Научная статья на тему 'IMOM ABU HOMID G’AZZOLIYNING MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARI'

IMOM ABU HOMID G’AZZOLIYNING MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1555
165
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MA’NAVIYAT / MA’RIFAT / AXLOQ / PEDAGOGIK QARASH / QADRIYAT / INTEGRASIYA / YUKSAK AXLOQIY FAZILAT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ortiqov O.R.

MAQOLADA TALABALARNI HAR TOMONLAMA KAMOL TOPTIRISH, UNING MA’NAVIY - AHLOQIY, INTELEKTUAL SALOHIYATINI JAHON ANDOZALARIGA MOS TARZDA YUKSALTIRISH, AYNIQSA, BO‘LAJAK OLIY MA’LUMOTLI MUTAXASISLARNI HAR TOMONLAMA BARKAMOL INSONLAR BO‘LIB YETISHISHLARINI TA’MINLASHDA ILM-MA’RIFAT TAMADDUMIGA MUNOSIB HISSA QO‘SHGAN, SHARQ UYG’ONISH DAVRINING BUYUK DONISHMANDLARIDAN BIRI, DINIY VA DUNYOVIY BILIMLAR SOHIBI, TAVHID, KALOM, TAFSIR, HADIS ILMINING RIVOJIGA XIZMAT QILGAN, ATOQLI FAYLASUF MUHAMMAD ABU HOMID G’AZZOLIY ASARLARINING MAZMUNI BAYON ETILGAN.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPIRITUAL AND ETHICAL VIEWS OF IMAM ABU HAMID GHAZALI

In the article, the development of students in all aspects, raising their spiritual-moral, intellectual potential in accordance with world standards, especially science and enlightenment in ensuring the development of future highly educated specialists as well-rounded people The contents of the works of the famous philosopher Muhammad Abu Hamid Ghazali, who made a worthy contribution to civilization, was one of the great sages of the Eastern Renaissance, possessor of religious and worldly knowledge, served the development of tawhid, kalam, tafsir, and hadith science.

Текст научной работы на тему «IMOM ABU HOMID G’AZZOLIYNING MA’NAVIY-AXLOQIY QARASHLARI»

Ortiqov O.R.

Buxoro davlat universiteti Pedagogika o'qituvchi

IMOM ABU HOMID G'AZZOLIYNING MA'NAVIY-AXLOQIY

QARASHLARI

Annotasiya: maqolada talabalarni har tomonlama kamol toptirish, uning ma'naviy - ahloqiy, intelektual salohiyatini jahon andozalariga mos tarzda yuksaltirish, ayniqsa, bo'lajak oliy ma'lumotli mutaxasislarni har tomonlama barkamol insonlar bo'lib yetishishlarini ta'minlashda ilm-ma'rifat tamaddumiga munosib hissa qo'shgan, Sharq Uyg'onish davrining buyuk donishmandlaridan biri, diniy va dunyoviy bilimlar sohibi, tavhid, kalom, tafsir, hadis ilmining rivojiga xizmat qilgan, atoqli faylasuf Muhammad Abu Homid G'azzoliy asarlarining mazmuni bayon etilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, ma'rifat, axloq, pedagogik qarash, qadriyat, integrasiya, yuksak axloqiy fazilat.

Artikov O.R. teacher of pedagogy Bukhara State University

SPIRITUAL AND ETHICAL VIEWS OF IMAM ABU HAMID GHAZALI

Abstract: In the article, the development of students in all aspects, raising their spiritual-moral, intellectual potential in accordance with world standards, especially science and enlightenment in ensuring the development of future highly educated specialists as well-rounded people The contents of the works of the famous philosopher Muhammad Abu Hamid Ghazali, who made a worthy contribution to civilization, was one of the great sages of the Eastern Renaissance, possessor of religious and worldly knowledge, served the development of tawhid, kalam, tafsir, and hadith science.

Key words: spirituality, enlightenment, morality, pedagogical vision, value, integration, high moral virtue.

Ilmiy fan taraqqiyotning jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, axborot hajmining keskin ko'payishi, shuningdek fanlar integrasiyasi natijasida yangi fanlarning yuzaga kelishi, jamiyatda raqobat muhitini yuzaga keltirdi. Ushbu vazifalar asosida jamiyatning ta'lim tizimiga qo'ygan asosiy vazifalaridan biri -yuksak ma'naviy axloqli, jamiyat taraqqiyoti uchun munosib hissa qo'shadigan, rivojlangan davlatlar darajasidagi yuqori malakali, raqobatbardosh intelektual salohiyatga ega kadrlarni tarbiyalash masalasi dolzarbdir.

Yangi O'zbekistonda allomalar ilmiy-ma'rifiy, madaniy-ma'rifiy merosini tiklash, uni o'rganish va keng targ'ib qilish hamda jahon sivilizatsiyasiga

qo'shgan hissasini ko'rsatib berish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotgani, islom ilm-faniga e'tibor qaratilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, IX-XII asrda ma'naviy-axloqiy taraqqiyotida, islomning buyuk allomalardan, ulug'laridan mutafakkir Mavlono Homid Imom G'azzoliy bo'lib, uning inson kamoloti haqidagi ta'limoti ta'lim - tarbiya sohasida ahamiyatga ega. Shuningdek, islomiy fikr rahnamosi, diniy ruhni jonlantirishda, islom fikrini uyg'otishda katta fazilatlarga ega bo'lgan isloh va tajdid kishisidir.

Mavlono Abu Homid Muhammad al-G'azzoliy o'z davrining mujaddidi bo'lib, musulmon urf-odatlariga ko'ra, bu islom taqvimining har bir asrning boshida islomni qayta tiklash, uni begona predmetlardan tozalash va uning pokligini tiklash uchun xizmat qilgan shaxslarga nisbatan ishlatilgan. Shu boisdan ham G'azzoliy o'z asarlarida islom ilohiyotini falsafiy jihatdan asoslash bilan birgalikda ilm-ma'rifat, ta'lim-tarbiya masalariga alohida e'tibor bergan. G'azzoliy aql bilan dunyoni anglashni, islomiy ta'lim-tarbiyani esa ruhiy, jismoniy harakatlar - toat-ibodatlar orqali anglash lozim, deb ta'kidlaydi.

Muhammad al-G'azzoliyning ilmiy merosidagi ma'naviy-axloqiy qarashlari pedagogik ahamiyati beqiyosdir. Asarlarda axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me'yorlar bilan birgalikda islomiy ta'lim-tarbiya juda chiroyli bayon etilganki, uni o 'rgangan har bir yosh avlod ajodolarva mos voris bo 'lib yetishadi.

Ta'lim va-tarbiya azaldan yoshlarni tarbiyalashda muhim rol o'ynab kelgan diniy kitoblardan bo 'lmish "Quroni karim", payg'ambarimizning o'gitlari, hadislar, G'azzoliy singari allomalar yaratgan asarlar ta'lim-tarbiya manba sifatida xizmat qiladi. Islomiy ta'lim-tarbiya bir necha asr oldin ta'lim muassasalarida jotiy etilib, yoshlar shariyat qoidalari asosida tarbiyalangan. IX-XII asrlardan boshlab Imom Buxoriy, Imom at-Termiziylardan Qu'roni karim tavsiri, hadislarning mazmun mohiyatini anglagan holda o'rgashishga harakat qilganlar,keyinchalik G'azzoliy ham o'zining asarlarida islomiy ta'lim -tarbiyaning muhim jihatlarini ochib berib, dunyoni diniy va ilmiy jihatdan anglashga, tarbiyaviy jihatdan avlodlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligi asoslagan.

G'azzoliy "Haqiqatga eltuvchi yo'l" nomli asarida o'zini ilmga bag'ishlagan haqiqat tolibi sifatida o'z hayot hikoyasini bayon etadi va barcha toliblariga o'z yo'lidan adashmaslikni hamda zamonning alodovlariga aldanib qolmaslikni, hushyor bo 'lishni maslahat bergan.

G'azzoliy Qur'on va sunnatning intelektual va ma'naviy dunyosida yashagan. U o'z hissalari bilan din olimlari jamiyatini boyitdi. G'azzoliydagi ilmning turli sohalarini birlashtirishdagi qobiliyati faqatgina uning shaxsiy hunarining emas, ayni paytda bir faylasuf va olim sifatida ulg'ayishiga imkon bergan intelektual-ma'naviy iqlimning ham ta'siridir. G'azzoliy ilmni eng ustun fazilat deb hisoblaydi. U ilmga ega bo'lganlar katta hurmat ko'rgan madaniy muhitda yetishgan. Shubhasiz, bu holat Qur'onning ilmga bergan ahamiyatidan kelib chiqadi. G'azzoliyning asarlarining asosida Qur'oni tavsiri bayon etilgan.

Qur'onda ilm so'zi 750 dan ortiq joyda zikr etilgan. Ilm ma'lumotdan tashqari, yana ham keng va asosli tushunchaga yo'naltiradi. U ham bo'lsa, oqil insonlardan mag'zini chaqishi talab qilingan "ishorat" (oyat) sifatida xizmat qiladi, faqatgina insonning dunyoni anglash ongini kengaytirishini maqsad qilmaydi, ayni paytda unga ahloqiy mas'uliyat va bir ma'naviy tuyg'uning shakllanishida yordam beradi.Haqiqiy ilm insonni komillikka yetaklaydi, chunki ilm har bir borliqning manbaiga eltuvchi yo 'ldir.

Shu nuqtaiy nazardan qarar G'azzoliyning ma'naviy axloqiy qarashlari bo'lajak tarbiyachilarnigina emas, jamiyatning barcha qatlamlarini axloqiy jihatdan tarbiyalashga xizmat qiladi, qolaversa jamiyatni kamolotga chorlab ma'naviy huzur baxsh etadi.

G'azzolining ilmiy va ma'naviy-ahloqiy qarashlari o'z davrida madrasalarda joriy etilgan va ilmi toliblarga o'rgatila boshlangan. Madrasalar butun islom olamida oliy ta'lim maskani bo'lib, bu esa islom bilimlarini shahar markazlaridan tashqariga chiqarishga va turli xil islom jamoalarini umumiy madaniy loyihada birlashtirishga yordam bergan.

Muhammad al-G'azzoliyning ma'naviy-ahloqiy qarashlari ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga solishga, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig'indisi sifatida axloqiy me'yorlar to'g'risidagi bilimlar, o'quvchilar ongiga ta'lim-tarbiya jarayonida singdirilib borish, axloqiy tarbiyaning natijasi o'quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko'nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida benihoyat o'rinli manbadir. Umuman olganda axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo'lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy mafkuraning o'quvchilar ongida aks etishiga namoyon bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, o'zining benazir mehnatlari bilan butun dunyoda "Hujjatul Islom" unvoni bilan ulug'lanib kelayotgan Imom Abu Homid G'azzoliy asarlari islom dini mohiyatini barcha nozik jihatlarigacha e'tiborga olib, teran tafakkur va idrok etish, tushunish xususiyatlari bilan ajralib turadi. Abu Homid G'azzoliyning asarlarida e'tiqod masalalarga alohida munosabat bildirilib, mehr-muhabbat bilan yo'g'rilgan sifatlar, shubhasiz, talabalarda insoniy sifatlarning shakllanishida va rivojida muhim rol o'ynab, ulug' maqsad hamda vazifalarini amalga oshirirshda manba bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abu Homid G'azzoliy «AYYUHAL VALAD» ASARINING O'ZBEK TILIDAGI TARJIMASI (qayta nashr) T.: Movarounnahr 2005 yil.

2. Imom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G'azzoliy „IHYOU ULUMID-DIN" (Din ilmlarini jonlantirish) Ilm kitobi Birinchi kitob. T.: «Movarounnahr» 2005 yil

3. Ortiqov O. R. GLOBALLASHUV JARAYONIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI //Scientific progress. - 2021. - Т. 1. - №. 5. - С. 160-165.

4. Ortiqov O. R. MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLAR JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI (OLIY TA'LIM MUSSASALARI MISOLIDA) //Экономика и социум. -2022. - №. 3-2 (94). - С. 1130-1135.

5. Ortikov O. R. MUHAMMAD ABU HOMID IMOM G'AZZOLIY ASARLARIDA ILM-MA'RIFAT VA AXLOQ MASALALARI //MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS, -C. 117-122

6. Ortiqov O. R. TALABALAR MA'NAVIY AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHDA "QOBUSNOMA" ASARIDAN FOYDALANISH //Conferencea. - 2023. - С. 1-5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.