Научная статья на тему 'INGLIZ TILI O`QISHNING FAOLIYAT TURI SIFATIDA'

INGLIZ TILI O`QISHNING FAOLIYAT TURI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
95
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’QISH / KOMUNIKATSIYA / RESEPTIV / ANALITIK / SITETIK / URF-ODAT

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Rejapov A.A.

Ushbu maqolada faoliyat turi sifatida “O`qish” aloqa (kommunikasiya) vositasi sifatida ifodalanishi. O`qish orqali o`quvchi, talabalarning xorijiy tilida gaplashadigan mamalakatlar tili, madaniyati, hayoti, tarixi, urf-odati bilan tanishishi haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENGLISH AS A TYPE OF STUDYING ACTIVITY

In this article, as a type of activity, "Reading" is expressed as a means of communication. Through reading, information is provided on how students can get acquainted with the language, culture, life, history, and customs of foreign-speaking countries.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILI O`QISHNING FAOLIYAT TURI SIFATIDA»

Rejapov A.A.

Andijon qishloq xo'jalik va agrotexnologiyalar instituti

Xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi

INGLIZ TILI O QISHNING FAOLIYAT TURI SIFATIDA

Annotatsiya. Ushbu maqolada faoliyat turi sifatida "O^qish" aloqa (kommunikasiya) vositasi sifatida ifodalanishi. O^qish orqali o^quvchi, talabalarning xorijiy tilida gaplashadigan mamalakatlar tili, madaniyati, hayoti, tarixi, urf-odati bilan tanishishi haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar. O'qish, komunikatsiya, reseptiv, analitik, sitetik, urf-odat.

Rejapov A.A. teacher

Department of Foreign Languages Andijan agricultural and agro technological institute

ENGLISH AS A TYPE OF STUDYING ACTIVITY

Annotation. In this article, as a type of activity, "Reading " is expressed as a means of communication. Through reading, information is provided on how students can get acquainted with the language, culture, life, history, and customs of foreign-speaking countries.

Key words. Reading, communication, receptive, analytical, synthetic, tradition.

O'qish - ko'z bilan ko'rayotgan harf, harf birilmalari, so'zlar gaplarni ovoz chiqarib, chiqarmay o'qish va o'qiganning mazmunini tushunib, o'qib ma' lumot olishdir. O' qish yozma nutqda berilgan matindan ma' lumot olish nutq turidir.

O'qish - tanish til materiallari asosida notanish mazmunli matnni o'qib ma' lumot olish, mazmunni tushunishdir. Yani o' qish ma' lumot olish manbaidir.

O'qish kishilarning kommunikativ-ijtimoiy faoliyat sohasiga taalluqli bo'lib, unda u yozma shakldagi so'z orqali muamalani ta'minlaydi. Kishilarning turmush, ta'lim va ishlab chiqarish sohalardagi faoliyatlarida o'qishdan keng foydalaniladi. O'qish orqali ma'lumot olish turli faoliyatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

O'qishda boshqa har qanday faoliyatdagi kabi mazmun va jarayon rajalari mavjud bo'lib, birinchisiga doimo kata ahamiyat beriladi. Faoliyatning predmet mazmunini tashkil qiluvchilar o'qishning mazmun rejasi sanaladi. Faoliyat jarayonining elementlari o'qishning jarayon tomoni hisoblanadi.

O'qish doimo tayyor holdagi nutq axborotini idrok qilishga, olishga yo'nalgan bo'ladi, shuning uchun uni nutq faoliyatining resiptiv turiga

kiritishadi. O'qishning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, uning muvaqqiyati amalga oshirilganligi haqidagi baho kitobxonning olingan ma'lumotdan qoniqish hisil qilganligida o'z ifodasini topadi.

O'qish murakkab resiptiv aqliy faoliyat hisoblanib, uning jarayon tomoni anilitik-sintetik xarakterga egadir.

O'qish orqali biz ma'lumot olamiz, bilimimizni, dunyoqarashimizni kengaytiramiz, shuning uchun o'qish nutq faoliyatining turidir.

Hozirgi davr metodika o'qishni ingliz tilini o'qitish usuli, yo'li deb qaralmay, uni til materiallarini o'zlashtirishga yordam beruvchi, uni asosida (matndan) nutqni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan material manbai, ma' lumot olish manbai deb qaralmoqda.

Shu sababdan o'qiyotganda asosiy diqqat matin mazmuniga qaratiladi.

Dasturda o'qish bo'yicha umumiy talablar va har bir kurslar uchun talablar belgilanib beriladi. O'rta maktabda o'qishni o'rgatish ham maqsad, ham vositadir, ya'ni o'qish chet tili o'rgatishda ham maqsad, ham vosita vazifasini bajaradi.

Agar bitiruv chiquvchilarning o'qish ko'nikmasi mukammal bo'lsa, ular o'zlari egallagan ana shu ko'nikmadan amaliy ravishda mustaqil foydalanish imkoniga ega bo'ladilar. O'qishning etuklik darajasi har -xil bo'lishi mumkin, shuning uchun o'rta maktab oldida o'qishning minimal rivojlanish darajasiga erishish vazifasi turadi.

O' qishning amaliy maqsadi o' qib ma' lumot olishdir.

Amaliy maqsaddan tashqari o'qishni o'rgatish umumta'lim va tarbiyaviy maqsadlarini ham nazarda tutadi. Bulardan tashqari o'qishni o'rgatish rivojlantiruvchi maqsadni amalga oshiradi. O'qish paytida o'quvchi, talabaning o'rganilayotgan ingliz tili matni bilan uning kuzatuvchanligi rivojlanadi va ularning til materiallari, matn mazmunini analiz va sintez qilish qobiliyatlari takomillashadi.

Endi o'qishning vosita sifatidagi vazifasi ustida to'xtaymiz. O'qish til materialini egallab olishda muhim vosita hisoblanadi. Shu narsani alohida ta'kidlash kerakki, matinlarni o'qishni o'rgatish, lug'atni boyitish usullaridan biri sifatida muhim ahamiyatda ega.

O'qish gapirish ko'nikmasini shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. O'qilgan matnlarning mazmuni bo'yicha savol-javob mashiqlarini bajarish, hikoya qilib berish, suhbat va muhokamalar qilish ko'p mashqlarga asos bo'lidi. O'qish orqali gapirish uchun ma'lumot, material to'planadi. Ularni ingliz tilida gapirishga tayyorlaydi. Ovoz chiqarib o'qish esa to'g'ri talaffuzga o'rgatishda va yangi til materiallarini tushunishda muhim bosqich sanaladi. Bundan tashqari ovoz chiqarib o'qish ovoz chiqarmay o'qishning etuk ko'nikmasini shakllantiradi ham mihim vasita rolini o'ynaydi.

O'qish nutq faoliyatining psixologik xuususiyatlaqni. O'qish reseptiv nutq faoliyati hisoblanib, u yozma nutqni idrok qilish va tushunishdan tarkib topadi. Ko'rib qabul qilinadigan matnni tushunish ushun so'zlarning yozuv tasvirini,

ularning tovush harakat obrazlari bilan, tovush-mator obrazlarni esa ularga mos keladigan tovushlar bilan muvofiq keltirish kerak.

O'qish paytida ikkita asosiy o'zaro bog'liqlik jarayolarini ajratib ko'rsatish mumkin:

l.Bosmadan chiqarilgan yoki yozilgan matinni idrok qilish.

2.O'qilgan matnni anglash (tushunish)

Ko'rsatib o'qilgan ikkila jarayon biri ikkinchisidan ajralmagan holda bir vaqtda va o'zaro bog'liq ravishda namoyon bo'ladi. Boshqa nutq faoliyati turlari singari, o'qish uchun ham antisipasiya (oldindan bilish yoki sezish) mexanizmi ayrim so'zlarga, kontekstga qarab so'zni to'g'ri fahmlash, keying so'zlar, jumlalarni oldindan ko'ra bilish, tushuna olish ko'nikmasidir. Boshqacha qilib aytganda bu mexanizm taxminiy oldindan sezish yoki oldindan sezish yoki oldindan aytib berish deb atalishi mumkin. O'qish psoxologiyasi masalalari bilan shug'ullanuvchi barcha tadqiqotlar antiqipasiyani shakllantirish va rivojlantirish zarurligini ta'kidlaydildr.

O'qish texnikasini shakllantirish-uzoq davom etadigan jarayon bo'lib, u sifat jihatdan farq qiladigan qator bosqichlar tovushni talaffuz qilishda tortib, matnni tovush chiqarib o'qishgacha bo'lgan bosqichlarni o'z ichiga oladi. Bu bosqichlarni har o'ziga xos xususiyatlari va ularni egallash usullari bilan farq qiladi.

Matnni tushunish bosqichma-bosqich tushunish xarakteriga egadir. Ayrim mualliflar tomonidan matnning ikkitadan ettitagacha bo'lgan mazmunini tushunish bosqichlarini ajratishadi. Bu bosqichlarning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

1) Alohida so'zlar, gaplar va mtn qismlarini tushunish bosqichi, ya'ni matnni qisman tushunish bosqichi:

2) Matn tili va uning birikmalari, ma'nolarini tushunisg bosqichi, ya'ni ma'nolar bosqichi:

3) Matnning mazmuni tomonini tushunish bosqichi, mazmun bosqichi, ya'ni mazmun bosqichi.

O'qish psixologiyasi bilan bog'liq bo'lgan masalalar o'qish nutq faoliyati sifatida shakllanishda metodika ishni tashkil qiluvchi o' qish mexanizmlari yoki operasiyalarini aniqlash imkonini beradi. Bu narsa tilning yozuv tizimini egallashni, harf va tovush o'rtasida aniq bog'lanilishini ishlab chiqishni, so'zlarning o'qish qonunlarini egallashni, uni ma'no va Grammatik shakl bilan muvofiqlashtirishni o'z ichiga oladi.

Psixologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha o'qish paytida ko'rish -yozuv va nutq - harakatsezgilari o'rtasida bevosita aliqa paydo bo'ladi. O'qishning psixofiziologik mexanizmi ko'rish-yozuv va nutq -harakat sezgilarini o'z ichiga oladi. Ularning o'zaro birga nutq faoliyatida ishtirok etish o'qish paytida ma'lumot olishni ta'minlaydi.

Inglizcha matnni o'qib tushnishda 2 ta jarayon sodir bo'ladi:

1. Qabul qilish

2. Tushunish

Insonda ikkita signal tizimi bor. Birinchi signal harakatga predmetlarni ta'siri natijasida, predmet qozgatuvchilar asosida qarashiga tutadi, ikkinchi signal tizimi so'z qozgatuvchilar asosida haralatga tushadi.

Psixologik nuqtai nazarda matnni to'g'ri talaffuz qilish mazmunni tushunmay o'qish bu o'qish emasdir. O'qish malaka ko'nikmalarini hosil qilish, ko'rish, qabul qilish, talaffuz, tinglash, tushunish jarayonlarini bir-biri bilan to'f ri chambarchas bog'lab bir jarayon hosil qila olishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. A.A.Mirolyabov, I.V.Raxmonov, O'rta maktabda chet tili o'qitishning umumiy medodikasi. 2000. 120-125 betlar

2. М.В.Ляковицская, А.А.Миролюбов. Методика обучения иностранном язукам в средней школе. 2002, 145-158 betlar

3. Х. Алимова. Значение упражнений в комплексной тренировке всех видов речевой деятельности. № 6(73)-с.: 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.