ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2020. № 1-5 (100)
УДК 37.013
Н.Н. Миржанова
ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ В ОБРАЗОВАНИИ И ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ
Данная статья посвящена инновационным технологиям и их использованию в образовании.
Ключевые слова: инновационная деятельность, креативный подход, технология, форма, метод, локальный, модульный, системный, радикальный, модифицированный, комбинированный.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab ta'lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi sifatida e'tirof etilgan. Bugun hayotimizning hal etuvchi muhim masalalari qatorida ta'lim-tarbiya mazmunini tubdan o'zgartirish, uni zamon talabi darajasiga ko'tarish asosiy o'rinni egallaydi. Innovatsion faoliyat - pedagogning o'z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. O'qituvchi innovatsion faoliyatning subyekti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo'llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an'analardagi o' zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kerak. Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas boq' liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izoqlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. Innovatsiya -amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo'lib, ijtimoiy-madaniy ob'ekt sifatlarini yaxshilashga yo'naltirilgan ijtimoiy sub'ektlarning harakat tizimidir. Bu g'oya nazariyasi mohiyat ining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo'lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tuq'ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo'ladi, shuningdek, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo'llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma'lum bo'lgan oxirgi natijadir. Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda:
Faoliyat yo'nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi);
Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra (radikal, modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan);
O'zgarishlar ko'lamiga ko'ra (lokal, modulli, tizimli);
Kelib chiqish manbaiga ko'ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan).
Innovatsiyaning maqsadi-sarflangan mablaq' yoki kuchdan eng yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o'z-o'zidan paydo bo'ladigan yangiliklardan farqli o'laroq, innovatsiya boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi o'zgarishlar mexanizmini tashkil etadi. Innovatsion faoliyat - uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo'lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O'qituvchi innovatsion faoliyati xususiyatlarini o'rganib chiqqan pedagog olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin: ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati; tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; o'zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo'llay olish; hamkasblar bilan hamkorlik; fikr almashish va metodik yordam ko'rsata olishlik; ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; yangiliklarni izlab topish va ularni o'z sharoitiga moslashtirib borish.
O'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o'sib borayotganligini tushunish natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o'z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarni ham qamrab oladi.
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, tom ma'noda ta'lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi: muammoni tahlil asosida aniqlash; mo'ljallanayotgan ta'lim tizimini loyihalash; o'zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish; o'zgarishlarni amalga oshirish.
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad-o'qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o'z ustida ishlash ko'nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashq'ulotlarni o'tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat. Innovatsion faoliyat o'qituvchining o'z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi. U o'qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir to'siqqa duch kelinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi». Innovatsion faoliyat yangi q'oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta'lim-tarbiya
© Н.Н. Миржанова, 2020.
Вестник магистратуры. 2020. № 1-5 (100)
ISSN 2223-4047
jarayonidagi muhim va murakkab masala echimiga yo' nalitirilganligi sababli oqituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganimizda, innovatsion faoliyat - bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba - sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bolib, uning progmatik xususiyati shundaki, u goyalar maydonida ham va alohida bir subyektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop boladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi.
Библиографический список
1. F.Zakirova va boshq.Elektron o'quv-metodik majmualar vat a'lim resurslarini yaratish metodikasi. Metodik qo'lkanma, Т.: OO'MTV, 2010. - 57b.
2. Эргашева Г. Development of teachears innovative activities. // Ученый XXI века. — 2018. — №4-3.
МИРЖАНОВА НАРГИЗА НОРКУЛОВНА - преподаватель, педагогический факультет, Бухарский государственный университет, Узбекистан.