Научная статья на тему 'ИННОВАЦИИ КАК ФАКТОР ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ АГРАРНОГО СЕКТОРА'

ИННОВАЦИИ КАК ФАКТОР ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ АГРАРНОГО СЕКТОРА Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
78
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Life Sciences and Agriculture
Область наук
Ключевые слова
ИННОВАЦИЯ / ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ / ИННОВАЦИОННАЯ СРЕДА / ТРАНСФЕР / КЛАСТЕР / МОДЕРНИЗАЦИЯ / ДИВЕРСИФИКАЦИЯ / ГЛОБАЛИЗАЦИЯ / АГРОФИРМА / ФЕРМЕРНОЕ ХОЗЯЙСТВО / ЗЕМЛЕДЕЛЬЧЕСКОЕ ХОЗЯЙСТВО / INNOVATION / INNOVATION ACTIVITY / INNOVATION ENVIRONMENT / TRANSFER / CLUSTER / MODERNIZATION / DIVERSIFICATION / GLOBALIZATION / AGRICULTURAL COMPANY / FARMING / AGRICULTURE / INNOVATSIYA / INNOVATSION FAOLIYAT / INNOVATSION MUHIT / TRANSFERT / KLASTER / MODERNIZATSIYA / DIVERSIFIKATSIYA / GLOBALLASUV / AGROFIRMA / FERMER XO‘JALIGI / DEXQON XO‘JALIGI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Мамадалиев Кодиржон Кобулжонович

Maqolada innovatsiyalarning mohiyati, agrar sohadagi tadbirkorlikda zaruriyati hamda sohaning rivojlantirishga ta’siri, innovasiyalarni yanada agrar sohada rivojlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqilganВ статье разработаны рекомендации о характере инноваций, необходимости предпринимательства в аграрном секторе и его влиянии на развитие отрасли, дальнейшее развитие инноваций в аграрном секторе.The article develops recommendations on the nature of innovation, the need for entrepreneurship in the agricultural sector and its impact on the development of the industry, the further development of innovation in the agricultural sector.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ИННОВАЦИИ КАК ФАКТОР ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ АГРАРНОГО СЕКТОРА»

DOI: 10.24411/2181- 0761/2021-10004

ИННОВАЦИИ КАК ФАКТОР ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ АГРАРНОГО СЕКТОРА

Мамадалиев Кодиржон Кобулжонович

Андижанский институт сельского хозяйства и агротехнологии

В статье разработаны рекомендации о характере инноваций, необходимости предпринимательства в аграрном секторе и его влиянии на развитие отрасли, дальнейшее развитие инноваций в аграрном секторе.

Ключевые слова: Инновация, инновационная деятельность, инновационная среда, трансфер, кластер, модернизация, диверсификация, глобализация, агрофирма, фермерное хозяйство, земледельческое хозяйство.

INNOVATSIYALAR AGRAR SOHANI IQTISODIY RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Maqolada innovatsiyalarning mohiyati, agrar sohadagi tadbirkorlikda zaruriyati hamda sohaning rivojlantirishga ta'siri, innovasiyalarni yanada agrar sohada rivojlantirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqilgan

Kalit so'zlar: Innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit, transfert, klaster, modernizatsiya, diversifikatsiya, globallasuv, agrofirma, fermer xo'jaligi, dexqon xo'jaligi.

INNOVATION AS A FACTOR OF ECONOMIC DEVELOPMENT OF THE AGRICULTURAL

SECTOR

The article develops recommendations on the nature of innovation, the need for entrepreneurship in the agricultural sector and its impact on the development of the industry, the further development of innovation in the agricultural sector.

Keywords: Innovation, innovation activity, innovation environment, transfer, cluster, modernization, diversification, globalization, agricultural company, farming, agriculture.

Globallashuv sharoitida mamlakatimizni agrar sohani rivojlanishining

harakatlantiruvchi kuchlari bu bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar bo'lib, ularga egalik mintaqada etakchilikni ta'minlaydi, qishloq xo'jalik mahsulotlari halqaro bozorda raqobatdosh ustunliklarni yaratadi, agrar sohadagi mehnat unumdorligiga ijobiy ta'sir qiladi, fermer xo'jalikalri va agrofirmalarning daromadlarini o'sishiga va eng muhimi qishloq hududlaridagi aholi turmush darajasining oshishiga olib keladi.

Sanoatlashgan iqtisodiyotdan innovatsion (raqamli) iqtisodiyotga o'tish davrida ishlab chiqarish omillari va iqtisodiy o'sish manbalari o'zgaradi. Shakllangan davlat va korhonalarning moliyaviy kapitali iqtisodiyotda asosan texnologiyalar va innovatsiyalarni moliyalashtishiga yo'naltirish orqali davlatning iqtisodiy rivojlanishi ta'minlanadi. Bunday innovatsiyalar mehnatni tashkil etish va hodimlarning yuqori malakasini taminlashda ham yaqqol namoyon bo'ladi.

Quyida berilgan 1-jadvalda biz innovatsiyalarning mohiyati va iqtisodiyotga ta'sirini o'z ilmiy asarlarida yoritib bergan xorijiy olimlarning qarashlarini keltirib o'tdimoqdamiz.

Innovatsiyalarning iqtisodiotdagi :

Innovatsiyalarning ilmiy mohiyati 1920 yillardan keyin organish bo'shlandi. Bunda Avstriyalik olim Y. Shumpeterning qarashlari alohida ahamiyat kasb etadi.

1-jadval

yati to'g'risida ilmiy yondashuvlar

Avtor Nazariyasi

Y. Shumpeter2 Innovatsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar rivojlanishining etakchi omili, innovatsion jarayonning tashabbuskori -tadbirkor, innovatsion faoliyat esa o'rta va uzoq muddatli istiqbolda tsiklik rivojlanish bosqichi sifatida iqtisodiy rivojlanishni belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.

F.A.Hayek3 Innovatsion faoliyat va innovatsion rivojlanish iqtisodiy tartibga solish choralariga moslashuvchan munosabatda bo'ladi: davlat nazorati qancha kam bo'lsa, korxonalarni innovatsion jarayonga jalb qilish shunchalik yuqori bo'ladi, mos ravishda innovatsion faoliyat kuchayadi, mos ravishda tarkibiy sharoitlarning rivojlanishi va raqobatni rag'batlantirish, tadbirkorlik tashabbusiga qo'yilgan cheklovlarni yo'q qilish ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rivojlantirish shartidir.

G. Chesbryu4 Innovatsion jarayonning samaradorligi tashqi, xalqaro ilmiy va texnologik hamkorlik faoliyatiga bog'liq bo'lib, bu real sektorning barcha kontragentlari uchun kuchli ta'sirga olib keladi.

Innovatsiyalar agrar sohada,

iqtisodiyotning boshqa sohalarida, real sektor va tarmoq faoliyatiga bevosita ta'sir ko'rsatish kuchiga ega. Mamlakat agrar tizimining innovatsion rivojlanishi, innovatsiyalarning ichki ta'siri va sohaga tashqaridan innovatsion faoliyatning kirib kelishi (impulsi) bilan bog'liq.

Innovatsiyalar agrar sohaning iqtisodiy bo'g'inlari, ya'ni gorizontal (bir xil darajada) va vertikal ravishda quyi tizimlar bilan (quyi hududiy darajada) ijtimoiy-

iqtisod tizimlarning o'zaro ta'sirida muhim ahamiyatga egadir.

Innovatsion faoliyatni qo'llash sohasidan qat'i nazar, innovatsion o'zaro ta'sirning mavjudligi samaradorlikka erishishda va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rag'batlantirishga qodir. Agar agrar sohada innovatsiyalar doimiy va keng qo'llanishga o'tila boshlansa bu sohaga xizmat qiluvchi infratuzilmalarda ham innovatsion faoliya kengayib boradi.

2 Schumpeter, J. A. Business Cycles: a Theoretical, Historical, and Statistical Analysis of the Capitalist Process / J. A. Schumpeter. - Oxford Univ. Press, 1939. — 384 pages.

3 Хайек, Ф. А. Пагубная самонадеянность. Ошибки социализма / Ф. А. Хайек. - М., 1992. - 304 с. 4 Mensch, G. Stalemate in Technology: Innovations Overcome the Depression / G. Mensch. — New York, 1979. - 241 pages.

4 Chesbrough, H. Open Innovation. The New Imperative for Creating and Profiting from Technology / H. Chesbrough. -2003.

Xorijiy tadqiqotlar shuni etakchiligini, shu jumladan global iqtisodiy

tasdiqlaydiki, innovatsion iqtisodiyot, rivojlanishni ham ta'minlaydi [10]

iqtisodiy tizimning raqobatbardoshligi va

2-jadval

Dunyo mamlakatlarining ilm-fanga qilingan harajatlarining YalMdagi o'zgarishlari

dinamikasi5

Mamlakatlar Yil ar

2012 2014 2016 2018

AQSh 2.7 2.73 2.72 2.74

Xitoy 1.9 2.0 2.1 2.3

Yaponiya 3.2 3.1 3.2 3.1

Jan. Koreya 4.0 4.3 4.2 4.2

Rossiya 1.0 1.1 1.1 1.2

Qozog'iston 0.2 0.2 0.1 0.3

O'zbekiston 0.2 0.2 0.2 0.18

Yuqorida berilgan 2-jadval ma'lumotlari orqali biz dunyo mamlakatlarining ilm-fanga yani

innovatsiyalarga harajatlarining YaIM dagi ulushuni ko'rsatib o'tmoqdamiz. Dunyoning yetakchi mamlakatlarida innovatsiyalarga salmoqli mablag'lar yo'naltirilmoqda. Keyingi 10 yillik mobaynida innovatsiyalarga harajatlar katta miqdorda ortib borish tendensiyasiga ega. Bundan tashqari rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyalarga xususiy sektorning ham salmoqli mablag'lari yo'naltiriladi.

O'zbekiston Respublikasida agrar sohaning innovatsion rivojlanishi nafaqat innovatsiyalarni sohaning mahsulot yetishtirish, ishlab chiqarish intensivligi, hududlarda qishloq xo'jalik korhonalarida olinayotgan iqtisodiy samaradorlik natijalarni ortib borishi bilan hamda mamlakatdagi butun agrar sohadagi innovatsion tsiklni, shu jumladan rivojlanish, tijoratlashtirishni, mintaqaning real sektori segmentlari o'rtasida innovatsiyalarning tarqalishi uchun sharoit yaratishni, shuningdek tarmoqlararo va mintaqalararo aloqalarni kengayib borishini belgilaydi.

Agrar sohani rivojlanishning innovatsion omillarini tahlil qilishda o'z ichiga quyidagilarni oladi:

1) agrar sohani rivojlanishning omillari bo'lgan ichki muhit imkoniyatlarining eng samarali usullarini qidirib topish va uning diffuziyasini kengaytirish;

2) agar sohaga tashqaridan (chetdan) samarali innovatsion usullarni kiritish orqali milliy iqtisodiyotda bu sohaning rivojlanishini ta'minlash. Bu yerda innovatsiyalar transferidan samarali foydalaniladi.

Innovatsion transfer- bu innovatsion jarayonlarning muhim bo'g'inlaridan hisoblanib,

rasmiylashtirilgan innovatsiyalarning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga, jumladan biznesga manfaatli tarqatish [6]

Agrar sohada innovatsion rivojlanish omillarini qo'llash borasida innovatsion tizimlarni o'rganishga yondashuvning funktsionalligi, hududning innovatsion holatini hisobga olgan holda etarli boshqaruv mexanizmlarini ishlab chiqish zarurati bilan bog'liq. Agrar sohaning innovatsion rivojlanishiga yangicha qarash hududlarning innovatsion rivojlanishini tizimli yo'nalishda rag'batlantirishga imkon beradi. Agrar

5 (electron manba: ITTKIga harajatlar darajasi boyicha jahon mamlakatlari reytingi. www. wdi. worldbank. org'

sohaga yangicha qarashlar, ilmiy jifatdan kuchli o'rganish va qishloq xo'jaligining imkoniyatlari kengayib borishiga olib keladi

Mamlakatimizda agrar sohada yangicha yonalish sifatida qaralilayotgan klaster tizimi ham innovatsion yechimlarga ega. Bu tizim jahon amaliyotida qishloq xo'jaligini rivojlantirishda va qishloq joylarda malakali hodimlar mehnatini yaratishda ko'p yillar mobaynida foydalanib kelinmoqda. Klaster tizimi qishloq joylardagi infratuzilmalarni bevosita o'zgartirib yuboradi.

Klaster yondashuvi [11], faoliyati umumiy maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan va innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yagona texnologik platforma bilan bog'langan.

Klaster o'zida lokalizatsiya qilingan iqtisodiy tuzilmalar majmuini ifodalovchi innovatsion hududiy klasterlarni yaratishni nazarda tutadi. Innovatsion rivojlanish istiqbollari hudud va mintaqalararo o'zaro ta'sir shakllari bilan bog'liq. Samaradorlik klasterlarning investitsiya xarajatlari, ishlab chiqarish hajmi, klasterning innovatsion

texnologiyalari asosida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish sharoitida ishlash samaradorligi bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda klaster tizining qishloq xo'jaligiga joriy etilishi ko'plab innovatsion usullarning qo'llanishiga olib keladi. Nafaqat soha texnika va texnologiyalarini modernizatsiyasi balki raqamli iqtisodiyotning agrar sohaga kirib borishini ta'minlaydi. Jumladan Janubiy Koreyada soya yetishtirishda klaster tizimining qo'llanilishi oqibatida Koreyaning qishloq joylardagi yoshlarni

zamonaviy kasblarga o'rgatishga va yoshlarni ish izlab shaharga ketishi oldi olindi. Bizda shunga o'xshash holatlar va muammolar qishloq joylarda yetarli dajada. Klaster agrar sohada agar yetishtirilgan xosilni to'liq qayta ishlash va tayyor mahsulotga aylantirish qamrab oladigan bo'lsa juda ko'plab innovatsion usullarni joriy etilishiga va ulardan olinayotgan samarani qishloq hududlar

infratuzilmalarni tubdan yangilashga olib keladi. Agrar soha mahsulotlari turi, sifati va miqdori ortadi.

Xulosa

O'zbekiston Respublikasi agrar tizimida innovatsiyalarning samarali qo'llanilishi soha imkoniyatlarini yanada kengayishiga, mahsulotlar va xizmatlar tarkibini ortishiga, halqaro bozorga raqobatbardosh mahsulotlar chiqishini ta'minlaydi. Innovatsiyalar mehnatga bo'lgan munosabatning keskin ijobiy tomonga o'zgartiradi. Agrar sohada biznesning imkoniyatlarini kengaytiradi. Tadbirkorlarning daromad olishga bo'lgan intilishi yanada kuchayadi. Eng muhimi mamlakatimizda aholining sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash va mahsulotlar turlari hamda tarkibini kengayishiga olib keladi. Qishloq aholisining turmush tarzi yahshilanadi va daromadlari ortishiga erishiladi.

O'z navbatida davlat

innovatsiyalarning agrar sohaga kirib borishini rag'batlantirishi va uning xuquqiy asoslarini halqaro talablar darajasida shakllantirishi darkor. Jismoyiy va yuridik shaxslarning innovatsion faoliyatlarini agrar sohada qo'llab quvvatlanishi davr talabidir.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohadagi loyihalarni moliyalashtirish va mexanizmlari takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora -tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni.2018 yil.24 noyabr. PF-5583-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish Strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.2018 yil.21 sentyabr. PF-5544-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining " O'zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil qilish to'g'risida"gi Qarori.2017 yil.30 noyabr. PQ-3416-son.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Innovatsion faoliyatni yanada qo'llab- quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.2018 yil.11 sentyabr. №721-son.

5. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat 'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. O'zbekiston. 2017 y.

6. Abduraupov R.R. To'ychiyev A.G' Kichik biznesga innovatsiyalar transferini moliyalashtirish. Fan. Monografiya.T. 2020 y. 19-b

7. Schumpeter, J. A. Business Cycles: a Theoretical, Historical, and Statistical Analysis of the Capitalist Process / J. A. Schumpeter. - Oxford Univ. Press, 1939. — 384 pages.

8. Хайек, Ф. А. Пагубная самонадеянность. Ошибки социализма / Ф. А. Хайек. - М., 1992. - 304 с. 4 Mensch, G. Stalemate in Technology: Innovations Overcome the Depression / G. Mensch. — New York, 1979. - 241 pages.

9. Chesbrough, H. Open Innovation. The New Imperative for Creating and Profiting from Technology / H. Chesbrough. - 2003.

10. Нейсбит, Дж. Мегатренды / Дж. Нейсбит. - М.АСТ, 2003 - 380 с.

11. Литвиненко, И.Л. К вопросу об управлении региональной инновационной системой / И.Л. Литвиненко // Научные ведомости. Серия: Экономика. Информатика. -2018. - № 4. - С. 616-625.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.