Научная статья на тему 'INSPECTION AND HISTORIC INTERNATIONAL RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE UK'

INSPECTION AND HISTORIC INTERNATIONAL RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE UK Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
91
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
ИНТЕГРАЦИЯ / МЕМОРАНДУМ / ПАРЛАМЕНТ

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ахророва М. Х.

Эта статья посвящена анализу внешней политики Узбекистана и Великобритании, а также торговым отношениям между странами, культурному и гуманитарному сотрудничеству.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ВЕЛИКОБРИТАНИИ

This article is about political system between United Kingdom and Uzbekistan. From this article added trade connection, exchanging cultural and humanitarian cooperation, and discussion between these countries.

Текст научной работы на тему «INSPECTION AND HISTORIC INTERNATIONAL RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE UK»

Ученый XXI века • 2016 • № 4-1 (17) Социологические науки

УДК 304

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA BUYUK BRITANIYA XALQARO MUNOSABATLAR TARIXSHUNOSLIGIGA BIR NAZAR

М.Х. Ахророва1

Taqriz

Ushbu maqola O'zbekistonning mustaqil davlat sifatidagi tashqi siyosatining olib borishi, ya'ni Buyuk Britaniya O'zbekiston aloqalariga bag'ishlanadi. Maqolada ushbu davlatlarning manfaatli savdo aloqalari hamda savdo aylanmasi, madaniy gumanitar hamkorligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: integratsiya, memorandum, parlament, pakt, protsess, analogik, tarixshunoslik.

Mustaqil O'zbekiston respublikasi hamda Buyuk Britaniya aloqalari tarixi va manbashunosligi haqida so'z yuritar ekanmiz avvalo ikkala davlatning hamkorlik odimlariga bir nazar tashlasak.1991 yilning 31 avgusti - O'zbekiston Respublikasining mustaqilligi rasman e'lon qilingan kun mamlakatimiz uchun yangi tarixiy davr -buyuk kelajakka chog4angan erkin, suveren rivojlanish davri boshlangan qutlug' sana bo'lib qoldi. O'zbekistonning tashqi dunyodan asriy to'sib qo'yilganiga barham berildi. O'zbekistonning qudratli salohiyatini butun dunyo yaqqol ko'rdi hamda uning cheksiz imkoniyatlari va istiqboliga baho berdi. Bugun bosib o'tilgan 25 yillik yo'l sarhisob qilinar ekan, faol tashqi siyosat yuritish boshlanishi bilan xalqaro soha o'ziga xosliklari va qonuniyatlari bilan O'zbekiston uchun davlat va jamiyat faoliyatining mustaqil sohasi bo'lib qolgani yaqqol ko'rinadi. O'zbekiston, albatta, xalqaro huqukning teng xuquqli a'zosi bo'lishi, o'z davlatchiligini qurishi, mustaqillikni mustahkamlashi, murakkab ziddiyatlarga boy bo'lgan dunyoda munosib o'rnini egallashi lozim edi. Aynan shu konsepsiyalar asosida davlatlararo aloqalarni musthkamlash asosi qurildi.O'zbekiston hamda Buyuk Britaniya davlatlari munosabatlarining asosi 1993-yil noyabr oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ushbu mamlakatga buyurgan tashrifi chog'ida yaratilgan.Ikki mamlakat o'rtasida hamkorlik shartnomalarining imzolangandan so'ng, aloqlar mustahkamlanishining debochasi bo'ldi [1, 27].

1993-yil 17-19-iyul kunlari Buyuk Britaniya qirolichasining qizi Malika Anna O'zbekistonda bo'lib, mamalakatimiz, xalqimizning turmush tarsi bilan tanishib, Samarqand shahrining o'lmas tarixiy yodgorliklarini ziyorat qilib ketgan edi. 1994-yil 4-12-oktabr kunlari Toshkentda "Britaniya festivali" o'tkazildi.Festival dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning 30ga yaqin mahsulotlari ko'rgazmasi namoyishi bo'lib o'tdi. 1993-yil 15-oktabr kuni Buyuk Britaniya tashqi ishlar va va hamdo'stlik ishlari bo'yicha bosh vazir Duglass Xog ning O'zbekistonga rasmiy safari chog'ida ikki davlat o'rtasida madaniyat vat a'lim sohalaridagi hamkorlik, ikki yoqlama soliq olmaslik haqidagi bitimlar imzolandi. 1993-yil 22-23-noyabr kunlari O'zbekiston prezidenti I.Karimov boshliq reapublikamiz delegatsiyasining rasmiy tashrifi.Safar chog'ida delegatsiya a'zolari ingliz qirolichasi Yelizavetta II hamda bosh vazir Jon Meyjor bilan uchrashishdi.Uchrashuvlar natijasida O'zbekiston respublikasi va Buyuk Britaniya qirolligi o'rtasida" to'g'risidagi shartnoma "Sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash to'g'risida" bitim, "havo yo'llarini ochish to'g'risida" ikki mamlakat o'rtasida fuqarolarning erkin yurishi to'g'risida memorandum imzolandi.Mashhur Rotshildlar oilasi banki hamda Yevropa tiklanish banki bilan uchrasuvlari bo'lib

1Ахророва Мадина Рахматовна - бакалавр, Самаркандский гoсударствeнный уни-BepraTeT, Узбeкистан.

o'tdi.Yevropa tiklash va taraqqiyot banki O'zbekistonda oltin qazib olish korxonalarini qurish uchun 150 mln AQSH dollari ajratishga qaror qildi.O'zbekiston va Lonro kompaniyasi o'rtasida imzolangan oltin biznes haqidagi bitim amaliy ahamiyatga ega bo'ldi Unga ko'ra Omontoytov-Geldfiz qo'shma korxonasi tuzilib, Dougistau va Omontaytoy korxonalari ish boshladi.Liverpul paxta assotsiatsiatsiyasi rahbarlari bilan O'zbekiston paxta tolasini jahon bozorida sotish bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tdi [3,97].

1995-yil yakuniga ko'ra Buyuk Britaniya O'zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan Tovar aylanmasi hajmi bo'yicha 2-o'rinda turadi(Germaniyadan keyin)O'zbekistonda Buyuk Britaniya paxta tolasi,qimmatbaxo toshlar, qora metallurgiya, volfram va ulardan yasalgan buyumlar yuborilsa, Buyuk Britaniyadan mexanik va elektr asbob-uskunalari, qandolat maxsulotlari, plasstmassadan yasalgan buyumlar, farmasevtika mahsulotlari, shu jumladan, qog'oz, karton, mebel, optic priborlar va apparatlar, tamaki, sut mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, noorganik kimyo mahsulotlari keltiriladi. O'zbekiston 1994-yilda jahon paxta savdosi me'yorlari va qoidalarini muvofiqlashtirib turadigan muhim nohukumat tashkiloti,,Liverpul paxta uyushmasiga" a'zo bo'ldi. O'zbekiston shu uyushma bilan birgalikda mamlakatimizda paxtani sertifikatsiyalashning xalqaro tizimini joriy etish bo'yicha ish olib bordi. Keyingi yillarda ikkala mamlakatning turli darajadagi delegatsiyalari o'zaro tashriflari natijasida hamkorlik tobora yaxshilana bordi.1994-yil 14-oktabrda Londondagi,,Oltin tozalash"zavodiga eng maqbul oltin quymalar maqomini tasdiqlovchi sertifikat berdi, bu esa O'zbekistonning tamg'asi butun dunyoda eng yuqori sifat belgisi ekanini bildiradi. 1996-yil oktabrda mazkur uyushma huzurida yuqorida sifatli kumush quymalar ishlab chiqaruvchi "Olmaliq kon metallutgiya kombinati" vakolatxonasi rasmiylashtirildi. 1996-yil 2-4-oktabr kunlari Toshkentda,,Britaniya festivali"o'tkazildi. Festival dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning 30ga yaqin kompaniyasi mahsulotlari "Britaniya qirollari xonadoni merosi" ko'rgazmasi, to'qimachilik, mashina uskunalari va me'morchilikka bagMshlangan seminarlar o'tkazildi.Badiiy filmlar namoyish qilindi va h,k [2, 237].

O'zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashining majlislari muntazam ravishda o'tkazilib turibdi.Bu majlislarda iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari savdo - sotiq, iqtisodiyot va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi.Ayrim yirik firma kompaniya va banklar o'rtasidagi hamkorlik ham rivojlangan.

Bugungi kunda O'zbekistonga qo'yilgan xorij investitsiyalari bo'yicha bu davlat 3-o'rinni egallaydi.Shu bilan birga savdo-iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlanib bormoqda. O'zbekistonda britaniyalik investorlar tomonidan tashkil etilgan 161ta korxon, shu jumladan 41tasi 100% Britaniya sarmoyalariga asoslangan.Ayni paytda O'zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo agentligida 35 britaniya kompaniya va firmalarining vakolatxonalari ro'yxatga olingan. 2005-yilning 5-noyabridan navbatdagi 10-yigMlishini o'tkazgan O'zbekiston - Britaniya savdo-sanoat kengashi samarali faoliyat olib bormoqda [4, 174].

2003-yilning 2-6 sentabrida London-sity, Lord-meri, G.Arturnig O'zbekistonga kelishi Britaniya ishbilarmon doiralarining mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy hamkorligini chuquqrlashtirish hamda respublika bank - moliya sohasidagi islohotlar ijobiy natija berishidan manfaatdor ekanini namoyon etdi.

2002-yil Tovar ayriboshlash miqdori 302,1 mln dollarni (2001-yili esa 285,3 mln dollar),shu jumladan eksport 229 mln dollar, import 73,1mln dollar ni tashkil etdi. Ijobiy saldo 155,6mln dollar, 2003-yilning boshida bu ko'rsatkich 180.6 mln dollarni tashkil etdi. 2003-yilda ikki davlat o'rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorligi to'g'risidagi qo'shma bayonoti imzolandi.Shu yilning may oyida Toshkent Vestministr universitetining rasmiy ochilish marisimi bolib o'tdi.Ushbu dargohda dastlab 320 nafar yoshlar ta'lim oldi.2001-yilning 5-sentabrida taniqli siyosiya arbob biznesmen lord Seysberri boshchiligida Britaniya -O'zbekiston do'stlik jamiyati ta'sis etildi.

Buyuk Britaniya Xalqaro taraqqiyot ishlari vazirligi tomonidan O'zbekistonning sog'liqni saqlash tizimini isloh etish, chunonchi, birlamchi tibbiy yordamni rivojlantirish strategiyasini qo'llab quvvatlashga qaratilgan loyiha ishlab chiqilgan.Loyihaning umumiy qiymati 1mln 650 mln dollar ni tashkil etdi. "O'zyog'moytamakisanot" uyushmasi xorijiy sarmoya yordamida o'z korxonalarini

YneHbiH XXI BeKa • 2016 • № 4-1 (17)

yangilab va ta'mirlab jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida "Kraun" kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.Shartnomaga binoan Qo'qon yog'moy korxonasini ingliz sarmoyasi hisobiga qayta qurib asbob uskunalarini zamonaviylashtirishga kirishildi. O'zbekistonda tamaki sanoatini rivojlantirish uchun tamaki bargi yetishtirish, uni qyta ishlash va sigareta ishlab chiqarish bo'yicha,,British American Tobacco"kompaniyasi bilan qo'shma korxona barpo etish to'g'risidagi bitimga muvofiq 232 mln AQSH dollari miqdoridagi nablag' sarflandi. Bu mablag' asosan Toshkent tamaki fabrikasini, Urgut tamaki fermentatsiyasi fabrikasini rekanstruksiyalash va modernizatsiyalashga, Samarqand tamaki fabrikasini qurishga, ijtimoiy tadbirlarga va mutaxasislar tayyorlashga ishlatildi. Toshkent tamaki fabrikasida,,Saraton" va "Xon" sigaretlarini ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan.1996-yil oxirida Surxandaryo viloyatining,,Xandiz"konida rangli metallarni qidirish haqida,,Oxus Resonrses Corparation" korparatsiyasi bilan dastlabk ibitim imzolandi.Bitimga ko'ra, Buyuk Britaniya firmasi yil davomida o'z mablag'I hisobidan konni uzil-kesil o'rganishi, rangli metalllarni kompleks qazib olishni tashkil etishga oid texnikaviy iqtisodiy asoslamalarni tayyorlashi, so'ngra taxminan 100-150mln AQSH dollari qiymatiga ega bo'lgan loyiha asosida qo'rg'oshin, rux, mis,kumush qazib chiqaradigan qo'shma korxona barpo etishi lozim. 1997-yilning 10-iyulida Buyuk Britaniyaning mazkur korparatsiyasi Navoiy viloyatida Aristantov va Bolpontov konlarini o'rganib, aniqlash to'g'risida ham dastlabki bitim imzolandi. O'zbekiston g'arbiy qismida geologic ma'lumotlarni birgalikda o'rganish borasida ham hamkorlik o'rnatilgan. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.Kamilov rahbarligidagi delegasiyaning 2013-yil 19-22-noyabr kunlari Buyuk Britaniyaga amalga oshirgan tashrifi davlatlararo aloqalarni faollashtirishdagi muhim voqea bo'ldi.Parlamentlararo hamkorlik o'zaro aloqalarning istiqbolli yo'nalishlaridan sanaladi. 2010-yil avgustida O'zbekiston parlamentida Buyuk Britaniya parlamneti bilan hamkorlik bo'yicha Oliy Majlis guruhi tuzilgan. 2010-yil 22-sentabr oyida esa Oliy Majlis guruhi bilan "Britaniya-O'zbekiston" Umumpartiya parlament guruhi o'rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.

O'zbekiston-Britaniya Savdo va sanoat kengashi savdo-iqtisodiy munosabatlarning samarali mexanizmi bo'lib, uning 21-majlisi Toshkentda 2014-yil 6-noyabrda bo'lib o'tdi.2014-yil yakunlariga ko'ra O'zbekiston bilan Buyuk Britaniya o'rtasidagi savdo aylanmasi 106,1 million AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport 26,7 million AQSh dollari, import 79,4 million dollarga teng bo'ldi. 2015-yil yanvar-aprel oylarida o'zaro savdo hajmi 29,3 million AQSh dollarini tashkil etib, eksport 8,5 million AQSh dollariga, import 20,8 million AQSh dollariga teng bo'ldi.Madaniy-gumanitar hamkorlik ham izchil rivojlanmoqda, jumladan ta'lim sohasida.Toshkentda 2002-yildan buyon Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat yuritib kelmoqda, Kembridj universiteti bilan hamkorlikda esa poytaxtimizda Yuqori texnologiyalar o'quv-eksperimental markazi tashkil etilmoqda.Shu o'rinda 90-yillar boshida iqtisodiy integratsiyalar tarixini o'zining asosiy tadqiqot mavzusi deb olgan tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari haqida gapiradigan bo'lsak, 1991-yillar mustaqil O'zbekiston tashqi siyosati va uning xarakteristikalari hamda Buyuk Biritaniya va Shotlandiya birlashgan qirolliklari bilan aloqalarini o'rganib tadqiq qilgan tarixchi va iqtisodchilardan quyidagi shaxslarni keltirib o'tishimiz mumkin: Ch.A Abdutalipova.G.Inomjonov. U.A.Rustamov, X.Ziyayev, M.Abdusalomov, A.Alimov, F.K.Baqoyeva, M. Inoyatov va b.Ular asosan sovet hokimiyati andozalaridagi iqtisodiy siyosat va uning ahvoli, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiy progressdagi ahamiyatini asoslab berishga harakat qilgan. O'zbekistonning madaniy hamda iqtisodiy hamkorligi masalalarini yoritishda quyidagi olimlar o'z izlanishlari bilan o'z hissalarini qo'shgan.

Bu borada sharqshunos F.Sulaymonovaning fikrlari boshqacharoq, O'zbekiston mustaqilikka erishgandan so'ng uning rivojlanish istiqbolini asrlar davomidagi xlalqning orzu-intilishi hamda puxta egallab kelingan ilm salohiyati hamda bularning barini keying 20-yillik rivojlanishga sarflanganligida deb biladi. Qosimov,Vasikinlar esa O'zbekiston tashqi siyosatining rivojoda nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan vaqtida aloqalarni yo'lga qo'yganligi hamda ular bilan manfaatli shartnomalarni imzolaganida deb hisoblashadi.Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki bu boradagi prezidentimiz ning iqtisodiy islohotlarni bosqichma bosqich o'tkazish yo'lidan borishi mustahkam poydevor vazifasini bajardi va xalqaro maydonda ham o'z o'rniga ega bo'lishiga

sababchi bo'ldi. Mustaqillikdan so'ng xalqaro maydonda o'z o'rniga ega bo'lgan buyuk davlatlar biz bilan diplomatic aloqalarni yo'lga qo'yishga shoshilmaydi. Faqatgina Butun jahon banki a'zosi Silvin Vatnikning 1992-yil oktabr oyidagi Sobiq ittifoq tarkibidagi davlatlarning iqtisodiyotining tiklanish diapozoni "ma'ruzasidan so'ng ularning bu boradagi harakatlarining faollashganini ko'rishimiz mumkin. Birinchi navbatda Buyuk Britaniya va AQSH peshqadamlikni qo'lga oldi. Aynan ushbu davrda ko'rishimiz mumkin bu davlatlar yurtimizning rivojlanish istiqbollarini yaxshiroq o'rganishga harakat qilgan [5, 75].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ushbu mavzuni yotishda manbaalarning xilma-xilligi hamda ular orasidagi tafaut uning asl mohiyatiga putur yetkazmasligiga ahamiyat qaratilish lozim. Shuningdek bugungi kundagi tashqi iqtisodiy integratsiyalar ni o'rganishda ushbu mavzularda tadqiqot olib borgan olimlarning ilmiy izlanishlari chetda qolmasligi hamda ular mavzuning asosiy o'rganish obyekti bo'lishi lozim.

Adabiyotlar:

1. Касымов А, Васькин И. Основные направления внешней политики Республики Узбекистан - Т.: Узбекистан, 1994.

2. Каримова Г.И. Политико-экономические реформы в Узбекистане: реалии и перспективы. - Т.: Узбекистон, 1995.

3. Сулейманова Ф. Шарк ва Рарб. - Т.: Узбекистон. 1997.

4. Узбекистон Республикаси мустакиллигини мустакамлашда касаба уюшмалари. (илмий-методик ва назарий конференция матнлари туплами). - Ташкент, Университет. 1996.

5. Холлиев Азизбек Гузалбекович. Экономические, научно-технические и культурные связи независимого Узбекистана в Великобританией и США: автореферат диссертации.

© М.Х. Ахророва, 2016

УДК 304

АНАЛИЗ МЕЖДУНАРОДНЫХ ОТНОШЕНИЙ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И ВЕЛИКОБРИТАНИИ

М.Х. Ахророва

Аннотация: Эта статья посвящена анализу внешней политики Узбекистана и Великобритании, а также торговым отношениям между странами, культурному и гуманитарному сотрудничеству.

Ключевые слова: интеграция, меморандум, парламент, договорённость, процесс, анелогично, историография.

© М.Х. Ахророва, 2016

UDC304

INSPECTION AND HISTORIC INTERNATIONAL RELATIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN AND THE UK

M.Kh. Akhrorova

Abstract: this article is about political system between United Kingdom and Uzbekistan. From this article added trade connection, exchanging cultural and humanitarian cooperation, and discussion between these countries.

Keywords: integration, memorandum, parliament, partnership, posses, analogic, history

study.

© M.Kh. Akhrorova, 2016

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.