Научная статья на тему 'INSON DUNYOQARASHINI SHAKLLANISHIDA DINIY VA DUNYOVIY BILIMLARNING AHAMIYATI'

INSON DUNYOQARASHINI SHAKLLANISHIDA DINIY VA DUNYOVIY BILIMLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
87
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson ma’naviy-axloqiy kamoloti / xalq / Islom dini / mas’uliyat / ommaviy madaniyat / xalqimizning yuksak ma’naviyati / adolatparvarlik / ma’rifatparvarlik. / Human spiritual and moral perfection / people / Islam / responsibility / mass culture / high spirituality of our people / justice / enlightenment.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nosirov, R.O.

Ushbu maqolada inson dunyoqarashini shakllanishida diniy va dunyoviy bilimlarning ahamiyati tahlil qilingan. Dunyo sivilizatsiyalari rivojida insonning ma’naviy-axloqiy kamoloti, uning asosini tashkil etuvchi ta’lim va tarbiya masalalari doimo hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelmoqda. Turli xalqlar va millatlarning davlatchilik taraqqiyotida ma’naviy-ma’rifiy о‘zgarishlar о‘ziga xos xususiyatlar asosida kechgan bо‘lsada, pirovardida ular bashariyat ravnaqining umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini belgilovchi bir butun ijtimoiy-siyosiy jarayon sifatida namoyon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF RELIGIOUS AND SECULAR KNOWLEDGE IN THE FORMATION OF HUMAN OUTLOOK

This article analyzes the importance of religious and secular knowledge in the formation of a person's outlook. In the development of world civilizations, the spiritual and moral maturity of a person, the issues of education and upbringing, which are its basis, have always been of decisive importance. Although the spiritual and educational changes in the state development of different peoples and nations took place on the basis of their own characteristics, in the end, they were manifested as a whole socio-political process that determines the general laws and trends of the development of mankind.

Текст научной работы на тему «INSON DUNYOQARASHINI SHAKLLANISHIDA DINIY VA DUNYOVIY BILIMLARNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (3), March., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

INSON DUNYOQARASHINI SHAKLLANISHIDA DINIY VA DUNYOVIY

BILIMLARNING AHAMIYATI

Nosirov R.O.

TDTrU professori Tel:+99890 910 28 24

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada inson dunyoqarashini shakllanishida diniy va dunyoviy bilimlarning ahamiyati tahlil qilingan. Dunyo sivilizatsiyalari rivojida insonning ma 'naviy-axloqiy kamoloti, uning asosini tashkil etuvchi ta 'lim va tarbiya masalalari doimo hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelmoqda. Turli xalqlar va millatlarning davlatchilik taraqqiyotida ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar o'ziga xos xususiyatlar asosida kechgan bo'lsada, pirovardida ular bashariyat ravnaqining umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini belgilovchi bir butun ijtimoiy-siyosiy jarayon sifatida namoyon etilgan.

Kalit so'zlar: Inson ma'naviy-axloqiy kamoloti, xalq, Islom dini, mas'uliyat, ommaviy madaniyat, xalqimizning yuksak ma'naviyati, adolatparvarlik, ma 'rifatparvarlik.

ABSTRACT

This article analyzes the importance of religious and secular knowledge in the formation of a person's outlook. In the development of world civilizations, the spiritual and moral maturity of a person, the issues of education and upbringing, which are its basis, have always been of decisive importance. Although the spiritual and educational changes in the state development of different peoples and nations took place on the basis of their own characteristics, in the end, they were manifested as a whole socio-political process that determines the general laws and trends of the development of mankind.

Key words: Human spiritual and moral perfection, people, Islam, responsibility, mass culture, high spirituality of our people, justice, enlightenment.

KIRISH

Dunyo sivilizatsiyalari rivojida insonning ma'naviy-axloqiy kamoloti, uning asosini tashkil etuvchi ta'lim va tarbiya masalalari doimo hal qiluvchi ahamiyat kasb etib kelmoqda. Turli xalqlar va millatlarning davlatchilik taraqqiyotida ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlar o'ziga xos xususiyatlar asosida kechgan bo'lsa-da, pirovardida ular bashariyat ravnaqining umumiy qonuniyatlari va tendensiyalarini belgilovchi bir butun ijtimoiy-siyosiy jarayon sifatida namoyon bo'lmoqda. Insoniyatning bosh

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

maqsadi osuda va farovon hayotni ta'minlashga qaratilgan ekan, bunda ma'naviy omilning ahamiyati va ta'siri yanada ortib bormoqda. Ayniqsa, globallashuv jarayonlari keskin sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi sharoitda insoniyatning ziynati bo'lgan ma'naviy qadriyatlar va ularga bo'lgan ehtiyojning kuchayib borishi mavzuning dolzarbligini yanada oshirmoqda.

Asrlar davomida xalqimizning yuksak ma'naviyati, adolatparvarlik, ma'rifatparvarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va Islom dini ta'limoti bilan uzviy bog'liq ravishda rivojlanib kelgan. Ammo o'tgan asrning 70 yili davomida xalqimiz ma'naviyatiga tamomila yot bo'lgan va umuman insoniyat ma'naviy taraqqiyotini butkul teskari izga solib yuborishga uringan dahriyona "inqilobiy" falsafa asosidagi totalitar mafkuraviy tazyiq bir necha avlod ongiga shafqatsiz qatag'onlar yo'li bilan singdirishga urindi. Bundan 28 yil oldin erishilgan siyosiy Mustaqillik millatimizga o'z asl qadriyatlarimizni erkin o'rganish va hayotga tatbiq etish imkoniyatini qaytib berdi. Endilikda bizning vazifamiz qadimiy va barqaror an'analarimizni hozirgi zamonning mutlaqo yangicha sharoitlariga mos ravishda qayta tiklab, xalqimiz tafakkur tarziga muvofiq va tushunarli shaklda yosh avlodning ma'naviy barkamol bo'lib ulg'ayishiga imkon darajasida o'z hissamizni qo'shish bo'lmog'i kerak.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugun mamlakatimiz O'zbekistonda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda shaxsning jamiyat oldidagi mas'uliyatini yuksaltirish har qachongidan ham muhimligi namoyon bo'lmoqda. Ayniqsa, globallashuv sharoiti ta'sirida avj olayotgan "ommaviy madaniyat" kabi tahdidlarga qarshi turishda shaxsda mas'uliyat tuyg'usini takomillashtirish bugungi davrning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Darhaqiqat, insonni hayvonot olamidan farqlovchi jihati bu unda mas'uliyat hissining mavjudligidadir. Mana shu mas'uliyat tuyg'usi orqali inson o'zining ma'naviy mavjudot ekanligini anglab boradi. Inson o'zining ma'naviy kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqarish lozimligini anglab yetgan sari o'zligini anglay boshlaydi. Har qanday insonni shaxs deb atay olish qiyin. Shaxsga ijtimoiylik xususiyatlari xos. Insonlar shaxs bo'lib dunyoga kelmaydilar, ijtimoiylik xususiyatlari nasldan naslga o'tmaydi, balki kishilar ijtimoiy muhitda, jamiyatda shaxs bo'lib shakllanadilar. Inson jamiyatdagi kishilar bilan muloqoti jarayonida ijtimoiy munosabatlarga kirishadi va unda sekin asta individdan shaxsga aylana borish imkoniyati yuzaga keladi. Ijtimoiylashuv sababli insonda yangidan-yangi shaxsiy xislatlar paydo bo'ladi, ya'ni o'zining hatti-harakatlari uchun javob berish, o'zini o'zi nazorat qilish, o'zi-o'zini tarbiyalash, ijtimoiy faollik, mustahkam e'tiqodga, o'z dunyoqarashiga egalik, mustaqil qarorlar qabul qilish va o'z fikrlarini

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

erkin bayon etish shaxsga xos xususiyatdir. Inson qachon o'zining oila a'zolari oldidagi, millat oldidagi, Vatan oldidagi, jamiyat oldidagi va, qolaversa, umuminsoniyat oldidagi mas'uliyatini jiddiy his etsa, uni tom ma'nodagi haqiqiy shaxs hisoblash mumkin. Shulardan kelib chiqib, shaxs mas'uliyati insonning haqiqiy mohiyatini belgilaydi, deb xulosa qilish mumkin.

Dunyoviy nuqtai nazardan shaxs mas'uliyatini shakllantiruvchi omillar sifatida quyidagilarni keltirib o'tish mumkin:

- huquqiy jihatdan shaxs mas'uliyatini ta'minlanish darajasining mavjudligi;

- shaxs mas'uliyatini iqtisodiy farovonlikka erishilishdagi muhim ahamiyati;

- shaxsning siyosiy mas'uliyati ya'ni, fuqarolarning o'z davlati oldidagi burch va majburiyatlarini anglagan holda faoliyat olib borish ko'nikmasi;

- insonlarning intellektual qobiliyatlarini namoyon qilish imkoniyatlarining ta'minlanishi;

Shaxs mas'uliyatini shakllantiruvchi mazkur omillar o'zaro uyg'un bo'lgandagina ta'sirchanligi yuqori bo'ladi.

"Mas'uliyat ijtimoiy xarakterga ega. Ijtimoiy mas'uliyat oilaviy, fuqarolik, jamiyat va shaxsiy xizmatlarni bajarayotganda vujudga keladi". 1

Yoshlarda mas'uliyat sifatlarini o'stirish ularda mustaqillik, shijoatlilik, dominantlilik, o'ziga ishonchlilikni shakllantirishga xizmat qiladi. Psixolog olim N.S.Safoyev, "Inson hayot qonuniyatlarini bilish va ularni o'z faoliyatida qo'llashga qodir ekan, demak shu nuqtai nazardan uning xulq-atvorini ijtimoiy meyorlar bilan boshqarish mumkin. Qolaversa, inson o'z qilmishlari uchun mas'uliyatni his qilishi lozim" - deb ta'kidlaydi.

Yana bir psixolog olima Sagindikova "Mas'uliyat o'zi va boshqalar, jamoa oldidagi o'z hatti-harakatlari uchun mas'ullikni bo'yniga olib, shaxsningn o'zini boshqarishi va xulq-atvorini shakllantiruvchi eng asosiy xarakter sifatidir"2 - deb ta'riflab o'tadi.

"Mas'uliyat" - falsafiy kategoriya sifatida ijtimoiy voqelikda insonning anglanilgan hatti-harakatlarini ifodalaydi. Bu falsafiy kategoriya orqali insonlarning ijtimoiy-ma'naviy, moddiy-jismoniy, ruhiy-tabiiy mas'uliyat kabi xislatlari qamrab olinadi va tahlilga tortiladi. Ijtimoiy falsafada bu tushuncha shaxsning jamiyat oldidagi ma'naviy-axloqiy talablarni bajarishi nuqtai nazaridan olib qaraladi. Shaxs ma'naviy kamolotida mas'uliyat masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.

1Эргаmев H. C. fflaxc MaMaBHH KaMo^oraga эркннïïнк Ba h^THMOHH Macby^HHT yHFyH^Hra. HOM3. ,3,HCC. ABTope^epara . - TomKeHT: 2011, -B. 15.

2CarHHgHKOBa H.,3,. Ta^aöa^ap yrçyB ^ao^naraga Macby^naTHHHr reHgep xycycnaraapn. (PhD)goK. gucc. ABTope^epaTH . - TomKeHT: 2017, -B. 13.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Mas'uliyatning ijtimoiy-ma'naviy funksiyasi turli zamon va makonga qarab o'zgacha mazmun kasb etib boradi. Bu bevosita shaxslararo, guruhlararo, davlat va jamiyatlararo munosabatlar tarzida namoyon bo'ladi. Shu bilan birga, shaxs ma'naviy taraqqiyotining har bir bosqichida o'z ifodasini topgan mas'uliyat darajasi ham o'zgarib boradi va shaxs ma'naviy faoliyati, uning turfa xususiyatlari bilan bir butunlikda kechadi. Demak, ijtimoiy mas'uliyat inson ma'naviy hayotining mazmun-mohiyatini tashkil qiluvchi bosh omil hisoblanadi. Har bir shaxs o'zining vatan, xalq, jamiyat oldidagi fuqarolik burchi vijdon ishi ekanligini his qilmog'i lozim. Zero, o'z burchini, mas'uliyatini yaxshi his qilgan odamlarning xalq, yurt oldida obro'yi, qadr -qimmati, mavqei oshib, bunday shaxslarni barcha birday e'zozlaydi.

Mutafakkir olim Abdurauf Fitrat mas'uliyatni shaxsning " ma'naviy xatti -harakatlari majmui " sifatida talqin etadi. Darhaqiqat, inson ma'naviy mavjudot ekan, uning xatti - harakatlarida ham ma'naviylik aks etishi tabiiy holdir. Shaxs qachon o'zining harakatlari oqibatini o'ylasa va buning uchun ma'naviy javobgarligini vijdonan his etsa, ana shunda mas'uliyat haqiqiy ma'naviy xatti- harakatlar majmuasiga aylanadi. Mas'uliyatda shaxsning o'ziga xos ma'naviy jihatlari namoyon bo'ladi. Masalan iymon-e'tiqodlilik, vijdoniylik, or-nomuslilik, irodalilik, ruhan poklik, samimiylik, g'ururlilik, insonparvarlik, vatanparvarlik. Demak, ma'naviy barkamol shaxsni shakllanishida mas'uliyatning o'rni beqiyos.

"Mas'uliyat" arab tilidan olingan bo'lib, "javob bermoq ", "javobgar bo'lmoq " degan ma'nolarni anglatadi. Mas'uliyat tushunchasi Yevropa ilmida ilk bora falsafiy tushuncha sifatida XIX asrning 2-yarmidan boshlab qo'llanila boshlangan. "Mas'uliyat" tushunchasi birinchi marta falsafaga 1859 yilda Alfred Ben tomonidan kiritilgan. xulosaga kelindi:

Shaxs mas'uliyatini shakllanishida diniy va dunyoviy omillarni tadqiq etish bir qator adabiyotlar, ilmiy tadqiqotlarni o'rganishni taqozo etdi.

Birinchidan, Shaxs mas'uliyatinining diniy va dunyoviy talqiniga ko'ra kishi o'z-o'zini chuqur anglashiga urg'u beriladi. O'zini anglagan kishida ijtimoiy va iqtisodiy mas'uliyat hissi yuksak bo'ladi. Insonning yetuklikka erishuvi haqidagi tasavvurlar har qanday davrda ham madaniy-ma'naviy g'oyalar, konsepsiyalarning asosini tashkil etgan.

Ikkinchidan, islomiy qadriyatlarni shakllantirishdan maqsad milliy va diniy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unligi, bu qadriyatlarning hozirgi mustaqil O'zbekiston sharoitidagi ahamiyatini yanada aniqroq yoritib berib, keng jamoatchilik xususan yoshlar dunyoqarashida islom diniga nisbatan to'g'ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma'naviyatli kadrlarni tarbiyalashdan iborat.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Uchinchidan, islomiy qadriyatlarni asl mazmun-mohiyatini yoritishda islom dini asrlar mobaynida xalqimiz qalbidan chuqur joy olib, o'zligimizni anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni saqlash, qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni bir avloddan ikkinchi avlodga bezavol yetkazishda beqiyos omil bo'lib kelayotganiga alohida e'tibor qaratish zarur. Chunki islom dinning hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydigan ahamiyatli jihatlari aynan ana shu masalalarda namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Ergashev I. S. Shaxs ma'naviy kamolotida erkinlik va ijtimoiy mas'uliyat uyg'unligi. nomz. Diss.Avtoreferati . - Toshkent: 2011, -B. 15.

2. Safoyev N.S. Psixologicheskiye osobennosti natsionalnogo samosoznaniya studencheskoy molodeji. Avtoref. Diss. ... dok. psix. Nauk. -Tashkent: 2005,

3. -S. 14.

4. Sagindikova N.D. Talabalar o'quv faoliyatida mas'uliyatning gender xususiyatlari. (PhD)dok. diss. Avtoreferati . - Toshkent: 2017, -B. 13.Y FS1

5. Xayrullayev.M.M. Ma'naviyat yulduzlari. "Abdulla Qodiriy". - Toshkent: 1999.

6. Носиров Р. А. УЗБЕК ХАЛКИНИНГ ЭТНИК ШАКЛЛАНИШИ //Uzbek Scholar Journal. - 2022. - Т. 9. - С. 198-202..

7. Nosirov R. THE PLACE AND ROLE OF THE MASTER AMIR TEMUR IN WORLD HISTORY //Uzbek Scholar Journal. - 2022. - Т. 9. - С. 203-205.

8. Nosirov, R., & Mamajanova, G. (2022). International Ratings and Index Indicators of the Republic of Uzbekistan. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 8688.

9. Sadikova, D. A. (2023). TEACHING RUSSIAN AS A FOREIGN LANGUAGE IN THE MODERN STUDY OUTLOOK: TEACHING DICTIONARIES. World of Scientific news in Science, 1(2), 104-115.

10. Mamatqulov, E. (2022). TARAQQIYOT STRATEGIYASI YANGI O'ZBEKISTONDAGI MA'NAVIY ISLOHOTLAR ASOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 950-953.

11. Saparbaevna, R. R., Allanazarovna, E. R., & Nawbahar, O. (2020). Physiological Ergogenic Medicines: Modern Trends Of Application In The Training Of Athletes. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.