CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
Central Asian Journal of
Education and Innovation
INSON HUQUQLARI TIZIMINING SHAKLLANISHIDA NYURENBERG HARBIY TRIBUNALI NIZOMI PRINSIPLARINING AHAMIYATI
Ashurova Mohlaroy Biloliddin qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti, Xalqaro huquq va inson huquqlari yo'nalishi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11261357
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10-May 2024 yil Ma'qullandi: 15- May 2024 yil Nashr qilindi: 23- May 2024 yil
KEY WORDS
harbiy tribunal, Nyurenberg, urush huquqi, insoniyatga qarshi jinoyat, bosqinchilik, BMT, xalqaro jinoiy huquq.
Nyurnberg mahkamasi, keyin esa Tokiodagi sud jarayoni xalqaro huquqning rivojlanishidagi muhim bosqichdir. Yangi tarixda birinchi marta mag'lubiyatga uchragan davlat rahbarlariga alohida insonlar va xalqlar o'rtasida tinch-totuv yashash asoslariga xavf soladigan og'ir jinoyatlar: tinchlikka qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilganligi uchun ayblov e'lon qilindi. Germaniyaning tinchlikka qarshi jinoyatlarni hech qanday qonuniy asosga ega emasligi ochiqlandi. Biroq, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar bo'yicha ayblov xulosasiga hech qanday asosli e'tiroz bildirish mumkin emas edi.
BizIkkinchijahon urushi davrida o'n millionlab kishilar qurbon bo'lganligi bilan bog'liq insoniyat boshiga tushgan bunday ulkan fojiani hamisha yodda saqlashimiz kerak. Bashariyat XX asrda inson zotiga nisbatan sodir etilgan bu qadar shafqatsizliklarga jahon tarixi davomida sira duch kelmagandi. Shu ma'noda, Nyurnberg protsessi — nafaqat harbiy jinoyatchilarga nisbatan odil sudlov, balki insoniyatga shaxsni, uning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida ulkan tarixiy saboq chiqarish imkonini bergan "tarixiy sud" hamdir. Nyurnberg tribunali o'z ishini boshlagan sanadan 75yil o'tib ham, u tarixiy, huquqiy va ijtimoiy-siyosiy sohalar rivojida naqadar ulkan ro'l o'ynaganligini yaqqol ko'rish mumkin. Xalqaro jinoiy odil sudlovning paydo bo'lishi xalqaro hamjamiyat tushunchasini eng aniq tarzda o'zida mujassam etgan.
Nyurnberg Tribunalining prinsiplari Ikkinchi Jahon urushidan keyin jinoyat sodir etgan davlat rahbarlari va boshqa yuqori lavozimdagi shaxslarni xalqaro adolat oldida javobgarlikka tortish uchun yaratilgan tamoyillarni o'z ichiga oladi. Ushbu tribunal dunyo tarixida birinchi marta urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun davlat rahbarlari va harbiy
Volume 3, Issue 5,May 2024
Page 10
qo'mondonlarni javobgarlikka tortdi. Nyurnberg Tribunalining prinsiplari xalqaro huquqning rivojlanishi va xalqaro adolat tizimining shakllanishida katta ahamiyatga ega.Nyurnberg jarayoni hozirgi zamon jamiyati rivojining nihoyatda chuqur muammolarini, xususan, inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha mexanizmlarni tugal ishlab chiqish zaruratini ochib berdi. Nyurnberg tribunali tomonidan ishlab chiqilgan printsiplar bugungi kunda ham nihoyatda dolzarbdir. Ularga amal qilish tajovuzlarning oldini olish va inson huquqlari buzilishiga yo'l qo'ymaslikning muhim sharti hisoblanadi. , hozirgi zamon inson huquqlari davri, shubhasiz, Nyurnberg jarayonidan boshlangan. Garchi, XX asrda ko'plab xalqaro hujjatlar qabul qilingan bo'lsa-da, Nyurnbergdagi Harbiy tribunal inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi muhim voqea hisoblanadi. Nyurnberg tribunali inson huquqlari bo'yicha xalqaro huquqni mustahkamlash borasida ulkan roF o'ynagani, eng muhimi, jahon hamjamiyatiga o'zaro yaqin qo'shni, do'st va hamkor bo'lib tinch-osoyishta yashash mumkinligini ko'rsatib bergani shubhasizdir.
13 Nyurnberg sudidan birinchisi 1945-yil 20-noyabrda Xalqaro harbiy tribunal bilan boshlangan. Tribunalga yigirma to'rt nafar shaxs va yetti tashkilot keltirildi, ularning har biri to'rtta ayblov bilan:
•Tinchlikka qarshi jinoyatlarga qarshi fitna
•Tinchlikka qarshi jinoyatlar sodir etish, bosqinchilik urushlarini olib borish •Harbiy jinoyatlar •Insoniyatga qarshi jinoyatlar
To'rtta yirik Ittifoqchi davlatlarning har biri (AQSh, Sovet Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Frantsiya) sudya, muqobil sudya va prokurorni qo'shgan. Qo'shma Shtatlar uchun bu a'zolar mos ravishda Frensis Biddl, Jon J. Parker va sudya Robert X. Jekson edi. Metodalogiya
Ushbu maqola Nyurnberg Tribunalining prinsiplari va ularning xalqaro huquqdagi ahamiyatini tahlil qilish uchun quyidagi metodlardan foydalanadi:
1. Tarixiy tahlil: Nyurnberg Tribunalining tashkil etilishi va faoliyati tarixiy jarayonlar nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Tribunalning qanday tashkil etilgani, qanday jinoyatlar ko'rib chiqilgani va qanday qarorlar chiqarilgani tahlil qilinadi.
2. Huquqiy tahlil: Tribunalning qarorlari va qabul qilingan prinsiplari xalqaro huquq doirasida tahlil qilinadi. Bu prinsiplarning xalqaro huquqiy me'yorlarga qanday ta'sir qilgani va xalqaro adolat tizimiga qanday o'zgarishlar kiritgani ko'rib chiqiladi.
3. Taqqoslash usuli: Nyurnberg Tribunalining prinsiplari boshqa xalqaro tribunal va sudlar, masalan, Yugoslaviya va Ruanda tribunalari bilan taqqoslanadi. Bu usul Nyurnberg prinsiplarining xalqaro huquqda qanday rivojlanib borgani va qo'llanilganini ko'rsatadi.
4. Hujjatlar tahlili: Tribunal tomonidan chiqarilgan qarorlar, xalqaro huquq hujjatlari va deklaratsiyalar tahlil qilinadi. Bu hujjatlar tribunalning qarorlari va prinsiplari asosida qabul qilinganligini ko'rsatish uchun o'rganiladi.
Muhokama.
Nyurnberg Tribunalining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
-Xalqaro jinoyatlarning javobgarligi: Nyurnberg Tribunalining birinchi prinsipi shuni ta'kidlaydiki, xalqaro jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, ularning lavozimidan qat'i nazar, javobgarlikka tortilishi kerak.
- Davlat rahbarlarining javobgarligi: Ikkinchi prinsip davlat rahbarlari va hukumat rasmiylari
jinoyatlar uchun javobgarlikdan ozod etilmasligini belgilaydi. Bu tamoyil xalqaro huquqda muhim o'zgarishlarni keltirib chiqardi.
-Ijroiy farmonlar bo'yicha javobgarlikdan ozod etishning mumkin emasligi: Uchinchisi shuni ta'kidlaydiki, shaxslar ijroiy farmonlarni bajarganliklari uchun javobgarlikdan qochib qutulishlari mumkin emas.
- Adolat va jazo muvofiqligi: To'rtinchi prinsip adolat va jazoning muvofiqligini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, shaxslarning harakatlari va jinoyatlari uchun tegishli jazo berilishini talab qiladi.
Ahamiyati. Nyurnberg Tribunalining prinsiplari xalqaro huquqda muhim o'zgarishlarni keltirib chiqardi.
1.Xalqaro jinoyat adolati tizimining shakllanishi: Nyurnberg Tribunalining prinsiplari xalqaro jinoyat adolati tizimining asosini tashkil etdi va xalqaro jinoyat sudi (ICC) va boshqa xalqaro tribunalarning yaratilishiga asos bo'ldi.
2.Davlat suverenitetining cheklanishi: Ushbu prinsiplar davlat suvereniteti tushunchasini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi, chunki endi davlatlar xalqaro huquq normalariga rioya qilishi va ularga bo'ysunishi kerak edi.
3.Inson huquqlarini himoya qilish: Nyurnberg Tribunalining prinsiplaridan kelib chiqqan holda, inson huquqlarini himoya qilish xalqaro miqyosda muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Bu prinsiplar insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olishda katta rol o'ynadi.
Merosi. Nyurnberg Tribunalining prinsiplari bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega. Xalqaro jinoyat sudi (ICC) va boshqa xalqaro tribunalarning faoliyati Nyurnberg prinsiplariga asoslanadi. Shuningdek, bu prinsiplardan kelib chiqqan xalqaro huquq normalari va inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari bugungi kunda ham faoliyat olib bormoqda.Nyurnberg jarayoni saboqlari quyidagi yo'nalishlarda o'z aksini topmoqda.
Birinchi saboq: Nyurnberg tribunalining hujjatlari inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha hozirgi zamon xalqaro-huquqiy bazasiga asos solish uchun dastlabki poydevor vazifasini o'tadi. XX asrning ikkinchi yarmida xalqaro hamjamiyat insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha qat'iy normalar nafaqat davlatlarning milliy huquqida, balki xalqaro huquqda ham mustahkamlab qo'yilishi zarur, degan xulosaga keldi. Boshqacha aytganda, Nyurnberg jarayoni dunyoda yangicha huquqiy tartib-taomillar qaror topishiga muayyan darajada ko'maklashdi.
Xalqaro harbiy tribunal Nizomiga muvofiq, inson huquqlari sohasiga doir bir qancha xalqaro-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Bu hujjatlarda davlatlarning inson huquqlarini hurmat qilish va ularni ta'minlash borasidagi umumiy majburiyatlari mustahkamlandi. Shuningdek, yuqorida aytib o'tilgani kabi xalqaro jinoyatlarga yo'l qo'ymaslik yoki ularning oldini olish bo'yicha aniq normalarni o'zida aks ettirgan qator xalqaro konventsiyalar tasdiqlandi. Xususan, Nyurnberg jarayonida shakllantirilgan xalqaro-huquqiy shartnomalar qatorida tajovuzlar, harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarning oldini olishga doir printsip va normalarni o'zida aks ettirgan quyidagi hujjatlarni sanash mumkin: 1948 yilgi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi; 1948 yilgi Genotsid jinoyatlarining oldini olish va uning uchun jazolash to'g'risidagi konventsiya; Urush jabrdiydalarini himoya qilish to'g'risidagi 1949 yilgi Jeneva konventsiyalari; 1950 yilgi Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risidagi konventsiya; 1954 yilgi Xalqaro nizolar yuz bergan hollarda madaniy qadriyatlarni himoya qilish to'g'risidagi konventsiya; 1966 yilgi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar
to'g'risidagi xalqaro pakt; 1968 yilgi Harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarga nisbatan eskirish muddati qo'llanilmasligi to'g'risidagi konventsiya; 1973 yilgi Aparteid jinoyatlariga yo'l qo'ymaslik va uning uchun jazolash to'g'risidagi konventsiya hamda shu kabi boshqa bir qator xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ikkinchi saboq: Nyurnberg jarayoni saboqlari xalqaro-institutlashgan odil sudlov organlari uchun zamin bo'lib xizmat qildi. Nyurnberg jarayoniga qadar xalqaro huquqda faqat davlatlarning javobgarligigina ko'zda tutilgan bo'lib, bu ham ko'p jihatdan jamoaviy javobgarlik hisoblanardi. Nyurnberg jarayoni dastlabki xalqaro odil sudlov timsolida ana shu vaziyatni tubdan o'zgartirdi.
Nyurnberg jarayonining inkor etib bo'lmas ahamiyati, avvalambor, yuqori lavozimlardagi davlat arboblarini xalqaro sudda sud qilish pretsedenti yuzaga kelgani misolida yaqqol ko'rinadi. Aytish mumkinki, -insoniyatni birlashishga undash tamoyilini xuddi shu omil boshlab bergan. Xalqaro harbiy tribunal tuzilishi va jinoyatchi natsistlar yetakchilarining jazolanishi, o'z navbatida, "xalqaro javobgarlikning individuallashtirilishi printsipi" degan yangi tamoyilning ishlab chiqilishiga, xususan, jismoniy shaxslarga nisbatan xalqaro huquq normalari asosida jinoiy javobgarlik belgilanishiga olib keldi.
Nyurnberg jarayonining o'ziga xos xususiyati shundaki, u ikkita huquqiy an'ana — anglosakson va kontinental huquqiy tizimlarni o'zaro birlashtirdi. Nyurnberg jarayoni huquq tarixida birinchi marotaba o'ziga xos yuridik pretsedentni yaratdi. Natijada keyinchalik ushbu huquqiy tajriba Tokio tribunali, Ruanda, sobiq Yugoslaviya, S"erra-Leone uchun xalqaro harbiy tribunallarni tashkil etishda namuna bo'lib xizmat qildi.
Bu jarayonlarda yuridik amaliyotga kim tomonidan va qaysi davlat hududida sodir etilganidan qat'i nazar, jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligi to'g'risidagi yangi qoida joriy etildi. Tribunal hozirgi zamon xalqaro sudlari tizimini barpo etish uchun namunaviy model" vazifasini ham o'tadi. Xalqaro jinoyat sudi shu negizda tashkil etilgani ushbu fikrimizni tasdiqlaydi. Bu, o'z navbatida, xalqaro gumanitar huquq va xalqaro jinoyat huquqi rivojiga turtki berdi.
Uchinchi saboq: Nyurnberg jarayoni inson huquqlarini himoya qilishning ta'lim va axborot-ma'rifatga doir asoslarini yaratdi. 1993 yili Nyurnberg shahrida isroillik haykaltarosh Dani Karavanning "Inson huquqlari ko'chasi" ("Straße der Menschenrechte") nomli monumental yodgorlik lavhasi bunyod etilgani bejiz emas.
Bu yodgorlik Nyurnberg shahri rahbariyati tomonidan "Partiyalar namoyishlari shahri"ni Ikkinchi jahon urushidan keyingi murakkab o'n yilliklar davomida zamonaviy "Tinchlik va inson huquqlari shahri"ga aylantirish borasida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu erda 27 ta oppoq ustun o'rnatilgan bo'lib, har qaysi ustunda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining alohida bir moddasi nemis tilida va Evropaning boshqa tillarida o'yib bitilgan. Nyurnberg jarayoni saboqlari insoniyat faqat birdamlikdagi sa'y-harakatlari bilan zulmga bas kelishi mumkinligini o'rgatdi. Aynan Nyurnberg tribunali Nizomidagi printsiplar keyinchalik BMT Bosh Assambleyasi tomonidan xalqaro huquqning insoniyatga qarshi jinoyatlar bilan kurashish sohasidagi umume'tirof etilgan printsiplari sifatida tasdiqlangan. Xalqaro hamjamiyat tinchlik madaniyati, inson huquqlari bo'yicha ta'lim sohasida BMT o'n yilligi, tinchlik va zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik madaniyati g'oyalarini ham aynan Nyurnberg printsiplari asosida -e'lon qilgani e'tiborlidir.
To'rtinchi saboq: Nyurnberg tajribasi inson huquqlarining xalqaro darajada himoya qilinishi
Volume 3, Issue 5,May 2024
Page 13
ustidan monitoring o'tkazish uchun asos vazifasini o'tadi.Huquqiy ahamiyati nuqtai nazaridan, Nyurnberg jarayoni inson huquqlarini rivojlantirish yo'nalishlarini belgilab olishga o'z ta'sirini ko'rsatgani juda muhimdir. Avvalambor, Nyurnberg jarayoni xalqaro jinoyatlarning yangi turlarini belgilab berdi. Keyinchalik bu yangiliklar xalqaro huquq va aksariyat davlatlar milliy qonunchiligidan mustahkam o'rin oldi. Nyurnberg sudi odil sudlovning umumqabul qilingan protsessual normalariga muvofiq ravishda o'tkazildi. Ayblanuvchilarga advokatlarni erkin tanlash asosida o'z huquqlarini himoya qilish imkoniyati chinakamiga ta'minlandi. Sud majlislarining ochiq va oshkora o'tkazilishi hamda sudlanuvchilar o'z milliy tilidan foydalanishi masalalariga jiddiy yondashildi. Beshinchi saboq: inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro hamkorlik. Nyurnberg jarayoni zamonaviy xalqaro huquqni hamda uning tinchlik va asosiy inson huquqlariga rioya etishga taalluqli printsiplarini izchil rivojlantirishda etakchi roF o'ynadi. BMT Bosh Assambleyasi 1946 yilning dekabrida Nyurnberg odil sudlovi printsiplari amaldagi xalqaro huquqning tarkibiy qismi hisoblanishini e'lon qildi.
Ayni chog'da, Nyurnberg jarayoni bergan saboqlar bugungi kunda ham biz uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Xalqaro huquqning eng muhim -printsiplari ishlab chiqilgani va qabul qilingani, shu printsiplarning amalda tatbiq etilishi tufayli insoniyat tinchlik va xavfsizlikni, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari himoyasini imkon qadar ta'minlab kelayotgani buning yaqqol dalolatidir.
Nyurnberg Tribunalining prinsiplari xalqaro huquq va adolat tizimining rivojlanishida katta rol o'ynadi. Ushbu prinsiplar davlat rahbarlari va harbiy qo'mondonlarni xalqaro jinoyatlar uchun javobgarlikka tortish imkoniyatini yaratdi va xalqaro adolatni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shu sababli, Nyurnberg Tribunalining prinsiplari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan va xalqaro huquqning ajralmas qismi hisoblanadi, jumladan : - Nyurnberg Tribunalining prinsiplari xalqaro jinoyat huquqining rivojlanishi va xalqaro adolat tizimining shakllanishida katta ahamiyatga ega bo'ldi.
- Ushbu prinsiplar bugungi kunda ham xalqaro huquqning ajralmas qismi hisoblanadi va global adolatni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.
- Nyurnberg Tribunalining prinsiplarini xalqaro huquqda mustahkamlash orqali, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va genotsidning oldini olishda samarali tizim yaratildi.
1. "The Charter and Judgment of the Nürnberg Tribunal" United Nations , 1949 https://legal.un.org/ilc/documentation/english/a_cn4_5.pdf
2. The Nuremberg Trial and the International Law of the Future
by FB Schick • 1947 • Cited by 118 https://www.jstor.org/stable/2193089
3. International Criminal Courts: The Legacy of Nuremberg
by BB Ferencz • 1998 • Cited by 100
https://digitalcommons.pace.edu/cgi/viewcontent.cgi?referer=&httpsredir=1&article=1260
&context=pilr
4. Individual Responsibility under International Law jstor by G Komarow • 1980 • Cited by 62 https://www.jstor.org/stable/758750
5. History of International Law, since World War II Martti Koskenniemi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar:
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
https://opil.ouplaw.com/display/10.1093/law:epil/9780199231690/law-9780199231690-e714
6. Nuremberg Trials and International Law University of Baltimore by MJ Lopardo • 1978 • Cited by 4
https://scholarworks.law.ubalt.edu/cgi/viewcontent.cgi?article=1150&context=lf
7. Reassertion and Convergence in International Law International Centre for Settlement of Investment Disputes https://icsid.worldbank.org > parties_publications
https://icsid.worldbank.org/sites/default/files/parties_publications/C8394/Claimants%27 %20documents/CL%20-%20Exhibits/CL-0408.pdf