Научная статья на тему 'INSON QADRINI ULUG‘LASH DEMOKRATIK PRINSIP SIFATIDA'

INSON QADRINI ULUG‘LASH DEMOKRATIK PRINSIP SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson qadr-qimmati / erkinlik masalasi / demokratiya / adolat / xalq qabulxonasi / qadriyat. / human dignity / the issue of freedom / democracy / justice / public hearing / value.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sherboboyev, M.A.

Ushbu maqolada inson qadr-qimmati falsafiy mushohada qilish asosida tahlil qilingan. Jumladan, sharqda inson va uning qadri, erkinligi masalasi o‘tmish va bugungi kun nuqtai nazaridan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROMOTION OF HUMAN DIGNITY AS A DEMOCRATIC PRINCIPLE

This article analyzes human dignity based on philosophical observations. In particular, the issue of man and his dignity and freedom in the East is studied from the perspective of the past and the present.

Текст научной работы на тему «INSON QADRINI ULUG‘LASH DEMOKRATIK PRINSIP SIFATIDA»

"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024

ALFRAGANUS UNIVERSITY www.0riens.uz

INSON QADRINI ULUG'LASH DEMOKRATIK PRINSIP SIFATIDA

https://doi.org/10.5281/zenodo.14544355

Alfraganus universiteti ijtimoiy fanlar

kafedrasi v.b.dotsenti M.A.Sherboboyev email: [email protected]

d

Annotatsiya: Ushbu maqolada inson qadr-qimmati falsafiy mushohada qilish asosida tahlil qilingan. Jumladan, sharqda inson va uning qadri, erkinligi masalasi o 'tmish va bugungi kun nuqtai nazaridan o'rganilgan.

Kalit so'zlar: inson qadr-qimmati, erkinlik masalasi, demokratiya, adolat, xalq qabulxonasi, qadriyat.

Inson masalasi butun tarix davomida barcha ilm sohalari va faylasuflarning diqqat markazida turgan. Insonni o'rganish uning mohiyati masalasi falfasiy antrapologiya nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va o'rganiladi. Shu bilan birga inson qadrini ulug'lash, uning sof tabiatini anglagan holda qadr-qimmatini joyiga qo'yish muammosi har doim dolzarb sanalgan. Ayniqsa g'arb jamiyatida bu masala gumanizm tushunchasi orqali jonlantirildi. Bu esa insonning nafaqat narigi dunyoda balki, bu dunyodagi hayotida ham qadr topishi, yaxshi yashashi masalasi ma'rifatparvar olimlar ijodlarida o'z aksini topdi. Sharqda esa inson qadrini ulug'lashga oid qarashlar islom ta'limoti nuqtai nazaridan talqin qilinadi. Islom shariatida inson va uning qadri borasida qur'on va hadislarda ko'plab oyat va belgilar mavjud. Ko'plab sharq falsafiy tafakkuridagi qarashlarning mazmuni bizga shuni anglatadiki, sharq xalqlarida azaldan inson va uning qadri masalasida peshqadam bo'lgan hamda eramizning boshlarida ham o'rta asrlarda ham adolat asosida inson qadri ulug'lanib kelingan.

Jumladan, Nizomulmulkning siyosatnoma asarida quydagicha hikoya keltirilgan: "Anushervon o'z hukumatida inson qadrini adolat orqali ta'minlashga harakat qilgan. Insonlarni murojaatlarini eshitish va ularga yechim berish uchun saroy devorida zanjirga boylanlangan qo'ng'iroqlarni ilib qo'ygan. Yeti yoshdan yetmish yoshgacha bo'lgan insonlar murojaati uchun qulay holatga keltirib qo'yilgan. Murojaatchi qo'ng'iroqni chalishi bilan uning arzi tinglangan hamda muammosi bartaraf etilgan. Bu esa inson qadri, sha'ni va huquqlari himoya qilingan".[1.42] Bugungi kunda bizning jamiyatimizda ham shunga o'xshash tizim joriy qilingan bo'lib biz uni president portal va xalq qabulxonalari misolida ko'rishimiz mumkin. Prezident Xalq qabulxonasi - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28 dekabrdagi "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini

"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN ALFRAGANUS UNIVERSITY

(E)ISSN: 2181-1784 4(26), Nov., 2024 www.oriens.uz

tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-4904-sonli farmoni bilan tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan tuzilma.[2] Ushbu tuzilma xalq va davlar organlari o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajarib, murojaatlarni tinglaydi va yechimini ta'minlaydi. Bu esa insonlarni ortiqcha ovoragarchiliklardan xolos qiladi. Samarasiz urinishlar jamiyatda insonning qonunlarga nisbatan hurmatini yo'qotishiga sabab bo'ladi va huquqiy nigilizmni keltirib chiqaradi. Inson ulug'langan bu yurtda inson huquqlari, erkinliklari, uning qadr-qimmati hama narsadan ustun turadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsiy huquq va erkinliklar bobida inson qadri masalasiga alohida etibor berilgan. Qonunning 26-moddasida quydagicha belgilab qo'yilgan: "Insonning sha'ni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos bo'lishi mumkin emas" [3.17] Ushbu qonunning ijrosini ta'minlash esa barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2017-yil 14- yanvarda bo'lib 2016-yil yakunlariga bag'ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisida boshqaruv organlariga quydagicha murojaat qilgan edi: "Hayotning o'zi va xalqning talablari bizning oldimizga amaliy yechimini toppish lozim bo'lgan yangi va yanada murakkab vazifalarni qo'ymoqda".[4.10] Ushbu chaqiriq davlatni fuqarola r oldida vazifador ekanligini anglatadi hamda bu jarayonni optimallashtirish uchun quydagi muammolar mavjudligi takidlandi:

"Birinchidan, ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma'lum darajada uzilib qolmoqda.

Ikkinchidan, tarmoq va hududlarni rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqishda yuzaki yondashuvga yo'l qo'yilmoqda.

Va nihoyat, uchinchi asosiy kamchilik- ko'pchilik rahbarlarning murakkab muammolarni kabinetdan chiqmasdan, iqtisodiyot tarmoqlari, har bir korxonadagi, shahar va tumanlardagi, ayniqsa, qishloq joylardagi ishlar qanday ahvolda ekanini chuqur o'rganmasdan hal etishga odatlanib qolgani bilan bog'liq"[4.10] Yurtboshimiz tomonidan aytilgan bu muammolarning bartaraf etilishi davlatda fuqarolarning qadr-qimmatini oshirishda, farovon hayotini ta'minlashda muhim sanaladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning joylarda yurib sayyor qabullar tashkil etishlari, o'z o'rinlaridan chiqib joylarda manzilli o'rganishlar olib borishlari fuqarolik jamiyati shakllanishi hamda inson qadri ulug'lanishiga asos bo'lmoqda. Davlat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarning yaxshi bo'lishi jamiyat kamoliga sabab bo'ladi. Shu sababdan ham davlat organlari va mansabdor shaxslar fuqarolar oldida mas'uldirlar. Insonning ehtiyojlari, murojaatlari ko'rib chiqilishi, o'rganilishi va bartaraf etilishi davlat idoralariga nisbatan fuqarolar ishonchini oshiradi hamda

"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN ALFRAGANUS UNIVERSITY

(E)ISSN: 2181-1784 4(26), Nov., 2024 www.oriens.uz

siyosiy irodani kuchaytiradi. Davlat organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarning mazmunini quydagi misra asosidaa ham talqin qilishimiz mumkin: Daraxt bo'lsa shox, xalq ildiz erur, Bil, o'g'lim, tomir-la daraxt ulg'ayur. Yomonlik bilan umr o'tkazmagil, Senga toki yog'dirmasin la'nat el. Murosa qilarkan agar ishni hal, G'azab qilma, o'ldirma, bo'lma dag'al.[5.9]

Sa'diyning Bo'ston asaridan olingan ushbu baytlarda amaldorlar va xalq daraxt shoxi va ildiziga qiyoslanmoqda. Albatta har ikkalasi bir butun daraxtni hosil qiladi. Shu sababdan xalqni xizmatini qilish orqali ezoz topish, xalq koriga yarash, xalq ishonchini oqlash har bir rahbar faoliyatining mazmunini tashkil etishi lozim. Va yana bir boshqaruvdagi muhim xususiyat xushmuomalalik va murosasozlikdir. Bu fazilatlar orqali xalq dardi tinglanadi va unga amaliy choralar orqali natijaga erishiladi. Shundagini davlatda inson qadr-qimmati yuksaladi, buyuk o'tmishga mos bugun va kelajak yaratiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, inson qadri ulug'langan jamiyatda adolat bo'ladi, taraqqiyot bo'ladi hamda inson va jamiyat baxtli bo'ladi. Bugun bizning mamlakatimizda ham demokratik, huquqiy davlatni barpo qilishimizda inson qadrini ulug'lash masalasi eng asosiy masala hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'rxati

1. Nizomulmulk. Siyosatnoma. (Siyar-ul mulk) ikkinchi qayta to'ldirilgan nashr. T.: "Yangi asr avlodi" 2008. 240 b.

2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalq qabulxonasi

3. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent. "O'zbekiston" nashriyoti, 2023.-120 b.

4. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza, 2017-yil 14-yanvar.-Toshkent. "0'zbekiston",2017.-104 b.

5. Sa'diy. Bo'ston\pandnoma\ forsiydan Chustiy tarjimasi.-Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2019.-144 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.