Научная статья на тему 'INSONPARVARLIK G‘OYALARINING YOSH AVLOD TABRIYASIDAGI O‘RNI'

INSONPARVARLIK G‘OYALARINING YOSH AVLOD TABRIYASIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
226
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Insonparvarlik / Rim / asir / davlat / qonun / Sezar / Qur‘on / islom / saodat / taqdir / falsafa / ijtimoiy tafakkur. / Humanitarianism / Rome / Sanden / Country / Law / Caesar / Quran / Islam / Fate / Fate / Philosophy / Social Though.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nu’mon Ovlaqulov

Mazkur maqolada insonparvarlik tushunchasi, uning mazmun mohiyati, tarixiy koʼrinishlari, Yevropa va Osiyo mamlakatlari tarixidagi insonparvarlik g‘oyalarining o‘ziga xos ko‘rinishlari, Islom dinning insonparvar g‘oyalari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF HUMANITARIAN IDEAS IN THE TABRYH OF THE YOUNGER GENERATION

This article discusses humanitarian understanding, the essence of its content, the specifics of humanitarian ideas in the history of European and humanitarian ideas, humanitarian ideas of Islam.

Текст научной работы на тему «INSONPARVARLIK G‘OYALARINING YOSH AVLOD TABRIYASIDAGI O‘RNI»

INSONPARVARLIK G'OYALARINING YOSH AVLOD TABRIYASIDAGI

O'RNI

Nu'mon Ovlaqulov

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada insonparvarlik tushunchasi, uning mazmun mohiyati, tarixiy ko'rinishlari, Yevropa va Osiyo mamlakatlari tarixidagi insonparvarlik g'oyalarining o'ziga xos ko'rinishlari, Islom dinning insonparvar g'oyalari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Insonparvarlik, Rim, asir, davlat, qonun, Sezar, Qur'on, islom, saodat, taqdir, falsafa, ijtimoiy tafakkur.

THE ROLE OF HUMANITARIAN IDEAS IN THE TABRYH OF THE

YOUNGER GENERATION

ABSTRACT

This article discusses humanitarian understanding, the essence of its content, the specifics of humanitarian ideas in the history of European and humanitarian ideas, humanitarian ideas of Islam.

Keywords: Humanitarianism, Rome, Sanden, Country, Law, Caesar, Quran, Islam, Fate, Fate, Philosophy, Social Though.

Tarixda insonlar o'zining huquq va erkinliklari uchun kurashmagan davrni misol qilib keltirishning iloji yo'q. Ushbu kurashlar esa hozirgi kungacha vujudga kelgan barcha g'oyalar, huquqiy normalar, xalqaro tashkilotlarning vujudga kelishiga asosiy sabab bo'lib xizmat qildi. Aytish mumkinki, tarixda ozining ozodligi uchun qo'liga qurol olgan har bir insondan tortib, urush oqibatlarining tinch aholiga ta'sirini kamaytirish, ularning oldini olish, moddiy va madaniy boyliklarni saqlab qolish va eng asosiysi har qanday harbiy harakatlar davrida ham insonga yuksak tuyg'u bilan qarash lozimligini ilgari surgan hamda uni xalqaro huquqning asosiy manbayi sifatida e'tirrof etgan va ularning barchasini o'zining ob'ekti sifatida qaragan yirik xalqaro tashkilotlar shakllandi.

Tarixga bir nazar tashlasak, insoniyatning o'zoq o'tmishida juda ko'plab nomdor hukmdorlar, ulkan davlatlar va aynan ularda inson shaxsiga bo'lgan munosabatning turli mazmunda bo'lganini ko'ramiz. Masalan, O'zining huquqshunoslari va me'morlari bilan dong taratgan Rim ham insoniylik borasida namuna bo'lmagan. Dalil sifatida

Volsk1 davlatining to'liq yo'q qilib tashlanishi, Regiy, Vakka, Numidiya va boshqa joylar aholisining qirg'in qilinishi bunga misol bo'la oladi. Axir XII jadval qonuni «g'animga nisbatan hamma narsa mumkin». deb e'lon qilmaganmi? Miloddan avval IV asrda diktator Kamill yaradorlarga nisbatan oliyhimmatlik ko'rsatishga chaqirganda esa, Rim senati uni surgunga hukm qilgan! Olijanob sarkarda sifatida nom chiqargan Sezar (miloddan avval 100—44-yillar) behuda urushlardan o'zini tiygan bo'lsa-da, Avarikni zabt etish vaqtida 40 mingga yaqin kishini (erkaklar, ayollar, qariyalar va bolalarni) qirg'in qildirgan, hukmronligiga qarshi bosh ko'targan Uksellodunum himoyachilarining qo'llarini choptirgan (miloddan avval 52-yil) shafqatsizlik avjiga chiqqan paytlarda ham mag'lublarga nisbatan insonparvarlik namoyish etishni yoqlovchi ovozlar, onda-sonda bo'lsa-da, uchrab turgan. Ijtimoiy fikrning rivojlanishi, o'z odamlari jonini asrash zarurligini, ommaviy qirg'in qilishning oqilona emasligi, befoydaligi va hatto iqtisodiy jihatdan zararli ekanligini urush qiluvchi tomonlarning tushunib yetishi, shuningdek, qasosdan qo'rqish tufayli odamlar asta-sekin mag'lublarga nisbatan munosabatlarni o'zgartirib bordilar. Albatta, dahshatli talafotlar keltiruvchi urushlar davom etib turdi, biroq barcha narsaning normada bo'lishi va insoniylikni yoqlovchi ovozlar ham yangray boshladi. Shunday qilib, insonparvarlik tafakkuri taraqqiy eta bordi, lekin o'zgarishlar bir vaqtda va faqat Yevropada kechmadi. Qo'lga kiritgan g'alabalari tufayli A. Makedonskiy Yunonistonga qaram o'lkalarni kengaytirganda ko'pchilik uchun odamlar bir-biridan hech bir jihati bilan keskin farq qilmasligi aniq-ravshan ko'rinib qoldi.

Insonparvarlik - insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi to'g'risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida g'amxo'rlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga ko'ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt - saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g'amxo'rlik Insonparvarlikning asosiy masalasidir2.

Musulmon dunyosi ham «adolatli urush» tushunchasi bilan yaxshi tanish. Navro'z boshlangan paytda majburiy yarashuv o'rnatilishi, yilning muqaddas oylarida janglarning taqiqlanishi, payg'ambarning to'lov evaziga asirlarni ozod qilish mumkinligi haqidagi diniy ta'limotlari va musulmon huquqining asirlar musulmonlikni qabul qilishlarini rag'batlantirish haqidagi qoidalari o'ziga xos insonparvarlik ko'rsatmalaridir.

Islom dinida insonparvarlik huquqlari va vazifalari ochiq-oydin bayon qilingan. Unda zo'ravonlik la'natlanib, har qanday zo'ravonlik va bosqinchilik sodir etilishini din oqlamaydi. Islom dinining asosiy manbasi bo'lgan Qur'oni karimda ta'kidlab o'tilganki: "kimki biron jonni o'ldirmagan va yerda buzg'unchilik qilib yurmagan odamni o'ldirsa,

1 Ubaydullayev Sh, Norboyev A., Ziyoyeva M., Ortiqov M., Yuldashev U., Ortiqov O. "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik". -T.: "ILM-ZIYO" 2005, 159-162 betlar.

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Insonparvarlik

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1427

demak, u go'yo barcha odamlarni o'ldiribdi va kimki unga hayot ato etsa (ya'ni o'ldirishdan bosh tortsa), demak, u go'yo barcha odamlarga hayot beribdi" (Moida

"5

surasi 32-oyat) .

Mazkur oyatda Islomning insonparvarligi ko'zga tashlanadi. Ya'ni bir kishini nohaq o'ldirish butun jamiyatni o'ldirish, bir kishini halokatdan saqlab qolish esa butun jamiyatni asrab qolishdir, deb ta'kidlanadi.

Hatto urush ostida bo'lgan va dushman zaminlarida yashagan, lekin jangovorlik sifatiga ega bo'lmagan insonlarning o'ldirilishiga ruxsat berilmaydigan Islom dini aksariyat xalqi musulmon bo'lgan o'lkalarda begunoh insonlar o'ldirilayotgan, nishonga olinayotgan xujumlarga shar'an ruxsat ko'zi bilan qarashi mumkin emasdir. "Niso" surasining 93 oyatida bir mo'min kishini qasddan o'ldirganlar jahannam azobiga duchor bo'lishi xabar berilgan. Va yana Islom dinining muqaddas kitobiga nazar tashlaydigan bo'lsak, (Niso surasi, 92 oyat) "Mo'min mo'minni o'ldirmas. Magar bilmasdan qilishi mumkin. Kimki mo'minni bilmasdan o'ldirib qo'ysa, bas, unga mo'min qulni ozod qilish va (o'lganning) axli kechirsalar, xun berish vojib bo'lur. Agar u siz bilan axdnomasi bor qavmdan bo'lsa, axliga beriladigan xun va mo'min qulni ozod qilish vojib bo'lur"4 deb ta'kidlanadi.

Ham musulmon, ham xristian jamiyatida jang qahri ritsarlik qoidalari bilan cheklangan. Masalan, Sharqda hatto urush vaqtida boshpana berish va mehmon do'stlik huquqi mavjud bo'lgan. Yevropada avval harbiy va dunyoviy tartib bo'lib, keyinchalik cherkov o'ziga qaram qilib olgan ritsarlik jasorat, sadoqat va kuchsizlarni himoya qilish amallaridan tashkil topgan axloq qoidalarini targ'ib qilgan. Biroq shuni hisobga olish kerakki, bu yurish-turish qoidalari faqat aslzoda kishilarga taalluqli bo'lgan5.

Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida Insonparvarlik g'oyalari azaldan keng tarqalgan bo'lib, uning ko'p ming yillik tarixi b-n chambarchas bog'liq. Osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy va b.sh. asarlarida Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-qimmati g'oyalari olg'a surildi. Forobiy insonlarning inoq va do'st yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qat'iy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida g'amxo'rlikni asosiy masala qilib qo'ygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olg'a surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik g'oyalari o'z ifodasini topgan. Unda faqir, kambag'al,

3 WWW. Azon.uz/content/views/islom. Said Abdulaziz Yusupov nutqi. 2017 yil.

4 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi. - Toshkent: 2009, Niso surasi, 92-oyat.

5 Ortiqov O., Ubaydullayev Sh., To'xTashevI., G'afurov B. Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik. - T.: 2005 yil, 164 - bet.

musofir, muhtoj kishilarga yordam berishga, sahovatli va insofli bo'lishga da'vat qilinadi.

REFERENCES

1. Ubaydullayev Sh, Norboyev A., Ziyoyeva M., Ortiqov M., Yuldashev U., Ortiqov O. "Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik". - Toshkent: "ILM-ZIYO" 2005, 159, 162, 164 betlar.

2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Qur'oni Karim va o'zbek tilidagi ma'nolar tarjimasi. - Toshkent: 2009, Niso surasi, 92-oyat.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Insonparvarlik.

4. WWW. Azon.uz/content/views/islom. Said Abdulaziz Yusupov nutqi. 2017 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.