Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY VA SAMARALI USULLARI'

INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY VA SAMARALI USULLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
til / sheva / intensiv / texnologik tarqqiyot / interaktiv dasturlar

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Abdurashidova Rushana Farhodovna

ingliz tilini o‘rganishning zamonaviy va samarali usullari masalalari yoritilgan. Dunyoning jadal sur’atlarda o‘zgarib va rivojlanib borishi ingliz tilini shiddat bilan dunyo bo‘ylab tarqalib borishiga zamin yaratmoqda. Bugungi zamonaviy ingliz tili bir nechta mintaqaviy shevalarga bo‘linadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING ZAMONAVIY VA SAMARALI USULLARI»

INGLIZ TILINI O'RGANISHNING ZAMONAVIY VA SAMARALI USULLARI

Abdurashidova Rushana Farhodovna

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi rushana.abdurashidova@inbox.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10806489

Annotatsiya. ingliz tilini o'rganishning zamonaviy va samarali usullari masalalari yoritilgan. Dunyoning jadal sur'atlarda o'zgarib va rivojlanib borishi ingliz tilini shiddat bilan dunyo bo'ylab tarqalib borishiga zamin yaratmoqda. Bugungi zamonaviy ingliz tili bir nechta mintaqaviy shevalarga bo'linadi.

Kalit so'zlar: til, sheva, intensiv, texnologik tarqqiyot, interaktiv dasturlar

Til - doimiy rivojlanishda bo'lgan vositadir. Shunday ekan ma'lum tilni muvaffaqiyatli o'zlashtirish va o'rganish uchun dastavval uning tarixini bilish lozim. Bir necha asrlik tarixga ega bo'lgan ingliz tili ham uzoq yillik tadrijiy rivojlanish bosqichida o'zining so'z boyligini rivojlantirib borganligi ham ayni haqiqatdir.

XXI-asrga kelib, jahonda xorijiy tillarni o'rganishning ahamiyati shunchalik darajada ortib bordiki, chet tillarini bilmasdan inson o'zini muvaffaqiyatli shaxs sifatida tasavvur qilishi mushkul bo'lib qoldi. Shu bilan birga, bugungi kunda ingliz tilida erkin muloqot qilish qobiliyati ish beruvchi tomonidan ishga joylashishning asosiy talablaridan biri sifatida ham e'tirof etilmoqda. Zero, bugungi rivojlangan jamiyatda ingliz tilini mukammal bilish ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatga erishishning asosiy kalitidir.

Yutimizda ham so'nggi yillarda talabalarning xorijiy tilllarni o'rganish va talabalar xorijiy tillarni bilish darajasini aniqlashga oid milliy baholash tizimi ishlab chiqish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2021-yil 19-maydagi "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5117-son qarori qabul qilindi [1].

Mamlakatimizda rivojlanish, taraqqiyot, davr, vaqt ham chet tilini, shu jumladan, ingliz tilini o'rgatish zarurligining ahamiyati bugun yaqqol ko'zga tashlanmoqda. O'quvchi, talabalar mutaxassislar har bir insonning ingliz tilini yoki chet tillaridan birini bilishi tashqi aloqalarning kengaytirishga, chet elga borib ularning texnologiyasini o'rganib, respublikamizni kelajakda rivojlangan, taraqqiy etgan mamlakatlar, davlatlar qatoriga olib chiqishga yordam beradi. Hozirgi kunda ingliz tilini uzluksiz o'rgatish hisobga olinib, ta'lim tizimining barcha bosqichlarida ingliz tilini o'rgatish masalasi va ular uchun dastur, darslik, qo'llanmalar ishlab chiqish masalasi dolzarb vazifalardan biriga aylanmoqda [2 B. 256].

Dunyoning jadal sur'atlarda o'zgarib va rivojlanib borishi ingliz tilini shiddat bilan dunyo bo'ylab tarqalib borishiga zamin yaratmoqda. Natijada, ingliz tilining ham boshqa tillar qatori o'ziga xos lahjalari va shevalari vujudga kelmoqda. Insonlar o'rtasidagi o'zaro ma'lumot almashishda yangidan yangi shevalarning paydo bo'lishi ma'lum qoidalar va grammatikaning keng tarqalmaganligi bilan ham bog'liqdir. Bunday o'zgarishlar natijasida ko'plab lahjalar shakllanib bormoqda.

Bugungi zamonaviy ingliz tili bir nechta mintaqaviy shevalarga bo'linib, bular Britaniya shevasi, Amerika shevasi, Kanada shevasi, Avstraliya shevasi hamda Yangi Zelandiya kabi shevalardir. Zamonaviy rivojlangan jamiyatda ushbu shevalar orasida eng ko'p qo'llaniladigani

va bir necha o'nlab lahjalarga ega bo'lib, dunyo halqlari orasida keng tarqalgani ingliz tilining Britaniya shevasi (British English) va (American English) Amerika shevalaridir.

Ingliz tilining Britaniya shevasi (British English) ko'proq konservativ bo'lib, grammatik qoidalarga qat'iy rioya qilishni talab etadi. Xususan, iboralarning qisqartirilishi yoki so'zlarning oxiri tugallanmay qolishi ushbu yo'nalishda qo'llanilmaydi. Biroq, taraqqiyot va hayotiy o'ziga xos o'zgarishlar ingliz tilining ushbu yo'nalishiga ham ta'sir ko'rsatmay qolmagan.

Ingliz tilining Amerika shevasi (American English) Amerikaliklar tomonidan "noto'g'ri inglizcha" deb ham e'tirof etiladi. Ushbu yo'nalishning barcha darajalarida juda soddalashtirilgan ingliz tili sifatida e'tirof etilib, bu boshqa madaniyatlarning yanada erkin holatda kirib kelishiga zamin yaratadi.

Bugungi kunda, yurtimizda ingliz tili xorijiy til sifatida maktab yoki oliy ta'limda muassasalarida maxsus dasturlar asosida o'qitilib kelinmoqda. Ingliz tilini mukammal o'rganishning bir qismini faqt o'qish va yozishni o'rganish tashkil etsa, qolgan yarmi olgan bilimlarni amaliy tajribada qo'llash bilan xarakterlanadi. Zamonaviy ingliz tilini o'rganishning eng maqbul yo'nalishlaridan biri bu ingliz tilida mukammal muloqot qila oladigan professor-o'qituvchilardan amaliy tajribaga asoslangan ta'lim olishdir. Bu mazkur tilni o'rganuvchiga bir vaqtning o'zida ham yozish, ham tushunib tinglash va ham o'qishda samarali yordam berib jonli muloqot o'rnatish imkonini beradi.

Zamonaviy ingliz tilini o'rganishning yana bir samarali usuli bu Internet saytlari va maxsus interaktiv dasturlar orqali muloqot qilish orqali tajriba orttirish amaliyotidir. Texnologik taraqqiyot asrida bu nafaqat eng samarali, balki eng qulay yo'l hamdir. Bunda maxsus tayyorlangan "o'qituvchi" har bir o'quvchi uchun individual onlayn ta'lim dasturi va individual dars jadvalini tuzib, muloqot qilish va nutq qobiliyatini yaxshilash borasida fikr almashib boradi.

Ingliz tilini intensiv tez o'rganishda shu til muhitiga insoning kirib borishidan boshqa hech narsa yordam bera olmaydi. Hozirgi kunda ko'plab sayyohlik agentliklari va til maktablari chet elda o'qish dasturlarini ishlab chiqmoqdalar. Bunday kurslar nafaqat ingliz tilini o'rganish, balki mamlakat madaniyati, mahalliy aholining mentaliteti bilan tanishish shuningdek, zamonaviy tilning barcha yangiliklarini tushunib yetishga imkon yaratadi.

Ingliz tilini o'rganishning mustaqil va eng samarali usullaridan yana biri bu ingliz tilidagi filmlar, video materiallar, tok-shoular va interaktiv o'quv dasturlaridan foydalanishdir. Bu til o'rganuvchilarni yanada qiziqtirishi bilan birga, ularda kuchli motivatsiya, o'z-o'zini tartibga solish va zavqlanish holatlarini ham shakllantiradi.

Ingliz tilini muvaffaqiyatli o'rganishning kaliti - o'quv materiallari va malakali o'qitish usullarini to'g'ri tanlash, mashg'ulotlarga qiziqish uyg'ota oladigan malakali professor-o'qituvchi va murabbiylardan ta'lim olishdir. Albatta bunday yuqori malakali ko'plab professor-o'qituvchilarimiz institutimizda faoliyat olib borishmoqda va ularning yuksak pedagogik mahoratga asoslangan mashg'ulotlari talabalarimizga o'zgacha ruh bag'ishlamoqda .

Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy ingliz tili bu doimo o'zgarib borayotgan va rivojlanayotgan dunyo bilan aloqada bo'lish tilidir. Shunday ekan, mazkur tilni o'rganish natijasida inson dunyo tilida muloqotni o'zlashtirib, o'zini dunyoning zamonaviy kishisi sifatida tasavvur eta oladi.

REFERENCES

1. Y3ÖeKHCTOH Pecnyö^HKacHga xopn^HH THnnapHH ypraHHmHH OMMa^amrapum ^ao^HaTHHH CH^aT ^HxaragaH ah™ öocKunra O^HÖ HHKHm nopa-TagÖHpnapH TyrpHCHga

Узбекистан Республикаси Президентининг 19.05.2021 йилдаги П^-5117-сон карори. https://lex.uz/docs/5426736 2. УДошимов, И.Ёкубов Инглиз тили укитиш методикаси. Тошкент: «Шарк», 2003. - Б. 304.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.