Научная статья на тему 'CHET TIL MASHG‘ULOTLARIDA O‘QISHNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARIGA DOIR MULOHAZALAR'

CHET TIL MASHG‘ULOTLARIDA O‘QISHNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARIGA DOIR MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
169
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq faoliyati / o‘qish / tasnif / tavsif / matn / chet til / nemis tili / o‘rganish / lingvokulturologik.. / speech activity / reading / types of reading / studying reading / classification / characteristic / text / foreign language / the German language / training / linguocultural.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Atayev, Sh.A.

Mazkur maqola o‘qishning lingvokulturologik xususiyatlariga bag‘ishlangan. Mualllif ko‘pgina olimlar tomonidan taklif etilgan tavsif va tasniflariga to‘xtalib o‘tgan. Chet til matnidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMMENTS ON LINGUOCULTUROLOGICAL FEATURES OF READING IN FOREIGN LANGUAGE TRAINING

This article is devoted to the linguocultural peculiarities of reading. The author considers the characteristic and classification of reading suggested by the majority of scientists. The ways of overcoming foreign literature difficulties are considered..

Текст научной работы на тему «CHET TIL MASHG‘ULOTLARIDA O‘QISHNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARIGA DOIR MULOHAZALAR»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

CHET TIL MASHG'ULOTLARIDA O'QISHNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARIGA DOIR MULOHAZALAR (Comments on linguoculturological features of reading in foreign language

training)

Mazkur maqola o'qishning lingvokulturologik xususiyatlariga bag'ishlangan. Mualllif ko 'pgina olimlar tomonidan taklif etilgan tavsif va tasniflariga to 'xtalib o 'tgan. Chet til matnidagi qiyinchiliklarni bartaraf etish usullari taklif etilgan.

Kalit so'zlar: nutq faoliyati, o'qish, tasnif, tavsif, matn, chet til, nemis tili, o 'rganish, lingvokulturologik..

This article is devoted to the linguocultural peculiarities of reading. The author considers the characteristic and classification of reading suggested by the majority of scientists. The ways of overcoming foreign literature difficulties are considered..

Keywords: speech activity, reading, types of reading, studying reading, classification, characteristic, text, foreign language, the German language, training, linguocultural.

Ta'lim oluvchilar chet tillarni o'rganish jarayonida albatta turli qiyinchiliklarga duch keladilar. Ularni asosan xorijliklar bilan muloqot qilishda yoki bo 'lmasa biron-bir xorijiy matnni o'qish jarayonida kuzatishimiz mumkin. Chet tilni ma'lum bir maqsadda o'rganuvchilar tinglab tushunish va o'qish jarayonida, chet tilga oid bo'lgan ko'chma ma'nodagi so'z, ibora va frazeologizmlarga duch keladilar, ya'ni o'rganilayotgan tilning lingvokulturologik xususiyati namoyon bo'ladi. Bu esa o'z o'rnida matnda ifodalanayotgan fikrni tushunishda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Aslida chet tilni o'qitishdan maqsad - talabalarda chet tilni amaliy o'zlashtirish, ularda kommunikativ madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish bilan birga

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-315-319

Sh.A. Atayev

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi e-mail:shukur-aliataev@yandex.ru tel: +99893 375-10-62

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

o'rganilayotgan tilda o'qish va yozish ko'nikmalarini shakllantirish ekanligini unutmaslik lozim. Umumta'lim muassasalariga chet tilni o'rgatishda asosiy vazifalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:

• chet tilni madaniyatlararo ta'lim vositasi sifatida o'rgatish;

• dunyo va o'z milliy madaniyati yutuqlarini idrok etish asosida o'rgatish;

• ta'lim oluvchi (o'quvchi, talaba, kursant, tinglovchi)larni o'zga til madaniyatini bag'rikenglik asosida, ya'ni milliy stereotiplarni tushunish va umuminsoniy qadriyatlarni idrok etish maqsadida egallash.

Hozirgi kunda nemiszabon mamlakatlarda o'qish nutq faoliyat turini o'rganilishiga doir ko'pgina ilmiy adabiyotlar mavjudlini kuzatishimiz mumkin. Jumladan, o'qish kompetensiyasining tuzilishi va shakllanishi [U.Shifele, 2000], matnlarni o'qish: matn tushunish - o'qish didaktikasi - o'qishning ijtimoiylashuvi [Garbe, Holle, Jesch, 2009], o'qishni o'rgatishda ko'nikma va kompetensiya [Bräuer, 2010], o'qish didaktikasi va tizimli o'rta ta'limda o'qishni shakllantirish asoslari [Rosebrock, Nix, 2014: 15], ona tili (Erstsprache), ikkinchi til (Zweitsprache) va chet til (Fremdsprache)da o'qish kompetensiyasi shakllantirish [Lutjeharms, Schmidt, 2010], o'qishni o'rganish va o'rgatish [Schenk, 2016], shu o'rinda mazkur muammo nemiszabon mamlakatlar, ya'ni Shveysariyada chet til o'qitish metodikasi vakillari tomonidan ham etarli darajada tadqiq etilgan, ya'ni o'qishga yo'naltirish [Filipp, 2012] va o'qishning pedagogik psixologiyasi [Grissemann, 1986], Avstriya maktabi vakillari tomonidan o'qishning bugungi kundagi istiqboli [Beutner, Tanzer, 2010] masalalari atroflicha tahlilga tortilgan.

Xususan, O'zbekistonda chet til o'qitish metodikasida nutq faoliyat turlari maxsus ilmiy muammo sifatida o'rganilgan bo'lib, jumladan R.A.Zaripova, O'.H.Hoshimov, I.Ya.Yoqubov, S.Saydaliyev, JJalolovlarning ishlarida nutq faoliyat turlarining tavsif va tasnifi, o'rgatish prinsiplari, lingvistik va psixologik masalalariga to'xtalib o'tilgan. XXI-asrga kelib, tilda faqatgina leksik, grammatik va fonetik hodisalarni o'rgatish bilan birga umuman ta'lim tizimida yosh avlod (o'quvchi, talaba)ga o'rganilayotgan chet tilda qayd etilgan madaniy merosni o'zlashtirish, ya'ni madaniyatni til orqali o'rganish masalasi ustivor vazifa sifatida qaralmoqda. Mustaqillik yillarida mazkur masalani o'rganish va uzluksiz ta'lim tizimiga tatbiq etish yo'lida qo'yilgan ilk qadam, ya'ni 2012 yil 10 dekabrda O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining qabul qilgan "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan hayotga tatbiq etish boshlandi. Bunday talab mamlakatimizni mustaqillik yillarida dunyo

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

hamjamiyatning teng huquqli a'zosi sifatida jahonga yuz tutayotgan bir vaziyatda bozor iqtisodiyoti va axborot texnologiyalari taraqqiyoti sharoitida chet til o'rganishga ehtiyoj kuchaydi. Qaror ijrosini ta'minlash maqsadida ta'lim sohasida Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun I-IX sinflar uchun chet (ingliz, nemis, fransuz) til fanidan o'quv dasturi ishlab chiqildi.

Umuman olganda, chet tilni lingvomadaniy xususiyatlar orqali o'rganish masalasi pedagoglar oldida turgan mas'ulyatli vazifadir. Nutq faoliyati turlari haqida mulohaza qilar ekanmiz, o'qish reseptiv nutq faoliyat turi bo'lib, uning asosiy maqsadi - yozma matn ifodalangan ma'lumotlarni olish bo'lib, o'qish aslida - fikrni grafik shaklda ifodalash bo'lib, ilmiy adabiyotlarda shunday talqin etiladi, ya'ni "o'qish deganda harfiy belgilarda ifodalangan nutqiy axborotni idrok etish va uning mazmunini payqash jarayoni tushuniladi" [Jalolov, 2012: 252].

Ilmiy adabiyotlarni tahlili natijasida, o'qishning tushunish xarakteriga ko'ra ellikdan ortiq turi qayd etilgan. O'qishning asosiy turlariga „o'rganuv o'qish", „ma'lumotli o'qish", „ovoz chiqarib o'qish", „ovoz chiqarmay o'qish", „uyda o'qish" va „individual o'qish" kiradi. O'rganilayotgan tilga oid bo'lgan lingvokulturologik xususiyatlar asosan o'rganuv o'qish jarayonida kuzatiladi. Bu o'qish turidan maqsad - matn tarkibidagi turli lingvistik vositalar, shuningdek, makon va zamon bilan bog'liq tushunchalarni izlash, ularni kelib chiqishi va anglatgan ma'nolarini atroflicha o'rganish va tahlil qilishdan iborat. Misol tariqasida nemis adibi Y.V.Gyotening "Faust" tragediyasida makon bilan bog'liq nomlarni tahlilida quyidagilarni kuzatish mumkin: "Valpurgiya kechasi"(afsonaga ko'ra, 30 apreldan 1 mayga o'tar kechasi Broken tog'ida jinlar bazmi bo'ladigan joy), yoki bo'lmasa "Alvastining oshxonasi" bilan bog'liq holat shunday tasvirlangan, ya'ni pastak o'choqda yonayotgan katta qozon, undan chiqayotgan bug'da sirli sharpalarni namoyon bo'lishi, urg'ochi maymun qozonning ko'pigini olib, shopirib turishi, erkak maymun esa, o'choq boshida bolalari bilan isinib o'tirishi va shift hamda devorlarda osilgan asboblar fantastik ko'rinishga ega. Kulba bu tarzda tasvirlanishini ilohiylik bilan bog'lash mumkin. Bularni barchasi asarni ramziy ma'noga ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, toponimlarga ham alohida to'xtalish maqsadga muvofiqdir, misol uchun Leypsig maftunkorligini Parijga qiyoslanishi quyidagi misralarda kuzatish mumkin: Wahrhaftig, du hast recht! Mein Leipzig lob ich mir!//Es ist klein Paris und bildet seine Leute. Asliyatdagi shu misralar o'zbek tilidagi P.Usmon tarjimasida shunday berilgan: Sen haqlisan, darhaqiqat!// Leypsigim madh etsa bo'lur!//Kichik Parij deb sanalur,// Elga baxsh etar ma'rifat.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Shuningdek, ta'lim oluvchilar chet tildagi matnni tahlil qilar ekanlar, undagi mavjud lingvomadaniy so'z va iboralarga duch keladilar. Mazkur obrazli asosga ega turli vositalar orqali talaba chet tilga oid lingvomadaniy xususiyatlarni o 'rganadi. Natijada mashg'ulotlar jarayonida talabalar sotsiokulturologik kompetentsiyaga ega bo'la boshlaydilar, o'rganilayotgan tilda qayd etilgan urf-odatlar, bayramlarni ma'nosini idrok qila boshlaydilar, ya'ni chet til orqali o'zga madaniyatga xos belgilarni o'zlashtiradilar, ya'ni turli obrazli asosga ega bo'lgan vositalarni, frazeologik birliklar, maqol va matallarni ona tili bilan qiyoslaydilar, misol uchun nemischa "Im Meer ertrinkt kein Fisch" maqoli o'zbek tilida shunday ekvivalentga ega "Karvon ko'p - risqi bo'lak". Maqollarni faqrli va o'xshash taraflarini tahlil qilish orqali xorijiy tilga xos bo'lgan lingvokulturologik jihatlarni o'rganiladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, chet tillar hozirgi kunda zamon talabi bo'yicha o'rganish talab etilmoqda. Ta'lim jarayonida, ya'ni chet til mashg'ulotlarida mazkur masalani yechishini lingvokulturologiya fani doirasida amalga oshirish, ya'ni o'zga madaniyatga xos jihatlarni til orqali o'rgatish va o'rganishni talab qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Bräuer Ch. Könnerschaft und Kompetenz in der Leseausbildung. Theoretische und empirische Perspektiven. - Weinheim: Juventa, 2010. - 392 S.

2. Garbe Ch., Holle K., Jesch T. Texte lesen: Textverstehen - Lesedidaktik -Lesesozialisation. - Paderborn: Schöningh. 2009. - 252 S.

3. Hoshimov O'.H., Yoqubov I.Ya. Ingliz tili o'qitish metodikasi. - T.: Sharq, 2003. - 302 b.

4. Jalolov J. Chet til o'qitish metodikasi. - T.: O'qituvchi. 2012. - 430 b.

5. Karimov I.A. "Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ 1875-sonli qarori. Ma'rifat. - 2012, № 99 (8540).

6. Lesen. Heute. Perspektiven. Eduard Beutner. Ulrike Tanzer (Hrgs.). - Innsbruck: Studien Verlag. 2010. - 260 S.

7. Lesekompetenz in Erst-, Zweit- und Fremdsprache. Lutjeharms M., Schmidt C. (Hrsg). - Tübingen: Günter Verlag. 2010. - 200 S.

8. Philipp M. Motiviert lesen und schreiben. Dimension, Bedeutung, Förderung. -Seelze: Friedrich Verlag. 2012.

XULOSA

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

9. Rosebrock C., Nix D. Grundlagen der Lesedidaktik und der systematischen schulischen Leseförderung. - Baltmannsweiler: Schneider Hohengehren, 7. Überarbeitete und erweiterte Auflage. - 2014. - S. 15.

10. Saidaliyev S. Chet til o'qitish metodikasidan ocherklar. - Namangan, 2004. -

11. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun nemis tili fanidan o'quv dasturi (I-IX sinflar)// Xalq ta'limi. - Toshkent, 2013. - 5-son. - 144 b.

12. Zaripova R.A. Chet tillar o'qitish metodikasidan qo'llanma. - T.: O'qituvchi, 1986. - 184 b.

13. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

14. Kh, Khasanova G., and Kenjaboev Sh Kh. "The role of education system in human capital development." Восточно-европейский научный журнал 2-1 (66) (2021): 48-51.

15. Хашимова, С. А. (2021). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ СЛОВООБРАЗОВАНИЯ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

16. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

17. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 139-146.

18. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

238 b.

257-262.

268-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.