Научная статья на тему 'INSON KAMOLOTI, UNING IJTIMOIY OMILLAR BILAN SHARTLANGANLIGI'

INSON KAMOLOTI, UNING IJTIMOIY OMILLAR BILAN SHARTLANGANLIGI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
12
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson kamoloti / Alfred Adler / individual psixologiya / maqsadga muvofiqlik. / Human development / Alfred Adler / individual psychology / purposefulness.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ruzmatova, G.M.

Mazkur maqolada inson kamoloti ijtimoiy omillar bilan shartlanganligi masalasi yoritilgan. Avstriyalik psixolog va mutafakkir Alfred Adlerning qarashlari misolida insonning ichki ruhiyatining uning kamolotiga ta’siri tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HUMAN PERFORMANCE AND ITS CONDITIONALITY WITH SOCIAL FACTORS

This article examines the issue of how human development is conditioned by social factors. Using the views of the Austrian psychologist and thinker Alfred Adler, the influence of a person's inner psyche on his development is analyzed.

Текст научной работы на тему «INSON KAMOLOTI, UNING IJTIMOIY OMILLAR BILAN SHARTLANGANLIGI»

o

INSON KAMOLOTI, UNING IJTIMOIY OMILLAR BILAN

SHARTLANGANLIGI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.14510131

G.M.Ruzmatova

Alfraganus universiteti, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori

Annotatsiya: Mazkur maqolada inson kamoloti ijtimoiy omillar bilan shartlanganligi masalasi yoritilgan. Avstriyalik psixolog va mutafakkir Alfred Adlerning qarashlari misolida insonning ichki ruhiyatining uning kamolotiga ta 'siri tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Inson kamoloti, Alfred Adler, individual psixologiya, maqsadga muvofiqlik.

Ta'kidlash joizki, o'zining ruhiyat haqidagi qarashlarini rivojlantirib, Alfred Adler shunday qarorga keladi, inson xulqining faqat ongsiz turtkilarini tatqiq qilib, inson tabiatining yaxlit manzarasini tasavvur qilib bo'lmaydi. Insonning ichki tabiatini, hayotiy faoliyat omillarini tushunish uchun, hammadan oldin, uni o'rab turgan tabiiy va ijtimoiy munosabatlar yig'indisini o'rganish zarur. Bu aloqalarni kuzatishni go'daklik chog'idanoq boshlash kerak. Agar Freydning fikriga ko'ra, go'dakning qiziqishlari faqat uning o'ziga qaratilgan bo'lsa, Adlerga ko'ra bola hayoti ijtimoiy munosabatlar bilan bog'langan va uning diqqati nafaqat o'ziga, balki boshqa odamlarga ham qaratilgan bo'ladi. Zero, inson munosabatlari boshqa odamlar bilan, tabiat bilan, ijtimoiy tuzilmalar, ijtimoiy aloqalar va munosabatlar bilan shartlanganligi uchun "ruhiy faoliyatni ijtimoiy munosabatalarni tushunmasdan turib anglab bo'lmaydi"1.

Demak, Adler fikriga asosan, inson o'zi yashaydigan ijtimoiy muhitdan ajralmagan holda erkin harakat qila oladigan mavjudotdir. Venalik shifokor insonlarning "ijtimoiy hayot mantig'i"ga, insonning ijtimoiy mavjudotligiga murojaat qiladi. Shaxsning ichki dunyosi bilan tashqi obyektiv dunyo munosabatlarining o'zaro aloqasining harakatdagi holatini o'rganishni istaydi. Adler diqqatini mehnat taqsimotiga, insoniy munosabatlarning iqtisodiy va ijtimoiy tuzilmalarning shakllanishiga, ulardagi insonning ichki ruhiy faoliyatiga, ma'naviy hayotiga qanday ta'sir qilishiga qaratadi. Mehnat taqsimoti ijtimoiy insoniy borliqning mohiyati sifatida ko'riladi. O'z mulohazalarida Adler zamonaviy sivilizatsiyaning o'ziga xos ustuvor qadriyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Xususiy mulk, pul hukmronligi inson

1 Adler A. Understandiny Human Nature. -P. 26.

xususiyatining shakllanishiga ta'sir qilishini ko'rsatib beradi. Adler shunday dalilni aniqlaydiki, insonlar katta boylikka, pulga ega bo'lishga intiladilar, ijtimoiy axloq esa shaxsning bunday xislatini yoqlamaydi. Shunga qaramay inson xususiyati hamda ichki ruhiy tuzilmasining shakllanishida ijtimoiy sharoit va iqtisodiy vaziyat asosiy rol o'ynaydi.

Bu davrda ijtimoiy-ruhiy muammoga nafaqat Adler tarafdori bo'lgan nazariyotchilar, balki ruhiyat tahlili tomonida bo'lgan olimlarning ham qiziqishi ortgan edi. Hatto Freydning o'zi mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlar va xususiy mulkning ahamiyati haqida, insonga xos bo'lgan "ijtimoiy intilish" to'g'risida mukammal fikr bildirgan. U ayni paytda "ijtimoiy intilish" haqidagi masalani o'rtaga tashlaydi, Adler bo'lsa ijtimoiy hissiyot va ehtiroslarni inson mavjudligining asosiga qo'yadi, ya'ni individ - ibtidosidan boshlab ijtimoiy mavjudotdir. Inson tabiatiga nisbatan bunday yondashuv albatta, ruhiyat tahlili uslubidan ko'ra mahsuldorroq edi.

Insonning ma'naviy dunyosi va xulqi omillariga ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni belgilovchi ta'siri haqida gapirib Adler, o'z diqqatini jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi bilan insonning yakka-shaxsiy borlig'i o'rtasidagi aloqasiga emas, balki insondagi iqtisodiy vaziyatga teskari tasavvurning tug'ilishiga qaratadi. Bu masalalar bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo'lsa ham Adler ularni alohida ajratadi. Uni begonalashgan ongning shakllanish tizimlari qiziqtirmaydi, balki shaxsning muayyan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga bildirgan ruhiy ta'siri qiziqtiradi. Shuning uchun ham Adler shaxsning axloqiy sifatlarini, xarakteriga xos bo'lgan kibr-havo, hasad, bo'ysinuvchanlik, ziqnalik kabi qirralarni tahlil qilish bilan cheklanadi. Shunday qilib, Adler fikricha, ijtimoiylik tug'ma va vorisiy "ijtimoiy hissiyot"ni tan olish bilan cheklanadi. Insonning individual va ijtimoiy rivojida vorisiy o'tadigan xususiyatlarni o'zgarishi mumkinligi haqidagi masalani ham ko'tarmaydi.

Adler fikriga ko'ra, inson shaxsini, ichki ruhiy olamini tushunish - u mavjud bo'lgan tabiiy va ijtimoiy muhitni ochishni anglatadi. Shunday ma'noda inson, bir tomondan, zaif, himoyasiz, biologik mavjudot sifatida o'z "to'liqsizlik hissi" o'rnini "hukmronlikka intilish" bilan qoplaydi, boshqa tomondan, ijtimoiy mavjudot sifatida "samoviy hissiyot"ga ega va butun insoniyat zotiga dahldor bo'lgan xilqatdir. Inson mavjudligining ana shu tomonlari o'rtasida uzilmas rishta mavjud, Adler fikriga ko'ra, shuni yechish zarur. "Individual psixologiya" ongsiz ravishda "hukmronlikka intilish" tabiatini ochish, insonlar o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarni yechish, umuminsoniy birdamlikni topish, insoniyat zotiga tegishli bo'lgan ijtimoiylik hissiyotiga asoslangan nuqtani axtarish bilan shug'ullanadi. Bu yerda asosiy mezonni "ijtimoiy hissiyot" (yoki "ijtimoiy qiziqish") o'ynaydi. "Ijtimoiy hissiyot" - insonlar va inson jamoalari o'rtasidagi aloqani, insonni samoviy munosabatlar bilan aloqasini

bildiradi. Adler fikricha, faqat "ijtimoiy hissiyot" yordamida ruhiy hayot hodisasini samarali o'rganish mumkin"2.

"Ijtimoiy hissiyot " Adler uchun zaruriy, lekin inson tabiati sinoatini yorituvchi yagona mezon emas, ya'ni undan kam bo'lmagan yana bir mezon - ongsiz holdagi "hukmronlikka intilish"dir. Xuddi shular "individual psixologiya"da inson mavjudligining umumiy, mohiyatiy omillarini tashkil qiladi. Bu inson ruhiy rivojining ikki yo'nalishini shartlaydi hamda hayotiy faoliyatini yo'naltiradi, hayotiy jihatlarini shakllantiradi. Shaxsning ichki dunyosi insonning ijtimoiy-ruhiy xususiyatini, inson xulqi turtkilarini ochishda yordam beruvchi asosiy rolni o'ynaydi.

"Ijtimoiy manfaat" tushunchasi Adler talqinida faqat insonlarning o'zaro umuminsoniy yoki yakka-shaxsiy aloqalarini o'z ichiga olibgina qolmay, balki inson tomonidan hayotni umumiy bog'lovchi munosabatlarni ham qamraydi. Bu shuni bildiradiki, har bir individ o'zini boshqa inson ko'zi bilan ko'radi, hayotiy vaziyatlarni ijtimoiy qabul qilingan jihatlar orqali baholaydi. Bular insonlarning muayyan jamoada yashashi natijasida kelib chiqqan madaniy, axloqiy va ijtimoiy meyorlardir. Huquqiy munosabatlar, axloqiy va estetik baholar "ijtimoiy manfaat"ga asoslangan. Zero hamma nazariy va amaliy "hayotiy muammolar ijtimoiy manfaatga ega bo'ladi"3. "Individualpsixologiya" insonga ana shu qadriyatlarni anglash uchun va hayotiy vaziyatlarga ko'nikish uchun yordam beradi.

Shunday qilib, oxir-oqibat "ijtimoiy manfaat" va "hukmronlikka intilish"ning adlercha konsepsiyasi qanchalik ziddiyatli bo'lishiga qaramay, bir o'zanga yo'naltirilgan. Zotan, "ijtimoiy manfaat" ongsiz "hukmronlikka intilish"ning to'ppa-to'g'ri antitezisi bo'lishi kerak, chunki u shaxsning biologik tayyor bo'lmagan intilishlari bilan emas, dastavval insonlarning aqlga monand ijtimoiy hayoti bilan bog'liq. Biroq Adler nazariyasida "ijtimoiy manfaat" ham "hukmronlikka intilish" ham, teng ma'noda inson to'liqsizligi o'rnini qoplovchi tizim vazifasini bajaradi. "Ijtimoiy manfaat, - deb ta'kidlaydi olim, - bu inson mavjudligining tabiiy ojizligini haqiqiy va zaruriy ravishda o'rnini qoplovchi tizimdir"4. Aynan "ijtimoiy manfaat" tufayli, Adler fikriga ko'ra, shaxsning ijtimoiy qabul qilgan muayyan hayotiy vaziyatga ko'nikishi va moslashishi sodir bo'ladi. Bular ijtimoiy va ruhiy darajalarda amalga oshadi. Demak, adlercha "hukmronlikka intilish" hamda "ijtimoiy manfaat" ta'limoti bir xil darajali tabiatga ega. Ikki omil ham to'liqsizlik hissi va insonni ojizligi, himoyasizligi natijasida vujudga keladi. Ikkisi ham tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish tizilmasini rivoji uchun turtki rolini o'ynaydi.

2 Adler A. Understanding Human Nature. -P. 189.

3 Адлер А. Практика и теория индивидуальной психологии. -М.: Фонд "За эконамичискую грамотность", 1995. -С. 155.

4 O'sha yerda. -Б. 154.

Darhaqiqat, Adler insonni ijtimoiy mavjudot sifatida talqin qilib bir qadam oldinga ketdi. U ijtimoiy munosabatlar deganda nafaqat oilaviy munosabatlarni (xuddi Freyd singari), timsoliy-jamoaviy aloqalarni (Yung kabi) emas, balki qonuniy-huquqiy, axloqiy-xulqiy va xususiy mulkiy, mehnat munosabatlarini nazarda tutadi. Lekin bu ruhiyat tahlili harakatida to'ntarilish bo'lmadi. Chunki bu munosabatlar insonning ongsiz intilishlari chegarasidan chiqib keta olmadi. Insonga xos bo'lgan ijtimoiy hissiyot va manfaat o'z negizida biologik tug'ma xususiyatga ega bo'ladi. Qisqacha, xulosa shuki, "to'liqsizlikni yengishga intilish qanchalik tug'ma bo'lsa, ijtimoiylik hissiyoti ham shunchalik tug'madir"5.

Adler o'zining "individual psixologiya"sini Freyd nazariyasiga qarshi qo'yadi. Bu ayniqsa, inson ruhiy rivojini va shaxsning hayotiy faoliyatining sabab va maqsadini tahlil qilinayotganda yaqqol ko'zga tashlanadi. Ruhiy hodisalarning qat'iy shartlanganligini tan olmagan holda Adler, Freydni tanqid qilib, Yungning ongsiz ruhiy jarayonlarni maqsadli yo'nalganligi haqidagi g'oyaga qo'shiladi. Bundan tashqari, olimning nazariy ta'limotida maqsadli aloqalar sababiy munosabatlarga qat'iyan zid qilib qo'yiladi. Shunday qilib, freydcha inson rivojini harakatga keltiruvchi kuchni ruhiyat tahlili chegarasidan butunlay chiqib ketishiga olib keldi. Faylasuflar va psixolloglar hamma narsani qat'iy sabablarga ko'ra shartlanganligini tan oladilar, buni Adler keng tarqalgan kamchilik deb hisoblaydi. Uning fikriga ko'ra, psixologiyada sababiylik va zaruriy bog'liqlik haqida gapirib bo'lmaydi, chunki shaxsning ruhiy faoliyatining yo'nalishini tushuntirishda tabiiylik va ta'sir etuvchilar asoslovchi tamoyil bo'lolmaydi. Inson xulqini, hayot faoliyati va unga ta'sirini tushuntirish uchun uning oxirgi maqsadi hamda intilishini bilish zarurdir. Zero, "insonning ruhiy hayoti, uning maqsadi orqali shartlangan, uning xulqi to'liqligicha maqsadga intilishida namoyon bo'ladi"6.

Vaholanki, Adlerning bunday qat'iy yondashuvda turishi sababiy omillarni butunlay tan olmasligidan dalolat bermaydi. Sababiylik shaxs xulqini tushuntirishda, uning faoliyatini ochib berishda ahamiyatga ega bo'lmaydi. Lekin shaxs ijtimoiylashuvi va rivoji tizilmalarini aniqlashda sababiylik, muayyan rolni o'ynaydi. Olimning ta'kidiga ko'ra, shaxs rivojining sababi "to'liqsizlik hissini" yengib o'tishda namoyon bo'ladi. Bu hol insonninng tabiatan biologik nomukammalligi tufayli hosil bo'ladi. Xususan, "o'rnini qoplash" va "g'ayri o'rnini qoplash" tizilmalari inson hayot faoliyatini harakatga chorlovchi sabab sifatida ko'riladi. Adler tushunchasiga ko'ra, ana shu sababning mavjudligi inson harakatining yo'nalishini tushuntirmaydi, balki faqatgina inson faoliyatini imkoniy sababini ochadi. Bu sabab

5 Адлер А. Практика и теория индивидуальной психологии. -М.: Фонд "За эконамическую граматность", 1995. -С. 134.

6 Adler A. Understanding Human Nature. -P. 19, 82.

oxirgi maqsadga yetishgandagina namoyon bo'ladi. Oxirgi maqsad har qanday inson faoliyatining mayog'idir. Shunday qilib, shaxsning ichki ruhiy faoliyatining mazmuni, shaxsning yashirin imkoniyatlarini o'z-o'zidan ochilishining sababi, oxirgi maqsadga erishish uchun intilishi zaruriy tarzda ruhiy tadqiqotlar chegarasidan chiqib ketadi va falsafa sohasiga dahldor bo'ladi. Shuning uchun ham Adler ana shu muammolarni hal qilishda falsafiy nuqtai nazardan yondashishga majbur bo'lgan.

Qayd qilishimizga ko'ra, maqsad masalasi qadimda ko'pgina mutafakkirlarni qiziqtirgan, turli falsafiy maktablar o'rtasida bahs-munozaraga sabab bo'lgan. Eng umumiy ma'noda, falsafa tarixida uning hal qilinishi ikki yo'nalishda davom etadi: ilohiy ta'limot sifatida, bu "borliqning obyektiv maqsadi", butun mavjudlikning maqsadga muvofiq ibtidosi asosida hamda "iroda erkinligi" inson mavjudligining o'ziga xos xususiyati ekanligi haqidagi ta'limot negizida rivojlandi. Adler Arastu falsafasidan kelib chiquvchi an'anaviy falsafa tarafida bo'ldi. Unga ko'ra, har qanday narsa, uning oxirgi maqsadi bilan aniqlanuvchi ichki mohiyati, tashkiliy tuzilishi ochilgandagina tushuniladi.

Ma'lum ma'noda oxirgi maqsadning adlercha talqini Kantning inson faoliyatining maqsadli yo'nalganligi haqidagi mulohazalariga o'xshab ketadi, deb qayd qiladi. Zero, Kant inson faoliyatining maqsadga muvofiqlik xususiyati haqidagi g'oyani ilgari suradi, ongli shakllangan maqsadga diqqatni qaratadi7. Adler ongsiz maqsadli aloqalar haqida gapiradi. Olimning tasavvuriga ko'ra, oxirgi maqsad shaxs "o'rnini qoplash"ning ongsiz tizilmalari aniqlanadi. Natijada, Adler kantcha qarashdan uzoqlashadi. Uni maqsad haqidagi nazariy-falsafiy pozitsiyasining asosiy jihatlari V.Dilteyning ilohiy (teologik) ta'limotiga mos keladi. Kantdan farqli ravishda Dilteyning fikriga ko'ra, maqsadli aloqalar ongda bo'lishi shart emas, ular ongsiz ham bo'lishi mumkin. Bir vaqtning o'zida "ular - o'ylab topilmagan, sarobiy mohiyatlardir. Ular - ruhiy reallikdir"8. Dilteyning ongsiz maqsadli aloqalar haqidagi ta'limotini tahlil qilib, Adler shaxsni maqsad sari ichki intilishini, ruhiy hayotni maqsadga muvofiqligi haqidagi qoidani ilgari suradi. Garchi Diltey uchun ruhiy voqelik maqsadning o'zi bo'lsa, Adlerda maqsadga intilish asosiy omil rolini o'ynaydi9. Unga ko'ra, maqsad - bu sarobiylikdir. Shu tufayli inson olamiy betartiblikda, mavjudligi dunyosida o'z yo'nalishini topadi. Sarobiylik - bu maxsus o'ziga xos ruhiy tuzilmadir. U tabiiy va ijtimoiy borliq mohiyatini sarobli shaklini hosil qiladi va unda amaliy jihatdan o'z o'rnini topishga yordam beradi. Sarobiylikni bunday talqin qilishni sarobiylik (fiksionalizm) ta'limotidan oladi. Bu G.Fayxinger

7 Кузнецов В.Н. Немеsкая классическая философия второй половины XVIII-начала XIX века. -М.: Высшая школа, 1989. -С. 97-98.

8 Дильтей В. Описательная психология. -М., 1924. -С. 62.

9 Adler A. Understanding Human Nature. -P. 73.

qarashiga mansub bо'lib, ta'limot olimning "YA 'ni falsafa" (1911) nomli asarida о'z ifodasini topgan.

Inson haгakati tuгtkisini, hayotiy maqsadini Adler fikriga kо'гa, "agar boshqacha" falsafasi yoгdamida tushunish mumkin. Ushbu falsafa oгqali "yaqin orzu" andozasi tuziladi, inson hayoti davomida shu ro'yoga intiladi va muayyan vaziyatda ana shu ra'yo orqali haгakat qiladi. Bu yeгda ziddiyat yuzaga keladi, sarobiy oxiгgi maqsadni bilish, ilohiy ro'yo, taqdiг (belgilanganlik) yoгdamida amalga oshadi va ongsiz ruhiy mohiyatlar maqomini oladi. Oxirgi maqsad, Adler fikriga kо'гa, voqe emas. Shuning uchun sababiy munosabatlar ochilganda ham u namoyon bо'lmaydi. "Lekin u yо'naltiгilishga muhtoj Ьо'^п qalbning ilohiy yо'li sifatida tushunilishi mumkin. Bu ilohiyot о'z-о'zidan vujudga keladi. U mhiyatda shakllanadi. Uni shaxsning rejalari sifatida qabul qilish mumkin"10.

Shunday qilib, Adler inson ichki tuzilmasiga xos bо'lgan, uni boshqarib va yо'naltiгib tuгadigan qandaydir ilohiy kuch mavjudligini tan oladi. U ra'yoviy ilohiyat ta'limotini ilgari suгadi. Bu ta'limotga kо'гa, har biг shaxs ongsiz гavishda "agar bunday bо'lganda" falsafiy qaгasЫaгini qо'llaydi, hayolida о'z hayotining ilohiy rejasini, ra'yoni tuzadi. Bu uning xulqini, о'ziga xos hayot tarzini boshqaradi, uning yordamida oxirgi maqsadga erishiladi. Adlerning fikricha, mazkur reja yoki loyiha inson qalbining ongsiz qatlamlaridan о'гт oladi. Shuning uchun ham insonga ana shu dastlabki loyihani anglab yetishiga yordam berish zarur. Shunda u oxirgi maqsadga yetishda о^ hayot falsafasiga erishadi, kamchiliklarini tuzatadi. "Individual psixologiya"ning asosiy vazifasi ham, Adlerga to'ra, ana shu ilohiy ijodkor kuchni oshkor qilishdan iborat.

Demak, adlercha ilohiy sarobiy ta'limot obyektiv xususiyatga ega. Unga to'ra, oxirgi maqsadni to'zlagan insonning ruhiy hayoti, faoliyati faqat ichki rejaga asosan amalga oshadi. Bu ichki reja insonning yakka-shaxsiy yutug'idir; uning ildizlari gо'daklik chog'lariga borib taqaladi, chunki gо'dak о'z hayolotida ilk fra'yolarni yaratadi. Ana shu gо'daklik го'yolaгida Adler, bolaning '^'^siz^^'dan qutulishga bо'lgan intilishlarini kuzatadi. "W^siz^" tashqi voqe dunyo bilan to'qnashuvlar orqali sodir bо'ladi, kelajakka "^'pri^' quradi, bо'lajak yо'naltiгuvchi harakatlarini aniqlaydi. Olimning fikricha, saroblar va ongsiz istaklar asosida asta-sekin gо'dakning ongsiz hayotiy rejasi shakllanadi. Keyinchalik u buyuk insonning hayotiy falsafasiga aylanadi.

Shu о'rinda, Freyd ham insonning ichki ongsiz intilishlarini ochishda gо'daklik iztiroblari va hayolotiga murojaat qiladi. Lekin Adlerda Freyddan farqli ravishda dastlabki gо'daklik ra'yolariga murojaat qilish, ya'ni asoslovchi xususiyatga ega

10 Адлер А. Практика и теория индивидуальной психологии. -М.: Фонд "За экономическуне граматность", 1995. -С. 93.

emas, balki vosita sifatida qo'llaniladi, uning yordamida kelajakka intiladi, intuitiv ravishda inson oxirgi maqsadi umumiy chizgilarini sezishga harakat qiladi. Shu ma'nodagi "individual psixologiya " K.Yungning "tahliliy psixologiyasi"ga o'xshab ketadi. Chunki ularning ikkisi ham kelajakka yo'naltirilgan. Ta'kidlash kerakki, Freydda ular o'tmishga qaratilgan.

Adler inson hayoti ilohiy loyihasining mavjudligi haqidagi qoidasi keyinchalik ekzistensializm doirasida vujudga kelgan, inson borlig'ining yakka-shaxsiy, subyektiv rejasi haqidagi ta'limotga ozuqa bo'ldi. Xususan, adlercha "hayotiy reja" tushunchasi ko'p jihatdan J.P.Sartrning "asosiy loyiha" g'oyasiga yaqin. Sartr bu masalani o'zining "Borliq va yo'qliq" nomli asarida talqin qiladi. Risola muallifi bir necha bor Adlerning "individual psixologiya" g'oyalariga murojaat qiladi11. Bu tabiiy hodisadek tuyuladi, chunki freydizm K.Yaspers, M.Xaydegger va J.P.Sartrning ekzistensial falsafasining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Jumladan, inson "to'liqsizligi", "ijtimoiy intilish" va nevrosteniya masalalarini hal etishda yagona nazariy pozitsiyani ilg'ash va anglash mumkin.

Hayotning ilohiy loyihasi, insonning shaxsiy falsafasi Adler fikriga ko'ra, oxirgi maqsadga erishish uchun intilishida, shaxsning mohiyatiy kuchlarining ochilishida namoyon bo'ladi. Lekin inson faoliyatini aniqlab beruvchi ana shu maqsadning o'zi nima? Adler mazkur masala bo'yicha ko'p vaqt bir qarorga kelolmaydi. Dastlab olim inson faoliyatining oxirgi maqsadi sifatida "hukmronlikka intilish"ni oladi. "Hukmronlikka intilish" shaxsning "to'liqsizlik hissi"dagi "g'ayri o'rnini qoplash" rolini o'ynaydi. Keyinchalik Adler "hukmronlikka intilish"ni "ustunlikka intilish" bilan almashtiradi. "Ustunlikka intilish"ni shaxsning ma'naviy-ruhiy rivoji, maorifi, ijtimoiy tan olinishi, mavqei, iqtisodiy yetakchiligi, qudratliligi kabi ijtimoiy jihatlar bilan bog'laydi. Adlerning asarlarida insonning so'nggi maqsadi "shaxs kamoli"ga yetish uchun intilishdan iborat ekanligi haqidagi fikrlar ham uchraydi12.

O'zining so'nggi asarlarida Adler insonning oxirgi maqsadini tushunishda yangi fikrni ilgari suradi: "ustunlikka intilish" orqali "hukmronlikka intilish"dan va nihoyat umumiy g'oyaga keladi, bu "komillikka intilish" bo'ladi. "Komillikka intilish" shaxsning yakunini, yaxlitligini, umumiyligini bildiradi. "Komillikka intilish" inson hayotining mohiyatiy qismini tashkil qiladi. U inson ruhiy rivojidagi sodir bo'layotgan ichki jarayonlar haqida, ilg'or tadrijiy o'zgarishlar haqida guvohlik beradi. Shu ma'nodagi intilish Adler ta'kidiga ko'ra, tug'ma xususiyatga ega. Bu intilish - ichki mohiyat, ya'ni o'z-o'zini namoyon qilishidir, shaxs rivojining eng

11 Sartre J.-P. Being and Nothingness. An Essay on Phenomenolgical Ontology. -N.Y., 1966. -P. 561, 579, 732.

12 Адлер А. Сны и их толкование // Психотерапия. -М., 1994. №1. - C. 28.

yuqori cho'qqisi bo'lgan - "o'zlikka" intilishdir. Bunday g'oyalar yungcha "individuatsiya" va "o'zlik" kabi ta'limotida ham uchraydi. Biroq, Yungdan fa rqli ravishda (unda "o'zlik" xudoning timsolidir - G.R.), Adlerning "o'zligi" esa diniy jihatdan xoli bo'ladi.

Adlerning ta'kidiga ko'ra, "komillikka intilish" ichki harakatni bildiradi. Bu harakat shaxsning ijtimoiylashuv jarayonida yakuniylikka va yaxlitlikka olib keladi. Agar "hukmronlikka intilish" asosida nitsshecha kuchli inson tug'ilsa, yungcha "individuatsiya" jarayonida insonni xudo bilan qo'shilishi sodir bo'lsa (ya'ni xudo insonga aylanadi va aksincha, inson - xudoga), adlercha "komillikka intilish"da inson xudo ham bo'lmaydi, kuchli shaxs ham bo'lmaydi. U yakunlangan insonga aylanadi, Kant iborasi bilan aytganda "o'z-o'zi uchun oxirgi maqsad"ga13 erishadi. Adler tomonidan "komillikka intilish" "psixologik arxetip" sifatida xarakterlanadi, usiz "hayot har qanday mazmunni yo'qotadi", bu intilish "individ, butun insoniyatning hayotiy muammolarini yechadi va tadrijiy o'zgarishlarini ko'rsatadi"14.

Insonning oxirgi maqsadini adlercha tushunish Freydning yakka-shaxsiy lazzatlarining inson ma'naviy rivojidagi yetakchi roli haqidagi qarashlariga zid keladi. Insondagi tug'ma "komillikka intilish" mavjudligini tan oluvchi nazariyotchilar fikrini tanqid qilib, insonni yuksaltiruvchi bunday intilishlar haqiqatdan ham mavjud bo'lsa, yaxshi bo'lar edi, deydi Freyd. "Lekin, men shaxsan bunday ichki intilishning borligiga ishonmayman va bu yoqimli sarobni ayamayman"15. Lekin Adler va Freyd ta'limotlarining zidligiga qaramasdan, ajoyib dalil ko'zga tashlanadi: Adler tomonidan "komillikka intilish" haqidagi g'oya XX asrning 20-30 yil boshlarida aytilgan, Freyd ham aynan shu davrda mazkur masala bo'yicha o'z qarashlarini qayta ko'rib chiqadi. Olim "Bir sarob kelajagi" nomli asarida shunday yozadi: "bu dunyodagi hayot yuqori maqsadga xizmat qiladi, lekin bu maqsadni yechish oson emas, har qanday ehtimolga qarshi, u insonning mukammallikka intilishiga borib taqaladi"16. Shunday qilib, mazkur masalada "individual psixologiya" va ruhiyat tahlili o'rtasidagi farq muayyan darajada uyg'unlashadi.

Vaholanki, Adlerning "individual psixologiya"sining vazifasi ruhiyat tahlilidan keskin farq qiladi. Freyd inson ruhiyatidagi ongsiz va ongli ziddiyatlarning mavjudligiga o'z diqqatini qaratadi. Adler esa insonning oxirgi maqsadiga hamma e'tiborini beradi; Freyd "Men" va "U" o'rtasidagi nizoli vaziyatlarni sharhlashga intiladi, Adler insonning "O'zlikka" intilishida hayotiy yakka-shaxsiy loyiha bilan ijtimoiy cheklovlar o'rtasidagi ziddiyatga diqqat qaratadi. Umuman olganda, bu ikki

13 Кант И. Соч. В шести томах. Т. 6. -М., 1966. -С. 351.

14The Individual Psyhology of Alfred Adler. -P. 104, 114.

15 Фрейд З. По ту сторону принципа удовольствия. -С. 81.

16 Фрейд З. Будущее одной иллюзии. -С. 21-22.

ta'limotda jamiyat va shaxs, inson va madaniyat o'rtasidagi uzulishga e'tibor beriladi. Yagona farq shundaki, Adler nazariyasida ijtimoiy dunyo bevosita inson borlig'iga singdirilgan, Freydning ruhiyat tahlili nazariyasida esa u "Yuqori-Men"ning ma'naviy dunyosi orqali bilvosita insonning ruhiy hayotiga ta'sir qiladi. Lekin bundan shaxs va jamiyat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning umumiy manzarasi deyarli o'zgarmaydi. Zotan, yungcha "tahliliy psixologiya" bilan freydcha ruhiyat tahlili o'rtasida qisman farqlar bo'lgani kabi, Adler qarashlarida ham to'g'ridan-to'g'ri Freyd o'rtasida qarama-qarshilik uchraydi. Shunisi qiziqki, Freyd adlercha va yungcha ta'limotlarga baho berib, ruhiyat tahliliga Adlerning qarashlari yaqinroq ekanligini ta'kidlaydi. "Mutloq yolg'on, - deb yozadi olim, - lekin tuzilishi jihatdan izchillikka ega. Shunday bo'lsa ham intilish haqidagi ta'limotga asoslangan"17.

Shu bilan birga "individual psixologiya"da ijobiy jihat mavjud, bu uni freydcha ta'limotdan to'g'ri ma'noda ajratib turadi. Bu - inson hayotining faollik tamoyilini ta'kidlashdir. Shu o'rinda, diqqatni nafaqat faollikka, balki insonning o'z-o'zini faollashtirishga qaratishdan iborat bo'lishi kerak. Adler asablarni davolash amaliyoti va nazariy tadqiqotlarida shu tamoyilga amal qiladi. Olim davolash usullarida mijozni o'z kasalligini yo'qotishdagi faol o'zining ishtirokiga asoslanadi. Shifokor bemorning ichki hayotiy yo'lini intuitiv holda ochib berishi mumkin, lekin butunlay sog'ayish bemorning o'zining qo'lida bo'ladi, shu orqali o'z xulqini o'zgartirib boradi. Ham nazariy, ham amaliy jihatdan Adler insonni o'z hayotining falsafiy-tarixiy ijodkori sifatida ko'radi, u o'z ichki kuchlarini rivojlantiruvchi, shaxs sifatida kamol topuvchi o'ziga xoslik orqali namoyon bo'ladi. Har bir shaxs olim uchun - inson borlig'ining betakrorligidir, "o'zligi"ning ijodkor yaratuvchisidir: "inson, shunday qilib, ham musavvir, ham suratdir. U - o'z shaxsiy hayotini musavviridir, lekin rassom sifatida u ishchi ham emas, xato qiluvchi ham emas, shaxs ham emas, u to'liq holda aql va tanani tushunmaydi ham; u ojiz, xatolarga moyil, noqis insoniy mavjudotdir"18. Lekin shu ojizlik ma'lum ma'noda uning qudratiga aylanadi: Adler to'liq ta'kidiga ko'ra, inson noqisligini to'liq anglashi "komillikka intilishi" orqali o'rni qoplanadi. Bu insoniy mavjudlikning oxirgi maqsadi - "o'zlikka" olib keladi, har bir shaxs o'zini-o'zi yaratadi. Bunday qarashlar inson madaniyati ta'limotini bir muncha to'ldirsa ham, ammo inson, uning kamoloti muammosi hamisha (ko'p hollarda ) ochiq qolaveradi. Alfred Adlerning bu boradagi qarashlari ummondan bir tomchi, ya'ni kishilik jamiyati masalalari hamisha, har doim olimlarimiz tomonidan o'rganiladigan soha bo'lib kelaveradi.

17 Фрейд З. Очерк истории психоанализа. -С. 45.

18 The Individual Psyhology of Alfred Adler. -P. 177.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.