Научная статья на тему 'INKLUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEHANIZMLARI'

INKLUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEHANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
education / children / disabilities / special education / general education / inclusive education / social segregation / school / disabled people / integrated / gender / general education institutions.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qaraxonova L.M, Uchkurova Z

The issue of education of children with disabilities is becoming one of the most pressing issues today. At present, in order to carry out education in a special or general education system according to the level of development, opportunities, features and abilities of children in need of special assistance in the Republic, the inclusive education system is being implemented. Inclusive education culture! ―In accordance with the Salamanca declaration, the Khar is viewed as a proof, supporting and approving reform of the characteristics of a reader. Its objectives are to prevent social segregation caused by differences in gender, race, culture, social nationality, religion, individual opportunity and ability. However, it turned out to be unsuitable for conception universal use. According to world, inclusion in schools is often regarded as the education of disabled people in secondary schools along with their peers (Judi Kugel’mas) however, knowledge and knowledge of the essence of inclusive education is not yet sufficient in the society. The terms" inclusive "and" integrated " are often used in the same meaning. But despite the fact that in philosophy there is a huge difference between these concepts.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLUZIV TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEHANIZMLARI»

INKLUZIV TA'LIMDA O'QUVCHILARNING MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

MEHANIZMLARI

1Qaraxonova L.M, 2Uchkurova Z

1T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI bo'lim mudiri, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa

doktori (PhD), katta ilmiy xodimi, 2T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11186931

Abstract. The issue of education of children with disabilities is becoming one of the most pressing issues today. At present, in order to carry out education in a special or general education system according to the level of development, opportunities, features and abilities of children in need of special assistance in the Republic, the inclusive education system is being implemented. Inclusive education culture! —In accordance with the Salamanca declaration, the Khar is viewed as a proof, supporting and approving reform of the characteristics of a reader. Its objectives are to prevent social segregation caused by differences in gender, race, culture, social nationality, religion, individual opportunity and ability. However, it turned out to be unsuitable for conception universal use. According to world, inclusion in schools is often regarded as the education of disabledpeople in secondary schools along with their peers (Judi Kugel 'mas) however, knowledge and knowledge of the essence of inclusive education is not yet sufficient in the society. The terms" inclusive "and" integrated " are often used in the same meaning. But despite the fact that in philosophy there is a huge difference between these concepts.

Key words: education, children, disabilities, special education, general education, inclusive education, social segregation, school, disabled people, integrated, gender, general education institutions.

Annotatsiya. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biriga aylanib bormoqda. Hozirgi kunda Respublikamizda alohida yordamga muhtoj bolalarning rivojlanish darajasi, imkoniyatlari, xususiyatlari va qobiliyatlariga ko'ra maxsus yoki umumiy ta 'lim tizimida ta 'limni amalga oshirish maqsadida inklyuziv ta 'lim tizimi amalga oshirilmoqda. Inklyuziv ta 'lim madaniyati! Salamanka deklaratsiyasiga muvofiq xar bir o'quvchi xususiyatlarini isloh qilishni qo'llab-quvvatlovchi va ma'qullovchi dalil sifatida qaraladi. Uning maqsadlari jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyati va qobiliyati farqlar sabab ijtimoiy segregatsiya oldini olish uchun emas. Biroq, kontseptsiya universalfoydalanish uchunyaroqsiz bo'lib chiqdi. Dunyo tajribasigako'ra, maktablardakiritish ko'pincha tengdoshlari bilan birga o'rta maktablarda nogironlar ta 'lim sifatida qaraladi (Judi Kugel'mas) biroq, inklyuziv ta'lim mohiyati bilim va bilim hali jamiyatda etarli emas. "Inklyuziv "va" integrallashgan " terminlari ko'pincha bir xil ma'noda ishlatiladi. Lekin falsafada bu tushunchalar o'rtasida katta farq bo'lishiga qaramay.

Kalit so'zlar: ta 'lim, bolalar, nogironlar, maxsus ta 'lim, umumiy ta 'lim, inklyuziv ta 'lim, ijtimoiy ajratish, maktab, nogironlar, yaxlit, jins, umumiy ta 'lim muassasalari.

Talabalarning mustaqil ta'limini tashkil etish va ularning bilim darajalarini aniqlash, o'quv jarayonida ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Talabalarning olgan bilimlarini o'zlarining o'zlashtirish natijalariga bog'liq bo'lgan va o'quv faoliyatiga ta'sir

qiladigan xususiyatlari didaktikaning yakka holda yondashish tamoyillarida o'z aksini topgan. Bu xususiyatlar, shaxs holati, jismoniy va psixologik sifatlari: xotirlash va tafakkurlash jarayonlariga doir barcha xususiyatlar, asab tizimining xossalari, xarakter va erkinlik darajalari, qobiliyati, tabiatan talantliligi, hissiy a'zolarining doimiy yoki vaqtincha zaifligi va shu kabilardan iborat bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, talabalarning o'quv faoliyatiga turli ijtimoiy omillar(guruh jamoasi, talabaning uydagi o'rni va boshqa tashqi ta'sirlar) ta'sir qiladi. Talabalarning shaxsiy xususiyatlari, ichki va tashqi omillar to'plami ma'lum darajada o'quv jarayoniga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Psixologlarning fikricha, talabalar o'quv fanlari mazmunini o'zlashtirishida faqat faol mustaqil faoliyatgina samarali natijalar beradi. O'quv-tarbiya jarayonini yakkalashtirish (individuallashtirish) ishlarini tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, shaxsning qaysi xususiyatlarini nazarda tutayotganimizga bog'liq holda yakkalashgan yondashishning ikki turini farqlash mumkin. Ularda talabaning turli xususiyatlari majmuasini yoki ayrim xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim yakkalashtirilishi mumkin. Bu muammoga doir ko'pchilik tadqiqot ishlarida olimlar talabalarning bilim, ko'nikma, malaka darajalari majmuasidan kelib chiqadigan yakkalashtirish masalalarini yoritganlar. Jumladan, Ye.S. Rabinskiy, o'zining tadqiqot ishlarida o'quvchilarning asosan quyidagi uchta xususiyatlari:

1) o'zlashtirish darajalari; 2) mustaqil tafakkurlash darajalari; 3) o'qishga qiziqish harakatlari darajalarini e'tiborga olgan holda ularni o'qish va mehnat qilishga bo'lgan qobiliyatlari negizida o'quv jarayonini yakkalashtirishni ko'rsatib o'tgan .Masalan, 2023 yilgi namunaviy o'quv rejada « Odam anatomiyasi va fiziologiyasi » faniga ajratilgan umumiy soatdan 50 foizi mustaqil ta'lim soatlariga ajratilganligini ko'rishimiz mumkin. Fanlarga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlariga fan mazmunini rejalashtirgan holda nazariy, amaliy va laboratoriya mashg'ulotlari mazmuniga mos holda mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlash lozim. Bu borada ajratilgan soatlar 60112700 - Maxsus pedagogika bakalavr ta'lim yo'nalishlarida o'qitiladigan «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» fanlaridan tayyorlangan mustaqil ish topshiriqlari inklyuziv ta'lim olayotgan talabalar intelektual salohiyatiga mos bo'lishi zarur.

Inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadi — ta'lim olish uchun teng imkoniyatni ta'minlash va barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi ta'lim yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat'iy nazar ta'limda muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi: - ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruxiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; - o'quvchilarning ta'limdagi tenglik xuquqini kafolatlash; - jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va saglom bolalarning extiejlarini qondirish, ijtimoiy xaetga erta moslashtirish; - imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda yashash xuquqini ruebga chiqarish; - jamiyatda imkoniyatti cheklangan bolalar va usmirlarga nisbatan dustona va mexr-muxabbatli munosabatni shakllantirishdir.(1.,5 bet ) Ta'lim-tarbiya o'quvchilarning o'quv faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Bunday faoliyat dars va darsdan tashqari tadbirlarda ishtirok etish, o'qituvchi va boshqa shaxslar bilan munosabat, mustaqil ishlar, mustaqil fikrlash, turli vaziyatlarda shaxsiy munosabat bildirish, o'quvchi xulqiga va uning psixik faoliyatiga ta'sir etuvchi omillar yordamida amalga

oshiriladi, bular ichida mustaqil ishlar alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarning mustaqil ishlari - bu o'qituvchining bevosita ishtirokisiz, lekin belgilangan vaqtda uning topqirligi va izlanishlari asosida bajariladigan ishlardir. Mustaqil ishlash metodlari - o'qitishning ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi vazifalarni muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirishga yordam beradi. Mustaqil ish ta'limiy jihatdan - nazariy bilim, amaliy ko'nikmalarni takrorlash, mustahkamlash va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tarbiyaviy ma'noda ular shaxsning mustaqillik, mehnatsevarlik, ma'suliyatlilik kabi hislatlarini shakllantiradi va tarbiyalaydi. Mustaqil ishlash, tafakkur, ko'nikma va malakalarning rivojlanishiga yordam beradi, shaxsning irodasini chiniqtiradi. O'qitishning bu metodlari o'quvchilarni mustaqil mehnat faoliyatiga va maktabni bitirganidan so'ng o'qishni davom ettirishga tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqil ishlash o'quv samaradorligini oshirish haqida Yu.K.Babanskiy quyidagi xulosalarni keltiradi:

-bilim berishda mustaqil ishlardan foydalanishni kengaytirish lozim; -mustaqil ishlarni bajarishda o'quv materiali mazmuni o'quvchilarga tushunarli bo'lishi lozim;

- o'quvchilarning tayyorgarligi bilan o'quv materialidan foydalanishi bir-biriga muvofiq kelishi kerak. Hatto o'quvchilar yetarli tayyorgarlikka ega bo'lmasa ham mustaqil ishlash metodidan voz kechmaslik kerak. Aksincha, o'quvchilarga yordam berib, mustaqil ishlash elementlarini kiritish lozim. Barcha o'quvchilarda bilish mustaqilligini rivojlantirish, mustaqil ishlashni qo'llash darajasini sinfdan-sinfga oshirib borish muhim.

Mustaqil ishlardan ayrim mashqlarni bajarish, turli topshiriqlarni tekshirish, savollariga javob topishdan tortib, to butun bobni mustaqil o'rganishda ham foydalanish mumkin. O'quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishlariga imkon yaratish uchun quyidagilar zarur deb hisoblandi: - o'quvchilarda darslik, kitob, ma'lumotnomalar bilan ishlash uchun zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish; - o'quvchilarning o'qish, yozish, hisoblash va boshqa faoliyatlari suratini orttirish; - asosiy tushunchalarni asosiy bo'lmagan tushunchalardan farqlash va o'z-o'zini nazorat qilish malakasini shakllantirish; - o'quvchilarga uy vazifasini bajarish tartib qoidalari haqida ko'rsatmalar berish; - mustaqil ishlarni bajarishda tezkor yordam ko'rsatishning maxsus usullarini yaratish; - mustaqil ishni bajargan o'quvchilarni rag'batlantirish, qiziqtirish va baholash; Bunda mustaqil ishlarni tashkil etishga individual va tabaqalashgan yondashish muhimligini unutmaslik kerak.(2.,10 bet) Bu maqsadlarda oldindan tayyorlangan va o'quvchilar ko'magida mustaqil tayyorlangan didaktik materiallardan foydalanish zarur. O'qituvchilar masalalar miqdorini va qiyinchilik darajasini optimal tanlashga alohida e'tibor berishlari, zaruriyat tug'ilganda, yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni tabaqalashtirish yo'li bilan yo'qotishga harakat qilishlari kerak.

Inklyuziv ta'limningprinsiplari: 1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug'iga bog'liq emas. 2. Har bir inson o'ylash va xis qilish qobiliyatiga ega. 3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega. 4. Har bir kishi bir\biriga muxtoj. 5. Shaxsning to'liq va haqiqiy ta'lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi. 6. Hamma kishilar o'z tengdoshlarini qo'llab quvvatlashga muxtoj. 7. Hamma ta'lim oluvchilarni yutuqga erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas , balki nimanidir qila olishidir. 8. Hamkorlik qilish kishi haètini har tomonlama ko'chaytiradi.

Inklyuziv ta'lim tizimi qo'yidagi ta'lim muassasalarni o'z ichiga oladi; maktabgacha umuta'lim, umu o'rta ta'lim, o'rta maxsus kasb-xunar va oliy ta'lim. Bu ta'lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta'lim olishi va kasb-xunarga tayèrlashda ularning o'rtasidagi to'siqlikni

bartaraf etib ochiq ta'lim muxitini yaratishdan iborat. Umumta'lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo'lmaydi. Inklyuziv ta'lim tizimi integratsiyalashgan ta'lim tizimidan uzinig mazmun - moxiyati, maqsadi, vazifalari va xarakat dasturi bilan farqlanadi.

Talabaning intellektual malakasiga mos keladigan bilimlarni mustaqil bilim olish qobiliyati bilan aqliy qobiliyati bir-biri bilan uzviy bog'liq. Talabalarning bilimlarni mustaqil bilim olish qobiliyatini aqliy mehnat malakalari yoki o'quv malakalari deb ham atash mumkin. Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, hozirgi kunda Oliy o'quv yurtlarida talabalarga ayniqsa, « Odam anatomiyasi va fiziologiyasi » fanini o'qitishda bunday malakalarni shakllantirishga yetarli darajada e'tibor berilmayotganligi ko'zga tashlanmoqda. Talabalarning o'quv malakalari o'quv materiallari bilan mustaqil ishlash jarayonida hosil bo'ladi. Boshqacha aytganda, o'quv malakalari o'quv materialini qabul qilish, qayta ishlash, uning muhim jihatlarini ajratish, yangi o'zlashtirgan bilimlarni avvalgilari bilan bog'lash, o'quv bilimlarini umumlashtirish, takrorlash va ularni amalda tadbiq qilgan holda masalalar hal qilishda egallanadi. Shunday qilib, o'quv malakalari talabalarning ta'lim jarayonidagi barcha o'quv-bilish faoliyatlari bilan bog'liqdir. O'quv ishlarining har qanday shakli o'quv-malaka talab qiladi(masalan, o'qituvchi ma'ruzasini eshitish malakasi). Talabalarning fandan mustaqil bilim olishlari jarayonida birinchi navbatda mustaqil ishlash malakasi talab etiladi. Talabalarning fandan bilimlarni o'zlashtirganlik darajasi auditoriyada o'zlashtirgan bilimlar yordamida aniqlanibgina qolmasdan, balki unda auditoriyadan tashqari olgan bilimlarining ham o'z salmog'i bor. Dastlabki bilimlarni talabalar o'qitilayotgan fanlarga tegishli adabiyotlardan, shaxsiy tajribalaridan, ommaviy axborot vositalari va boshqa axborot manbalaridan qabul qiladilar. Talabalarning o'quv malakalarining oshishi bilim olishlarini yakkalashtirishda ularning qiziqishi alohida muhim o'rin tutadi. Talabalarning qiziqishlarini o'rganishda ularning bilimlari tashhisidan foydalaniladi. Buning uchun kuzatish, suhbat, anketa va boshqa uslublardan foydalaniladi. Shunday qilib, oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini yakkalashtirishda birinchi navbatda talabalarning: o'qitish; o'quv malakalari; o'zlashtirish; bilishga qiziqishlari kabi xususiyatlarini hisobga olish zarur. O'quv jarayonini yakkalashtirishda bu ko'rsatkichlarni har bir talaba uchun hisobga olish muhimdir. Talabalarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishda o'qituvchi muhim rol o'ynaydi.

Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalaring sifatli maktabgacha ta'limdan teng foydalanishini ta'minlash, maktabgacha ta'lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofdajoylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi. Bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etilishi kerak. UNICEF inklyuziv ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug'ullanadi. Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar,

ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi.

Ta'lim tizimini joriy etish har doim ma'lum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: 1) Inklyuziv ta'limning e'tirof etilishi. 2) Inklyuziv ta'limning barcha uchun ochiq bo'lishi tamoyili. 3) Bog'lanishning mavjud bo'lishi tamoyili. 4) Markazlashtirilmagan bo'lishi tamoyili. 5) Inklyuziv ta'limda kompleks yondashishi tamoyili. 6) Inklyuziv ta'limda moslashuvchanlik tamoyili. 7) Malakaviylik tamoyili. (4.,15 bet).

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida qarori PQ-4312 08.05.2019

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to'g'risidagi qarori -4860 13.10.2020

3. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . - Казань, 2013

4. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.