotgan yosh avlod vakillari, o'zlarini qiziqtirgan sohalar bo'yicha kuchli mutaxassis sifatida shakllanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shunday ekan, yoshlarimiz o'z bilimi bilan global ta'lim tizimining mahsuli bo'lishi imkoniyatiga egadirlar. Global ta'limda dars beruvchining salohiyati muhim faktor hisoblanadi. O'qituvchi butun dunyodagi pedagogik tajribalarning qabul qiluvchisi va yaratuvchisi hisoblanadi. O'qituvchi -zamon bilan hamnafas, turli sohalarga tegishli bo'lgan fikrlar bilan qurollangan bo'lishi, o'qitishning yangi innovatsion texnologiyalari bilan tanish bo'lishi va ularni amalda qo'llay olishi kerak.

XXI asrda har qanday bilimli shaxs o'z faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana olishi kerak. Shunday qilib, boshqa ta'lim muhitini yaratish zarurati tug'iladi. Hozirgi vaqtda maktabning o'quv jarayonida, xususan, fizika va astronomiya fanlarini o'qitishda dasturiy, pedagogik va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish masalasi dolzarb hisoblanadi.

Ta'lim oluvchilarning ijodiy o'sishi uchun, noan'anaviy axborot manbalari - elektron gipermatnlardan foydalanishni ta'minlaydigan zamonaviy multimedia kompyuter dasturlari va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarur.

XULOSA

Xulosa sifatida aytish mumkinki, mavzular bayonida fanga tizimli yondashuv bilimlarni birlashtirish uchun asos bo'lsa, ta'limdagi yangi axborot texnologiyalari - bu kompyuterlardan foydalanadigan ta'lim texnologiyalari hisoblanadi.

1.

2.

3.

Adabiyotlar

Кульневич, С.В. Анализ современного урока: практ. пособие для учителей и классных руководителей, студентов пед. учеб. заведений, слушателей ИНК. - изд-е 2-е, доп. и переработ. / С.В. Кульневич, Т.Н. Лакоценина. - Ростов н/Д: Учитель, 2003. - 224 с.

Некрасова Г.Н, Тарасова Н.Г. Уроки технологии в начальных классах с компьютерной поддержкой: учебно-методическое пособие. Киров: ВятГГУ, 2003. Усманкулов, Ш. У. Применение интегративного обучения при преподавании дисциплины «Информатика и информационные технологии» / Ш. У. Усманкулов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2015. — № 12 (92). — С. 815817.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.